QISHLOQ XO'JALIGI VAZIRLIGI
12.1K subscribers
18.9K photos
2.5K videos
5 files
8.22K links
O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi

🔗 Rasmiy sahifalarimizning manzillari: https://taplink.cc/uzagroministry

📍Manzil: Toshkent viloyati, Qibray tumani, Universitet ko‘chasi, 2-uy

☎️ Ishonch telefoni: 1243
Download Telegram
#backstage #innovatsiya #mtrk

🎥 Ayni paytda "O'zbekiston" teleradiokanali orqali "Agroinnovatsiya" tok-shousi jonli efir tarzida bo'lib o'tmoqda.

🍇 Ko'rsatuvning ushbu soni mamlakatimizda uzum yetishtirishni zamonaviy texnologiyalar asosida ko'paytirish, 🌳 yangi bog'larni barpo etishda innovatsion texnologiyalarni qo'llashning tahliliga bag'ishlangan.

📺 Shu munosabat bilan, ko'rsatuvda Qishloq xo'jaligi vazirligi mutaxassislari, bog'bon fermerlar hamda olimlar qatnashmoqda.

👉 Siz quyidagi havola orqali ko'rsatuvni to'g'ridan - to'g'ri tomosha qilishingiz mumkin👈

WWW/FACEBOOK/YOUTUBE /INSTAGRAM
#backstage #agro #innovatsiya #mtrk

🎥 Ayni paytda "O'zbekiston" teleradiokanali orqali "Agroinnovatsiya" tok-shousi jonli efir tarzida bo'lib o'tmoqda.

📌Ko'rsatuvning ushbu soni Qishloq xo‘jaligi sohasidagi universitetlarda innovatsion texnologiyalar asosida olib borilayotgan ilmiy ishlar tahliliga bag‘ishlanadi.

📺 Shu munosabat bilan, ko'rsatuvda yangi faoliyat boshlagan Xalqaro qishloq xo‘jaligi universiteti hamda Toshkent davlat agrar universitetining rahbarlari, ilmiy jamoasi, magistrantlar, iqtidorli talabalar ishtirok etishmoqda.

👉 TO‘LIQ EFIRNI TOMOSHA QILISH👈

WWW/TELEGRAM/FACEBOOK/YOUTUBE/INSTAGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
👆👆👆👆 #backstage #agro #innovatsiya #mtrk

🎥 Ayni paytda Qishloq xo‘jaligi sohasidagi universitetlarda innovatsion texnologiyalar asosida olib borilayotgan ilmiy ishlar tahliliga bag‘ishlangan "Agroinnovatsiya" tok-shousi jonli efir tarzida bo'lib o'tmoqda.

👉 TO‘LIQ EFIRNI TOMOSHA QILISH👈
#davra_suhbati #mexanizatsiya #innovatsiya

QISHLOQ XO‘JALIGINI MEXANIZATSIYALASHNING INNOVATSION YO‘NALISHLARI TAHLIL QILINDI

📷O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligida vazirlikning boshqarma boshliqlari, yetakchi mutaxassislari va Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash ilmiy-tadqiqot instituti olimlari ishtirokida davra suhbati bo‘lib o‘tdi.

👉Batafsil
*****
#круглый_стол #механизация #инновация

АНАЛИЗ ИННОВАЦИОННЫХ НАПРАВЛЕНИЙ СЕЛЬСКОХОЗЯЙСТВЕННОЙ МЕХАНИЗАЦИИ

📷В Министерстве сельского хозяйства Республики Узбекистан состоялся круглый стол с участием руководителей ведомств, ведущих специалистов и ученых Научно-исследовательского института механизации сельского хозяйства.

👉Подробнее

WWWTELEGRAMFACEBOOKYOUTUBEINSTAGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
XALQARO QISHLOQ XO’JALIGI UNIVERSITETI: BILIM, INNOVATSIYA, AMALIYOT

🌐Avvalroq, O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi tasarrufidagi beshta davlat universiteti haqida ma’lumot bergan edik.

Bugun biz oltinchi ta’lim muassasasi – Xalqaro qishloq xo‘jaligi universiteti haqida so‘z yuritamiz. Universitet O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 7-maydagi PQ-237-son qarori bilan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi hamda Buyuk Britaniya Qirollik qishloq xo’jaligi universiteti hamkorligida, Qishloq xo’jaligi vazirligi tasarrufida tashkil etilgan.

👉Batafsil

#IAU #fakultetlar #bilim #innovatsiya #amaliyot

WWWTELEGRAMFACEBOOKYOUTUBEINSTAGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
ILK INNOVATSION URUG‘CHILIK KLASTERI

🔰Bugungi kunda respublikamizda agroklasterlarning faoliyati, ularning qishloq xo‘jaligi sohasi rivojiga qo‘shayotgan hissasi haqida tez-tez tilga olinmoqda.

Sohadagi klasterlar albatta, keng qamrovliligi va bir paytda bir nechta fermer xo‘jaliklarini o‘zida birlashtirib, ularga xizmat ko‘rsata olishi bilan ham eʼtibor qozonmoqda. Jumladan, Jizzax viloyatida ham mana shunday keng qamrovli “Semurg‘” urug‘chilik innovatsion kompaniyasi faoliyat olib bormoqda.

#urugchilik #klaster #innovatsiya
*****
ПЕРВЫЙ ИННОВАЦИОННЫЙ СЕМЕНОВОДЧЕСКИЙ КЛАСТЕР

🔰Сегодня, всё чаще можно слышать о деятельности агрокластеров и о том, каков их вклад в развитие сельского хозяйства.

Они отличаются тем, что объединяют сразу несколько фермерских хозяйств и оказывают весь спектр услуг. К примеру, в Джизакской области в сфере семеноводства осуществляет свою деятельность многопрофильная инновационная компания «Семург».

#семеноводство #кластеры #инновация

VebsaytTelegramFacebookYouTubeInstagram
JIZZAXDAGI ANJUMAN LALMIKOR DEHQONCHILIK ILMIY-TADQIQOT INSTITUTINING 110 YILLIGIGA BAG‘ISHLANDI

👥2023-yilning 19-may kuni Jizzax viloyatida «Lalmikor dehqonchilikning ahamiyati, ilmiy asoslari va uni rivojlantirishning innovatsion agrotexnologiyalari» mavzusida ilmiy-amaliy anjuman bo‘lib o‘tdi.

Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Lalmikor dehqonchilik ilmiy-tadqiqot institutining 110 yilligiga bag‘ishlab o‘tkazilgan ushbu anjuman Birlashgan Millatlar Tashkilotining Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti (FAO), Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi sohasida strategik rivojlanish va tadqiqotlar xalqaro markazi (ISCAD) va Qurg‘oqchil mintaqalarda qishloq xo‘jaligi tadqiqotlari xalqaro markazi (ICARDA) bilan hamkorlikda tashkil etildi.

#ilmiy_tadqiqot_instituti #Qishloq_xojaligi_vazirligi #FAO #ISCAD #ICARDA #qishloq_xojaligi #Lalmikor_dehqonchilik #seleksiya #innovatsiya #agrotexnologiya
*****
В ДЖИЗАКЕ СОСТОЯЛАСЬ КОНФЕРЕНЦИЯ, ПОСВЯЩЕННАЯ 110-ЛЕТИЮ НАУЧНО-ИССЛЕДОВАТЕЛЬСКОГО ИНСТИТУТА БОГАРНОГО ЗЕМЛЕДЕЛИЯ

👥19 мая 2023 года в Джизакской области прошла научно-практическая конференция на тему «Значимость и научные основы инновационных агротехнологий в развитии богарного земледелия».

Конференция, приуроченная к 110-летию Научно-исследовательского института богарного земледелия при Министерстве сельского хозяйства Республики Узбекистан, была организована Продовольственной и сельскохозяйственной организацией ООН (ФАО) и Международным центром стратегического развития и исследований в сфере продовольствия и сельского хозяйства в сотрудничестве с Международным центром сельскохозяйственных исследований в засушливых регионах (ИКАРДА).

#НИИ #Министерство_сельского_хозяйства #ФАО #сельское_хозяйство #инноывции #агротехнологии

VebsaytTelegramFacebookYouTubeInstagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
“YOSHLAR VA INNOVATSION QISHLOQ-XO‘JALIGI” KO‘RIK TANLOVI BO‘LIB O‘TDI

🔰Toshkent davlat agrar universiteti faollar zalida O‘zbekiston Qishloq xo'jaligi vazirligi, Agrar soha ayollari uyushmasi, Yoshlar ishlari agentligi hamda Toshkent davlat agrar universiteti hamkorligida vazirlik tizimidagi oliy ta’lim muassasalaridagi talaba yoshlar o‘rtasida “Yoshlar va innovatsion qishloq xo‘jaligi” ko‘rik-tanlovining universitet bosqichi bo'lib o'tdi.

#TDAU #korik_tanlov #Yoshlar #innovatsiya

VebsaytTelegramFacebookYouTubeInstagram
HAYOT FANLARI FESTIVALI – AGRAR VA BIOLOGIYA FANLARI UYG‘UNLIGI

🔰Bugun Xalqaro qishloq xo‘jaligi universitetida “Hayot fanlari festivali” ish boshladi.

Tadbirni ochar ekan, Qishloq xo‘jaligi vaziri Aziz Voitov tadbir ishtirokchilarini qutlab, respublika agrar sohasi oldida turgan vazifalarga to‘xtaldi.

Tadbirning birinchi kunida “Yaxshi hayot uchun innovatsiyalar” ko‘rgazmasida robotlar va avtomatlashtirilgan mashinalar, zamonaviy qurilmalar va yangi texnologiyalar, shuningdek laboratoriya tajribalari taqdim etildi. “Sifatli ta'lim va muvaffaqiyatli martaba” bo‘sh ish o‘rinlari yarmarkasi tashkil etilib, unda abiturientlar Xalqaro qishloq xo‘jaligi universitetining faoliyati hamda xorijdagi o‘quv kurslari uchun ariza taqdim etish yo‘l-yo‘riqlari bilan tanishdilar, karera bo‘yicha maslahatlar oldilar.

#festival #vazir #FAO #BMT #innovatsiya #yarmarka #oziq_ovqat
*****
ФЕСТИВАЛЬ НАУК О ЖИЗНИ - ВЗАИМОДОПОЛНЕНИЕ АГРАРНЫХ И БИОЛОГИЧЕСКИХ НАУК

🔰Сегодня в Международном сельскохозяйственном университете стартовал «Фестиваль наук о жизни».

Открывая мероприятие, министр сельского хозяйства Азиз Воитов поприветствовал участников и остановился на задачах, стоящих перед сегодняшним агропромышленным комплексом республики.

В первый день мероприятия на выставке «Инновации для лучшей жизни» были представлены роботы и автоматизированные машины, современные приборы и новые технологии, а также лабораторные эксперименты. Помимо этого, была организована ярмарка вакансий «Качественное образование и успешная карьера», где абитуриенты ознакомились с деятельностью Международного сельскохозяйственного университета и порядком подачи заявлений на обучение на курсах за рубежом, а также получили консультации для карьерного роста.

#фестиваль #министр #ФАО #ООН #инновация #ярмарка

VebsaytTelegramFacebookYouTubeInstagram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
“HAYOT FANLARI FESTIVALI” - AGRAR SOHADAGI YANGI BILIMLAR IMKONIYATI

🔰Poytahtimizdagi Toshkent Xalqaro qishloq xo’jaligi universitetida keng jamoatchilik uchun ochiq bo’lgan Hayot fanlari festivali bo’lib o’tmoqda.

Tadbirni Qishloq xo‘jaligi vaziri Aziz Voitov ochib berdi va ishtirokchilarini qutlab, “Hayot fanlari festivali”ni o‘tkazishdan ko‘zlangan maqsad xususida to‘xtalib o‘tdi.

Festival tarzida o‘tayotgan universitetning “ochiq eshiklar kuni” hayot haqidagi fanlar – tirik organizmlar va hayot jarayonlarini o‘rganishga bag‘ishlangan yangicha formatdagi keng ko‘lamli tadbir bo‘lib, Toshkentdagi Xalqaro qishloq xo‘jaligi universiteti tomonidan, Qishloq xo‘jaligi vazirligi, BMT Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti (FAO), BMT Taraqqiyot dasturi va boshqa tashkilotlar ko‘magida tashkil etildi.

#festival #vazir #FAO #BMT #IAU #innovatsiya #yarmarka #oziq_ovqat

VebsaytTelegramFacebookYouTubeInstagram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
QISHLOQ XO'JALIGIDA ISROIL TAJRIBASINI O‘RGANISH: HAMKORLIKGA YO‘L

💧Xalqaro qishloq xo’jaligi universitetida Jeykob Blausteyn nomidagi Isroil Cho‘l ilmiy-tadqiqot instituti direktori hamda Xalqaro qishloq xo’jaligi universiteti vakillari o’rtasida uchrashuv bo’lib o’tdi.

Jeykob Blausteyn nomidagi Isroil Cho‘l ilmiy-tadqiqot instituti direktori Noam Vaysbrod va Xalqaro qishloq xo‘jaligi universiteti vakillari o‘rtasida bo‘lib o‘tgan uchrashuv chog‘ida ikki oliy ta'lim muassasasi o‘rtasidagi potensial hamkorlik uchun asos yaratildi.

Isroil Cho‘l ilmiy-tadqiqot instituti Isroildagi Negev cho‘lining qoq markazida joylashgan. Cho‘l bo'lishiga qaramay, Isroil innovatsion usullar va mohir yechimlar orqali gullab-yashnayotgan qishloq xo‘jaligi sektorini yaratishga muvaffaq bo'lgan. Isroilning suvni qayta ishlash va oqova suvlarni tozalash bo'yicha tajribasi maishiy oqova suvlarning deyarli 70 foizini qishloq xo‘jaligi maqsadlarida qayta ishlatish imkonini berdi.

#xalqaro_hamkorlik #IAU #ilmiy_tadqiqot_instituti #uchrashuv #innovatsiya #suvni_tejash #oqova_suv #qayta_ishlash #biotexnologiya #quyosh_energiyasi #ekotizim

🌐Vebsayt💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
QISHLOQ XO‘JALIGIDA KENG QAMROVLI AGROXIZMATLAR MARKAZLARI TASHKIL ETILADI

💻Zamonaviy qishloq xo‘jaligi ilm-fan va innovatsiyalar bilan hamohanglikda jadal rivojlanib bormoqda. Bu esa sohada ko‘plab yutuq va imkoniyatlar yaratilishiga zamin bo‘lmoqda.

Joriy yilning 7-iyul kuni Prezidentning PQ-216-son “Agrar sohada ilm-fan, taʼlim va ishlab chiqarishni integratsiya qilish orqali sifat va samaradorlikni oshirishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qarori qabul qilindi.

Unga ko‘ra, sohadagi ilmiy tadqiqotlar mavzularini shakllantirish, ilm-fan natijalarini amaliyotga joriy qilish, kadrlar tayyorlashda agroklasterlar, kooperativlar va boshqa qishloq xo‘jaligi korxonalarining real ehtiyojlarini inobatga olishning yangi mexanizmlari joriy etilmoqda.

2023-yilning 1-sentyabridan boshlab:

— oliy taʼlim va ilmiy-tadqiqot muassasalari bilan hamkorlik;
— ilm-fan yutuqlari, innovatsion texnologiyalarni joriy qilish;
— inson resurslarini rivojlantirish masalalari yangi tashkil etiladigan agroklasterlar, kooperativlar va sohadagi boshqa yirik korxonalar faoliyatini yo‘lga qo‘yishda litsenziya va ruxsat etish tartib-taomillari shartlaridan biri etib belgilanadi.

👉Batafsil

#zamonaviy_qishloq_xojaligi #innovatsiya #agrar_soha #agroxizmatlar_markazi

🌐Vebsayt💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
QISHLOQ XO‘JALIGI MUTAXASSISLARI ERONDA AMALIYOT O‘TAYDI

🔰Eron Qishloq xo‘jaligi vaziri o‘rinbosari, Qishloq xo‘jaligi ilmiy tadqiqot, ta’lim tashkiloti direktori Mojtaba Khayam Nekouei boshchiligidagi delegatsiya O‘zbekistonga tashrif buyurdi.

Tashrif doirasida delegatsiya vakillari va O‘zbekiston Qishloq xo‘jaligi vazirining o‘rinbosari Alisher Shukurov o‘rtasida ikki tomonlama uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Shuningdek, eronliklar Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi faoliyati bilan ham tanishishdi.

Uchrashuvlar chog‘ida qishloq xo‘jaligi sohasida qo‘shma innovatsion tadqiqotlarni amalga oshirish, soha tarmoqlarining malakali mutaxassislarga bo‘lgan joriy va istiqboldagi ehtiyojlarini hisobga olgan holda kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish ishlarini samarali tashkil etish masalalari muhokama qilindi.

Shuningdek, qishloq xo‘jaligida innovatsiyalardan foydalanib, ishlab chiqarish samaradorligini oshirish asosiy masalalardan biri ekanligi qayd etildi. Jumladan, oziq-ovqat xavfsizligi, pistachilikni rivojlantirish va pista navlarini yaratish borasida tadqiqot ishlarini amalga oshirish bo‘yicha hamkorlik qilish istiqbollarini ko‘rib chiqildi. Eron tomoni ushbu yo‘nalishda tajriba almashishga tayyorligini bildirdi.

Uchrashuvlar yakunida Yosh olimlarning xorijiy ilmiy markazlar va universitetlarda qisqa muddatli ilmiy amaliyotini tashkil etish va buni moliyalashtirish to‘g‘risidagi shartnoma imzolandi.

Ushbu shartnoma asosida joriy yilning oktyabr oyidan boshlab 7 nafar o‘zbekistonlik mutaxassislar biotexnologiya, veterinariya, bog‘bonchilik, urug‘chilik, o‘rmonchilik, mexanizatsiya va vaksinatsiya yo‘nalishlari bo‘yicha “AREEO” da amaliyot o‘tash maqsadida Eronga borishadi.

#Eron #qishloqxojaligi #innovatsiya #delegatsiya

🌐Website💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
OROLBO‘YIGA EKINZORLAR YARASHADI: KUNJUT YETISHTIRISH ISTIQBOLLARI

🌿Qoraqalpog‘istonning Kegeyli tumanidagi kunjutzorni oralar ekansiz, qaqrab yotgan yerni ko‘kalamzorga aylantirib, daromad ham olishga muvaffaq bo‘layotgan qoraqalpoq mirishkorlariga tasanno aytasiz.

Hosil hech qanday sug‘orishsiz yetishtiriladi. Bor-yo‘g‘i bir marta qishda sug‘oriladi. Bunga o‘zingiz ham guvoh bo‘lishingiz mumkin. Orasida begona o‘t ham o‘savermaydi. Ikki marta oziqlantiriladi. Orasiga tarvuz-qovun ekilgan, bu qo‘shimcha daromad keltiradi. Ko‘rib turgan dalangizda 3 gektar kunjut ekilgan, gektaridan 1,5 tonnagacha hosil olish imkoni bor.
*****
ПЕРСПЕКТИВЫ ВЫРАЩИВАНИЯ КУНЖУТА В РЕГИОНЕ ПРИАРАЛЬЯ

🌿Когда видишь кунжутное поле в Кегейлийском районе Каракалпакстана, невольно восхищаешься местными земледельцами, которым удается превратить по сути бесплодную землю в зелёный массив и ещё при этом получить доход. Хороший эффект даёт интеграция науки, инноваций и многовекового опыта.

Урожай выращивается попросту без орошения. Поливают только один раз за зиму. Вы можете сами убедиться в этом. В междурядьях даже сорняки не растут.  Дважды проводится подкормка. Между посадками сажают бахчевые, что приносит дополнительный доход. На этом поле кунжутом засеяно 3 га, и с одного гектара можно собрать до 1,5 тонн.

#kunjut #yetishtirish #innovatsiya #daromad #Qoraqalpogiston

🌐Website💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
O‘zbekiston Markaziy Osiyoda yagona nanotexnologiyalarga asoslangan kimyoviy vositalar ishlab chiqarmoqda

🔰 Qishloq xo‘jaligi vaziri Ibrohim Abdurahmonovning navbatdagi tashrif obyekti innovatsiya maskani bo‘ldi — Samarqand viloyati, Nurobod tumani, Urgut EIH, “Sazog‘on” massivida qad rostlagan “Shelkovo agroxim O‘zbekiston” qo‘shma qorxonasi. Zavod o‘simliklarni himoya qilish bo‘yicha kimyoviy vositalar ishlab chiqarishga ixtisoslashgan yirik quvvat bo‘lib, Markaziy Osiyoda yagona hisoblanadi. 30 million AQSH dollarlik sarmoya evaziga bu yerda nanotexnologiyalarga asoslangan preparatlar ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilayapti. 2017-yilda tashlandiq, cho‘l hududida barpo etish boshlangan zavod, bugungi kunda 120 ta doimiy ish o‘rni yaratgan yirik majmuaga aylanib ulgurdi. Ishga tushirilgan 1-bosqichga ko‘ra bu yerda 15 ming tonnadan ziyod kimyo vositalari tayyorlanayotgan bo‘lsa, 2-bosqich ishlari yakunlangach bu yerda 50 ming tonna mahsulot tayyorlash imkoniyati paydo bo‘ladi.

🌱 Uchrashuv chog‘ida Qishloq xo‘jaligi vaziri I.Abdurahmonov mutasaddilar bilan ayni kunlarda yerni shudgorlash ishlari jadal boshlangani, yerni kimyoviy vositalar yordamida ishlov berish ahamiyatidan kelib chiqib, zavod mahsulotlarini maqbul shartlarda fermerlarga yetkazib berish masalalarini muhokama qildi. Shu bilan birga bu yerda tayyorlanayotgan gerbitsid, fungitsid, insektoakaritsid va insektitsidlarga talab oshib borayotgani, mahalliy bozorga mazkur vositalarni yetarli miqdorda yetkazish masalalari ham muloqot asosini tashkil qildi.

Ayni kunda bu yerda 40 turdagi mahsulot tayyorlanib, buning uchun 3 ta asosiy va 1 ta yordamchi majmua, 11 ta reaktor hamda 1 ta yirik sig‘im faoliyati yo‘lga qo‘yilgan. Mahsulotlarni sintez qilish orqali esa mahalliy iqlimga mos va hudud bo‘yicha ajratilgan yer imkoniyatlariga to‘g‘ri keladigan preparat tayyorlash talabi qondirilmoqda.

#tashrif #nanotexnologiyalar #innovatsiya

🌐Website💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM