QISHLOQ XO'JALIGI VAZIRLIGI
12.2K subscribers
19.3K photos
2.52K videos
5 files
8.32K links
O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi

🔗 Rasmiy sahifalarimizning manzillari: https://taplink.cc/uzagroministry

📍Manzil: Toshkent viloyati, Qibray tumani, Universitet ko‘chasi, 2-uy

☎️ Ishonch telefoni: 1243
Download Telegram
GERMANIYALIK TALABALAR TUPROQSHUNOSLIK BO‘YICHA SEMINARDA QATNASHDI

👥Bugungi kunda mamlakatimizda Qishloq xo‘jaligi vazirligi, uning hududiy bo‘linmalari va tizim tashkilotlari tomonidan ko‘plab xorijiy oliy ta‘lim va ilmiy-tadqiqot muassasalari bilan hamkorlik shartnomalari, memorandumlar imzolashga erishilmoqda.

Mana shunday o‘zi tanlagan sohaning yetuk mutaxassisi bo‘lishni maqsad qilgan bir guruh germaniyalik yoshlar Toshkent shahridagi Raqamli iqtisodiyot va agrotexnologiyalar universitetiga tashrif buyurishdi. Ushbu ilm dargohida germaniyalik talabalar uchun agrar sohaga oid o‘quv seminari tashkil etildi. 

Mazkur seminar Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Tuproqshunoslik va agrokimyoviy tadqiqotlar instituti olim va yuqori malakali mutaxassislari tomonidan olib borildi. Unda zamonaviy laboratoriyalarda tuproq tahlilini o‘tkazish, yerlarning degradatsiyasiga qarshi kurashish, uning unumdorligini oshirish bilan bog‘liq holatlar bo‘yicha bilim va tushuntirishlar berildi.

#seminar #tuproqshunoslik #yerlar_degradatsiyasi #laboratoriya

🌐Website💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
O‘ZBEKISTON VA YAPONIYA HAMKORLIGI: TUPROQ UNUMDORLIGINI OSHIRISHDA MUHIM QADAMLAR

📈So‘nggi yillarda mamlakatimiz qishloq xo‘jaligi sohasida Yaponiya bilan o‘zaro hamkorlik sezilarli darajada rivojlanmoqda.

Toshkent davlat agrar universitetida bo‘lib o‘tgan “O‘zbekistonda yuqori konsentratli fulvo kislotadan foydalangan holda qishloq xo‘jaligi yerlarini yaxshilash texnologiyasi” mavzusidagi seminar ham agrar sohadagi ikki tomonlama hamkorlikning bir ko‘rinishi desak mubolag‘a qilmagan bo‘lamiz.

Seminarda Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Tuproqshunoslik va agrokimyoviy tadqiqotlar instituti direktori Shuhrat Bobomurodov hamda Yaponiya davlatining “Japan Conservation Engineers & Co. LTD” kompaniyasi menejeri Yoshida Kazuyo, tuproq bo‘yicha maslahatchi Akiyama Nanako va vazirlikning boshqarma boshliqlari hamda respublikamizdagi fermer xo‘jaliklari vakillari ishtirok etishdi.

#seminar #Yaponiya

СОТРУДНИЧЕСТВО УЗБЕКИСТАНА И ЯПОНИИ: ВАЖНЫЕ ШАГИ В ПОВЫШЕНИИ ПЛОДОРОДИЯ ПОЧВЫ

📈В последние годы сотрудничество между нашей страной и Японией в сфере сельского хозяйства существенно развивается.

Семинар на тему «Технология улучшения состояния сельскохозяйственных угодий с использованием высококонцентрированной фульвокислоты в Узбекистане», прошедший в Ташкентском государственном аграрном университете, это ещё один пример поступательного развития двустороннего сотрудничества в аграрной сфере.

В работе семинара приняли участие начальники управлений Министерства сельского хозяйства, директор Института почвоведения и агрохимических исследований при министерстве Шухрат Бобомуродов и представители фермерских хозяйств республики, а с японской стороны - менеджер компании «Japan Conservation Engineers & Co LTD» Ёшида Казуё и советник по вопросам почвоведения Акияма Нанако.

#семинар #Япония

🌐Website💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
UZUMCHILIK: OLTIARIQ TAJRIBASI – YANGIQO‘RG‘ONDA

Respublika Prezidenti
Farg‘ona viloyatiga tashrifi chog‘ida iqlimi uzumchilikka mos tumanlarda Oltiariq tajribasini joriy qilishni tavsiya qilgandi.

Bu tashabbusni Namangan viloyatining Yangiqo‘rg‘on tumani mirishkorlari ko‘tarinkilik bilan qo‘llab-quvvatladilar.
Tumandagi "O‘n bir tol" massivining 100 gektar yer maydonida Oltiariq usulida tashabbuskorlar  tomonidan uzumzor tashkil etish bo‘yicha keng ko‘lamli ishlar olib borildi.

Amalga oshirilgan ishlar bilan tanishish va tajriba almashish maqsadlarida hududda uzumchilikni rivojlantirish bo‘yicha viloyat o‘quv-seminari bo‘lib o‘tdi.

Seminar davomida In vitro sharoitida uzum ko‘chatlari va payvandtaglarni ko‘paytirish, mayizbop va xo‘raki uzum navlarini yetishtirish agrotexnologiyalari, uzumzorlarda uchraydigan kasallik va zararkunandalarga qarshi samarali ko‘rash choralari keng yoritib berildi.

#uzumchilik #oltiariq #seminar #agrotexnologiya

🌐Website💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
QISHLOQ XO‘JALIGIDA O‘G‘ITLARDAN SAMARALI FOYDALANISH: OQILONA YECHIM

🔰Toshkent shahrida Andijon qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti va Singapurning “Indorama” kompaniyasi hamkorligidagi “O‘zbekistonda o‘g‘itlardan muvоzanatli foydalanish dasturiy islohoti” mavzusida seminar bo‘lib o‘tdi.

🔸Unda Qishloq xo‘jaligi vaziri Aziz Voitov, JSC "Indorama Kokand Fertilizers va Chemicals" kompaniyasi raisi janob Prakash Kejrival hamda kompaniya vakillari, Andijon qishloq xo‘jaligi instituti olimlari, g'allachilik klasterlari rahbarlari, tadbirkorlar va soha mutasaddilari ishtirok etishdi.

🔸Seminarda taʼkidlanganidek, Andijon qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti va “Indorama Kokand Fertilizers va Chemicals” korxonasi bilan imzolangan memorandum doirasida 2022-2023-yillarda O‘zbekistonda mavjud bo‘lgan fosforli o‘g‘itlarning bug‘doy ekinlaridagi samaradorligini ilmiy baholash tashkil etildi.

#qishloqxojaligi #ogit #seminar

ЭФФЕКТИВНОЕ ИСПОЛЬЗОВАНИЕ УДОБРЕНИЙ В СЕЛЬСКОМ ХОЗЯЙСТВЕ

🔰В Ташкенте прошел семинар на тему «Программная реформа эффективного использования удобрений в Узбекистане» в сотрудничестве с Андижанским институтом сельского хозяйства и агротехнологий и сингапурской компанией «Indorama».

🔸В мероприятии приняли участие министр сельского хозяйства Азиз Воитов, председатель АО «Indorama Kokand Fertilizers and Chemicals» Пракаш Кейривал и представители компании, а также ученые Андижанского института сельского хозяйства и агротехнологий, специалисты пшеничного кластера, предприниматели и представители отрасли.

🔸Как отмечалось на семинаре, в рамках подписанного Меморандума между Андижанским институтом сельского хозяйства и агротехнологий и предприятием «Indorama Kokand Fertilizers va Chemicals» была проведена научная оценка эффективности фосфорных удобрений, имеющихся в посевах в Узбекистане в 2022-2023 году.

#сельскоехозяйство #удобрение #семинар

🌐Website💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
BAMASALAHAT BOSHLANGAN ISH BARAKALI BO‘LADI

🌱Sayxunobod
tumanida kelgusi yil hosili uchun ochiq maydonlarga g‘alla ekish hamda qisqa muddatlarda g‘o‘zani defoliatsiya qilish bo‘yicha ko‘rgazmali seminar tashkil etildi.

Unda g‘o‘zani defoliatsiya qilish hamda kelgusi yil hosili uchun ochiq maydonlarga boshoqli don ekish masalalari ko‘rib chiqildi.
Tadbirda mutasaddi tashkilot va korxonalar masʼullari, soha vakillari, fermer xo‘jaliklari rahbarlari ishtirok etdi.

Aytish kerakki, sayxunobodlik dehqonlar paxtadan ham yuqori hosil olish maqsadida 11,5 ming gektar maydonda g‘o‘za parvarishlab, barcha agrotexnik tadbirlarni o‘z vaqtida, sifatli va meʼyorida amalga oshirmoqda.

Tumanda g‘allachilik borasida ham yetarli tajriba to‘plangan, o‘quv seminarida yangi mavsum uchun tayyorgarlik ishlari o‘rganildi, o‘zaro fikr-mulohazalar almashildi. Shundan so‘ng, fermer xo‘jaligi dalalariga 2024-yil hosili uchun ilk baraka urug‘i qadaldi.

#Sayxunobod #gallachilik #seminar

ЭФФЕКТИВНОСТЬ СОВМЕСТНОЙ ДЕЯТЕЛЬНОСТИ

🌱В Сайхунабадском районе организован выставочный семинар по вопросам высадки зерна на открытых площадях под урожай следующего года и осуществления дефолиации хлопчатника в кратчайшие сроки.

В процессе выработки единых решений и подходов приняли участие представители руководства профильных организаций и предприятий, специалисты сферы, главы фермерских хозяйств.

Заметим, что фермеры Сайхунабада выращивают хлопчатник на 11,5 тыс. га,и проводят все агротехнические мероприятия своевременно, качественно и в нужных объёмах, с целью получения обильного урожая.

Помимо этого в районе накоплен достаточный опыт в сфере зерноводства. Во время обучающего семинара была проанализирована подготовка к новому сезону, состоялся обмен мнениями на этот счёт.После чего на поля были высажены первые семена под урожай 2024 года.

#Сайхунабад #зерноводство #семинар

🌐Website💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
DENOV TUMANIDA G‘ALLA EKISH MAVSUMIGA BAG‘ISHLANGAN SEMINAR TASHKIL ETILDI

🌱Surxondaryo
viloyati Denov tumanining “G‘alaba” hududidagi “Denov oltin yerlari” fermer xo‘jaligi dalasida g‘alla ekish mavsumiga tayyorgarlik jarayonlari yuzasidan ko‘rgazmali seminar o‘tkazildi.

Tumanda 2024-yil hosili uchun 365 ta fermer xo‘jaliklarining jami 9 077 gektar, shundan 1 366 gektar ochiq maydonlarida, 7 711 gektar g‘o‘za qator oralariga g‘alla ekish rejalashtirilgan bo‘lib, tadbirni uyushqoqlik bilan olib borish uchun 15 ta otryad tashkil etilgan. Mavsum uchun sifatli va serhosil g‘alla navlaridan 2 269 tonna urug‘lik don, 1 815 tonna fosforli, 908 tonna kaliyli mineral o‘g‘itlar hamda 681 tonna yoqilg‘i-moylash materiallari jamg‘arish rejalashtirilgan.

Seminarda viloyat hokimi Ulug‘bek Qosimov ishtirok etib, olib borilayotgan ishlar yuzasidan soha mas’ullari va tuman mutasaddilarining axborotini tingladi. G‘alla ekish mavsumiga puxta hozirlik ko‘rish, don ekish otryadlarining samarali faoliyat yuritishi uchun zarur sharoitlarni yaratish, texnikalarning shayligini ta’minlash bo‘yicha vazifalarni belgilab berdi.

#Denov #galla #seminar #qishloqxojaligi

🌐Website💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
ANDIJON VILOYATIDA PILLACHILIKNI YANADA RIVOJLANTIRISHGA E’TIBOR QARATILMOQDA

👥Sentyabr oyining ilk kunlarida Andijon viloyatida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisi Shuhrat G‘aniyev va Qishloq xo‘jaligi vaziri Aziz Voitov boshchiligida respublikadagi paxta-to‘qimachilik klasterlari, fermer xo‘jaliklari, pillani qayta ishlash korxonalari rahbarlari ishtirokida ko‘rgazmali seminar bo‘lib o‘tdi.

Unda asosan pillachilik bo‘yicha 2024-yil hosilini yetishtirishni zamonaviy innovatsion texnologiyalar yordamida sifatli va samarali tashkil etish mavzusiga eʼtibor qaratildi.
*****
ПРИСТАЛЬНОЕ ВНИМАНИЕ К РАЗВИТИЮ ШЕЛКОВОДСТВА В АНДИЖАНСКОЙ ОБЛАСТИ

👥В Андижанской области в первые дни сентября под руководством советника Президента Республики Узбекистан Шухрата Ганиева и министра сельского хозяйства Азиза Воитова состоялся демонстрационный семинар с участием руководителей хлопково-текстильных кластеров, фермерских хозяйств и предприятий по переработке кокона.

Основное внимание на мероприятии было уделено качественной и эффективной организации сбора тутового шелкопряда урожая 2024 года на основе инновационных технологий.

#seminar #vazir #klaster #pillachilik #qayta_ishlash #In_vitro #семинар #министр #кластер #шелководство #переработка_кокона

🌐Website💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
BALIQCHILIKNI RIVOJLANTIRISHDA INNOVATSION TEXNOLOGIYALARNING AHAMIYATI

🐟Hozirgi kunda respublika aholisini sifatli baliq va baliq mahsulotlari bilan ta’minlash, baliq yetishtirish hajmini oshirish, sohaga yangi, resurs tejovchi va intensiv texnologiyalarni joriy etish, yangi istiqbolli baliq turlarini iqlimlashtirishning ilmiy asoslarini yaratish, shuningdek, fermerlar malakasini oshirish yuzasidan tizimli ishlar olib borilmoqda.

Xususan, Toshkent viloyati Yangiyo‘l tumanida joylashgan Baliqchilik ilmiy-tadqiqot institutida “Baliqchilik tarmog‘ini rivojlantirishda yangi baliq turlari va innovatsion texnologiyalarning ahamiyati” mavzusidagi ilmiy-amaliy seminar bo‘lib o‘tdi.

Mazkur seminarda AQShning Illinoys shtatidan tashrif buyurgan akvakultura va oziq-ovqat xavfsizligi bo‘yicha xalqaro konsultant Daniel Herman ishtirokchilarga tilyapiya baliqlarini yetishtirishda jahon tajribasi hamda Akvaponika tizimini loyihalashtirishga doir taqdimotlar o‘tkazdi.

#baliqchilik #seminar #oziq_ovqat #akvaponika_tizimi

🌐Website💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
YANGI TAHRIRDAGI O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI KONSTITUTSIYASINING MAZMUN-MOHIYATIGA BAG‘ISHLANGAN O‘QUV-SEMINARI O‘TKAZILDI

👥Yurtimiz bo‘ylab yangi tahrirdagi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining mazmun-mohiyatini tushuntirish yuzasidan turli targ‘ibot tadbirlari, uchrashuvlar o‘tkazib kelinmoqda.

Huddi shunday tadbirlardan biri bugun Qishloq xo‘jaligi vazirligida bo‘lib o‘tdi. Davlatimiz rahbarining 2023-yil 8-maydagi PF-67-sonli "Yangi tahrirdagi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasini amalga oshirish bo‘yicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi Farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida tashkil etilgan ushbu o‘quv-seminarida Qishloq xo‘jaligi vazirligi markaziy apparati va hududiy boshqarmalari hamda tizim tashkilotlaridan jami 4150 nafar xodimlar onlayn va oflayn shaklda ishtirok etishdi.

Seminardan ko‘zlangan maqsad tizimda faoliyat olib borayotgan xodimlarning huquqiy bilimlarini oshirishdan iborat. Zero, boshqaruvda konstitutsiyaviy normalarning ijrosini to‘liq ta’minlash, ularni davlat xizmatchisining har kunlik faoliyatiga tatbiq etish, pirovardida "Inson qadri" tamoyili asosida xalqqa xizmat ko‘rsatishning sifat darajasini oshirishga xizmat qiladi.

#Seminar #konstitutsiya #Inson_qadri

🌐Website💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
YANGI TAHRIRDAGI O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI KONSTITUTSIYASINING MAZMUN-MOHIYATIGA BAG‘ISHLANGAN O‘QUV-SEMINAR O‘TKAZILDI

👥O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining yangi tahriri 2023-yil 1-maydan e’tiboran kuchga kirdi. Yangilangan Konstitutsiyada inson huquq va erkinliklari kafolatlari sezilarli darajada kuchaytirildi, shuningdek konstitutsiyaviy huquq va erkinliklar doirasi kengaydi.

O‘quv-seminarlarni tashkil etishdan ko‘zlangan maqsad mamlakatimiz Prezidentining 2023-yil 8-maydagi 67-sonli “Yangi tahrirdagi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasini amalga oshirish bo‘yicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Farmonida belgilab berilgan chora-tadbirlar bilan kengroq tanishishdan iborat.

Farmonda uchta ustuvor vazifa belgilab berilgan. Birinchi ustuvor vazifa – bu barcha yo‘nalishlardagi tashkilotlarda Konstitutsiya normalarini ta’minlash, normativ-huquqiy hujjatlarni Konstitutsiyaga moslashtirish. Ikkinchi ustuvor vazifa – Konstitutsiya normalarini to‘g‘ridan-to‘g‘ri amaliyotda qo‘llashni joriy etish. Uchinchi ustuvor vazifa esa, Konstitutsiya normalarini amaliyotda qo‘llashda joriy qonunlarni yoki muayyan bir yo‘nalishlar bo‘yicha qonunlarni ijro etish mexanizmi belgilanmagan degan vajlarni mutlaqo olib tashlash bilan bog‘liq.

#Seminar #konstitutsiya #Inson_qadri

🌐Website💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM