QISHLOQ XO'JALIGI VAZIRLIGI
12.1K subscribers
19K photos
2.5K videos
5 files
8.23K links
O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi

🔗 Rasmiy sahifalarimizning manzillari: https://taplink.cc/uzagroministry

📍Manzil: Toshkent viloyati, Qibray tumani, Universitet ko‘chasi, 2-uy

☎️ Ishonch telefoni: 1243
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#repost #Prezident_qarori #vazir #qishloqxojaligi #issiqxonalar_faoliyati

🎥«O‘zbekiston 24»
telekanalining «Yangiliklar» dasturi orqali O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 2-noyabrda qabul qilingan PQ-413 sonli “Issiqxona xo‘jaliklari faoliyati samaradorligini oshirish yuzasidan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Qarorining sharhi va ijrosini taʼminlashga oid lavha namoyish etildi.

Lavhada Qarorning ahamiyati borasida Qishloq xo‘jaligi vaziri Aziz Voitov va bir qator soha mutasaddilari o‘z fikr-mulohazalarini bildirib o‘tishdi. “Yangi tizim bo‘yicha yirik, yaʼni 10 gektardan kam bo‘lmagan yaxlit maydonlarda issiqxonalar tashkil etiladi. Bunday issiqxonalar maydonlariga tortilayotgan elektr energiyasi va boshqa infratuzilmalar bo‘yicha xarajatlar davlat tomonidan qoplab beriladi”, - deya ta’kidlab o‘tdi o‘z chiqishida Aziz Voitov. (reportajning 04:08 daq.).

Ma’lumki, Prezident topshirig‘iga ko‘ra, issiqxona xo‘jaliklaridagi muammolar o‘rganilib, tadbirkorlarning takliflari eshitildi. Ular asosida issiqxonada mahsulot yetishtirish va uni sotishning yangi mexanizmi ishlab chiqildi. Shuningdek, Issiqxona xo‘jaliklarini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha Respublika shtabi va call-center ishga tushdi.

Yanqi Qaror doirasida issiqxona xo‘jaliklari bilan o‘zaro hamkorlik asosida kooperatsiya faoliyatini yo‘lga qo‘yish, yetishtirilgan mahsulotni saralash, qayta ishlash, saqlash, qadoqlash va eksport qilishga ko‘maklashish, yangi issiqxonalar uchun suv, elektr tarmoqlarini tortish yuzasidan topshiriqlar berildi.

WWWTELEGRAMFACEBOOKYOUTUBEINSTAGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Prezident_qarori #issiqxonalar_faoliyati

📌Agrohuquq ruknining navbatdagi soni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Issiqxona xo‘jaliklari faoliyati samaradorligini oshirish yuzasidan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 413-sonli qarori mazmuniga bag‘ishlangan.

Unda issiqxona xo‘jaliklarini aylanma mablag‘ urug‘lik, ko‘chat, o‘g‘it, kimyoviy vositalar, issiqxona materiallarini sotib olish va isitish xarajatlari, kredit, yetishtirilgan mahsulotni saralash, qayta ishlash, saqlash, qadoqlash va eksport qilish bilan bog‘liq ma‘lumotlar taqdim etilgan.

kreditlarni qaytarish muddatlarini 14 yil etib belgilash
maxsus ko‘chatxonalarni tashkil etish
kooperatsiya faoliyatini yo‘lga qo‘yish

👉🏻 Batafsil

WWWTELEGRAMFACEBOOKYOUTUBEINSTAGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🎥“O‘zbekiston 24” telekanalining “Axborot 24” dasturida Issiqxonalar faoliyatini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha imtiyozlar va chora-tadbirlar” to‘g‘risida lavha namoyish etildi.

Unda respublikamizda mavjud issiqxonalar faoliyatini samarali tashkil etishda yangi mexanizmlar joriy etilayotganligi haqida so‘z yuritilgan.

Lavhada O‘zbekiston Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi “Agroservis operator” DUK bo‘lim boshlig‘i Abduraim Yoqubov mavzuga oid fikr-mulohazalarini bildirgan.

#repost #Ozbekiston_24 #axborot_24 #issiqxonalar_faoliyati

WWWTELEGRAMFACEBOOKYOUTUBEINSTAGRAM
NIDERLANDIYA BILAN HAMKORLIK ISTIQBOLLARI MUHOKAMA ETILDI
🇺🇿🤝🇳🇱
O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vaziri Aziz Voitov Niderlandiyaning O‘zbekistondagi Favqulodda va muxtor elchisi Andre Karstens bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Uchrashuvda Niderlandiya elchisi uning mamlakati O‘zbekiston bilan qishloq xo‘jaligi sohasidagi aloqalarni kengaytirish niyatida ekanligini bildirdi. O‘zbekiston qishloq xo‘jaligini mintaqadagi eng jo‘shqin taraqqiy etayotgan, ishonchli bozor deya ta'rifladi va Niderlandiya qo‘shma loyihalarni amalga oshirishga tayyor ekanligini izhor qildi.

Qishloq xo‘jaligi vaziri Aziz Voitov ikki mamlakat o‘rtasida agrar sohadagi hamkorlik aloqalari keyingi yillarda jadal rivojlanayotganligini qayd etib, munosabatlar ko‘lamini yanada kengaytirish uchun imkoniyatlar yetarli ekanligini ta'kidladi.

Elchi niderlandiyalik biznes doiralari O‘zbekiston agrar sohasiga katta qiziqish bildirishlari, jumladan bog‘dorchilik, suv resurslaridan oqilona foydalanish, agrotexnika va texnologiyalar borasida hamkorlik niyatida ekanliklarini yetkazdi.
*****
ОБСУЖДЕНЫ ПЕРСПЕКТИВЫ СОТРУДНИЧЕСТВА С НИДЕРЛАНДАМИ
🇺🇿
🤝🇳🇱
Министр сельского хозяйства Республики Узбекистан Азиз Воитов провел встречу с Чрезвычайным и Полномочным Послом Нидерландов в Узбекистане Андре Карстенсом.

На встрече руководитель дипломатического представительства в нашей стране заявил, что его страна намерена расширять спектр сотрудничества в агропромышленном комплексе с Узбекистаном.

Особое внимание уделялось выращиванию не только традиционных, но и других видов сельскохозяйственных культур, включая создание теплиц, специализирующихся на цветоводстве.

#xalqaro_hamkorlik #vazir #qishloq_xojaligi #issiqxonalar_faoliyati #Ozbekiston #Niderlandiya #FAO #международное_сотрудничество #министр #теплицы #Узбекистан #Нидерланды #ФАО

🌐Vebsayt💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM