QISHLOQ XO'JALIGI VAZIRLIGI
12.2K subscribers
19.8K photos
2.54K videos
5 files
8.43K links
O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi

🔗 Rasmiy sahifalarimizning manzillari: https://taplink.cc/uzagroministry

📍Manzil: Toshkent viloyati, Qibray tumani, Universitet ko‘chasi, 2-uy

☎️ Ishonch telefoni: 1243
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
POP TUMANIDAGI YIRIK NA’MATAK PLANTATSIYASI

🌿Joriy yilda respublikada na’matak dorivor o‘simligi yetishtiriladigan qishloq xo‘jaligi yer maydonlarini 470 gektarga yetkazish hamda jami 432 tonna mahsulot yetishtirish rejalashtirilgan.

Jumladan, respublikamizning Buxoro viloyatida 82 gektar, Qashqadaryoda 25 gektar, Navoiyda 18 gektar, Namanganda 242 gektar, Sirdaryoda 5 gektar hamda Toshkent viloyatida 97 gektar yer maydonlarida na’matak yetishtirish ko‘zda tutilgan.

#na_matak #yetishtirish #plantatsiya

VebsaytTelegramFacebookYouTubeInstagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🇮🇹 Italiyadan keltirilgan navbatdagi za’faron tuganak piyozboshlari ekildi

Joriy yilning 5-oktyabr kuni BMB-OPERA ZAFFERANO qo‘shma korxonasining Baxmal tumanidagi plantatsiyalarida Italiyadan keltirilgan navbatdagi zaʼfaron tuganak piyozboshlarini namunaviy ekish tadbiri bo‘lib o‘tdi. 🧅

Shu munosabat bilan O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Jizzax viloyati hokimligi, OAV xodimlari, jurnalist va blogerlar hamda ijtimoiy tarmoq faollari uchun press-tur tashkil etildi.

Press-tur davomida ta’kidlanganidek, so‘nggi yillarda  yurtimizda texnik, moyli va dorivor o‘simliklarni yetishtirishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Bu borada Qishloq xo‘jaligi vazirligi mutasaddilari tomonidan bir qancha xorijiy hamkorlar bilan birgalikda ishlab chiqilgan loyihalar ayni paytda o‘z samarasini bermoqda. Toshkent, Farg‘ona viloyatlarida lavanda, na’matak, Jizzax viloyatida za’faron yetishtirishning yo‘lga qo‘yilishi ham shular jumlasidan.

Eʼtirof etish joizki, BMB Zaʼfaron brendi ostidagi zaʼfaron mahsuloti ichki va tashqi bozorlarda tobora xaridorgir bo‘lib bormoqda. Endilikda kompaniyaning eksport geografiyasi Italiya, Avstriya, Janubiy Koreya, AQSH, Tojikiston hamda Saudiya Arabistoni kabi mamlakatlarni qamrab oladi. Loyiha doirasida,
🔴2020 yilda -1,8 mln. yevro;
🔴2021yilda -4,2 mln. yevro;
🔴2022 yilda- 5,7 mln. yevro,
jami 2020-2022 yillarda 11,7 mln. yevrodan ortiq qiymatdagi qariyb 2,0 tonna zaʼfaron mahsulotlari eksporti amalga oshirildi. Joriy yilda ushbu ko‘rsatgichni 10,0 mln. yevroga yetkazish rejalashtirilgan.

#zafaron #tuganak_piyozboshlar #plantatsiya #Baxmal

🌐Website💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM