QISHLOQ XO'JALIGI VAZIRLIGI
12.2K subscribers
19.3K photos
2.52K videos
5 files
8.32K links
O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi

🔗 Rasmiy sahifalarimizning manzillari: https://taplink.cc/uzagroministry

📍Manzil: Toshkent viloyati, Qibray tumani, Universitet ko‘chasi, 2-uy

☎️ Ishonch telefoni: 1243
Download Telegram
O‘ZBEKISTON VA POKISTON: AGRAR SOHADAGI HAMKORLIK ISTIQBOLLARI
🇺🇿🤝🇵🇰
Qishloq xo‘jaligi vaziri Aziz Voitov hamda Pokiston Respublikasi Panjob viloyati Bosh vaziri Said Mohsin Raza Naqvi va “Ejaz Group” kompaniyasi rahbari Gohar Ijaz boshchiligidagi delgatsiya o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Unda bugungi kunda O‘zbekiston va Pokiston o‘rtasidagi ko‘p qirrali munosabatlarning strategik xususiyatlari va agrar sohadagi ikki tomonlama hamkorlik aloqalarini jadal sur’atlarda rivojlanib borayotgani, kelgusida qishloq xo‘jaligi sohasi ravnaq topishidagi hamkorlikning mavjud imkoniyat va resurslarini rivojlantirish istiqbollari muhokama qilindi.

Shuningdek, uchrashuvda agrar sohadagi o‘zaro munosabatlarni rivojlantirishning muhim yo‘nalishlaridan hisoblangan paxta yetishtirish va urug‘chilik borasida hamkorlik qilish hamda birgalikda yangi loyihalarni amalga oshirish borasida ham fikr-mulohazalar almashildi.

#xalaqaro_hamkorlik #vazir #uchrashuv #paxta_yetishtirish #urugchilik

🌐Vebsayt💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
QISHLOQ XO‘JALIGI VAZIRLIGI VA “ALIBABA.COM” SAVDO PLATFORMASI HAMKORLIGI RIVOJLANADI

🤝Qishloq xo‘jaligi vaziri Aziz Voitov “Alibaba group” strategik rivojlanish bo‘yicha vitse-prezidenti Kris Zou boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashdi.

Maʼlumki, bugungi kunda O‘zbekiston va Xitoy Xalq Respublikasi o‘rtasidagi munosabatlar har tomonlama strategik sheriklik ruhida jadal sur‘atlarda rivojlanmoqda. Ayniqsa, agrar sohadagi hamkorlik har ikki davlat uchun ham birdek manfaatli ekani, shubhasiz.

Buning natijasida O‘zbekistondagi fermer va tadbirkorlar bilan ishlashga Xitoy tadbirkorlari juda katta qiziqish bildirishmoqda. Hozirgi kunda hamkorlikda O‘zbekistonning 118 ta oziq-ovqat, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari, tekstil korxonalari va boshqa yo‘nalishdagi korxonalarning 8000 dan ortiq mahsulotlarini Alibaba.com savdo bozorida sotadi. Bu natijalar yakuniy degani emas. Agrar soha esa qiziqarli va imkoniyatlari bisyor tizim hisoblanadi.

#xalaqaro_hamkorlik #vazir #uchrashuv #delegatsiya

🌐Vebsayt💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM