QISHLOQ XO'JALIGI VAZIRLIGI
12.2K subscribers
19.4K photos
2.52K videos
5 files
8.33K links
O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi

🔗 Rasmiy sahifalarimizning manzillari: https://taplink.cc/uzagroministry

📍Manzil: Toshkent viloyati, Qibray tumani, Universitet ko‘chasi, 2-uy

☎️ Ishonch telefoni: 1243
Download Telegram
#seminar #yevropaIttifoqi #bmt #akis

🔰 Toshkent shahrida Yevropa Ittifoqi tomonidan moliyalashtiriladigan, BMT Taraqqiyot Dasturi (BMTTD) hamda O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining hamkorlikdagi "QISHLOQ XO‘JALIGI VA OZIQ-OVQAT SEKTORINING “YASHIL IQTISODIYOT""ga inklyuziv o‘tishini qo‘llab quvvatlash va iqlimga yo‘naltirilgan qishloq xo‘jaligi bilimlari va innovatsion tizimini rivojlantirish UAKIS” loyihasi maqsadlariga bag‘ishlangan o‘quv seminari bo‘lib o‘tmoqda.

🔸 Seminarda Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazining Farg‘ona, Qashqadaryo va Toshkent viloyatlaridagi agroxizmatlar markazlari, qishloq xo‘jaligi sohasidagi ilmiy-tadqiqot institutlari va ularning viloyatlardagi ilmiy-tajriba stansiyalari, mahalliy qishloq xo‘jaligiga ixtisoslashgan oliy va professional taʼlim muassasalari hamda fermer xo‘jaliklari vakillari ishtirok etmoqda.

Obuna bo'ling:
WWW /TELEGRAM /FACEBOOK
YOUTUBE /INSTAGRAM
#семинар #евросоюз #оон #акис

🔰 В Ташкенте проходит учебный семинар в рамках Программы развития ООН (ПРООН) и Министерства сельского хозяйства Республики Узбекистан «UAKIS – поддержка инклюзивного перехода агропродовольственного сектора к «зеленой экономике» и развитие системы знаний и инноваций в сельском хозяйстве, ориентированной на климат». Программа финансируется Европейским Союзом.

🔹 На семинаре принимают участие представители Центров агроуслуг Ферганской, Кашкадарьинской и Ташкентской областей Национального центра знаний и инноваций в сельском хозяйстве, научно-исследовательских институтов в области сельского хозяйства и их научно-опытные станции в регионах, высших и профессиональных учебных заведений, специализирующиеся на сельское хозяйство и фермерское хозяйство.

https://t.me/uzagroministry/6593
#seminar #yevropaIttifoqi #bmt #akis

🔰Bugun Toshkent shahrida Yevropa Ittifoqi tomonidan moliyalashtiriladigan BMT Taraqqiyot dasturi va O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining hamkorlikdagi “Qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat sektorining “yashil iqtisodiyot”ga inklyuziv o‘tishini qo‘llab quvvatlash va iqlimga yo‘naltirilgan qishloq xo‘jaligi bilimlari va innovatsion tizimini rivojlantirish” (EU-AGRIN) loyihasi doirasida ikki kunlik o‘quv seminariga start berilmoqda.

19-20-avgust kunlari o‘tkaziladigan ushbu seminarda Toshkent, Farg‘ona, Qashqadaryo viloyatlarida shakllantirilgan 12 ta innovatsion guruhlar faoliyatini rivojlantirish, ilmiy-tadqiqotlar asosida loyihalar ishlab chiqish va uni moliyalashtirish masalalari ko‘rib chiqiladi.

Obuna bo'ling:
WWW /TELEGRAM /FACEBOOK/
YOUTUBE /INSTAGRAM
#seminar #yevropaIttifoqi #bmt #akis

🔰Сегодня в городе Ташкенте стартует совместный тренинг Программы развития ООН (ПРООН) и Министерства сельского хозяйства Республики Узбекистан «Поддержка инклюзивного перехода к зеленой экономике в агропродовольственном секторе и развитие климатически оптимизированной системы знаний и инноваций в сельском хозяйстве Узбекистана» («EU-AGRIN»), финансируемого Европейским Союзом.

На данном семинаре, который пройдет 19-20 августа, будут рассмотрены вопросы развития деятельности 12 инновационных групп, сформированных в Ташкентской, Ферганской, Кашкадарьинской областях, разработки проектов на основе научных исследований и их финансирования.

Подпишитесь:
WWW /TELEGRAM /FACEBOOK/
YOUTUBE /INSTAGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#UNDPUzbekistan #seminar #yevropaIttifoqi #bmt #akis

💡 O‘quv seminarida qishloq xo‘jaligi sohasidagi ilmiy-tadqiqot institutlari va ularning viloyatlardagi ilmiy-tajriba stansiyalari, Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazining Farg‘ona, Qashqadaryo va Toshkent viloyatlaridagi agroxizmatlar markazlari, fermer xo‘jaliklari vakillari va boshqa mutaxassislar ishtirok etishmoqda.

🖊 Tadbirda shuningdek, oziq-ovqat yetishtirishda xalqaro standartlarni joriy etish, qishloq xo‘jaligida iqlim o‘zgarishiga moslashish, sunʼiy yo‘ldosh maʼlumotlari asosida qishloq xo‘jaligi maydonlaridan unumli foydalanish bo‘yicha taqdimotlar o‘tkazilmoqda.

Obuna bo'ling:
WWW /TELEGRAM /FACEBOOK/
YOUTUBE /INSTAGRAM
YANGI QISHLOQ XO‘JALIGI MASHINALARI FAO VAKILLARI E’TIBORIDA

🚜2023-yilning 31-yanvar kuni BMT Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti (FAO)ning O‘zbekistondagi vakolatxonasi vakillari O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash ilmiy-tadqiqot institutiga tashrif buyurishdi.

#FAO #BMT #tashrif #Qishloq_xojaligini_mexanizatsiyalash #oziq_ovqat
*****
ПРЕДСТАВИТЕЛЯМ ФАО ПРОДЕМОНСТРИРОВАЛИ НОВЫЕ СЕЛЬСКОХОЗЯЙСТВЕННЫЕ МАШИНЫ

🚜31 января 2023 года представители офиса Продовольственной и сельскохозяйственной организации Объединенных Наций (ФАО) в Узбекистане посетили Научно-исследовательский институт механизации сельского хозяйства при Министерстве сельского хозяйства Республики Узбекистан.

#FAO #ООН #механизация_сельского_хозяйства

WWWTELEGRAMFACEBOOKYOUTUBEINSTAGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
BMT NING OZIQ-OVQAT VA QISHLOQ XO‘JALIGI TASHKILOTI (FAO)DA NAVRO‘Z SHODIYONASI

🌾Bugun Birlashgan Millatlar Tashkilotining Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti (FAO) ning O‘zbekistondagi vakolatxonasida 21 mart – Navro‘z umumxalq bayrami va Xalqaro o‘rmonlar kuniga bag‘ishlangan tantanali tadbir o‘tkazildi. Unda vazirlik, idoralar, xalqaro tashkilotlar ishchi xodimlari va OAV vakillari ishtirok etdi.

#tadbir #Navruz #BMT #FAO
*****
ПРАЗДНОВАНИЕ НАВРУЗА В ПРОДОВОЛЬСТВЕННОЙ И СЕЛЬСКОХОЗЯЙСТВЕННОЙ ОРГАНИЗАЦИИ ОБЪЕДИНЕННЫХ НАЦИЙ (ФАО)

🌾Сегодня в представительстве Продовольственной и сельскохозяйственной организации Объединенных Наций (ФАО) в Узбекистане состоялось торжественное мероприятие, посвященное 21 марта – национальному празднику Навруз и Международному дню леса. В нем приняли участие сотрудники министерства, ведомств, международных организаций и СМИ.

#мероприятие #Навруз #ООН #ФАО

WWWTELEGRAMFACEBOOKYOUTUBEINSTAGRAM
HAYOT FANLARI FESTIVALI – AGRAR VA BIOLOGIYA FANLARI UYG‘UNLIGI

🔰Bugun Xalqaro qishloq xo‘jaligi universitetida “Hayot fanlari festivali” ish boshladi.

Tadbirni ochar ekan, Qishloq xo‘jaligi vaziri Aziz Voitov tadbir ishtirokchilarini qutlab, respublika agrar sohasi oldida turgan vazifalarga to‘xtaldi.

Tadbirning birinchi kunida “Yaxshi hayot uchun innovatsiyalar” ko‘rgazmasida robotlar va avtomatlashtirilgan mashinalar, zamonaviy qurilmalar va yangi texnologiyalar, shuningdek laboratoriya tajribalari taqdim etildi. “Sifatli ta'lim va muvaffaqiyatli martaba” bo‘sh ish o‘rinlari yarmarkasi tashkil etilib, unda abiturientlar Xalqaro qishloq xo‘jaligi universitetining faoliyati hamda xorijdagi o‘quv kurslari uchun ariza taqdim etish yo‘l-yo‘riqlari bilan tanishdilar, karera bo‘yicha maslahatlar oldilar.

#festival #vazir #FAO #BMT #innovatsiya #yarmarka #oziq_ovqat
*****
ФЕСТИВАЛЬ НАУК О ЖИЗНИ - ВЗАИМОДОПОЛНЕНИЕ АГРАРНЫХ И БИОЛОГИЧЕСКИХ НАУК

🔰Сегодня в Международном сельскохозяйственном университете стартовал «Фестиваль наук о жизни».

Открывая мероприятие, министр сельского хозяйства Азиз Воитов поприветствовал участников и остановился на задачах, стоящих перед сегодняшним агропромышленным комплексом республики.

В первый день мероприятия на выставке «Инновации для лучшей жизни» были представлены роботы и автоматизированные машины, современные приборы и новые технологии, а также лабораторные эксперименты. Помимо этого, была организована ярмарка вакансий «Качественное образование и успешная карьера», где абитуриенты ознакомились с деятельностью Международного сельскохозяйственного университета и порядком подачи заявлений на обучение на курсах за рубежом, а также получили консультации для карьерного роста.

#фестиваль #министр #ФАО #ООН #инновация #ярмарка

VebsaytTelegramFacebookYouTubeInstagram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
“HAYOT FANLARI FESTIVALI” - AGRAR SOHADAGI YANGI BILIMLAR IMKONIYATI

🔰Poytahtimizdagi Toshkent Xalqaro qishloq xo’jaligi universitetida keng jamoatchilik uchun ochiq bo’lgan Hayot fanlari festivali bo’lib o’tmoqda.

Tadbirni Qishloq xo‘jaligi vaziri Aziz Voitov ochib berdi va ishtirokchilarini qutlab, “Hayot fanlari festivali”ni o‘tkazishdan ko‘zlangan maqsad xususida to‘xtalib o‘tdi.

Festival tarzida o‘tayotgan universitetning “ochiq eshiklar kuni” hayot haqidagi fanlar – tirik organizmlar va hayot jarayonlarini o‘rganishga bag‘ishlangan yangicha formatdagi keng ko‘lamli tadbir bo‘lib, Toshkentdagi Xalqaro qishloq xo‘jaligi universiteti tomonidan, Qishloq xo‘jaligi vazirligi, BMT Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti (FAO), BMT Taraqqiyot dasturi va boshqa tashkilotlar ko‘magida tashkil etildi.

#festival #vazir #FAO #BMT #IAU #innovatsiya #yarmarka #oziq_ovqat

VebsaytTelegramFacebookYouTubeInstagram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
“HAYOT FANLARI FESTIVALI” YANGI BILIMLAR MANBAI BO‘LDI
2️⃣2️⃣2️⃣
Poytaxtdagi Toshkent xalqaro qishloq xo‘jaligi universitetida keng jamoatchilik uchun ochiq bo‘lgan “Hayot fanlari festivali”ning ikkinchi kun tadbirlari bo‘lib o‘tdi.

Tadbirning ikkinchi kuni ham ko‘rgazmali yarmarkalar va taqdimotlarga boy tarzda o‘tdi. Xususan, “Mening eng yaxshi karyeram” mavzusida eng yaxshi talabalar nutqi, “Dunyo bo‘ylab taomlar”, “Oziq-ovqat turizmi”, “Oziq-ovqat ilhomlari” bo‘yicha  taqdimotlar, “Oziq-ovqat xavfsizligi muammolari” mavzusida davra suhbatlari, Ta’lim va martaba yarmarkasi o‘tkazildi.

Tadbir davomida Qishloq xo‘jaligi vazirligi tomonidan Xalqaro qishloq xo‘jaligi universitetiga 2023-2024-yillar uchun o‘qishga hujjat topshirgan yoshlar orasidan saralab olingan 75 nafar yoshlarga sertifikatlar taqdim etildi. E’tiborlisi, ushbu sertifikatlar bilan talabalikka qabul qilinadigan yoshlar 4 yil davomida universitetda bepul ta’lim olishadi. Saralash mezonlari ularning qishloq xo‘jaligi sohasiga qiziqishi, o‘z kelajagini ushbu  soha bilan bog‘laganligi hamda ingliz tilini bilish darajasi yuqoriligidan iborat bo‘ldi.

#festival #FAO #BMT #IAU #tadbir #yarmarka #oziq_ovqat

VebsaytTelegramFacebookYouTubeInstagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Joriy yilning 19-sentyabr kuni Nyu-York shahridagi Birlashgan Millatlar Tashkiloti bosh qarorgohida BMT Bosh Assambleyasi 78-sessiyasining umumsiyosiy munozaralari boshlandi. Unda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev nutq so‘zladi.

Prezident o‘z nutqida hamjihatlik va amaliy hamkorlik ruhini saqlash, umumiy manfaatlarni mavjud ziddiyatlardan yuqori qo‘ygan holda mamlakatlarni jipslashtirish zarurligini qayd etdi.

Shuningdek, davlatimiz rahbari keyingi yillarda O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan va ortga qaytmas tus olgan keng ko‘lamli islohotlarga alohida to‘xtalib, global va mintaqaviy kun tartibidagi eng dolzarb masalalar yechimiga qaratilgan qator tashabbuslarni ilgari surdi.

https://t.me/shmirziyoyev/18848