QISHLOQ XO'JALIGI VAZIRLIGI
12.2K subscribers
20.3K photos
2.56K videos
7 files
8.59K links
O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi

🔗 Rasmiy sahifalarimizning manzillari: https://taplink.cc/uzagroministry

📍Manzil: Toshkent viloyati, Qibray tumani, Universitet ko‘chasi, 2-uy

☎️ Ishonch telefoni: 1243
Download Telegram
#repost
O‘ZBEKISTON 24 | MAXSUS REPORTAJ | QISHLOQ XO‘JALIGIDAGI ISLOHOTLARNING YANGI BOSQICHI

🎥 O‘zbekiston 24 telekanali O‘zR Qishloq xo‘jaligi vazirligi taqdim etgan ma’lumotlar asosida Sabzavot, poliz ekinlari va kartoshkachilik ilmiy-tadqiqot institutida o‘tkazilgan xalqaro anjuman haqida maxsus reportaj tayyorladi.

https://www.youtube.com/watch?v=KfkHw1m6LR4
#repost #mtrk #ShHT #agro
ShHT AʼZO DAVLATLARNING QISHLOQ XO‘JALIGI VAZIRLARINING VII MAJLISI TAFSILOTLARI
🎥 O‘zbekiston 24 telekanali O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi tomonidan tashkil etilgan Shanxay hamkorlik tashkilotiga a’zo davlatlar qishloq xo‘jaligi vazirlarining VII yig‘ilishi haqida reportaj tayyorladi.
https://youtu.be/nYpFp5OH9xI
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#qishloqxojaligi #agro #kartoshka #uruglik
🥔 TAKRORIY EKIN SIFATIDA KARTOSHKA YETISHTIRILMOQDA
Kartoshkani takroriy ekin sifatida qanday va qaysi muddatda ekilishini bilasizmi?
Uning foydali jihatlaridan nechog‘li xabardorsiz?
Kartoshkani almashlab ekishda nimalarga e’tibor qaratish kerak?
Shu kabi muhim savollarning javoblari maqolamizda.
---------------------------------------------
#картошка #семена
🥔 ВЫРАЩИВАНИЕ КАРТОФЕЛЯ В КАЧЕСТВЕ ПОВТОРНОЙ КУЛЬТУРЫ
Знаете ли вы, как и когда выращивать картофель в качестве повторной культуры?
Что вы знаете о преимуществах этой культуры?
На что следует обратить внимание при севообороте картофеля?
Ответы на эти и другие вопросы читайте в нашей статье.

WWW /TELEGRAM /FACEBOOK/
YOUTUBE /INSTAGRAM
#repost #taraqqiyotformulasi #fuqarolikxizmati

TARAQQIYOT FORMULASI | “DAVLAT FUQAROLIK XIZMATI TO‘G‘RISIDA”GI QONUN MUHOKAMASI

🎥 O‘zbekiston 24 telekanalida Taraqqiyot formulasi ko‘rsatuvi namoyish etildi. Unda “Davlat fuqarolik xizmati to‘g‘risida”gi Qonunning ahamiyati haqida so‘z yuritildi. Ko‘rsatuvda O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi tomonidan Xodimlar bilan ishlash boshqarmasi boshlig‘i Umidaxon Saidova ishtirok etdi.

https://youtu.be/MUKvc63MMoI
#аграрное_образование #ТГАУ #студент
В ТАШКЕНТСКОМ ГОСУДАРСТВЕННОМ АГРАРНОМ УНИВЕРСИТЕТЕ СТАРТОВАЛ ПРОЕКТ «ORIENTATION WEEK»

⚡️ Сегодня, 5 сентября 2022 года, во всех высших учебных заведениях Узбекистана, в том числе и в Ташкентском государственном аграрном университете, прошли уроки Независимости.
🖇Проректоры, деканы факультетов и заведующие кафедрами университетов провели для студентов уроки Независимости. Атмосфера с первого дня учебного года в вузе произвела на них положительное впечатление.
♻️ При этом в программу занятий включены такие темы, как ознакомление студентов 1-го курса, поступивших в университет в новом учебном году, с жизнью и деятельностью учреждения, учебными процессами, учебными корпусами и т.д., а также их адаптация к студенческой жизни.
🔹К первокурсникам прикреплены волонтеры - студенты, обучающиеся на старших курсах вуза.

https://youtu.be/IcMJ_1Kyh3E
#Repost #dunyoboylab

BAYRAM DASTURI | QISHLOQ XO‘JALIGINI QO‘LLAB-QUVVATLASH

🎥 Dunyo bo‘ylab telekanali Mustaqillik bayramiga bag‘ishlangan “Yangi O‘zbekistonni rivojlantirish strategiyasi: qishloq xo‘jaligini rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash” mavzusida ko‘rsatuv tayyorladi.

Unda USAID ning agrobiznesni rivojlantirish loyihasi siyosiy masalalari bo‘yicha mutaxassisi Mansurjon Rasulev, O‘zR Qishloq xo‘jaligi vazirligining davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash boshqarmasi bosh mutaxassisi Ahrorbek Jo‘rayev, qishloq xo‘jaligini rivojlantirish strategiyasi boshqarmasi bosh mutaxassisi Nizomjon Xushmanovlar ishtirok etishdi. Fermerlar, ayollar, yoshlar va kam taʼminlangan aholiga kreditlar ajratish masalalari muhokama etildi.

https://youtu.be/zMImAE63KY8
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#repost #Prezident_qarori #vazir #qishloqxojaligi #issiqxonalar_faoliyati

🎥«O‘zbekiston 24»
telekanalining «Yangiliklar» dasturi orqali O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 2-noyabrda qabul qilingan PQ-413 sonli “Issiqxona xo‘jaliklari faoliyati samaradorligini oshirish yuzasidan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Qarorining sharhi va ijrosini taʼminlashga oid lavha namoyish etildi.

Lavhada Qarorning ahamiyati borasida Qishloq xo‘jaligi vaziri Aziz Voitov va bir qator soha mutasaddilari o‘z fikr-mulohazalarini bildirib o‘tishdi. “Yangi tizim bo‘yicha yirik, yaʼni 10 gektardan kam bo‘lmagan yaxlit maydonlarda issiqxonalar tashkil etiladi. Bunday issiqxonalar maydonlariga tortilayotgan elektr energiyasi va boshqa infratuzilmalar bo‘yicha xarajatlar davlat tomonidan qoplab beriladi”, - deya ta’kidlab o‘tdi o‘z chiqishida Aziz Voitov. (reportajning 04:08 daq.).

Ma’lumki, Prezident topshirig‘iga ko‘ra, issiqxona xo‘jaliklaridagi muammolar o‘rganilib, tadbirkorlarning takliflari eshitildi. Ular asosida issiqxonada mahsulot yetishtirish va uni sotishning yangi mexanizmi ishlab chiqildi. Shuningdek, Issiqxona xo‘jaliklarini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha Respublika shtabi va call-center ishga tushdi.

Yanqi Qaror doirasida issiqxona xo‘jaliklari bilan o‘zaro hamkorlik asosida kooperatsiya faoliyatini yo‘lga qo‘yish, yetishtirilgan mahsulotni saralash, qayta ishlash, saqlash, qadoqlash va eksport qilishga ko‘maklashish, yangi issiqxonalar uchun suv, elektr tarmoqlarini tortish yuzasidan topshiriqlar berildi.

WWWTELEGRAMFACEBOOKYOUTUBEINSTAGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Robot #Qishloqxojaligi #Raqamlashtirish

ROBOT FERMER: JAHONDAGI ZAMONAVIY QISHLOQ XO'JALIGI TEXNOLOGIYALARI

⚙️Robotlar jismoniy ishlarni ham odam bajargandan tezroq va aniqroq bajaradi: ular daladagi begona o'tlarni tanib, yo'q qiladi. Mevaga zarar yetkazmasdan hosilni yig'ib oladi. Robotlardan foydalanishning yana bir yo'nalishi — bugungi kunda asosan qishloq xo'jaligi tendentsiyalari bilan belgilanadigan aniq dehqonchilik texnologiyasi hisoblanadi.

Dunyoning turli qishloq xo'jaligi maydonlarida allaqachon faol ishlayotgan robotlarning faoliyatiga oid ma’lumotlarini taqdim etamiz.

WWWTELEGRAMFACEBOOKYOUTUBEINSTAGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
QISHLOQ XO‘JALIGIDA O‘G‘ITLARDAN SAMARALI FOYDALANISH: OQILONA YECHIM

🔰Toshkent shahrida Andijon qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti va Singapurning “Indorama” kompaniyasi hamkorligidagi “O‘zbekistonda o‘g‘itlardan muvоzanatli foydalanish dasturiy islohoti” mavzusida seminar bo‘lib o‘tdi.

🔸Unda Qishloq xo‘jaligi vaziri Aziz Voitov, JSC "Indorama Kokand Fertilizers va Chemicals" kompaniyasi raisi janob Prakash Kejrival hamda kompaniya vakillari, Andijon qishloq xo‘jaligi instituti olimlari, g'allachilik klasterlari rahbarlari, tadbirkorlar va soha mutasaddilari ishtirok etishdi.

🔸Seminarda taʼkidlanganidek, Andijon qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti va “Indorama Kokand Fertilizers va Chemicals” korxonasi bilan imzolangan memorandum doirasida 2022-2023-yillarda O‘zbekistonda mavjud bo‘lgan fosforli o‘g‘itlarning bug‘doy ekinlaridagi samaradorligini ilmiy baholash tashkil etildi.

#qishloqxojaligi #ogit #seminar

ЭФФЕКТИВНОЕ ИСПОЛЬЗОВАНИЕ УДОБРЕНИЙ В СЕЛЬСКОМ ХОЗЯЙСТВЕ

🔰В Ташкенте прошел семинар на тему «Программная реформа эффективного использования удобрений в Узбекистане» в сотрудничестве с Андижанским институтом сельского хозяйства и агротехнологий и сингапурской компанией «Indorama».

🔸В мероприятии приняли участие министр сельского хозяйства Азиз Воитов, председатель АО «Indorama Kokand Fertilizers and Chemicals» Пракаш Кейривал и представители компании, а также ученые Андижанского института сельского хозяйства и агротехнологий, специалисты пшеничного кластера, предприниматели и представители отрасли.

🔸Как отмечалось на семинаре, в рамках подписанного Меморандума между Андижанским институтом сельского хозяйства и агротехнологий и предприятием «Indorama Kokand Fertilizers va Chemicals» была проведена научная оценка эффективности фосфорных удобрений, имеющихся в посевах в Узбекистане в 2022-2023 году.

#сельскоехозяйство #удобрение #семинар

🌐Website💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
PESHKUNING PESHQADAM FARZANDI

🥇Bugungi qahramonimiz – peshkulik qishloq xo‘jaligi fidoyisi, “Buxoro Argoklaster” MChJ bosh direktori Azamat Sultonov haqida ham “paxtachilikda suyagi qotgan” deb aytish mumkin.

U qaerda ishlamasin, yangiliklarga intiladi, ishchi-xodimlar og‘irini yengil qilish, zamonaviy texnika va texnologiyalarni joriy etish orqali o‘ziga ishonib topshirilgan korxonani va umuman, sohani rivojlantirishga zo‘r beradi.

Qahramonimizning paxtachilik sohasidagi namunali faoliyati davlatimiz tomonidan ko‘p bora e’tirof etildi.

Joriy yil 18-avgustda esa, Azamat Sultonov “O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan qishloq xo‘jaligi xodimi” faxriy unvoni bilan taqdirlandi.

Peshkulik zamonamiz qahramoni, paxtachilik sohasi bilimdoni, peshqadam mutaxassis va usta rahbar sifatida boshqalarga namuna bo‘lib kelayotgan Azamat Sultonovni bu unvon bilan samimiy tabriklaymiz.

#taqdirlash #qishloqxojaligi

НАСТОЯЩИЙ МАСТЕР СВОЕГО ДЕЛА ИЗ ПЕШКУНСКОГО РАЙОНА

🏅Наш сегодняшний герой – это преданный сельскому хозяйству труженик, настоящий профессионал из Пешкунского района, генеральный директор ООО «Бухара Аргокластер» Азамат Султанов.

Где бы он ни работал, он стремился к инновациям, к облегчению будничной нагрузки рабочих, и при этом внедрял современную технику и технологии, стремился развивать вверенное ему предприятие и отрасль в целом.

Образцовая деятельность нашего героя в области хлопководства неоднократно получала должное признание.

18 августа этого года Азамату Султанову в соответствии с указом главы государства присвоено почетное звание «Заслуженный работник сельского хозяйства Республики Узбекистан».

Мы искренне поздравляем с очередным признанием заслуг героя Пешкунского района, знатока хлопководства, крупного и видного специалиста и настоящего профессионала Азамата Султанова!

#награждение #сельскоехозяйство

🌐Website💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
MALINA O‘SIMLIGI: YETISHTIRISH, TALABLAR VA NAVLARI HAQIDA

🌱Malina
koni foyda meva hisoblanadi. Undan shamollaganda va gripp kasalligida terlatuvchi hamda isitmani tushiruvchi vosita sifatida foydalaniladi.

Biz hozir Toshkent viloyatining Bo‘stonliq tumanidagi “Bardosh eksklyuziv” MChJning malina ekilgan hududida turibmiz. Bu yerdagi malinalar ayni pishib yetilgan, hosili terib olinish arafasida.

Malinani ekish uchun dastlab yer tayyorlanadi. Yer chuqur haydaladi va 30-40 sm qalinlikda somon to‘shaladi. Uning ustidan mahalliy o‘g‘it solinadi. Undan keyin tuproq va biogumus aralashmasiga malina ekiladi.

Bu yerda o‘simlikni sog‘lom rivojlantirish va mo‘l hosil olish uchun tomchilatib sug‘orish tizimidan foydalaniladi. Bunda suv 70 foizga tejaladi hamda to‘g‘ridan to‘g‘ri o‘simlik ildiziga yetib boradi.

#bostonliq #bardosheksklyuziv #malina #qishloqxojaligi

МАЛИНА: КАК ВЫРАЩИВАТЬ, КАКИЕ ТРЕБОВАНИЯ И КАКИЕ СОРТА

🌱Малина
– это источник полезных веществ, витаминов и микроэлементов.

Мы сейчас находимся на территории ООО «Бардош эксклюзив». Малина здесь уже созрела и вот-вот будет собрана.

Сначала готовится почва под посадку малины. Землю глубоко вспахивают и укладывают солому толщиной 30-40 сантиметров
далее даются местные удобрения. После этого малину высаживают в смесь почвы и биогумуса.

Здесь используется система капельного орошения для здорового развития растений и обильного урожая. В этом случае вода экономится на 70 процентов и попадает непосредственно к корням растений.

#бостанлык #bardosheksklyuziv #малина #сельскоехозяйство

🌐Website💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
DENOV TUMANIDA G‘ALLA EKISH MAVSUMIGA BAG‘ISHLANGAN SEMINAR TASHKIL ETILDI

🌱Surxondaryo
viloyati Denov tumanining “G‘alaba” hududidagi “Denov oltin yerlari” fermer xo‘jaligi dalasida g‘alla ekish mavsumiga tayyorgarlik jarayonlari yuzasidan ko‘rgazmali seminar o‘tkazildi.

Tumanda 2024-yil hosili uchun 365 ta fermer xo‘jaliklarining jami 9 077 gektar, shundan 1 366 gektar ochiq maydonlarida, 7 711 gektar g‘o‘za qator oralariga g‘alla ekish rejalashtirilgan bo‘lib, tadbirni uyushqoqlik bilan olib borish uchun 15 ta otryad tashkil etilgan. Mavsum uchun sifatli va serhosil g‘alla navlaridan 2 269 tonna urug‘lik don, 1 815 tonna fosforli, 908 tonna kaliyli mineral o‘g‘itlar hamda 681 tonna yoqilg‘i-moylash materiallari jamg‘arish rejalashtirilgan.

Seminarda viloyat hokimi Ulug‘bek Qosimov ishtirok etib, olib borilayotgan ishlar yuzasidan soha mas’ullari va tuman mutasaddilarining axborotini tingladi. G‘alla ekish mavsumiga puxta hozirlik ko‘rish, don ekish otryadlarining samarali faoliyat yuritishi uchun zarur sharoitlarni yaratish, texnikalarning shayligini ta’minlash bo‘yicha vazifalarni belgilab berdi.

#Denov #galla #seminar #qishloqxojaligi

🌐Website💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
QISHLOQ XO‘JALIGINI MEXANIZATSIYALASHTIRISHDA YANGI IMKONIYATLAR

🔰Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash ilmiy-tadqiqot institutida xorijiy hamkorlar bilan uchrashuvlar o‘tkazildi.

BMTning Pekinda joylashgan Osiyo va Tinch okeani uchun iqtisodiy va ijtimoiy komissiyasi (ESCAP)ning mintaqaviy muassasasi – Barqaror qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash markazi (CSAM) vakili Qiang Li bilan onlayn ko‘rinishda o‘tkazilgan uchrashuvda hamkorlik imkoniyatlari muhokama qilindi.

Unda Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash ilmiy-tadqiqot instituti direktori Shuhrat Azizov institutning ilmiy salohiyati, amalga oshirilayotgan loyihalar haqida so‘zlab berdi.

Muloqot davomida tomonlar qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalashtirishda xorij tajribalarini o‘rganish va o‘zaro almashish, agrar sohadagi yosh olimlarning malakasini oshirish, dargohning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash masalalarini muhokama qildilar.

Muloqotda BMT Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti (FAO)ning O‘zbekistondagi vakolatxonasi vakili ham ishtirok etdi.

Shuningdek, Hindistonning eng yirik qishloq xo‘jaligi texnikasi ishlab chiqaruvchilaridan biri “AGROSAW” kompaniyasi vakili Sahil Panchal bilan uchrashuv ham bo‘lib o‘tdi. Unda har ikki tomon uchun samarali hamkorlik rejalari tuzib olindi.

#mexanizatsiya #qishloqxojaligi

🌐Website💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
QISHLOQ XO‘JALIGI MUTAXASSISLARI ERONDA AMALIYOT O‘TAYDI

🔰Eron Qishloq xo‘jaligi vaziri o‘rinbosari, Qishloq xo‘jaligi ilmiy tadqiqot, ta’lim tashkiloti direktori Mojtaba Khayam Nekouei boshchiligidagi delegatsiya O‘zbekistonga tashrif buyurdi.

Tashrif doirasida delegatsiya vakillari va O‘zbekiston Qishloq xo‘jaligi vazirining o‘rinbosari Alisher Shukurov o‘rtasida ikki tomonlama uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Shuningdek, eronliklar Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi faoliyati bilan ham tanishishdi.

Uchrashuvlar chog‘ida qishloq xo‘jaligi sohasida qo‘shma innovatsion tadqiqotlarni amalga oshirish, soha tarmoqlarining malakali mutaxassislarga bo‘lgan joriy va istiqboldagi ehtiyojlarini hisobga olgan holda kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish ishlarini samarali tashkil etish masalalari muhokama qilindi.

Shuningdek, qishloq xo‘jaligida innovatsiyalardan foydalanib, ishlab chiqarish samaradorligini oshirish asosiy masalalardan biri ekanligi qayd etildi. Jumladan, oziq-ovqat xavfsizligi, pistachilikni rivojlantirish va pista navlarini yaratish borasida tadqiqot ishlarini amalga oshirish bo‘yicha hamkorlik qilish istiqbollarini ko‘rib chiqildi. Eron tomoni ushbu yo‘nalishda tajriba almashishga tayyorligini bildirdi.

Uchrashuvlar yakunida Yosh olimlarning xorijiy ilmiy markazlar va universitetlarda qisqa muddatli ilmiy amaliyotini tashkil etish va buni moliyalashtirish to‘g‘risidagi shartnoma imzolandi.

Ushbu shartnoma asosida joriy yilning oktyabr oyidan boshlab 7 nafar o‘zbekistonlik mutaxassislar biotexnologiya, veterinariya, bog‘bonchilik, urug‘chilik, o‘rmonchilik, mexanizatsiya va vaksinatsiya yo‘nalishlari bo‘yicha “AREEO” da amaliyot o‘tash maqsadida Eronga borishadi.

#Eron #qishloqxojaligi #innovatsiya #delegatsiya

🌐Website💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
📊 QISHLOQ XO‘JALIGINING ASOSIY IQTISODIY KO‘RSATKICHLARI TAHLILI

Qishloq xo‘jaligi mamlakatimizning asosiy va iqtisodiy ko‘rsatkichlari yuqori sohasi hisoblanadi. Bu sohaga qaratilayotgan e'tibor va olib borilayotgan islohotlar samarasi o‘laroq, so‘nggi yillarda jadal rivojlanib borayotgan chorvachilik, baliqchilik, parrandachilik tarmoqlarida ko‘pgina natijalarga erishilmoqda.

Bog‘dorchilik va sabzavot-polizchilikdagi natijalar esa respublikamizdagi mirishkorlarning mehnatlari hosilasidir. Albatta, har bir tarmoq yurtimizning turli hududlarida o‘ziga xos tarzda rivojlanmoqda.

Taqdim etilayotgan ushbu infografikamizda 2023-yil yanvar-iyun oylari bo‘yicha yurtimiz qishloq xo‘jaligining asosiy iqtisodiy ko‘rsatkichlari tahliliga oid maʼlumotlar jamlangan.

#tahlil #qishloqxojaligi

🌐Website💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM