QISHLOQ XO'JALIGI VAZIRLIGI
12.1K subscribers
18.8K photos
2.5K videos
5 files
8.21K links
O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi

🔗 Rasmiy sahifalarimizning manzillari: https://taplink.cc/uzagroministry

📍Manzil: Toshkent viloyati, Qibray tumani, Universitet ko‘chasi, 2-uy

☎️ Ishonch telefoni: 1243
Download Telegram
XALQARO DAVRA SUHBATI QIZG'IN O'TMOQDA

🔰Ayni damda Toshkent shahrida “Qishloq xo‘jaligi yerlariga bo‘lgan huquqlarni ishonchli himoya qilish, ularni bozor aktiviga aylantirish hamda yaylovlarni muhofaza qilish va ulardan samarali foydalanishni tashkil etish” mavzusidagi xalqaro davra suhbati boshlandi.

Tadbir O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi hamda Birlashgan Millatlar Tashkilotining Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti (FAO) bilan hamkorlikda tashkil etildi.

Tadbirni kirish so‘zi bilan ochib bergan Qishloq xo‘jaligi vaziri Aziz Voitov so‘nggi yillardagi degradatsiya oqibatlari yaylovlar hosildorligining pasayishiga, o‘simliklar bioxilma-xilligi va chorva mollari ozuqa bazasining kamayib ketishiga sabab bo‘layotganiga to‘xtalar ekan, bu holatning oldini olish va bartaraf etishda xalqaro tajribalarni amaliyotga joriy etishning ahamiyatiga alohida e’tibor qaratdi.

#xalqaro_davra_suhbati #qishloq_xojaligi #vazir #FAO

🌐Vebsayt💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🗣Xalqaro davra suhbatida ta’kidlanganidek, BMTning Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti (FAO) Global Ekologik Jamg‘armasi (GEF) tomonidan moliyalashtirilgan loyihalarni amalga oshirish orqali yaylovlarni barqaror boshqarish, ekotizimni saqlash, yerlarning degradatsiyasi, qurg‘oqchilik va sho‘rlanishga qarshi kurashishga katta hissa qo‘shmoqda.

Tadbir davomida Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti (FAO) ning katta maslahatchisi Nariman Nishanov OAV vakillariga intervyu berar ekan quyidagilarni ta’kidlab o‘tdi:

“O‘zbekiston Respublikasida yaylovlarning o‘rni va ahamiyati juda muhim. Nega deganda, mamlakatdagi qishloq xo‘jaligi yerlarining qariyb 21 mln gektari yaylovlardan iborat bo‘lib, ular hozirgi kunda turli darajadagi degradatsiya yaʼni tanazzulga uchrash jarayonida turibdi. Ularni asrab qolishga qaratilgan bir qator texnologiyalar mavjud. Hozirgi kunda shuningdek, qurg‘oqchilikka qarshi o‘simliklar turlarini ko‘paytirish, yaylovlardagi mavjud yashil qoplamni tiklash, chorvachilikning salbiy taʼsirini kamaytirishdan iborat bo‘lgan bir qator tadbirlar amalga oshirilmoqda. Fermer xo‘jaliklari uchun ham iqlim o‘zgarishining oldini olish va yaylovlardan oqilona foydalanishga qaratilgan bir qator chora-tadbirlar o‘tkazilmoqda”.

#xalqaro_konferensiya #qishloq_xojaligi #FAO

🌐Vebsayt💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
YAYLOVLAR DEGRADATSIYASIGA QARSHI KURASH MASALALARI MUHOKAMA ETILDI

👥2023-yil 7-iyul kuni Toshkentda o‘tkazilgan «Qishloq xo‘jaligi yerlariga bo‘lgan huquqlarni ishonchli himoya qilish, ularni bozor aktiviga aylantirish hamda yaylovlarni muhofaza qilish va ulardan samarali foydalanishni tashkil etish» mavzusidagi davra suhbati yer resurslaridan oqilona foydalanish muammosining yechimini izlashga bag‘ishlandi.

Tadbir O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi hamda Birlashgan Millatlar Tashkilotining Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti (FAO) bilan hamkorlikda tashkil etildi.

Ushbu tadbirni o‘tkazishdan asosiy maqsad keng jamoatchilikning, xususan, olimlar va mutaxassislarning e’tiborini yaylovlarni muhofaza qilish va ulardan oqilona foydalanish hamda barqaror boshqarish bilan bog‘liq dolzarb muammolar va ularning samarali yechimi bo‘yicha islohotlarni belgilab olish bo‘ldi.

#davra_suhbati #Qishloq_xojaligi_vazirligi #FAO #Ozdavyerloyiha #yaylovlar_degradatsiyasi

🌐Vebsayt💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
KARTOSHKACHILIKNI RIVOJLANTIRISHGA QARATILGAN LOYIHA NATIJALARI SARHISOB QILINDI

👥Joriy yilning 12-iyul kuni Toshkent shahrida bo‘lib o‘tgan “Covid-19 pandemiyasiga javoban kartoshkachilik sektorini tiklash va rivojlantirish” loyihasi bo‘yicha yakuniy seminar ikki yil mobaynida amalga oshirilgan ishlarning sarhisobi hisoblanadi. Videokonferensaloqa shaklida o‘tkazilgan tadbirda Qishloq xo‘jaligi vazirligi va uning huzuridagi ilmiy-tadqiqot institutlari xodimlari, BMTning Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti (FAO) vakillari, milliy va xalqaro ekspertlar ishtirok etishdi.

Bugungi kunda O‘zbekistondagi kartoshkachilik imkoniyatlarini inobatga olib, biz ikki yil oldingi davrga nazar tashlasak, 1 gektar yer maydonidan 20-25 tonnagacha hosil olinardi. Hozirda kartoshkachilikda ham innovatsion, ilg‘or texnologiyalarni, xususan, tomchilatib, yomg‘irlatib sug‘orishni qo‘llagan holda har bir gektar yerdan 40-45 tonnagacha hosil olishga erishgan fermer xo‘jaliklarimiz mavjud.

#tadbir #qishloq_xojaligi #FAO #kartoshkachilik

🌐Vebsayt💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
ANDIJONDA IT “DIGITAL VALLEY” OROMGOHI TASHKIL ETILDI

💻Andijon shahrida BMT Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti (FAO) hamkorligida besh kunlik “Digital Valley” oromgohi tashkil etildi.

Oromgoh “Digital City” texnoparki, BMT Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti (FAO) hamda BMTning Aholishunoslik jamg‘armasi (UNFPA) hamkorligi hamda O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi va Andijon viloyati hokimligi ko‘magida, FAO va UNFPAning “O‘zaro hamkorlik orqali O‘zbekiston va Qirg‘izistonning chegaraoldi hududlarini rivojlantirish” qo‘shma loyihasi doirasida ochildi.

Undan ko‘zlangan maqsad vazifasi chegaraoldi hududlarida yashovchi yoshlar va xotin-qizlar o‘rtasida transchegaraviy ijtimoiy-iqtisodiy va ekologik hamkorlikni kengaytirishdan iborat.
*

ОРГАНИЗОВАН IT ЛАГЕРЬ «DIGITAL VALLEY» В АНДИЖАНЕ

💻В Андижане в сотрудничестве с Продовольственной и сельскохозяйственной организацией Объединенных Наций (ФАО) был организован пятидневный лагерь «Digital Valley».

Лагерь был открыт при поддержке технопарка «Digital City», Продовольственной и сельскохозяйственной организации Объединенных Наций (ФАО) и Фонда ООН в области народонаселения (ЮНФПА), а также при поддержке Министерства цифровых технологий Республики Узбекистан и администрации Андижанской области, в рамках совместного проекта ФАО и ЮНФПА «Совместное процветание через сотрудничество в приграничных регионах Кыргызстана и Узбекистана».

Его цель – расширение трансграничного социально-экономического и экологического сотрудничества среди молодежи и женщин из целевых сообществ, расположенных в приграничных районах.

#FAO #UNFPA #Digital_Valley #IT #raqamli_texnologiyalar #raqamlashtirish #ФАО #ЮНФПА #цифровые_технологии #цифровизация

🌐Vebsayt💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
BMT FAO MINBARIDA O‘ZBEKISTONDAGI AGRO ISLOHOTLAR TAQDIM ETILDI

👥Joriy yilning 25-iyul kuni BMTning Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti (FAO) konferensiyasida  O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi salohiyatining taqdimoti bo‘ldi.

160 dan ortiq davlatlardan kelgan 2000 dan ortiq ishtirokchi qatnashayotgan konferensiyada O‘zbekiston delegatsiyasi dastlab butun dunyo e'tiborini tortayotgan muammo — oziq-ovqat xavfsizligini ta'minlash masalasiga e'tibor qaratdi.

Qayd etilganidek, O‘zbekistonda qishloq xo‘jaligida yer va suv resurslaridan samarali foydalanish borasida aniq vazifalar belgilangan bo‘lib, ayni paytda mamlakatda o‘zlashtirish imkoni bo‘lgan 1 million gektardan ortiq maydon qayta foydalanilishiga erishiladi.

#xalqaro_hamkorlik #vazir #oziq_ovqat_xavfsizligi #FAO

🌐Vebsayt💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
👥Oʻtayotgan haftada Andijonda BMTning Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti (FAO) hamkorligida besh kunlik “Digital Valley” oromgohi tashkil etildi.

Oromgoh “Digital City” texnoparki, BMT Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti (FAO) hamda BMTning Aholishunoslik jamg‘armasi (UNFPA) hamkorligi hamda O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi va Andijon viloyati hokimligi ko‘magida, FAO va UNFPAning “O‘zaro hamkorlik orqali O‘zbekiston va Qirg‘izistonning chegaraoldi hududlarini rivojlantirish” qo‘shma loyihasi doirasida oʻtkazildi. Ijodiy guruhimiz tadbirning qiziqarli, hayajonli va unutilmas lahzalarini bitta videomaterialda jamlashga harakat qilishdi. Koʻring va baho bering.

#FAO #UNFPA #Digital_Valley #IT #raqamli_texnologiyalar #raqamlashtirish

🌐Vebsayt💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🎥“O‘zbekiston 24” telekanalining informatsion dasturida Birlashgan Millatlar Tashkilotining Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti (FAO) konferensiyasida O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi salohiyatining taqdimoti bo‘lib o‘tgani haqida lavha efirga uzatildi.

Lavhada 160 dan ortiq davlatdan 2 ming nafardan ziyod ishtirokchi qatnashgan ushbu konferensiyada O‘zbekistonninig oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash borasidagi strategiyasi tadbir qatnashchilarning diqqat markazida bo‘lganligi haqida so‘z yuritilgan.

#repost #Ozbekiston_24 #konferensiya #FAO #oziq_ovqat

VebsaytTelegramFacebookYouTubeInstagram
AQUACROP MODELINING YANGI TALQINI

💻AquaCrop modelining 7.1 – eng oxirgi talqinini ushbu havola orqali yuklab olish mumkin bo‘ldi.

AquaCrop – bu qishloq xo‘jaligi ekinlarini sug‘orish tizimining unumdorligi modeli bo‘lib, atrof-muhit sharoitlari va sug‘orish uslublarining ekinlar hosildorligiga ta'sirini baholash imkonini beradi. Model FAOning Yer va suv resurslari bo‘limi tomonidan, oziq-ovqat xavfsizligini ta'minlash maqsadida ishlab chiqilgan. AquaCrop ekinlarning hosildorligini suv iste'moliga qarab prognozlaydi, bu qurg‘oqchilik xatari mavjud mintaqalarda ayniqsa dolzarbdir.

Dastur o‘simliklar o‘sishi jarayonining kompyuterdagi imitatsiyasini yaratadi, bunda tuproq-iqlim omillarini hisobga oladi va qishloq xo‘jaligi ekinlaridan maksimal hosil olish uchun kerakli suv miqdorini hisoblab chiqish imkonini beradi.
*****
НОВАЯ ИНТЕРПРЕТАЦИЯ МОДЕЛИ AQUACROP

💻Последнюю версию модели AquaCrop 7.1 можно загрузить по ссылке.

AquaCrop — это модель производительности системы орошения сельскохозяйственных культур, которая позволяет оценить влияние окружающей среды и методов орошения на урожайность. Модель была разработана отделом земельных и водных ресурсов ФАО для обеспечения продовольственной безопасности. AquaCrop прогнозирует урожайность на основе потребления воды, что особенно актуально в регионах, подверженных засухе.

Программа создает компьютерную имитацию процесса роста растений, с учётом почвенно-климатических факторов и позволяет рассчитать количество воды, необходимое для получения максимального урожая сельскохозяйственных культур.

#AquaCrop #qishloq_xojaligi #sugorish_tizimi #FAO #сельское_хозяйство #ФАО

🌐Vebsayt💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
⚖️👨‍💻👩‍💻💬
OZIQ-OVQAT XAVFSIZLIGIGA BAGISHLANGAN XALQARO KONFERENSIYA QIZG'IN PALLADA

📍Samarqand
*****
⚖️👨‍💻👩‍💻💬
МЕЖДУНАРОДНАЯ КОНФЕРЕНЦИЯ ПО ПРОДОВОЛЬСТВЕННОЙ БЕЗОПАСНОСТИ В САМОМ РАЗГАРЕ

📍Самарканд

#Xalqaro_konferensiya #oziq_ovqat_xavfsizligi #forum #FAO #Samarqand #Международная_конференция #продовольственная_безопасность #форум #ФАО #Самарканд

🌐Website💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM