QISHLOQ XO'JALIGI VAZIRLIGI
12.1K subscribers
18.8K photos
2.5K videos
5 files
8.21K links
O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi

🔗 Rasmiy sahifalarimizning manzillari: https://taplink.cc/uzagroministry

📍Manzil: Toshkent viloyati, Qibray tumani, Universitet ko‘chasi, 2-uy

☎️ Ishonch telefoni: 1243
Download Telegram
#qaror #paxtachilik #urugchilik #yanginav

PAXTA YETISHTIRISHDA YANGI TIZIM JORY ETILADI

Prezidentning 2022-yil 7-iyuldagi “Paxta hosildorligini oshirish, paxta yetishtirishda ilm va innovatsiyalarni joriy qilishning qo‘shimcha tashkiliy chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori paxta hosildorligini oshirish bo‘yicha yangi tizimni joriy qilishga bag‘ishlanadi.

Unga ko‘ra, paxta yetishtirishda ilm va innovatsiyalarga asoslangan urug‘chilik, nav tanlash, yerga ishlov berish, o‘g‘itlash, sug‘orish ishlarini yo‘lga qo‘yish orqali paxta-to‘qimachilikda mahsulot eksporti hajmi va real daromadni oshirish bilan bog‘liq vazifalarning ijrosini taʼminlash belgilangan.

Prezident huzurida tashkil etilgan Paxtachilik kengashining mahalliy sharoitlarda yaxshi hosil berayotgan navlarni tahlil qilib, ularning super elita va elita urug‘larini ko‘paytirishga doir vazifalariga eʼtibor qaratiladi.

Qaror ijrosini taʼminlash maqsadida paxtachilik sohasida olib borilayotgan muhim masalalar haqida batafsil O‘zA saytida berilgan maqoladan o‘qishingiz mumkin.
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#FAO #kartoshka #urugchilik

URUG‘LIK KARTOSHKANI YETISHTIRISH VA SERTIFIKATLASH BOYICHA TRENINGLAR O‘TKAZILMOQDA

🥔2022-yilning 8-10-noyabr kunlari Toshkent shahrida urug‘lik kartoshkani yetishtirish va sertifikatlash bo‘yicha treninglar hamda seminarlar o‘tkazilmoqda. Tadbirlar O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi hamda Birlashgan Millatlar Tashkilotining Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti (FAO) qo‘shma loyihasi doirasida tashkil etilgan.

Treninglar mavzusi “COVID-19ga javoban kartoshkachilik sektorini tiklash va rivojlantirish” bo‘lib, ularni FAOning kartoshka urug‘chiligi bo‘yicha xalqaro eksperti Mehmet Emin Chalishkan (Turkiya) olibbormoqda.

👉Batafsil ma’lumotlarni saytimizda o‘qing

WWWTELEGRAMFACEBOOKYOUTUBEINSTAGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Urugchilik

URUG‘LIK CHIGITNI DORILASH BO‘YICHA SHARTNOMALAR IMZOLANDI

🔰O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Urug‘chilikni rivojlantirish markazi tizimidagi 12 ta sexda 25 ming tonna urug‘lik chigitni dorilash bo‘yicha paxta-to‘qimachilik klasterlari bilan shartnomalar imzolandi.

Respublikada 2023-yil paxta hosili uchun 42 ta urug‘lik chigit tayyorlash sexlarida 50 ming tonnaga yaqin urug‘lik chigit dorilanadi.

👉Mavzuga doir tafsilotlar bizda.
*****
#Cеменоводство

ЗАКЛЮЧЕНЫ ДОГОВОРЫ НА ОБРАБОТКУ СЕМЯН

🔰Заключены договоры с хлопково-текстильными кластерами на обработку 25 тысяч тонн семян в 12 цехах Центра развития семеноводства при Министерстве сельского хозяйства Республики Узбекистан.

Около 50 тысяч тонн семян будут обработаны в 42 семенных цехах республики к урожаю хлопка 2023 года.

👉Подробности здесь

WWWTELEGRAMFACEBOOKYOUTUBEINSTAGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
ILK INNOVATSION URUG‘CHILIK KLASTERI

🔰Bugungi kunda respublikamizda agroklasterlarning faoliyati, ularning qishloq xo‘jaligi sohasi rivojiga qo‘shayotgan hissasi haqida tez-tez tilga olinmoqda.

Sohadagi klasterlar albatta, keng qamrovliligi va bir paytda bir nechta fermer xo‘jaliklarini o‘zida birlashtirib, ularga xizmat ko‘rsata olishi bilan ham eʼtibor qozonmoqda. Jumladan, Jizzax viloyatida ham mana shunday keng qamrovli “Semurg‘” urug‘chilik innovatsion kompaniyasi faoliyat olib bormoqda.

#urugchilik #klaster #innovatsiya
*****
ПЕРВЫЙ ИННОВАЦИОННЫЙ СЕМЕНОВОДЧЕСКИЙ КЛАСТЕР

🔰Сегодня, всё чаще можно слышать о деятельности агрокластеров и о том, каков их вклад в развитие сельского хозяйства.

Они отличаются тем, что объединяют сразу несколько фермерских хозяйств и оказывают весь спектр услуг. К примеру, в Джизакской области в сфере семеноводства осуществляет свою деятельность многопрофильная инновационная компания «Семург».

#семеноводство #кластеры #инновация

VebsaytTelegramFacebookYouTubeInstagram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
SARA URUG‘— MO‘L HOSIL GAROVI

🌾Fermerning yerga qadaydigan urug‘i qanchalik sifatli, mahsuldor bo‘lsa, undan yetishtiriladigan hosil ham shunga yarasha mo‘l va barakali bo‘ladi. Sifatli urug‘ yetishtirish va uni fermer va dehqon xo‘jaliklariga yetkazib berish esa respublikamizdagi urug‘chilik markazlari tomonidan namunali tarzda olib borilmoqda.

Jumladan, Namangan viloyatidagi “Namangan elita urug‘chilik xo‘jaligi” MChJ ham bugun nafaqat viloyatdagi, balki respublikaning boshqa hududlaridagi yer maydonlariga ekiladigan don va chigit urug‘larini yetkazib berishda yetakchilik qilmoqda.

👉Batafsil

#urugchilik #fermer_xojaligi #dehqon #Namangan

VebsaytTelegramFacebookYouTubeInstagram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
KARTOSHKA URUG‘CHILIGINI RIVOJLANTIRISH BORASIDA YANGI HAMKORLIK

🥔Joriy yilning 29-may kuni Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Sabzavot, poliz ekinlari va kartoshkachilik ilmiy-tadqiqot institutida Koreya Respublikasining “Izlanish” ilmiy-tadqiqot instituti direktori Lee Kang Seop boshchiligida kartoshkachilik yo‘nalishida faoliyat olib borayotgan korxonalarning professor va mutaxassislaridan iborat ishchi guruhi uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Sabzavot, poliz ekinlari va kartoshkachilik ilmiy-tadqiqot institutining issiqxonasida invitro usulida kartoshka urug‘chiligini yo‘lga qo‘yilganiga va undagi jarayonlarning xalqaro sifat talabiga javob berishiga, bu yetishtirish miqdorini yana bir necha barobarga ko‘paytirish mumkinligiga ham e’tibor qaratildi. O‘zbekistonda ekin maydonlarida ekilgan kartoshkalar bir yilda 30 foizgacha zararlanishi va bu muammolarni bartaraf etish lozimligi ta’kidlandi.

#ilmiy_tadqiqot_instituti #kartoshkachilik #urugchilik #issiqxona #invitro
*****
НОВЫЕ НАПРАВЛЕНИЯ СОТРУДНИЧЕСТВА ПО РАЗВИТИЮ СЕМЕНОВОДСТВА КАРТОФЕЛЯ

🥔29 мая этого года
в НИИ овощебахчевых культур и картофеля Министерства сельского хозяйства состоялась встреча рабочей группы в составе профессоров и специалистов предприятий, работающих в сфере картофелеводства, во главе с Ли Канг Сеопом, директором Института «Поиск» Республики Корея.

На встрече было обращено внимание на то, что в теплице НИИ начат посев картофеля «in vitro» и что процесс полностью соответствует международным требованиям качества, а количество продукции может быть увеличено в несколько раз. Отмечено, что до 30% картофеля, высаженного в Узбекистане ежегодно повреждается и необходимо оперативно решать эти проблемы.

#НИИ #картофелеводство #семеноводство #теплицы

VebsaytTelegramFacebookYouTubeInstagram
AGRAR SOHADAGI ISLOHOTLAR JOYIDA O‘RGANILMOQDA

🔰Qishloq xo‘jaligi vaziri Aziz Voitov va vazirlik ishchi guruhining Buxoro viloyatiga tashrifining ikkinchi kuni ham ko‘plab fermer xo‘jaliklari faoliyati tanishuvi bilan kechdi.

Navbatdagi manzil Buxoro tumanidagi “Rabotiqalmoq” MFY hududida joylashgan “Madaniyat Muhammad Ismat” fermer xo‘jaligi bo‘ldi. Fermer xo‘jaligining umumiy yer maydoni 236 gektar, shundan 105 gektarda paxta, 85 gektar maydonda esa g‘alla yetishtirilmoqda. 2 gektar maydonga poliz mahsulotlari ekilib, 2 gektarda bog‘ barpo etilgan. 12 gektar maydon esa chorva mollarining ozuqasi uchun ekin yetishtirishga mo‘ljallangan. O‘zbekiston Qahramoni Muhammad Ahmedov shu yoshga kirishiga qaramasdan g'ayrati jo'shib, yoshlarga nafaqat o'rnak bo'lmoqda, balki haqiqiy hayot maktabini ham o'tamoqda.

Qishloq xo‘jaligi vazirigining eʼtiboridagi keyingi manzil Jondor tumanidagi “Yakkatut g‘allachilik, urug‘chilik va sholichilik” MChJ klasteri bo‘ldi. Ushbu klasterda 2023-yil hosili uchun soya yetishtirilayotgani va undan kutilayotgan hosil eʼtibordan chetda qolmadi. Yana bir eʼtiborli jihat shundaki, bu klasterda bir kunda 240 tonna bug‘doy saralanib, ishlab chiqarishga yo‘naltiriladi.

Buxoro viloyatiga tashrifning keyingi manzili Qorako‘l tumanidagi “Merganteks” MChJ paxta-to‘qimachilik klasteri va unga tegishli Darg‘ali hududidagi “Yangiboy Ochil” fermer xo‘jaligi bo‘ldi. Dastlab, bu yerda suv tejovchi texnologiyalarni joriy etishga mo‘ljallangan polietilen plyonkasi va shlang ishlab chiqarish jarayoni bilan tanishildi. Shuningdek, ushbu klaster bilan shartnoma tuzgan fermer xo‘jaliklarining paxta va g‘alla maydonlari ko‘zdan kechirildi. Eʼtiborlisi, 3 ming gektar maydonga ekilgan paxta plyonka ostida tomchilatib sug‘orish asosida yetishtirilmoqda.

#qishloq_xojaligi #vazir #tashrif #fermer_xojaligi #klaster #galla #paxta #chorva_ozuqasi #chizel #asalarichilik #urugchilik #tomchilatib_sugorish

🌐Vebsayt💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
YANGI NAV – YANADA KO‘PROQ DAROMAD DEMAK

🔰Agrar sohadagi ilg‘or tashabbuslar bilan tanishish, ularni amaliyotga joriy etish maqsadida ikki kun avval Sirdaryo viloyatida bo‘lgan Qishloq xo‘jaligi vaziri Aziz Voitov ayni damda ishchi tashrif bilan Qashqadaryoda.

Joylarda agrar sohadagi islohotlarning ijrosini ta’minlash, mavjud muammolarni joyida o‘rganib ularning yechimlarini ishlab chiqishni maqsad qilgan vazirning ilk tashrifi “Koson elita urug‘chiligi laboratoriyasi” MCHJ bo‘ldi. Bu yerda Aziz Voitov urug‘chilik fermer xo‘jaliklari uchun tashkil etilgan o‘quv-amaliy seminarda ishtirok etdi.

Qashqadaryo viloyatida 11 ming gektar yer urug‘ qadashga tayyorlab qo‘yilgan. Viloyatda ushbu hudud sharoitiga moslashtirilgan 37 navdagi urug‘ sinovdan o‘tkazilib, ekilayotgani tadbirda ta’kidlandi.
*****
НОВЫЙ СОРТ — ЕЩЁ БОЛЬШИЙ ДОХОД

🔰Министр сельского хозяйства Азиз Воитов, побывавший два дня назад в Сырдарьинской области для ознакомления с передовыми инициативами и ходом претворения их в жизнь, сегодня находится в Кашкадарье с рабочим визитом.

Первым адресом в программе посещения руководителя министерства, призванного обеспечить реализацию реформ в агропромышленном комплексе, изучить существующие проблемы и выработать пути их решения на месте, стало ООО «Косон элита уругчилиги лабораторияси». Здесь Азиз Воитов принял участие в учебно-практическом семинаре, организованном для семеноводческих хозяйств.

Под посев семенного материала в Кашкадарьинской подготовлено 11 тысяч гектаров земель. На мероприятии отмечалось, что 37 сортов семян, адаптированных к условиям данного региона, проходят испытания и высаживаются в регионе.

#tashrif #urugchilik #seminar #agrotex_klaster #Qashqadaryo #визит #семеноводство #семинар #Кашкадарья

🌐Vebsayt💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
AGRAR SOHADAGI HAMKORLIK ISTIQBOLLARI KO‘RIB CHIQILDI
🇺🇿🤝🇮🇳
Qishloq xo‘jaligi vaziri Aziz Voitov Hindistonning Nath Bio-Genes kompaniyasi Markaziy Osiyo bo‘yicha direktori doktor V. Kulkarni va Hindiston eksport qiluvchi tashkilotlar federatsiyasi raisi Nanda Kaglivalar bilan
uchrashdi.

Uchrashuvda qishloq xo‘jaligi sohasida hamkorlik munosabatlarini yo‘lga qo‘yish, xususan, elita urug‘chilik va meva-sabzavotlarni qayta ishlash va ularni saqlash bo‘yicha hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi.

Suhbat chog‘ida O‘zbekiston paxtachiligida 50 sentnerdan 70 sentnergacha hosil beradigan elita urug‘larni yaratish, bunda Hindistonning ilg‘or texnologiyalaridan foydalanish hamda paxta hosildorligini oshirish bo‘yicha yangi tizimni joriy etish haqida fikr almashildi.

Shuningdek uchrashuvda sabzavotchilikni rivojlashtirish bo‘yicha Nath Bio-Genes kompaniyasining zamonaviy texnologiyalar asosida yaratilgan urug‘ navlarini sentyabr oyida O‘zbekistonga olib kelish va yurtimizda kompaniyaning ilmiy tadqiqot instituti Toshkent filialini ochish bo‘yicha hamkorlik qilish haqidagi fikrlar ham o‘rtaga tashlandi.

#xalqaro_hamkorlik #vazir #uchrashuv #paxtachilik #urugchilik #qayta_ishlash #Ozbekiston #Hindiston

🌐Vebsayt💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
O‘ZBEKISTON VA POKISTON: AGRAR SOHADAGI HAMKORLIK ISTIQBOLLARI
🇺🇿🤝🇵🇰
Qishloq xo‘jaligi vaziri Aziz Voitov hamda Pokiston Respublikasi Panjob viloyati Bosh vaziri Said Mohsin Raza Naqvi va “Ejaz Group” kompaniyasi rahbari Gohar Ijaz boshchiligidagi delgatsiya o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Unda bugungi kunda O‘zbekiston va Pokiston o‘rtasidagi ko‘p qirrali munosabatlarning strategik xususiyatlari va agrar sohadagi ikki tomonlama hamkorlik aloqalarini jadal sur’atlarda rivojlanib borayotgani, kelgusida qishloq xo‘jaligi sohasi ravnaq topishidagi hamkorlikning mavjud imkoniyat va resurslarini rivojlantirish istiqbollari muhokama qilindi.

Shuningdek, uchrashuvda agrar sohadagi o‘zaro munosabatlarni rivojlantirishning muhim yo‘nalishlaridan hisoblangan paxta yetishtirish va urug‘chilik borasida hamkorlik qilish hamda birgalikda yangi loyihalarni amalga oshirish borasida ham fikr-mulohazalar almashildi.

#xalaqaro_hamkorlik #vazir #uchrashuv #paxta_yetishtirish #urugchilik

🌐Vebsayt💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
URUG‘CHILIKNI RIVOJLANTIRISH IMKONIYATLARI KO‘RIB CHIQILDI

🔸 O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligida Urug‘chilikning bugungi holati, sohadagi mavjud muammolar va ularning yechimiga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Videokonferensaloqa tarzida o‘tkazilgan ushbu yig‘ilishda vazirlik rahbariyati, tizimdagi sohaga aloqador idora va tashkilotlar rahbarlari hamda boshqarmalar boshliqlari ishtirok etishdi.

Yig‘ilishda ta'kidlanganidek, so‘nggi 5 yilda respublikada ishlab chiqarilgan qishloq xo‘jaligi ekinlari eksportida sezilarli darajada o‘sish kuzatilgan bo‘lib, har yili 20 turdagi ekinlardan o‘rtacha 5,0-5,5 mln dollarlik 5,5-7,0 ming tonna sara urug‘liklar dunyoning 36 ta mamlakatiga eksport qilinmoqda. Misol uchun, 2021-yilda 2,5 ming tn chigit, 393 tn maxsar, 340 tn zig‘ir, 232 tn sedana, 140 tn bodring, 121 tn qovun, 120 tn beda urug‘liklari eksportga chiqarilgan.

Vazir Aziz Voitov urug‘chilikda eng dolzarb masala bugungi kun talabiga javob beradigan yuqori hosildor eksportbop yangi nav va duragaylarni yaratish hisoblanib, bu yo‘nalishda olib borayotgan islohotlar yetarli emasligiga bu boradagi ishlarni yangi bosqichga ko‘tarish lozimligiga e'tibor qaratdi. Qishloq xo‘jaligi ekinlarining Milliy Genbankini boyitish va undan foydalanishga alohida e'tibor qaratish lozimligiga to‘xtalib o‘tdi.

Mazkur sanab o‘tilgan muammolar va ishlab chiqilgan takliflar asosida 20 oktyarbrga qadar sohani rivojlantirish hamda har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, xususan import o‘rnini bosuvchi nav va duragaylar yaratish, urug‘chiligini rivojlantirish, fermer xo‘jaliklarini sifatli kafolatlangan urug‘lik bilan ta'minlash tizimini yo‘lga qo‘yish kabi chora-tadbirlar rejasi belgilandi. Va mutasaddilarga tegishli topshiriqlar berildi.

#urugchilik #yegilish

🌐Website💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM