QISHLOQ XO'JALIGI VAZIRLIGI
12.2K subscribers
19.8K photos
2.54K videos
5 files
8.42K links
O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi

🔗 Rasmiy sahifalarimizning manzillari: https://taplink.cc/uzagroministry

📍Manzil: Toshkent viloyati, Qibray tumani, Universitet ko‘chasi, 2-uy

☎️ Ishonch telefoni: 1243
Download Telegram
📝Avvalroq, "Quritilgan mevalarning qaysi turlarini afzal ko‘rasiz?" savolini yo‘llab, so‘rovnoma o‘tkazgan edik.

👥So‘rovda jami 706 kishi ishtirok etdi va ovozlar quyidagicha taqsimlandi:

📊Eng ko‘p ovoz mayiz (58%) uchun berilgan bo‘lsa, keyingisi bargakka (danaksiz turshak) (29,5%), shuningdek, xurmo (23,5%) uchun berilgan. Boshqa quritilgan mevalar tanlovi esa quyidagicha taqsimlandi: qovun - 14,5%, anjir - 13%, olma - 12,5%, mango - 6,5%, qora olxo‘ri - 6%, olcha - 5%, papayya - 3,5% ovoz.

🥉E'tiborlisi, sevimli quritilgan mevalar orasida xurmo uchinchi o‘rinda, qovun, anjir, olma va boshqa mashhur qoqilardan oldinda.

Keyingi so‘rovlarimizda faol ishtirok etishingizni kutamiz.

#sorovnoma #quritilgan_mevalar

WWWTELEGRAMFACEBOOKYOUTUBEINSTAGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
📝Аvvalroq, “Qanday yong‘oqni afzal ko‘rasiz?” mavzusida so‘rovnoma o‘tkazgandik. So‘rovnomada 610 kishi ishtirok etdi.

Unda xandon pista eng sevimli mahsulot bo‘ldi (59% ovoz). Yong‘oq va bodom deyarli teng ovozlar (22% va 20,5%), keshyu 14% va funduk 8,5% ovoz olishdi. Qizig‘i shundaki, O‘zbekistonda eng ko‘p tarqalgan yong‘oqlardan biri — yeryong‘oq sevib iste’mol qilinishi bo‘yicha atigi 7,5% ovoz bilan oxirgi o‘rinni egalladi.

Biz saytimizda yong‘oqlar haqida ko‘plab maqolalar yozganmiz. Havolalarni muntazam kuzatib boring va so‘rovnomalarimizda faol bo‘lishda davom eting.

#sorovnoma_natijalari #yongoq #keshyu #xandon_pista

WWWTELEGRAMFACEBOOKYOUTUBEINSTAGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Yurtdoshlarimiz o‘rtasida “O‘z tomorqangizda qanday ekinlarni ekasiz” so‘rovnomasi o‘tkazildi.

Mazkur so‘rovnoma 1201 ta ovoz to‘pladi. So‘rovnoma natijalariga ko‘ra,
eng ko‘p ovoz bir hududda sabzavot va meva yetishtirishga berilgan bo‘lib, respondentlar umumiy sonining 41 foizini tashkil etadi.

Ishtirokchilarning 27,5 foizi sabzavot ekinlarini, 24,5 foizi esa mevali daraxtlarni yetishtirishga ovoz berishgan.

Qayd etish joizki, ovoz berganlarning atigi 8,5 foizi o‘z tomorqasida gul yetishtirishni ma’qul ko‘radi, shuningdek, 16 foiz ovoz berganlar esa shaxsiy tomorqaga ega emas.

Faol bo‘lganingiz uchun tashakkur! Javoblaringizni kuzatish biz uchun muhim.

#sorovnoma #natija #sabzavot #mevali_daraxtlar

WWWTELEGRAMFACEBOOKYOUTUBEINSTAGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Bundan bir necha kun avval qaysi mahsulotda C vitamini ko‘pligi bo‘yicha so‘rovnoma o‘tkazgandik. So‘rovnomada jami 152 kishi ishtirok etdi va ko‘pchilik sitrus mevalariga ovoz berdi (74 ta ovoz). Boshqa mahsulotlarga berilgan ovozlar quyidagicha taqsimlandi: Bulg‘or qalampiri – 36 ta; Tuzlangan karam22 ta; Selderey – 12 ta; Kartoshka8 ta.

So‘rovnoma ishtirokchilarining aksariyati to‘g‘ri javobni belgilashdi. C vitaminining eng ko‘p miqdori, aslida, bulg‘or qalampirida mavjud. Quyidagi ro‘yxatda 100 g mahsulot tarkibida vitamin C ning miqdori keltirilgan.

📝Shunday qilib:

🫑bulg‘or qalampirida - 140 mg

🍋sitrus mevalar (limon)da - 40 mg

🌿seldereyda - 38 mg

🥬tuzlangan karamda - 25 mg

🥔kartoshkada - 20 mg

#sorovnoma #vitamin_C

WWWTELEGRAMFACEBOOKYOUTUBEINSTAGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
📝Yaqinda biz so‘rovnoma o‘tkazib, unda sizga sigir va buqalar haqida keltirilgan ma’lumotlardan qaysi biri noto‘g‘ri ekanligini belgilashni taklif qilgandik.
Mana ular:

1. Bir daqiqada sigir yuzga yaqin chaynash harakatlarini amalga oshiradi.
2. Buqalar rangni farqlamaydi.
3. Sog‘in sigir umr bo‘yi o‘rtacha ikki yuz ming stakan sut beradi.
4. Sigirlar odamlar yoki delfinlar kabi yig‘lay oladi.
5. Sigirning qanday mahsulotni iste’mol qilishi, sutining ta’miga ta’sir qilmaydi.

📝So‘rovnomada 100 nafar kishi ishtirok etdi va ko‘pchilik (45 nafar kishi) to‘g‘ri javobni belgiladi: 5-ma’lumotda haqiqatan ham xato bor, chunki sigirning nima mahsulot yeyishi, albatta, u beradigan sutning ta’miga bevosita ta’sir qiladi.

15 nafar kishi ikkinchi ma’lumotga ovoz berdi: buqalar rangni farqlamaydi. Ko‘rinishidan, ko‘pchilik buqani qizil matoni ko‘rganida qanday shoshilishini eslab, shunday javob qaytardi. Biroq, ommaviy qarashlardan farqli o‘laroq, buqalar o‘zlarini qizil rangga urmaydilar — ular haqiqatan ham rangni farqlamaydilar. Arenada buqa jangchi tomon shoshilishining sababi shundaki, u keskin bajarilayotgan harakatlardan g‘azablanadi.

#sorovnoma #buqa #sigir

WWWTELEGRAMFACEBOOKYOUTUBEINSTAGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
📝Birinchi genetik o‘zgartirilgan sabzavot mahsuloti qaysiligi haqida so‘rov o‘tkazgan edik.

So‘rovnomada jami 195 kishi ishtirok etdi. Shuni ta’kidlash joizki, respondentlarning aksariyati (115 kishi) pomidor deb to‘g‘ri javobni tanlashgan. Genetik muhandislik bo‘yicha birinchi muvaffaqiyatli tajriba 1994-yilda o‘tkazilgan bo‘lib, yetishtirilgan pomidor eng yaxshi ta’mga ega emas edi. Lekin vaqt o‘tishi bilan ushbu jarayon yaxshilanib bordi.

👥So‘rovnomalarimizda ishtirok eting. Bu yerda siz yangi narsalarni o‘rganishingiz yoki qishloq xo‘jaligi sohasidagi faktlarni bilishingizga ishonch hosil qilishingiz mumkin.

#sorovnoma #genetik_muhandislik #pomidor #oziq_ovqat

WWWTELEGRAMFACEBOOKYOUTUBEINSTAGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
📝Avvalroq, ushbu suratdagi qo‘ng‘izning o‘simliklar uchun zararli yoki foydali ekanligini aniqlash maqsadida so‘rovnoma o‘tkazgan edik.

👥So‘rovnomada 179 kishi ishtirok etdi. Ulardan 103 nafari foydali degan xulosaga kelishgan, 76 nafari esa zararli deb hisoblashgan. Javoblarning “foydali” variantini tanlaganlar to‘g‘ri javob berishgan.

🪳Suratdagi qo‘ng‘iz ovqat tanlamaydi: u mayda hashoratlarni yeydi, shuningdek, gullardagi nektar va gulchanglar bilan oziqlanadi. Biroq, bu qo‘ng‘izning lichinkalari haqiqiy yirtqichlardir, chunki ular tırtıllar, mayda mollyuskalar, shira, oq pashsha, shuningdek, boshqa hashoratlarning lichinkalari va tuxumlarini iste’mol qiladi. Shuning uchun bu qo‘ng‘izning tabiatga foydasi ko‘p. Axir, zararkunandalarni yo‘q qilish orqali ular bog‘larda, polizlarda va sabzavot dalalarida o‘simliklarni qutqaradi.

Aytgancha, ilgari qishloq uylarida bunday qo‘ng‘izlar yordamida ular suvaraklarga qarshi kurashgan. Bunda uyga bunday qo‘ng‘izlardan bir nechtasini kiritish kifoya qilgan. Ularni ko‘rgan suvaraklar uyni tark etishgan.

#sorovnoma_natijalari

WWWTELEGRAMFACEBOOKYOUTUBEINSTAGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
O‘zbekiston hududiga kartoshka dastlab qachon va qayerdan kirib kelganligi haqida so‘rovnoma o‘tkazgan edik.

So‘rovda jami 71 kishi ishtirok etdi. Ulardan 30 kishi to‘g‘ri javobni tanlagan – O‘zbekiston hududiga kartoshka dastlab XIX asrda, G‘arbiy Sibirdan ko‘chib kelgan tatarlar keltirgan. Bu haqda batafsil saytimizda o‘qishingiz mumkin.

👥So‘rovlarimizda ishtirok eting. Bu yerda siz yangi bilimlarni o‘rganishingiz yoki qishloq xo‘jaligi sohasidagi faktlarni bilishingizga ishonch hosil qilishingiz mumkin.

#sorovnoma #kartoshkachilik #tarix

VebsaytTelegramFacebookYouTubeInstagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Yurtimizga pishiqchilik kirib keldi.

Oramizda kim qaysi mevani ko‘proq yoqtiradi?

#sorovnoma #meva #pishiqchilik
O‘tgan haftada qaysi mevani yoqtiruvchilar oramizda ko‘proq ekani bilan qiziqqandik.

👥So‘rovda jami 218 kishi qatnashdi.

📝Natijalarga ko‘ra, eng sevimli meva — bu gilos bo‘ldi (105 kishi ovoz berdi). Ikkinchi o‘rinda — o‘rik (59 ovoz). Uchinchi orinda — olma (41 ovoz). Negadir, olxo‘ri (8 ovoz) va olcha (5 ovoz) sevuvchilar oramizda kam ekan.

📝So‘rovlarimizda ishtirok eting. Bu yerda siz yangi bilimlarni o‘rganishingiz yoki qishloq xo‘jaligi sohasidagi faktlarni bilishingizga ishonch hosil qilishingiz mumkin.

#sorovnoma #meva

VebsaytTelegramFacebookYouTubeInstagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
O‘tgan haftada dala chetiga qanday ekin ekish ma'qul ekanligi haqidagi fikringiz bilan qiziqqandik.

So‘rovda jami 521 nafar ishtirokchi qatnashdi. Ishtirokchilarning ko‘pchiligi (salkam 50%) dala chetiga yog‘och uchun daraxt ekishni afzal hisobladi.

📝Boshqa variantlar quyidagicha qo‘llab-quvvatlashga ega bo‘ldi:
🍑Mevali daraxt – 35,5%
🍇Uzum – 14%
🍈Poliz ekinlari – 11%
🥕Sabzavotlar – 10%

👥So‘rovlarimizda ishtirok eting. Bu yerda siz yangi bilimlarni o‘rganishingiz yoki qishloq xo‘jaligi sohasidagi faktlarni bilishingizga ishonch hosil qilishingiz mumkin.

#sorovnoma #dala_cheti

🌐Vebsayt💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
O‘tgan haftada qaysi hasharot pomidor bargining orqasiga yopishib, shirasini so‘rib, oziqlanishi, lichinkalari chiqargan chiqitlarda mog‘or rivojlanib, barglar qurib qolishiga sabab bo‘lishi haqida so‘rov o‘tkazilgandi.

👥So‘rovda jami 423 kishi qatnashdi. Ulardan 87 kishi to‘g‘ri javob berdi. To‘g‘ri javob – pomidor kuyasi.

🚫Fermerlar pomidor kuyasiga qarshi asosan kimyoviy usullar bilan kurashadilar.

📝So‘rovlarimizda ishtirok eting. Bu yerda siz yangi bilimlarni o‘rganishingiz yoki qishloq xo‘jaligi sohasidagi faktlarni bilishingizga ishonch hosil qilishingiz mumkin.

#sorovnoma #pomidor

🌐Vebsayt💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
O‘tgan haftada qaysi davlat istalgan ko‘rinishda, masalan, kub shaklida tarvuz yetishtirishni o‘rganib olgani haqida so‘rov o‘tkazilgandi.

So‘rovda jami 633 kishi ishtirok etdi. Shundan 227 kishi savolga to‘g‘ri javob bergan. To‘g‘ri javob — Yaponiya.

🍉Tarvuzda kub shaklini yaratish uchun maxsus qoliplar qo‘llaniladi. Bu ish tashqaridan oddiy tuyuladi, lekin aslida, o‘ta jiddiy yondashuvni talab qiladi. Har bir tarvuz dehqonlar tomonidan kuniga bir necha marta tekshiriladi, chunki tayyor mahsulot o‘z vaqtida qolipdan tozalanmasa, unda yorilish yoki naqshning buzilishi kabi turli nuqsonlar paydo bo‘lishi mumkin.

📝So‘rovlarimizda ishtirok eting. Bu yerda siz yangi bilimlarni o‘rganishingiz yoki qishloq xo‘jaligi sohasidagi faktlarni bilishingizga ishonch hosil qilishingiz mumkin.

#sorovnoma #tarvuz #Yaponiya

🌐Vebsayt💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
O‘tgan haftada respublikamizning qaysi hududi go‘sht yetishtirish bo‘yicha yetakchi ekanligi haqida so‘rov o‘tkazilgandi. Sizningcha, joriy yilning birinchi yarim yilligida qaysi viloyatda eng ko‘p go‘sht yetishtirilganligini bilishingizga qiziqqandik.

So‘rovda jami 703 kishi qatnashdi, shulardan 90 nafari to‘g‘ri javob berdi: 2023-yilning birinchi yarim yilligida Toshkent viloyati go‘sht yetishtirish bo‘yicha yetakchi bo‘ldi.

Statistika agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, 2023-yil yanvar-iyun oylarida O‘zbekistondagi barcha turdagi xo‘jaliklar tomonidan taqriban 1,3 mln tonna go‘sht yetishtirilgan.

🥩 Go‘sht yetishtirish ko‘rsatkichi bo‘yicha TOP-5:
- Toshkent viloyati – 153,3 ming tonna
- Qashqadaryo viloyati – 146,5 ming tonna
- Samarqand viloyati — 145,1 ming tonna
- Buxoro viloyati – 134 ming tonna
- Xorazm viloyati – 97,2 ming tonna

So‘rovlarimizda qatnashing. Shu tariqa, qishloq xo‘jaligi sohasiga oid yangi bilimlarga ega bo‘lishingiz yoki o‘z bilimingizga bo‘lgan ishonchingizni mustahkamlab olishingiz mumkin.

#sorovnoma #gosht

🌐Vebsayt💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM