QISHLOQ XO'JALIGI VAZIRLIGI
12.2K subscribers
19.8K photos
2.54K videos
5 files
8.43K links
O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi

🔗 Rasmiy sahifalarimizning manzillari: https://taplink.cc/uzagroministry

📍Manzil: Toshkent viloyati, Qibray tumani, Universitet ko‘chasi, 2-uy

☎️ Ishonch telefoni: 1243
Download Telegram
#organika #yetishtirish

ORGANIK MAHSULOTLARNI YETISHTIRISHDA MAQSADNI ANIQLASH MUHIM

🌱Organik mahsulotlar yetishtirishni boshlash uchun maqsadni aniqlash muhim bosqich hisoblanadi. Bu bizga nima uchun kerak? Organik mahsulotlarni yetishtirishni nimadan boshlash zarur? Bular organik mahsulotlar yetishtirishga qaror qilgan fermer yoki dehqon o‘ziga beradigan savollarning hammasi emas.

Shuni yodda tutish kerakki, qishloq xo‘jaligi yerlari va atrof-muhitni uzoq yillar davomida sog‘lom saqlash orqaligina organik dehqonchilik yuritishga erishish mumkin.

👉Batafsil

WWWTELEGRAMFACEBOOKYOUTUBEINSTAGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#qoziqorin #yetishtirish

🔹Qo‘ziqorinni mamlakatimizda yetishtirish uchun qaysi navlarini tanlash kerak

🔹Uni qanday joyda yetishtirgan maʼqul

🔹Qo‘ziqorinlar qanday o‘g‘itlanadi

👉Shu kabi savollarning javoblarini bilmoqchimisiz, unda maqolamizni o‘qing.

WWWTELEGRAMFACEBOOKYOUTUBEINSTAGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#issiqxona #pomidor #yetishtirish
🍅Aholini yilning kech kuz, qish va erta bahor oylarida sabzavot mahsulotlari bilan taʼminlashda himoyalangan maydon sabzavotchiligi muhim ahamiyatga ega.

2022-2023-yilllar hosili uchun 5 359 gektar issiqxonalarda turli ekinlar ekilgan bo‘lib, shundan 4 897 ga sabzavot (60% pomidor mahsuloti tashkil etadi), 30 ga ko‘kat va 432 ga boshqa ekinlar hissasiga to‘g‘ri kelmoqda.

2020-yilda respublika bo‘yicha yetishtirilgan issiqxona mahsulotlari 223 ming tonna bo‘lgan bo‘lsa, 2021-yilda 271 ming tonnaga yetdi. O‘rtacha hosildorlik 1 gektar uchun 80-100 tonnani tashkil etmoqda.

👉Batafsil

*****
#теплицы #томаты #выращивание
🍅Овощеводство в защищенном грунте имеет важное значение в обеспечении населения овощной продукцией в поздние осенние, зимние и ранневесенние месяцы года.

Под урожай 2022-2023 годов 5 359 га теплиц засажены различными культурами, из которых 4 897 га приходится на долю овощей (из них 60% томаты), 30 га зелени, 432 га других культур.

В 2020 году было выращено 223 тыс. тонн тепличной продукции, а в 2021 году они достигли 271 тыс. тонн. Средняя урожайность составляет 80-100 тонн с гектара.

👉Подробнее

WWWTELEGRAMFACEBOOKYOUTUBEINSTAGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#kannabis #yetishtirish

KANNABIS O‘SIMLIGINI GIYOHVANDLIK VOSITALARI VA PSIXOTROP MODDALAR ISHLAB CHIQARISH HAMDA TAYYORLASH BILAN BOG‘LIQ BO‘LMAGAN SANOAT MAQSADLARIDA
YETISHTIRISH

🌿 “Giyohvandlik vositalari to‘g‘risida”gi Yagona konvensiya talablari va ilg‘or xorijiy davlatlar tajribalaridan kelib chiqib, mazkur faoliyat turini O‘zbekiston hududida qonuniylashtirish bo‘yicha Oliy Majlis palatalari va aloqador vazirlik idoralar bilan hamkorlikda qonunchilikka, yaʼni O‘zbekiston Respublikasining “Giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar to‘g‘risida”gi Qonuniga tegishli o‘zgartirishlar kiritildi.

Kannabis o‘simligi O‘zbekiston ilk yetishtirilayotgani tufayli hozirgi kunga qadar olib kelingan navlarning mahalliy tuproq va iqlim sharoitlariga moslashuvi, sho‘r va suvsizlikka chidamliligi bo‘yicha sinovlar davom etmoqda.

👉Tafsilotlar saytimizda
*****
#каннабис #вырашивание

ВЫРАЩИВАНИЕ КАННАБИСА ВПРОМЫШЛЕННЫХ ЦЕЛЯХ, НЕ СВЯЗАННЫХ С ПРОИЗВОДСТВОМ И ПРИГОТОВЛЕНИЕМ НАРКОТИЧЕСКИХ СРЕДСТВ И ПСИХОТРОПНЫХ ВЕЩЕСТВ

🌿На основании требований Единой конвенции «О наркотических средствах» и опыта передовых зарубежных стран, во взаимодействии с палатами Олий Мажлиса и соответствующими министерствами разработаны изменения в законодательство о легализации данного вида деятельности на территории Республики Узбекистан, то есть внесены соответствующие изменения в Закон «О наркотических средствах и психотропных веществах».

В связи с тем, что каннабис впервые культивируется в Узбекистане, продолжаются испытания на адаптацию импортных сортов к местным почвенно-климатическим условиям, а также их устойчивости к засолению и обезвоживанию.

👉Подробности читайте на нашем сайте

WWWTELEGRAMFACEBOOKYOUTUBEINSTAGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
O‘ZBEKISTONDA LIMON YETISHTIRISH VA UNING NAVLARI

🍋2021-yilda respublika bo‘yicha 2332 gektar maydonda limon yetishtirildi. Ushbu yilda yetishtirilgan jami mahsulot 64 ming tonnani tashkil etmoqda. Shundan eksport salohiyat 11 ming tonnaga teng. 2022-yil yakuni bo‘yicha eksport qilingan mahsulot esa 3600 tonnani tashkil etmoqda. Hozirda eksportga yaroqli zaxirada yana 8-10 ming tonna limon hosili mavjud.

Respublika bo‘yicha faqat “Toshkent” navi eksport qilinadi.

👉Batafsil

#sitrus #limon #yetishtirish
*****
СОРТА ЛИМОНА, ВЫРАЩЕННЫЕ В УЗБЕКИСТАНЕ

🍋В 2021 году лимоны выращивают на 2332 га по всей стране. Общий объем произведенной продукции за три года составляет 64 тысячи тонны. Экспорт составляет 11 000 тонн. К концу 2022 года экспорт продукции составляет 3600 тонн. В настоящее время в резерве имеется 8-10 тысяч тонн урожая лимонов, пригодного для экспорта.

Экспортируется только сорт «Ташкент».

👉Подробнее

#цитрус #лимон #выращивание

WWWTELEGRAMFACEBOOKYOUTUBEINSTAGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
O‘ZBEKISTONDA XURMO YETISHTIRISH VA QOQI TAYYORLASH

🌿O‘zbekiston bog‘dorchiligida “Diospyros” turkumiga mansub xurmoning quyidagi uchta turi yetishtiriladi: ”Kavkaz”, “Virgin”, “Sharq”.

Xurmo – subtropik meva bo‘lib, foydali va shifobaxsh xususiyatga ega. Uning mevasi to‘yimli, sersuv, shirin taʼmli bo‘lib, tarkibida 17-20% glyukoza va fruktoza bor.

#xurmo #yetishtirish #bogdorchilik
*****

СОРТА ХУРМЫ И ЕЕ ВЫРАЩИВАНИЕ В УЗБЕКИСТАНЕ

🌿В Узбекистане выращивают три вида хурмы рода «Diospyros»: «Кавказская», «Виргин», «Восточная».

Хурма
– плод из субтропиков, с полезными и лечебными свойствами. Его плоды содержат в себе 17-20% глюкозы и сахарозы.

#хурма #выращивание #садоводство

WWWTELEGRAMFACEBOOKYOUTUBEINSTAGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
XANDON PISTA KO‘CHATI QANDAY YETISHTIRILADI?

🟢Xandon pista bog‘ini tashkil etishning qanday usullari bor?

🟢Ko‘chatni ekishning talablari qanday?

🟢Respublikada qancha xandon pista yetishtiriladi?

👉Barchasini maqolamizda o‘qing

#xandon_pista #kochat #yetishtirish #boglar
*****
КАК ВЫРАЩИВАТЬ САЖЕНЦЫ ФИСТАШКИ?

🟢Как организовать фисташковый сад?

🟢Каковы требования к посадке рассады?

🟢Сколько фисташковых садов есть в республике?

👉Читайте все в нашей статье

#фисташки #саженцы #выращивание #сады

WWWTELEGRAMFACEBOOKYOUTUBEINSTAGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
ISSIQXONADA BODRING YETISHTIRISH

🥒Issiqxonada yetishtirish uchun bodringni ko‘proq ko‘chatidan foydalangan maʼqul. Chunki ko‘chatidan ekilsa, o‘simlik kasallik va zararkunandalardan holi bo‘ladi. Shuningdek, o‘simlik ildizi baquvvat bo‘lib, mahsulot erta pishib yetiladi.

👉Bodring yetishtirshga oid maslahatlar bu yerda

#agromaslahat #bodring #yetishtirish #issiqxona

WWWTELEGRAMFACEBOOKYOUTUBEINSTAGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
ATIRGUL YETISHTIRISHDA NIMAGA ETIBOR BERISH KERAK?

🌹Eng chiroyli va xushbo‘y gul — atirgul barchaga birdek sevimli. U qanday ekiladi, yetishtiriladi? "Gul yetishtiruvchilar uyushmasi" Toshkent viloyati Yuqorichirchiq tumani bo‘limi xodimi Odil Qodirov va Uyushma eksperti Soner Kazaz ushbu mavzuda o‘z tavsiyalarini taqdim etishdi.

#agromaslahat #atirgul #maslahat #tavsiya #yetishtirish
*****
ЧТО НУЖНО УЧИТЫВАТЬ ПРИ ВЫРАЩИВАНИИ РОЗ?

🌹Роза – одна из самых красивых и ароматных цветов. Как ее сажают и выращивают? Свои рекомендации по данной теме дали сотрудник Юкоричирчикского районного отделения Ассоциации цветоводов Одил Кадыров и эксперт ассоциации Сонер Казаз.

#агросовет #роза #совет #рекомендация #выращивание

WWWTELEGRAMFACEBOOKYOUTUBEINSTAGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
ISSIQXONALARDA QANCHA MAYDONDA QULUPNAY YETISHTIRILMOQDA?

🍓Shu paytgacha yutimizning turli hududlaridagi issiqxonalarda, asosan, pomidor, bodring, bulg‘or qalampiri, baqlajon, ko‘katlar hamda sitrus mevalari yetishtirilgan bo‘lsa, so‘nggi yillarda qulupnayning ham issiqxonada yetishtiriladigan turlarini parvarishlash kengaymoqda.

🌐To‘liq video

#qulupnay #yetishtirish #issiqxona
*****
СКОЛЬКО КЛУБНИКИ ВЫРАЩИВАЕТСЯ В ТЕПЛИЦАХ НАШЕЙ СТРАНЫ?

🍓В теплицах нашей страны до недавнего времени выращивали в основном томаты, огурцы, болгарский перец, баклажаны, зелень и цитрусовые. В последние годы популярным становится выращивание сортов клубники.

🌐Полное видео

#клубника #выращивание #теплица

WWWTELEGRAMFACEBOOKYOUTUBEINSTAGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
BUXORO VILOYATI SHAROITIGA MOS BO‘LGAN, SUG‘ORILADIGAN YERGA EKILADIGAN MOSH TURI HAQIDA MA’LUMOT KERAK EDI

Buxoro viloyatining tuproq-iqlim sharoitiga mos “Durdona” va “Barqaror” mosh navlari tavsiya etiladi.

Chat-bot orqali kelgan mazkur savolga to‘liq javobni sayt orqali bilib olishingiz mumkin.

#savol_javob #chat_bot #mosh #yetishtirish #Buxoro

WWWTELEGRAMFACEBOOKYOUTUBEINSTAGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
BAXMAL TUMANIDAGI ZA’FARON PLANTATSIYALARIDA “YASHIL MAKON” UMUMMILLIY LOYIHASI

🌺Ma’lumki, dunyo tarixida bahosi va qadri tushmay kelayotgan za’faron giyohi BMB Trade Group kompaniyasi tomonidan Jizzax viloyati Baxmal tuman hududidagi 305 gektarlik za’faron plantatsiyalarda yetishtirilmoqda.

#za_faron #yetishtirish #Jizzax
*****
ОБЩЕНАЦИОНАЛЬНЫЙ ПРОЕКТ «ЯШИЛ МАКОН» НА ПЛАНТАЦИЯХ ШАФРАНА В БАХМАЛЬСКОМ РАЙОНЕ

🌺Сегодня «золотой цветок» выращивается компанией BMB Trade Group на 305 гектарах в Бахмальском районе Джизакской области. Шафран считается самой дорогой специей в мире.

#шафран #выращивание #Джизак

WWWTELEGRAMFACEBOOKYOUTUBEINSTAGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
YIL DAVOMIDA REDISKA YETISHTIRISH MUMKINMI?

🔰O‘zbekiston sharoitida rediska yetishtirishning o‘ziga xos ilmiy tajribasiga mavjud.

Bu borada Qashqadaryo ilmiy tajriba stansiyasi jamoasi rediskani yilning 365 kuni davomida issiqxona bo‘lmalarida yetishtirib hosil olishni sinovdan o‘tkazdi.

#rediska #yetishtirish #issiqxona

WWWTELEGRAMFACEBOOKYOUTUBEINSTAGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
SOYA — TUPROQ UNUMDORLIGINI OSHIRUVCHI O‘SIMLIK

🌿Respublikada 2023-yil hosili uchun fermer va qishloq xo‘jaligi korxonalari tomonidan jami 103,5 ming gektar ochiq maydonlarga soya ekish belgilab olindi. Bu maydonlarga ekish uchun 9,3 ming tonna soya urug‘ligi talab etiladi. Ushbu maydonlardan 144 ming tonna soya yetishtirilishi kutilmoqda. Agar hosil kutilayotgan natijani bersa, 26 ming tonna soya moyi va 110 ming tonna soya shroti ishlab chiqish imkoniyati yaratiladi.

👉Batafsil

#soya #yetishtirish #hosildorlik
*****
СОЯ – РАСТЕНИЕ, ПОВЫШАЮЩЕЕ ПЛОДОРОДНОСТЬ ПОЧВЫ

🌿Под урожай 2023 года фермерскими хозяйствами и сельхозпредприятиями под данную культуру было отведено 103,5 тысяч гектаров открытых площадей. Для посева на этих участках потребуется 9,3 тысяч тонн семян сои. По предварительным оценкам, будет выращено 144 тысячи тонны сои. Если урожай оправдает ожидания, у нас появится возможность выработать 26 тысяч тонн соевого масла и 110 тысяч тонн соевого шрота.

👉Подробнее

#соя #выращивание #урожайность

WWWTELEGRAMFACEBOOKYOUTUBEINSTAGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
POMIDORNING NARXI NEGA KO‘TARILIB KETDI?

🍅Issiqxonalarda mahsulot yetishtirish ko‘rsatkichi 2017-yilda 91,2 ming tonna bo‘lgan bo‘lsa, 2022-yilga kelib, bu ko‘rsatgich 301 ming tonnaga yetkazildi hamda 2023-yilda 350 ming tonna hosil olish rejalashtirildi.

Shuni ham aytib o‘tish kerakki, 2022-yilda respublikamizdagi issiqxonalarda 194 ming tonna pomidor yetishtirilgan.
2023-yilning mart oyiga qadar
issiqxonalarda 27 ming tonna qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirildi.

#pomidor #yetishtirish #issiqxona
*****
ПОЧЕМУ ПОДОРОЖАЛИ ТОМАТЫ?

🍅Если в 2017 году было собрано 91,2 тыс. тонны, в 2022 году урожай превысил 300 тыс. тонн. А это почти в 3,5 раза больше. На этот год прогноз соответствует динамике роста. В 2023 году планируется получить 350 тыс. тонн продукции непосредственно в теплицах.

В 2022 году в тепличных хозяйствах республики было выращено 194 тыс. тонны томатов.
А с начала этого года, до марта месяца, в теплицах было произведено 27 тыс. тонн сельскохозяйственной продукции в ассортименте.

#томат #выращивание #теплицы

WWWTELEGRAMFACEBOOKYOUTUBEINSTAGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
POP TUMANIDAGI YIRIK NA’MATAK PLANTATSIYASI

🌿Joriy yilda respublikada na’matak dorivor o‘simligi yetishtiriladigan qishloq xo‘jaligi yer maydonlarini 470 gektarga yetkazish hamda jami 432 tonna mahsulot yetishtirish rejalashtirilgan.

Jumladan, respublikamizning Buxoro viloyatida 82 gektar, Qashqadaryoda 25 gektar, Navoiyda 18 gektar, Namanganda 242 gektar, Sirdaryoda 5 gektar hamda Toshkent viloyatida 97 gektar yer maydonlarida na’matak yetishtirish ko‘zda tutilgan.

#na_matak #yetishtirish #plantatsiya

VebsaytTelegramFacebookYouTubeInstagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
KO‘KDALADA TARVUZ PISHISH ARAFASIDA

🍉Ko‘kdala tumani “USMON OTA” fermer xo‘jaligiga tegishli 48 gektarlik lalmi yer maydonining 3 gektariga issiqxona sharoitida ilk bor plyonka tagiga ertapishar tarvuz urug‘lari ekilib parvarish qilinmoqda.

Bu tarvuz ekishning yangi turi o‘tgan yili 15 sotix tomorqa yer maydonida ekib sinovdan o‘tkazilgan bo‘lib, mo‘l hosilga erishilgani aytilmoqda. Shu bois bu yil fermer xo‘jaligi lalmi yerda yer osti suvini chiqarib, eng ertagi pishadigan tarvuzlarni 3 gektarlik issiqxona sharoitida parvarishlamoqda.

Ta’kidlanishicha, ushbu usulda yetishtirilayotgan tarvuzlar joriy yil aprel oyining oxirgi kunlarida ichki bozorlarimizga iste’mol uchun yetkazib beriladi.

#tarvuz #yetishtirish #issiqxona

WWWTELEGRAMFACEBOOKYOUTUBEINSTAGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
QUYONCHILIK — MO‘MAY DAROMAD MANBAI

🐇Qadimdan quyonchilik yetti xazinaning biri sifatida eʼtirof etilgan. Xonakilashtirilgan quyon go‘shti to‘yimli, parhezbop bo‘lib, terisi va yungi terini qayta ishlash sanoatida qimmatli xom ashyo sifatida foydalaniladi.

Quyon bolalari juda tez yetiluvchan bo‘lib, serpushtdir. U har qanday sharoitga tez moslashuvchan jonivor bo‘lgani uchun ham, uy sharoitida va fermer xo‘jaliklarida boqilib, yaxshi daromad olinmoqda.

👉Batafsil

#quyonchilik #quyon #yetishtirish #fermer_xojaligi #klaster #Fargona
*****
КРОЛИКОВОДСТВО — ВАЖНЫЙ ИСТОЧНИК ЦЕННОГО СЫРЬЯ И ПРОДУКЦИИ

🐇Кролиководство на протяжении многих лет по праву считается одним из самых прибыльных видов деятельности. Мясо одомашненного кролика питательное и диетическое,а кожа и мех используются в качестве ценного сырья в перерабатывающей промышленности.

Крольчата очень быстро взрослеют и хорошо размножаются. К тому же кролики быстро приспосабливаются к любым условиям, их можно содержать как дома, так и на фермах, и получать стабильный хороший доход.

👉Подробнее

#Кролиководство #кролик #фермерское_хозяйство #кластеры #Фергана

WWWTELEGRAMFACEBOOKYOUTUBEINSTAGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
ILMIY TAJRIBADAGI ISTIQBOLLI NAVLAR

🥬Sabzavot, poliz ekinlari va kartoshkachilik ilmiy-tadqiqot instituti qoshida 3 yildan buyon ertapishar, vaqtinchalik plyonka ostida yetishtirishga mos oq bosh karamlarni tanlash va ularni ayrim elementlarini takomillashtirish borasida ilmiy ish olib borilmoqda.

Ma’lum bo‘lishicha, birinchi yili kolleksiyada 42 ta nav namunalaridan eng yaxshilari tanlab olingan bo‘lib, bu yil 23 ta istiqbolli nav namunalari kolleksiyada o‘rganilmoqda. Ular orasida Xitoydan, Rossiyadan olib kelingan nav namunalari o‘zining istiqbolli va hosildorligi bilan ajralib turibdi.

Ushbu oq bosh karam ko‘chatlari ochiq dalada o‘tgan yil 21-dekabrda issiqxona sharoitida ekilgan bo‘lib, joriy yil 25-fevralda vaqtinchalik plyonka ostida ochiq dalaga o‘tkazildi. Mazkur karam ko‘chatlari dala maydonlariga ekilishidan avval yerga yaxshilab ishlov berilib belgilangan me’yorlarda organik va mineral o‘g‘itlar solingan.

#karam #yetishtirish #issiqxona

VebsaytTelegramFacebookYouTubeInstagram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
POREY PIYOZI: KAMXARJ, EKSPORTBOP MAHSULOT

🧅Porey piyozi (luk-poriy) yoki «marvarid piyoz» piyozdoshlar oilasiga mansub bo‘lib, vatani Old Osiyo hisoblanadi. Hozirgi paytda sabzavot ekini sifatida Yevropada, O‘rta Yer dengizi atrofidagi davlatlarda, Shimoliy Amerikada va ko‘proq G‘arbiy Yevropa, asosan Fransiyada yetishtirilmoqda.

Bahorgi ekinlar uchun Jomboy tumanida 3 982 gektar yer maydoni ajratilgan. Bugungi kunda dalalardagi to‘qsonbosti va bahorgi ekinlar avj pishish pallasida. Sabzavot ekinlari ekilgan maydonlarning dala chetlariga tut, tol ko‘chatlari, oshqovoq kabi ekinlar ekish ishlari to‘liq yakunlangan. Shuningdek, 3 109 gektar maydonda kartoshka yetishtirish rejalashtirilgan bo‘lib, hozirda ularning birinchi ishlovi amalga oshirildi.

👉Batafsil

#piyoz #porey_piyozi #yetishtirish #eksport #Jomboy

VebsaytTelegramFacebookYouTubeInstagram