QISHLOQ XO'JALIGI VAZIRLIGI
15.8K subscribers
25.2K photos
2.75K videos
7 files
9.72K links
O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi

🔗 Rasmiy sahifalarimizning manzillari: https://taplink.cc/uzagroministry

📍Manzil: Toshkent viloyati, Qibray tumani, Universitet ko‘chasi, 2-uy

☎️ Ishonch telefoni: 1243
Download Telegram
#Hamkorlik #Eksport #Uzbekistan #Hindiston

MEVACHILIK YO‘NALISHIDA HINDISTONGA EKSPORT HAJMINI OSHIRISH MASALASI MUHOKAMA ETILDI

🇺🇿🤝🇮🇳2022-yil 28-noyabr kuni qishloq xo‘jaligi vaziri o‘rinbosari Qahramon Yuldashev Hindistonning Maxarashtra shtati marketing va tekstil bo‘yicha Gubernator o‘rinbosari Anop Kumar bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Uchrashuvda qishloq xo‘jaligi sohasida hamkorlikni rivojlantirish, ikki davlat o‘rtasida savdo aylanmasini oshirish masalalari, shuningdek, o‘zaro istiqbolli investitsiya loyihalari bo‘yicha takliflar muhokama qilindi.

Muloqot yakuniga ko‘ra, O‘zbekistondan gilos, uzum kabi meva mahsulotlarining eksport hajmini oshirish hamda Mumbay shahrida joylashgan paxtani qayta ishlovchi yirik klasterlarni mamlakatimiz bozoriga taklif qilishga kelishib olindi.

WWWTELEGRAMFACEBOOKYOUTUBEINSTAGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
QO‘SHMA HAMKORLIK ISTIQBOLLARI

Qishloq xo‘jaligi vaziri Aziz Voitov va Hindistonning “IPL Biologicals Limited” kompaniyasi Xalqaro biznes boshlig'i Dipak Singal o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda “O‘zbekiston Respublikasi hududida bioo‘g‘itlar va biopestitsidlarni ishlab chiqarish va tarqatish zavodini qurish bo‘yicha qo‘shma korxona tashkil etish”ni amalga oshirish hamda sohada qo‘shma hamkorlikni yo‘lga qo‘yish masalalari muhokama qilindi.

Aziz Voitov hamkorlikda amalga oshirilayotgan ushbu qo‘shma loyihani muvaffaqiyatli amalga oshirishdagi tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlashini ta’kidlab o‘tdi.

Shuningdek, suhbat davomida O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi sohasida yetishtirilayotgan mahsulotlar uchun bioo‘g‘itlar va biopestitsidlarning afzal tomonlari, foydali xususiyatlari hamda ularni qo‘llashning atrof-muhitga ta’siri bo‘yicha fikr almashildi.

#xalqaro_hamkorlik #vazir #tashrif #qishloq_xojaligi #bioogitlar #biopestitsidlar #Ozbekiston #Hindiston

VebsaytTelegramFacebookYouTubeInstagram
AGRAR SOHADAGI HAMKORLIK ISTIQBOLLARI KO‘RIB CHIQILDI
🇺🇿🤝🇮🇳
Qishloq xo‘jaligi vaziri Aziz Voitov Hindistonning Nath Bio-Genes kompaniyasi Markaziy Osiyo bo‘yicha direktori doktor V. Kulkarni va
Hindiston eksport qiluvchi tashkilotlar federatsiyasi raisi Nanda Kaglivalar bilan uchrashdi.

Uchrashuvda qishloq xo‘jaligi sohasida hamkorlik munosabatlarini yo‘lga qo‘yish, xususan, elita urug‘chilik va meva-sabzavotlarni qayta ishlash va ularni saqlash bo‘yicha hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi.

Suhbat chog‘ida O‘zbekiston paxtachiligida 50 sentnerdan 70 sentnergacha hosil beradigan elita urug‘larni yaratish, bunda Hindistonning ilg‘or texnologiyalaridan foydalanish hamda paxta hosildorligini oshirish bo‘yicha yangi tizimni joriy etish haqida fikr almashildi.

Shuningdek uchrashuvda sabzavotchilikni rivojlashtirish bo‘yicha Nath Bio-Genes kompaniyasining zamonaviy texnologiyalar asosida yaratilgan urug‘ navlarini sentyabr oyida O‘zbekistonga olib kelish va yurtimizda kompaniyaning ilmiy tadqiqot instituti Toshkent filialini ochish bo‘yicha hamkorlik qilish haqidagi fikrlar ham o‘rtaga tashlandi.

#xalqaro_hamkorlik #vazir #uchrashuv #paxtachilik #urugchilik #qayta_ishlash #Ozbekiston #Hindiston

🌐Vebsayt💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM