QISHLOQ XO'JALIGI VAZIRLIGI
15.7K subscribers
25.2K photos
2.75K videos
7 files
9.72K links
O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi

🔗 Rasmiy sahifalarimizning manzillari: https://taplink.cc/uzagroministry

📍Manzil: Toshkent viloyati, Qibray tumani, Universitet ko‘chasi, 2-uy

☎️ Ishonch telefoni: 1243
Download Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#kartoshkachilik #hamkorlik

KARTOSHKA URUG‘CHILIGI BO‘YICHA KOREYA BILAN ILMIY-TADQIQOT ISHLARIDA HAMKORLIK QILINADI

🥔2022-yil 28-sentyabr kuni Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar Milliy markazida Janubiy Koreyaning “Withroad Co., Ltd.” kompaniyasi, Sabzavot, poliz ekinlari va kartoshkachilik ilmiy-tadqiqot instituti hamda Milliy markaz vakillari o‘rtasida hamkorlik uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Mehmonlarga Sabzavot, poliz ekinlari va kartoshkachilik ilmiy-tadqiqot instituti ilmiy faoliyati bo‘yicha maʼlumot berildi, ikki tashkilot faoliyati bo‘yicha suhbatlashildi, shuningdek, kartoshkachilik sohasi bo‘yicha hamkorlik istiqbollari muhokama etildi.

👉Batafsil

Obuna bo'ling:
WWW/TELEGRAM/FACEBOOK/YOUTUBE/INSTAGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#kartoshkachilik #Koreya_tajribasi

JANUBIY KOREYA OLIMLARINING KARTOSHKA URUG‘CHILIGI BO‘YICHA ILMIY TADQIQOTLARI O‘RGANILDI

🥔Avvalroq O‘zR Qishloq xo‘jaligi vazirligi delegatsiyasining Janubiy Koreyaga tashrifi haqida xabar bergan edik. Delegatsiya vakillari ushbu tashrif doirasida yana boshqa qishloq xo‘jaligi obyektlarida ham bo‘lishdi. Xususan, Tog‘li tumanlar qishloq xo‘jaligi ilmiy-tadqiqot instituti faoliyati bilan tanishildi.

Ushbu institut 1959-yili tashkil etilgan bo‘lib, asosan yangi kartoshka navlarini yaratish, urug‘lik kartoshkani yetishtirish bilan shug‘ullanadi. Ayni kunlarda bu yerda biotexnologik usulda “In vitro” sharoitida kartoshka urug‘ligini ko‘paytirish bo‘yicha ilmiy ishlar olib borilyapti.

👉Batafsil

WWWTELEGRAMFACEBOOKYOUTUBEINSTAGRAM
#kartoshkachilik

O‘ZBEKISTONLIK MUTAXASSISLAR TURKIYADA URUG‘LIK KARTOSHKA YETISHTIRISHNI O‘RGANMOQDA

🥔2022-yil oktyabr oyida Birlashgan Millatlar Tashkilotining Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti (FAO) o‘zbekistonlik bir guruh mutaxassislar uchun Turkiyaning kartoshka urug‘chiligi tajribasini o‘rganish maqsadida ushbu davlatga o‘quv safarini tashkil etdi.

Mazkur safarda O‘zR Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Meva-sabzavotchilik, uzumchilik, polizchilik va kartoshkachilikni rivojlantirish boshqarmasi vakili ham ishtirok etdi.

👉Batafsil

*****
#картофелеводство

СПЕЦИАЛИСТЫ ИЗ УЗБЕКИСТАНА ИЗУЧАЮТ ПРОИЗВОДСТВО СЕМЕННОГО КАРТОФЕЛЯ В ТУРЦИИ

🥔В
октябре 2022 года Продовольственная и сельскохозяйственная организация Объединённых Наций (ФАО) организовала для группы специалистов из Узбекистана учебный тур в Турцию для изучения опыта страны по производству семенного картофеля.

В туре принял участие и представитель Управления по развитию плодоовощеводства, виноградарства, бахчеводства и картофелеводства Министерства сельского хозяйства РУ.

👉Подробнее

WWWTELEGRAMFACEBOOKYOUTUBEINSTAGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#repost #Biznes_forum #Uzbekiston24 #Samarqand #MEMORANDUM #HAMKORLIK #parrandachilik #chorvachilik #kartoshkachilik

O‘zbekiston-Vengriya qo‘shma biznes forumi doirasida
o‘zbekistonlik tadbirkorlar va venger kompaniyalari vakillari o‘rtasidagi “B2B” va “G2B” shaklidagi muzokaralar bo‘lib o‘tmoqda.

Unda O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirining o‘rinbosari – Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi bosh direktori Alisher To‘rayev ham ishtirok etmoqda.

Lavhada Alisher To‘rayev bugungi biznes forumi O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi sohasiga qanchalik manfaatli bo‘lgani haqida fikr-mulohazalarini bildirib o‘tdi.

Xususan, chorvachilik va urug‘lik kartoshkachilik yo‘nalishi bo‘yicha Vengriya va O‘zbekiston o‘rtasida muhim kelishuvlar amalga oshirilayotganini taʼkidlab o‘tdi.

WWWTELEGRAMFACEBOOKYOUTUBEINSTAGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#seminar #kartoshkachilik

KARTOSHKA URUG‘CHILIGI BO‘YICHA SEMINAR O‘TKAZILDI

🥔O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi hamda Birlashgan Millatlar Tashkilotining Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti (FAO) hamkorligida “COVID-19 ga javoban kartoshkachilik sohasini qayta tiklash va rivojlantirish” qo‘shma loyihasi doirasida seminar tashkil etildi.

Seminarda “O‘zbekistonda urug‘lik kartoshka yetishtirish va sertifikatlashning hozirgi holati va muammolarini aniqlash” masalasi muhokama qilindi.

👉Batafsil saytimizda o‘qing.

WWWTELEGRAMFACEBOOKYOUTUBEINSTAGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#kartoshkachilik #texnologiya #sinov

KARTOSHKA HOSILDORLIGINI OSHIRISH BO‘YICHA YAPONIYA TEXNOLOGIYASI O‘ZBEKISTONDA SINOVDAN O‘TKAZILADI

🤝O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Sabzavot, poliz ekinlari va kartoshkachilik ilmiy-tadqiqot instituti olimlari hamda stansiyalari rahbarlari, shuningdek, O‘zbekiston-Vengriya kartoshkachilik ilmiy markazi xodimlari uchun tanishtiruv o‘quv seminari bo‘lib o‘tdi. Seminarni BIOVERSITY\CIAT tadqiqotchisi Mariana Kintero (Kolumbiya) olib bordi.

Tadbir “Rivojlanayotgan mamlakatlarda qishloq xo‘jaligi tarmoqlarini yaxshilash maqsadida qishloq xo‘jaligida ma’lumotlarga asoslangan qarorlarni qabul qilishni qo‘llab-quvvatlashning integratsiyalashgan tizimini (e-kakashi) qo‘llash bo‘yicha tadqiqotlar” loyihasi doirasida o‘tkazildi.

👉Batafsil

WWWTELEGRAMFACEBOOKYOUTUBEINSTAGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🎥“O‘zbekiston 24” telekanalining “Fakt 24” dasturida “Sabzavot, poliz ekinlari va kartoshkachilik ilmiy tadqiqot institutini olimlarining ilmiy tadqiqot natijasi” mavzusida lavha efirga uzatildi.

Lavhada Toshkent viloyati Toshkent tumanida sarimsoqning yangi “janubiy” navi patentlangani haqida so‘z yuritilgan.

#repost #Fakt_24 #sabzavot #poliz_ekinlari #kartoshkachilik #sarimsoq

WWWTELEGRAMFACEBOOKYOUTUBEINSTAGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
KARTOSHKANING YANGI ULTRA ERTAPISHAR NAVI IXTIRO QILINDI

🥔O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Sabzavot, poliz ekinlari va kartoshkachilik ilmiy-tadqiqot instituti seleksioner olimlari mamlakatimiz tuproq iqlim sharoitiga mos kartoshkaning ertapishar “Toshkent ertagisi” navini ixtiro qilishdi.
Yangi nav va respublikada kartoshka yetishtirish bo‘yicha ma’lumotlarni saytimizdan bilib oling.

📺To'liq video

#kartoshkachilik #yangi_nav #ixtiro

WWWTELEGRAMFACEBOOKYOUTUBEINSTAGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
KARTOSHKANI ZARARKUNANDALAR VA KASALLIKLARDAN HIMOYA QILISHNING ILG‘OR USULLARI

🥔Kartoshka ekinlari turli kasalliklar, zararkunandalar va begona o‘tlar tomonidan jiddiy zararlanishi mumkin. Shuning uchun ushbu ekinlarlarni himoya qilishning yaxlit tizimini o‘z vaqtida qo‘llash muhim hisoblanadi. Birlashgan Millatlar Tashkilotining Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti (FAO) tomonidan tashkil etilgan treninglarda buni qay tarzda samarali amalga oshirish mumkinligi muhokama qilindi.

#trening #kartoshkachilik #FAO #oziq_ovqat
*****
ПЕРЕДОВЫЕ МЕТОДЫ ЗАЩИТЫ КАРТОФЕЛЯ ОТ ВРЕДИТЕЛЕЙ И БОЛЕЗНЕЙ

🥔Урожаю картофеля серьезный урон могут нанести вредители, различные болезни и сорные растения. Вот почему важно своевременно применять комплексную систему защиты посевов картофеля. О том, как это делать эффективно, рассказали на тренингах, организованных Продовольственной и сельскохозяйственной организацией Объединённых Наций (ФАО).

#тренинг #картофелеводство #ФАО

WWWTELEGRAMFACEBOOKYOUTUBEINSTAGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
ZAMONAVIY LABORATORIYALAR: AGRAR SOHADAGI YANGI IMKONIYATLAR

🔬O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Sabzavot, poliz ekinlari va kartoshkachilik ilmiy-tadqiqot instituti 1933-yilda Respublika Sabzavotchilik stansiyasi negizida tashkil etilgan. Ushbu 90 yillik faoliyati davomida institut olimlari tomonidan respublikamizda ekib kelinayotgan 220 dan ortiq sabzavot, poliz va kartoshka navlari yaratildi. Ushbu navlarning 170 dan ortig‘i Davlat Reestriga kiritildi.

#ilmiy_tadqiqit_instituti #sabzavotchilik #kartoshkachilik
*****
СОВРЕМЕННЫЕ ЛАБОРАТОРИИ: НОВЫЕ ВОЗМОЖНОСТИ В АГРАРНОМ СЕКТОРЕ

🔬Научно-исследовательский институт овощеводства, бахчевых культур и картофелеводства при Министерстве сельского хозяйства Республики Узбекистан был создан в 1933 году на базе Республиканской овощеводческой станции. За эти 90 лет работы учеными Института создано более 220 сортов овощей, бахчевых культур и картофеля, выращиваемых в нашей республике. В Госреестр внесено более 170 таких сортов.

#научно_исследовательский_институт #овощеводство #картофелеводство

WWWTELEGRAMFACEBOOKYOUTUBEINSTAGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Prezident #qishloq_xojaligi #kartoshkachilik

19-aprel kuni
Prezident Shavkat Mirziyoyev qishloq xo‘jaligida kartoshkachilikni rivojlantirishga qaratilgan reja va takliflar taqdimoti bilan tanishdi.

Davlat rahbari mamlakatimizda kartoshkaga bo‘lgan talab qariyb 4 million tonnani tashkil etayotganini, shuning 80 foizdan ortig‘i respublikamizda yetishtirilib, qolgan qismi import hisobidan to‘ldirilayotganiga eʼtibor qaratdi.

Taqdimotda Qishloq xo‘jaligi vazirligiga 500 tonna elita kartoshka urug‘larini 1 ming 700 ta aholi tomorqalariga bepul tarqatish, kartoshka yetishtiruvchilarga imtiyozli mablag‘lar ajratish vazifasi yuklatildi.

Kartoshkachilikdagi muammolar, yechimlar va rejalar xususida batafsil o‘qing.

https://t.me/shmirziyoyev/16810
O‘zbekiston hududiga kartoshka dastlab qachon va qayerdan kirib kelganligi haqida so‘rovnoma o‘tkazgan edik.

So‘rovda jami 71 kishi ishtirok etdi. Ulardan 30 kishi to‘g‘ri javobni tanlagan – O‘zbekiston hududiga kartoshka dastlab XIX asrda, G‘arbiy Sibirdan ko‘chib kelgan tatarlar keltirgan. Bu haqda batafsil saytimizda o‘qishingiz mumkin.

👥So‘rovlarimizda ishtirok eting. Bu yerda siz yangi bilimlarni o‘rganishingiz yoki qishloq xo‘jaligi sohasidagi faktlarni bilishingizga ishonch hosil qilishingiz mumkin.

#sorovnoma #kartoshkachilik #tarix

VebsaytTelegramFacebookYouTubeInstagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
SURXONDARYODA LALMI YERLAR KARTOSHKACHILIK UCHUN O‘ZLASHTIRILMOQDA

🥔Kartoshka, xalqimiz ta’biri bilan aytganda, ikkinchi non. Chunki non kabi, u ham me’daga tegmaydi. U nafaqat to‘yimliligi, balki shifobaxshligi bilan ham o‘ziga xosdir. Kartoshka tarkibida oqsil, yog‘, uglevodlar, organik kislotalar, B1, B2, RR, S, D, K, E, A vitaminlari, natriy, kaliy, magniy, kalsiy, temir, fosfor, yod kabi elementlar mavjud.

Bugungi kunda mamlakatimizda kartoshkaga bo‘lgan talab qariyb 4 million tonnani tashkil etadi. Shuning 80 foizdan ziyodi yurtimizda yetishtirilib, qolgan qismi import hisobidan to‘ldirilmoqda.

#qishloq_xojaligi #kartoshkachilik #import
*****
ЗАСУШЛИВЫЕ ЗЕМЛИ СУРХАНДАРЬИНСКОЙ ОБЛАСТИ ОСВАИВАЮТСЯ ДЛЯ ВЫРАЩИВАНИЯ КАРТОФЕЛЯ

🥔Картофель, как говорят у нас в народе, – второй хлеб. Потому как и хлеб, он не надоедает. Он уникален не только своей пищевой ценностью, но и лечебными свойствами. Картофель содержит такие элементы, как белок, жир, углеводы, органические кислоты, витамины В1, В2, РР, С, Д, К, Е, А, натрий, калий, магний, кальций, железо, фосфор, йод.

Сегодня ежегодное потребление картофеля в нашей стране составляет примерно 4 млн. тонн. Более 80 процентов от этого объема производится в Узбекистане, а оставшаяся пятая часть импортируется.

#сельское_хозяйство #картофелеводство #импорт

VebsaytTelegramFacebookYouTubeInstagram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
XALQARO ANJUMAN “SABZAVOT, POLIZ EKINLARI VA KARTOSHKACHILIK ILMIY-TADQIQOT INSTITUTI” NING 90 YILLIK FAOLIYATIGA BAG‘ISHLANDI

🔰Joriy yilning 24-25-may kunlari
Toshkent shahrida “Sabzavot, poliz va kartoshkachilik sohasida erishilgan ilmiy yutuqlar, muammolar va ularning yechimlari, ishlab chiqarish bilan integratsiya” mavzusida xalqaro anjuman bo‘lib o‘tmoqda.

Xalqaro anjumanni Qishloq xo‘jaligi vaziri Aziz Voitov kirish so‘zi bilan ochib berdi va bugungi kunda qishloq xo‘jaligi, xususan sabzavotchilik, poliz ekinlari va kartoshkachilik yo‘nalishida mamlakatimiz olimlari tomonidan qilinayotgan ilmiy-tadqiqot ishlariga alohida eʼtibor qaratilayotganini taʼkidladi.

#xalqaro_anjuman #vazir #sabzavotchilik #poliz_ekinlari #kartoshkachilik #AKIS #FAO #ilmiy_tadqiqot_instituti
*****
МЕЖДУНАРОДНАЯ КОНФЕРЕНЦИЯ, ПОСВЯЩЕННАЯ 90-ЛЕТИЮ ДЕЯТЕЛЬНОСТИ «НАУЧНО-ИССЛЕДОВАТЕЛЬСКОГО ИНСТИТУТА ОВОЩЕБАХЧЕВЫХ КУЛЬТУР И КАРТОФЕЛЯ»

🔰24-25 мая этого года проходит международная конференция на тему «Научные достижения в сфере овощеводства, бахчевых и картофеля. Проблемы и пути их решения, интеграция с производством».

Международную конференцию вступительным словом открыл министр сельского хозяйства Азиз Воитов, который отметил, что сегодня особое внимание уделяется научно-исследовательской работе, проводимой учеными нашей страны в области сельского хозяйства, в частности, в сфере овощеводства, бахчевых и картофеля.

#международная_конференция #министр #НИИ #ФАО

VebsaytTelegramFacebookYouTubeInstagram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
FAOLIYATNING 90 YILLIGIGA BAG‘ISHLANGАN XALQARO ANJUMAN

🔰Avval xabar berganimizdek, joriy yilning 24-25-may kunlari Toshkent shahrida “Sabzavot, poliz va kartoshkachilik sohasida erishilgan ilmiy yutuqlar, muammolar va ularning yechimlari, ishlab chiqarish bilan integratsiya” mavzusida xalqaro miqyosida anjuman o‘tkazildi.

Sabzavot, poliz ekinlari va kartoshkachilik ilmiy-tadqiqot instituti faoliyatining 90 yilligiga bag‘ishlangan ushbu anjumanni o‘tkazishdan maqsad O‘zbekistonda va xorijda sabzavot, poliz va kartoshkachilik sohalarida so‘nggi yillarda erishilgan yutuqlar, amalga oshirilayotgan tadqiqotlar va ularning natijalari, sohadagi mavjud muammolar va ularning ilmiy yechimlari hamda istiqboldagi rejalarni belgilash va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.

#anjuman #ilmiy_tadqiqot_instituti #kartoshkachilik #sabzavot #poliz_ekinlari

VebsaytTelegramFacebookYouTubeInstagram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
KARTOSHKA URUG‘CHILIGINI RIVOJLANTIRISH BORASIDA YANGI HAMKORLIK

🥔Joriy yilning 29-may kuni Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Sabzavot, poliz ekinlari va kartoshkachilik ilmiy-tadqiqot institutida Koreya Respublikasining “Izlanish” ilmiy-tadqiqot instituti direktori Lee Kang Seop boshchiligida kartoshkachilik yo‘nalishida faoliyat olib borayotgan korxonalarning professor va mutaxassislaridan iborat ishchi guruhi uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Sabzavot, poliz ekinlari va kartoshkachilik ilmiy-tadqiqot institutining issiqxonasida invitro usulida kartoshka urug‘chiligini yo‘lga qo‘yilganiga va undagi jarayonlarning xalqaro sifat talabiga javob berishiga, bu yetishtirish miqdorini yana bir necha barobarga ko‘paytirish mumkinligiga ham e’tibor qaratildi. O‘zbekistonda ekin maydonlarida ekilgan kartoshkalar bir yilda 30 foizgacha zararlanishi va bu muammolarni bartaraf etish lozimligi ta’kidlandi.

#ilmiy_tadqiqot_instituti #kartoshkachilik #urugchilik #issiqxona #invitro
*****
НОВЫЕ НАПРАВЛЕНИЯ СОТРУДНИЧЕСТВА ПО РАЗВИТИЮ СЕМЕНОВОДСТВА КАРТОФЕЛЯ

🥔29 мая этого года
в НИИ овощебахчевых культур и картофеля Министерства сельского хозяйства состоялась встреча рабочей группы в составе профессоров и специалистов предприятий, работающих в сфере картофелеводства, во главе с Ли Канг Сеопом, директором Института «Поиск» Республики Корея.

На встрече было обращено внимание на то, что в теплице НИИ начат посев картофеля «in vitro» и что процесс полностью соответствует международным требованиям качества, а количество продукции может быть увеличено в несколько раз. Отмечено, что до 30% картофеля, высаженного в Узбекистане ежегодно повреждается и необходимо оперативно решать эти проблемы.

#НИИ #картофелеводство #семеноводство #теплицы

VebsaytTelegramFacebookYouTubeInstagram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
KARTOSHKACHILIKNI RIVOJLANTIRISHGA QARATILGAN LOYIHA NATIJALARI SARHISOB QILINDI

👥Joriy yilning 12-iyul kuni Toshkent shahrida bo‘lib o‘tgan “Covid-19 pandemiyasiga javoban kartoshkachilik sektorini tiklash va rivojlantirish” loyihasi bo‘yicha yakuniy seminar ikki yil mobaynida amalga oshirilgan ishlarning sarhisobi hisoblanadi. Videokonferensaloqa shaklida o‘tkazilgan tadbirda Qishloq xo‘jaligi vazirligi va uning huzuridagi ilmiy-tadqiqot institutlari xodimlari, BMTning Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti (FAO) vakillari, milliy va xalqaro ekspertlar ishtirok etishdi.

Bugungi kunda O‘zbekistondagi kartoshkachilik imkoniyatlarini inobatga olib, biz ikki yil oldingi davrga nazar tashlasak, 1 gektar yer maydonidan 20-25 tonnagacha hosil olinardi. Hozirda kartoshkachilikda ham innovatsion, ilg‘or texnologiyalarni, xususan, tomchilatib, yomg‘irlatib sug‘orishni qo‘llagan holda har bir gektar yerdan 40-45 tonnagacha hosil olishga erishgan fermer xo‘jaliklarimiz mavjud.

#tadbir #qishloq_xojaligi #FAO #kartoshkachilik

🌐Vebsayt💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
TOSH BOSUVCHI, YUQORI SIFATLI KARTOSHKALAR YETISHTIRILMOQDA

🥔Samarqandning Toyloq Bulung‘ur va Jomboy tumanlari mirishkorlari azaldan kartoshka yetishtirishning sir-asrorlarini puxta o‘zlashtirishgan. Sabzavot, poliz ekinlari va kartoshkachilik ilmiy tadqiqot instituti Samarqand ilmiy tajriba stansiyasi jamoasining yillar davomida to‘plagan boy tajribasi, sohaga joriy etilayotgan innovatsion uslublar va agrar sohadagi ilm-fan yutuqlarining o‘zaro uyg‘unlashuvi agrar tarmoqda, xususan, kartoshkachilikda ijobiy o‘zgarishlar yasamoqda. Shu bois joriy yilda ham viloyatda kartoshka hosildorligi har qachongidan-da barakali keldi.

Birgina Toyloq tumanida joylashgan Sabzavot, poliz ekinlari va kartoshkachilik ilmiy tadqiqot instituti Samarqand ilmiy tajriba stansiyasida joriy yil kartoshkaning “Bog‘izog‘on”, “Ra'nomi”, “Evolyushin”, “Arizona”, “Silvana” va “Lusinda” navlari ekilgan edi. O‘z vaqtida berilgan agrotexnik ishlovlar, albatta, samarasiz ketmadi. Bugun bu yerda yetishtirilgan kartoshka hosili barchaning ko‘zini quvnatmoqda. 11 gektar yer maydonining har gektaridan o‘rtacha 35-40 tonnadan 50-52 tonnagacha hosil olishga erishildi.

Egatdan kovlangan kartoshkalarning ayrimlari 2 kg.dan 2,2 kg.gacha tosh bosayotgani ham fakt. Kartoshkalarning o‘rtacha vazni 350-600 grammni tashkil qilyapti. Bu aslo kimyoviy o‘g‘itlar natijasi emas, balki ishni omilkorlik bilan tashkil qilishning amaldagi samarasi demakdir.

Bundan tashqari, almashlab ekishning to‘g‘ri yo‘lga qo‘yilganligi, ekish muddati, asosiysi tomchilatib va yomg‘irlatib sug‘orish, o‘suv davrida 2-3 bor tarkibida mikro va makroelementlar mavjud bo‘lgan ozuqalar bilan suspenziya qilinganligi yuqoridagi natijaga erishishga zamin yaratdi.

#kartoshkachilik #hosil #Samarqand

🌐Vebsayt💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
YOSH OLIMLAR VA TALABALARNING TAJRIBA ALMASHINUVI YO‘LGA QO‘YILADI
🇺🇿🤝🇭🇺
O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vaziri Aziz Voitov Vengriyaning “MATЕ” – qishloq xo‘jaligi va tabiiy fanlar universiteti rektori Chaba Dyuricha boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashdi.

Tadbirda Vengriyaning Niredxaza universiteti bilan har yili O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi oliygohlarida tahsil olayotgan talabalar orasidan tanlov asosida saralab olingan 10 nafar yoshlarning mazkur universitetda grant asosida ta’lim olishi bo‘yicha kelishuvga erishilgani, bunda “Master Gud” kompaniyasining alohida tutgan o‘rni haqida ham aytib o‘tildi.
*****
НАЧИНАЕТСЯ ОБМЕН ОПЫТОМ МЕЖДУ МОЛОДЫМИ УЧЕНЫМИ И СТУДЕНТАМИ
🇺🇿🤝🇭🇺
Министр сельского хозяйства Республики Узбекистан Азиз Воитов провел встречу с делегацией во главе с ректором венгерского Университета сельского хозяйства и естественных наук «MATE» Чабой Дьюричем.

На мероприятии достигнута договоренность с венгерским Университетом Ньиредьхаза об обучении на грантовой основе 10 молодых исследователей, ежегодно отбираемых из числа студентов, обучающихся в аграрных вузах Узбекистана.

#xalqaro_hamkorlik #vazir #uchrashuv #kartoshkachilik #TDAU #международное_сотрудничество #министр #встреча #картофелеводство #ТГАУ

🌐Vebsayt💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
KOREYA BILAN KARTOSHKACHILIKKA IXTISOSLASHGAN ISSIQXONA BARPO ETILADI

🤝Bugun Qishloq xo‘jaligi vazirligi Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirish departamenti boshlig‘i o‘rinbosari Jamshidjon Abduzuxurov boshchiligidagi vazirlik mutaxassislari hamda Janubiy Koreyaning Xalqaro Meva-sabzavotchilik instituti vakillarining uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda O‘zbekistonda kartoshka urug‘chiligi va ishlab chiqarish tizimini rivojlantirishda kadrlar salohiyatini oshirishga qaratilgan loyiha muhokama qilindi. Unga ko‘ra, Xalqaro Meva-sabzavotchilik instituti vakillari Samarqand agroinnovatsiyalar va tadqiqotlar instituti hududida gidroponika usulida smart issiqxona, shuningdek hududda kartoshkani saqlash uchun omborxona barpo etishni maqsad qilganliklarini aytib o‘tishdi.
*****
В СОТРУДНИЧЕСТВЕ С КОРЕЕЙ ПЛАНИРУЕТСЯ ВОЗВЕСТИ ТЕПЛИЦУ ПО ВЫРАЩИВАНИЮ КАРТОФЕЛЯ

🤝Сегодня состоялась встреча делегации во главе с заместителем начальника управления производства сельскохозяйственной продукции Министерства сельского хозяйства Узбекистана Джамшиджоном Абдузухуровым и представителями Международного института плодоовощеводства Южной Кореи.

В ходе встречи обсуждался проект, направленный на повышение потенциала кадров в развитии семеноводства и производственной системы картофеля в Узбекистане. В соответствии с которым представители Международного института плодоовощеводства заявили о намерении построить "умную" теплицу на основе метода гидропоники на территории Самаркандского института агро инноваций и исследований, а также склад для хранения картофеля.

#xalqaro_hamkorlik #kartoshkachilik #gidroponika #smart_issiqxona

🌐Website💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM