QISHLOQ XO'JALIGI VAZIRLIGI
12.2K subscribers
19.8K photos
2.54K videos
5 files
8.42K links
O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi

🔗 Rasmiy sahifalarimizning manzillari: https://taplink.cc/uzagroministry

📍Manzil: Toshkent viloyati, Qibray tumani, Universitet ko‘chasi, 2-uy

☎️ Ishonch telefoni: 1243
Download Telegram
#Karam #Agroinfo #Sabzavot

O‘ZBEKISTONDA YETISHTIRILADIGAN KARAM TURLARI

🥬Karam eng ommabop sabzavotlardan biri. U ko‘plab xalqlarning oshxonasida yetakchi o‘rinni egallaydi. Karamning haqiqatan ham xilma-xil turlari mavjud, do‘kon va bozorlar peshtaxtalarida ushbu sabzavotning bir nechta turini topish mumkin.

Mamlakatimizda bu sabzavot 2022-yil hosili uchun 27,6 ming gektar yerda (asosiy maydonlarda - 13,2 ming gektar, bog‘ qator oralarida - 5,4 ming gektar, takroriy maydonlarda -9,0 ming gektar) ekilgan.

Barcha toifadagi xo‘jaliklarda jami 1,5 mln tonna karam yig‘ib olinishi mo‘ljallanmoqda.

👉Batafsil saytda

WWWTELEGRAMFACEBOOKYOUTUBEINSTAGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#agrosugurta #sabzavot_ekinlari #hosil

SABZAVOT EKINLARI HOSILINI SUG‘URTA QILISH TARTIBI TO‘G‘RISIDA

📝Qishloq xo‘jaligi sug‘urtasi bozori sabzavot ekinlarini sug‘urtalashning quyidagi turlarini taklif etadi:

🟢qishloq xo‘jaligi ishlab chiqaruvchilarining ochiq maydonlarda sabzavot ekinlari hosilini yetarlicha yig‘ib olmaslik oqibatidagi moliyaviy zararlarini sug‘urtalash;

🟠ochiq yerdagi sabzavot ekinlarining sovuqdan zararlanishi oqibatida qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtiruvchi fermer xo‘jaliklarining qishloq xo‘jaligi ekinlarini yig‘ib-terib olmaganligi sababli ko‘rgan moliyaviy zararlarini sug‘urta qilish;

🔴qishloq xo‘jaligi ekinlarini yig‘ib olmaslik natijasida qishloq xo‘jaligi ishlab chiqaruvchilarining moliyaviy zararlarini sug‘urtalash;

👉Batafsil
*****
#агрострахование #овощные_культуры #урожай

О ПОРЯДКЕ СТРАХОВАНИЯ УРОЖАЯ ОВОЩНЫХ КУЛЬТУР

📝На рынке агрострахования предлагаются следующие виды страхования на овощные культуры:

🟢страхование финансовых потерь сельхозпроизводителей в результате недобора урожая овощных культур на открытом грунте;

🟠страхование финансовых потерь фермеров-производителей сельхозпродукции из-за недобора урожая сельскохозяйственных культур из-за повреждения овощных культур открытого грунта заморозками;

🔴страхование финансовых потерь производителей сельскохозяйственной продукции в результате недобора урожая сельскохозяйственных культур;

👉Подробнее

WWWTELEGRAMFACEBOOKYOUTUBEINSTAGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
SABZAVOT EKINLARI HOSILINI SUG‘URTA QILISH TARTIBI TO‘G‘RISIDA

📝Qishloq xo‘jaligi sug‘urtasi bozori sabzavot ekinlarini sug‘urtalashning quyidagi turlarini taklif etadi:

🟢qishloq xo‘jaligi ishlab chiqaruvchilarining ochiq maydonlarda sabzavot ekinlari hosilini yetarlicha yig‘ib olmaslik oqibatidagi moliyaviy zararlarini sug‘urtalash;

🟠ochiq yerdagi sabzavot ekinlarining sovuqdan zararlanishi oqibatida qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtiruvchi fermer xo‘jaliklarining qishloq xo‘jaligi ekinlarini yig‘ib-terib olmaganligi sababli ko‘rgan moliyaviy zararlarini sug‘urta qilish;

🔴qishloq xo‘jaligi ekinlarini yig‘ib olmaslik natijasida qishloq xo‘jaligi ishlab chiqaruvchilarining moliyaviy zararlarini sug‘urtalash;

👉Batafsil

#agrosugurta #sabzavot_ekinlari #hosil
*****
О ПОРЯДКЕ СТРАХОВАНИЯ УРОЖАЯ ОВОЩНЫХ КУЛЬТУР

📝На рынке агрострахования предлагаются следующие виды страхования на овощные культуры:

🟢страхование финансовых потерь сельхозпроизводителей в результате недобора урожая овощных культур на открытом грунте;

🟠страхование финансовых потерь фермеров-производителей сельхозпродукции из-за недобора урожая сельскохозяйственных культур из-за повреждения овощных культур открытого грунта заморозками;

🔴страхование финансовых потерь производителей сельскохозяйственной продукции в результате недобора урожая сельскохозяйственных культур;

👉Подробнее

#агрострахование #овощные_культуры #урожай

WWWTELEGRAMFACEBOOKYOUTUBEINSTAGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🎥“O‘zbekiston 24” telekanalining “Fakt 24” dasturida Sabzavot, poliz ekinlari va kartoshkachilik ilmiy tadqiqot institutini olimlarining ilmiy tadqiqot natijasi” mavzusida lavha efirga uzatildi.

Lavhada Toshkent viloyati Toshkent tumanida sarimsoqning yangi “janubiy” navi patentlangani haqida so‘z yuritilgan.

#repost #Fakt_24 #sabzavot #poliz_ekinlari #kartoshkachilik #sarimsoq

WWWTELEGRAMFACEBOOKYOUTUBEINSTAGRAM
QISH MAVSUMI: SABZAVOT MAHSULOTLARINI SAQLASH VA ZAXIRA QILISHDA NIMALARGA EʼTIBOR QARATISH KERAK?

🥗Qish mavsumida keskin sovuq bo‘lganda, sabzavot mahsulotlarini o‘rnatilgan tartibda saqlash oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlashda muhim o‘rin tutadi.

Bugungi kunda, respublikamizda sabzavot ekinlarini saqlashga mo‘ljallangan 4 400 dan ortiq umumiy sig‘imi 1,5 mln tonna bo‘lgan omborxonalar mavjud.

Respublikamizda 2022-2023- yil qish mavsumiga 583 ming tonna qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini zaxira qilish rejalashtirilgan bo‘lib, amalda 640 ming tonna zaxira qilingan.

👉Batafsil

“Piyoz va boshqa mahsulotlarning narxini barqarorlashtirish borasida qilinayotgan ishlar”ga bag‘ishlangan brifing.

#oziq_ovqat #zaxira #sabzavot

WWWTELEGRAMFACEBOOKYOUTUBEINSTAGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
MEVALARNI SOVUTGICHDA SAQLASH: TALABLARI, MUDDATLARI

🍇Bugungi kunda, respublikamizda meva mahsulotarini saqlashga mo‘ljallangan 4 426 dan ortiq umumiy sig‘imi 1,5 mln tonna bo‘lgan sovutgichli omborxonalar mavjud. Sovutgichli omborxonalar mamlakatimizning har bir hududida bor.

👉Mevalarni saqlash harorati va muddatlari haqida saytimizda o‘qing

#omborxona #sovutgich #meva #sabzavot

WWWTELEGRAMFACEBOOKYOUTUBEINSTAGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Yurtdoshlarimiz o‘rtasida “O‘z tomorqangizda qanday ekinlarni ekasiz” so‘rovnomasi o‘tkazildi.

Mazkur so‘rovnoma 1201 ta ovoz to‘pladi. So‘rovnoma natijalariga ko‘ra,
eng ko‘p ovoz bir hududda sabzavot va meva yetishtirishga berilgan bo‘lib, respondentlar umumiy sonining 41 foizini tashkil etadi.

Ishtirokchilarning 27,5 foizi sabzavot ekinlarini, 24,5 foizi esa mevali daraxtlarni yetishtirishga ovoz berishgan.

Qayd etish joizki, ovoz berganlarning atigi 8,5 foizi o‘z tomorqasida gul yetishtirishni ma’qul ko‘radi, shuningdek, 16 foiz ovoz berganlar esa shaxsiy tomorqaga ega emas.

Faol bo‘lganingiz uchun tashakkur! Javoblaringizni kuzatish biz uchun muhim.

#sorovnoma #natija #sabzavot #mevali_daraxtlar

WWWTELEGRAMFACEBOOKYOUTUBEINSTAGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
BO‘LIB O‘TGAN SOVUQLAR OCHIQ DALADA YETISHTIRILAYOTGAN ERTAKI SABZAVOTLARGA QANCHALIK TA’SIR KO‘RSATDI?

⁉️2022-yilning noyabr-dekabr oylarida dalalarga to‘qsonbosti usulida sabzavot ekinlari ekilgan.

Eng sovuqbardosh va qishga chidamli ko‘p yillik o‘simliklarga (piyoz, sarimsoqpiyoz, shovul, rovoch, yerqalampir (xren)) kiradi.

Bu guruhga mansub o‘simliklar qishda -10-15°С va qor ostida bo‘lsa -20-25°С sovuqqa bardosh beradi, ularning yer ostidagi qismlari yaxshi qishlaydi.

Chat-bot orqali kelgan mazkur savolga to‘liq javobni agro.uz sayti orqali bilib olishingiz mumkin.

#chat_bot #savol_javob #toqsonbosti #sabzavot

WWWTELEGRAMFACEBOOKYOUTUBEINSTAGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
VIVIPARIYA VA FILLODIYA NIMA⁉️

📝Bugun #bu_qiziq rubrikasida inson uchun odatiy bo‘lmagan ayrim hodisalarning kelib chiqishi haqida hikoya qilamiz.

🌱Vivipariyaurug‘larning meva ichida, ba‘zan pishmagan mevalarning sirtida unib chiqishi. Vivipariya ayniqsa, pomidorda ko‘p uchraydi. Vivipariyalar yashovchan bo‘lib, ularni ekish va yangi butalar olish mumkin.

🔃Ko‘pincha vivipariyani butunlay boshqa hodisa bilan chalkashtiriladi. U fillodiya deb ataladi. Bu generativ organlarning (gullar yoki mevalar) barglarga aylanishi.

👆Misol uchun, fotosuratlarda qulupnaydagi urug‘lar unib, barglar to‘plamiga aylanganini ko‘rishimiz mumkin (vivipariya kabi yangi o‘simliklar yoki ko‘chatlarga emas).

🦠Fillodiya – vivipariya kabi zararsiz fiziologik o‘zgarish emas. Bu hodisa o‘simlikka fitoplazma yoki yashillik virusining yuqishidir. Odatda bunday virusning tarqalishi kam, lekin ekin maydonlaridagi 20% gacha o‘simliklar fillodiya bilan zararlangan holatlar mavjud. Mayda hasharotlar fillodiya patogenlarini tashuvchi hisoblanadi.

⚠️Ekin maydonlarida bunday rezavorlarning borligi xavotirli signaldir.

#vivipariya #fillodiya #meva #sabzavot

WWWTELEGRAMFACEBOOKYOUTUBEINSTAGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
FAOLIYATNING 90 YILLIGIGA BAG‘ISHLANGАN XALQARO ANJUMAN

🔰Avval xabar berganimizdek, joriy yilning 24-25-may kunlari Toshkent shahrida Sabzavot, poliz va kartoshkachilik sohasida erishilgan ilmiy yutuqlar, muammolar va ularning yechimlari, ishlab chiqarish bilan integratsiya” mavzusida xalqaro miqyosida anjuman o‘tkazildi.

Sabzavot, poliz ekinlari va kartoshkachilik ilmiy-tadqiqot instituti faoliyatining 90 yilligiga bag‘ishlangan ushbu anjumanni o‘tkazishdan maqsad O‘zbekistonda va xorijda sabzavot, poliz va kartoshkachilik sohalarida so‘nggi yillarda erishilgan yutuqlar, amalga oshirilayotgan tadqiqotlar va ularning natijalari, sohadagi mavjud muammolar va ularning ilmiy yechimlari hamda istiqboldagi rejalarni belgilash va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.

#anjuman #ilmiy_tadqiqot_instituti #kartoshkachilik #sabzavot #poliz_ekinlari

VebsaytTelegramFacebookYouTubeInstagram
TOSHKENT VILOYATI: DALADA – G‘ALLA, ZOVUR CHETLARIDA – SABZAVOTLAR PISHIB YETILDI

🌾Ayni damda yurtimiz dalalarida g‘alla  o‘rim-yig‘imi avj pallada. Bu yil Toshkent viloyatida 14 ta g‘allachilik klasteri hamda 2 ming 529 ta fermer xo‘jaligi tomonidan 106 ming gektar maydonda g‘alla yetishtirildi.

Viloyatda g‘alla o‘rish 5-iyundan boshlangan bo‘lib, 20-iyun holatiga ko‘ra, jami 205 ming 52 tonna g‘alla sotildi. Bu rejaning 76,8 foizi demakdir.

Viloyat miqyosida olganda, 6 721 ta fermer xo‘jaligining 5 510 gektar dala chetlari o‘zlashtirilib, 14 mln 387 ming dona ko‘chat ekildi. Bundan tashqari, 569 gektar yerga poliz, sabzavot va boshqa ekinlar ekildi. Qolaversa, dala shiyponlarida asalari uyalari saqlash, parrandalar parvarishlash urfga aylandi.

#G'alla #o'rim_yig'im #klaster #sabzavot #dala_chetlari

VebsaytTelegramFacebookYouTubeInstagram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
YERDAN BARAKA TOPAYOTGAN FERMER

🌱Qashqadaryo viloyati Qamashi tumanidagi “Nurmonova Xurshida” fermer xo‘jaligi a’zolari ezgu maqsadni diliga tugib, yerga urug‘ qadaganlardan. Tashkil etilganiga unchalik ko‘p bo‘lmagan bo‘lsa-da, fermer xo‘jaligi hozirda yetishtirgan mahsuloti bilan nafaqat qishloq xo‘jaligining rivojiga, balki mahalliy bozorlarning to‘kinligiga ham o‘z hissasini qo‘shmoqda.

“Nurmonova Xurshida” fermer xo‘jaligi 2019-yilda o‘z faoliyatini boshlagan. Hozirda fermer xo‘jaligining 18 gektar yer maydonida turli sabzavot ekinlari ekilmoqda. Xususan, 3 gektar yer maydoniga ertapishar piyoz ekildi. Shuningdek, 3 gektar maydonga ekilgan sarimsoqdan mo‘l hosil olinib, eksportga yuborish arafasida.

Ishning ko‘zini bilgan fermerning bir qarich yeri ham bo‘sh qolmayapdi. 5 gektarlik maydon “Lajain” navli pomidorga ajratildi. Ushbu nav suvsizlikka chidamli, yuqori hosildorligi bilan ajralib turadi. Shuningdek, fermer xo‘jaligi Gollandiyaning “Evolyushn”, “Arizona” navli kartoshkalarini ham sinov tariqasida ekdi. Ushbu kartoshka navi mamlakatimizning tuproq iqlim sharoitiga mosligi va yuqori hosildorligi bilan ajralib turadi.

#fermer #dehqon #sabzavot_ekinlari #ertapishar_piyoz #pomidor #kartoshka #eksport

VebsaytTelegramFacebookYouTubeInstagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
... U karamdoshlar oilasiga mansub bo‘lib, ikki yillik o‘simlik. Kelib chiqish markazi O‘rta Yer dengizi va Sharqiy Osiyo hisoblanadi.

O‘zbekistonda bu ekin turining o‘chog‘i Farg‘ona vodiysining Marg‘ilon, Oltiariq tumanlari sanaladi.

U sovuqqa chidamli, ildizmevasi kuzning o‘rtacha haroratida o‘sib, shakllanadi. Tuproqning unumdorligi va mexanik tarkibi yengil, gumusga boy bo‘lishiga talabchan. Mamlakatimiz hududida 4 ta navi ekiladi.

Savol: qaysi
sabzavot turi haqida so‘z bormoqda?

#sorov #sabzavot
O‘tgan haftada yurtimizda keng tarqalgan savbzavotning ta'rifini berib, uning nomini topishingizni so‘ragan edik.

📝So‘rovda jami 129 kishi qatnashdi. Bizni quvontirgan holat – ko‘pchilik (60 kishi) sabzavot nomini to‘g‘ri topdi – bu turp edi.

👥So‘rovlarimizda ishtirok eting. Bu yerda siz yangi bilimlarni o‘rganishingiz yoki qishloq xo‘jaligi sohasidagi faktlarni bilishingizga ishonch hosil qilishingiz mumkin.

#sorov #sabzavot

🌐Vebsayt💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🏆GINNESNING REKORDLAR KITOBIDAN JOY OLGAN DUNYODAGI UCHTA ENG YIRIK SABZAVOT

🟢Karam – 34 kg. Dunyodagi eng katta karamni Amerikaning Alyaska shtatida yashovchi oila yetishtirgan. Bu hudud sabzavotlar yetishtirish uchun unchalik bop bo‘lmasa ham, Evanslar oilasi buning uddasidan chiqdi. 1997-yilda jahondagi eng yirik bosh karam yetishtirildi va darhol Ginnesning rekordlar kitobiga tushdi. Uning vazni 34 kilogrammdan ziyodroq chiqdi.
Taqqoslash uchun: bu 8 yoshli bolaning o‘rtacha og‘irligidir. Shu paytgacha Evanslar rekordini takrorlashga hech kim muvaffaq bo‘la olmadi, alyaskalik mirishkorlar esa, muvaffaqiyat sirini oshkor etishmayapti.

🟠Qovoqcha (kabachok) – 54 kg. Piter Gleyzbrk sabzavotlar yetishtirish borasida bir qancha rekordlar muallifi sanaladi. Bu ingliz fermeri Ginnesning rekordlar kitobi talqiniga ko‘ra, dunyodagi eng katta qovoqcha (kabachok) yetishtira olgan. Sabzavotning vazni 54 kilogramm, bo‘yi esa 67 santimetr bo‘lgan. Gigantni festivalga olib kelish uchun Piter o‘z tanishi – mashhur sportchi Jonatan Uokerdan yordam so‘raydi. Bugungi kungacha inglizning rekordini yangilay oladigan odam topilmadi.

🔴Bosh piyoz – 9 kg. Yana o‘sha angliyalik Piter Gleyzbrk dunyodagi eng katta piyozni 2015-yilda yetishtirdi. Piyozning kattaligi inson boshiga 2 baravar kelardi. Vazni esa, 9 kilogramm chiqdi. Bu g‘aroyibotni yetishtirishga atigi ikki yarim oy vaqt ketgan. Bu ingliz mirishkorining Ginnesning rekordlar kitobiga tushgan uchinchi rekordi bo‘ldi.

Bilarmidingiz? Qishloq xo‘jaligiga oid barcha voqealardan xabardor bo‘lish uchun postlarimizni kuzatib boring.

#bu_qiziq #sabzavot #rekord

🌐Website💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🌱 TO‘QSONBOSTI USULINING AFZALLIKLARI
 
Mamlakatimiz aholisini ertaki sabzavot mahsulotlariga bo‘lgan talabini to‘liq qondirish maqsadida, sovuqqa chidamli ekinlardan sabzi, piyoz, osh lavlagi, ko‘katlarni to‘qsonbosti muddatida ekib, yetishtirish muhim ahamiyatga ega.

Qolaversa, to‘qsonbosti usulida ekilgan sabzavot urug‘lari erta bahorda barvaqt unib chiqib, tez rivojlanishi hisobiga hosil erta yetiladi.

Shu sababli, Qishloq xo‘jaligi vazirligi tomonidan yuqoridagi tadbirlarni amalga oshirish yuzasidan bir qator amaliy ishlar olib borilmoqda.

📊 Jumladan, hududiy hokimliklarning takliflariga asosan barcha toifa xo‘jaliklari tomonidan 2024-yil hosili uchun jami 529 ming ga (2022-yilga nisbatan +323,1 ming ga ko‘p), shundan avgust-sentyabr oylarida 386,5 ming ga (+316,5 ming ga) piyoz va sarimsoqpiyoz hamda noyabr-dekabr oylarida 142,5 ming ga to‘qsonbosti usulida sabzavot ekinlari ekish belgilandi.

Shundan, 195,7 ming ga piyoz, 66,8 ming ga sarimsoqpiyoz, 71,4 ming ga sabzi, 17 ming ga osh lavlagi, 117,7 ming ga ko‘katlar, 17,3 ming ga rediska, 43,1 ming ga karam ekinlarini yetishtirish belgilab olindi.
Yuqoridagi tadbirlar asosida, 2024 yil fevral, mart, aprel oylarida jami 10,8 mln tonna (2022 yildagiga nisbatan 5,8 mln tonna ko‘p) ertaki qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirishga erishish kutilmoqda.

#toqsonbosti #sabzavot_mahsulotlari

🌐Website💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM