QISHLOQ XO'JALIGI VAZIRLIGI
14K subscribers
24.1K photos
2.72K videos
7 files
9.48K links
O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi

🔗 Rasmiy sahifalarimizning manzillari: https://taplink.cc/uzagroministry

📍Manzil: Toshkent viloyati, Qibray tumani, Universitet ko‘chasi, 2-uy

☎️ Ishonch telefoni: 1243
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🇮🇹 Italiyadan keltirilgan navbatdagi za’faron tuganak piyozboshlari ekildi

Joriy yilning 5-oktyabr kuni BMB-OPERA ZAFFERANO qo‘shma korxonasining Baxmal tumanidagi plantatsiyalarida Italiyadan keltirilgan navbatdagi zaʼfaron tuganak piyozboshlarini namunaviy ekish tadbiri bo‘lib o‘tdi. 🧅

Shu munosabat bilan O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Jizzax viloyati hokimligi, OAV xodimlari, jurnalist va blogerlar hamda ijtimoiy tarmoq faollari uchun press-tur tashkil etildi.

Press-tur davomida ta’kidlanganidek, so‘nggi yillarda  yurtimizda texnik, moyli va dorivor o‘simliklarni yetishtirishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Bu borada Qishloq xo‘jaligi vazirligi mutasaddilari tomonidan bir qancha xorijiy hamkorlar bilan birgalikda ishlab chiqilgan loyihalar ayni paytda o‘z samarasini bermoqda. Toshkent, Farg‘ona viloyatlarida lavanda, na’matak, Jizzax viloyatida za’faron yetishtirishning yo‘lga qo‘yilishi ham shular jumlasidan.

Eʼtirof etish joizki, BMB Zaʼfaron brendi ostidagi zaʼfaron mahsuloti ichki va tashqi bozorlarda tobora xaridorgir bo‘lib bormoqda. Endilikda kompaniyaning eksport geografiyasi Italiya, Avstriya, Janubiy Koreya, AQSH, Tojikiston hamda Saudiya Arabistoni kabi mamlakatlarni qamrab oladi. Loyiha doirasida,
🔴2020 yilda -1,8 mln. yevro;
🔴2021yilda -4,2 mln. yevro;
🔴2022 yilda- 5,7 mln. yevro,
jami 2020-2022 yillarda 11,7 mln. yevrodan ortiq qiymatdagi qariyb 2,0 tonna zaʼfaron mahsulotlari eksporti amalga oshirildi. Joriy yilda ushbu ko‘rsatgichni 10,0 mln. yevroga yetkazish rejalashtirilgan.

#zafaron #tuganak_piyozboshlar #plantatsiya #Baxmal

🌐Website💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM