QISHLOQ XO'JALIGI VAZIRLIGI
14K subscribers
24.1K photos
2.72K videos
7 files
9.47K links
O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi

🔗 Rasmiy sahifalarimizning manzillari: https://taplink.cc/uzagroministry

📍Manzil: Toshkent viloyati, Qibray tumani, Universitet ko‘chasi, 2-uy

☎️ Ishonch telefoni: 1243
Download Telegram
URUG‘CHILIKNI RIVOJLANTIRISH IMKONIYATLARI KO‘RIB CHIQILDI

🔸 O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligida Urug‘chilikning bugungi holati, sohadagi mavjud muammolar va ularning yechimiga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Videokonferensaloqa tarzida o‘tkazilgan ushbu yig‘ilishda vazirlik rahbariyati, tizimdagi sohaga aloqador idora va tashkilotlar rahbarlari hamda boshqarmalar boshliqlari ishtirok etishdi.

Yig‘ilishda ta'kidlanganidek, so‘nggi 5 yilda respublikada ishlab chiqarilgan qishloq xo‘jaligi ekinlari eksportida sezilarli darajada o‘sish kuzatilgan bo‘lib, har yili 20 turdagi ekinlardan o‘rtacha 5,0-5,5 mln dollarlik 5,5-7,0 ming tonna sara urug‘liklar dunyoning 36 ta mamlakatiga eksport qilinmoqda. Misol uchun, 2021-yilda 2,5 ming tn chigit, 393 tn maxsar, 340 tn zig‘ir, 232 tn sedana, 140 tn bodring, 121 tn qovun, 120 tn beda urug‘liklari eksportga chiqarilgan.

Vazir Aziz Voitov urug‘chilikda eng dolzarb masala bugungi kun talabiga javob beradigan yuqori hosildor eksportbop yangi nav va duragaylarni yaratish hisoblanib, bu yo‘nalishda olib borayotgan islohotlar yetarli emasligiga bu boradagi ishlarni yangi bosqichga ko‘tarish lozimligiga e'tibor qaratdi. Qishloq xo‘jaligi ekinlarining Milliy Genbankini boyitish va undan foydalanishga alohida e'tibor qaratish lozimligiga to‘xtalib o‘tdi.

Mazkur sanab o‘tilgan muammolar va ishlab chiqilgan takliflar asosida 20 oktyarbrga qadar sohani rivojlantirish hamda har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, xususan import o‘rnini bosuvchi nav va duragaylar yaratish, urug‘chiligini rivojlantirish, fermer xo‘jaliklarini sifatli kafolatlangan urug‘lik bilan ta'minlash tizimini yo‘lga qo‘yish kabi chora-tadbirlar rejasi belgilandi. Va mutasaddilarga tegishli topshiriqlar berildi.

#urugchilik #yegilish

🌐Website💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM