Tanzila Narbaeva
19.1K subscribers
3.3K photos
95 videos
1 file
926 links
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisi

Facebook:
https://www.fb.com/narbaevatanzila/
Instagram:
https://www.instagram.com/tanzilanarbaeva
Twitter:
twitter.com/TNarbaeva
Download Telegram
🇺🇿🇺🇿🇺🇿
Bugun ilk bor tashkil etilgan “Bandlik va ijtimoiy himoyani uygʼunlashtirish orqali Oʼzbekistonda ijtimoiy adolat tamoyillarini mustahkamlash” mavzusidagi xalqaro konferentsiyada ishtirok etdik.

Ushbu xalqaro anjuman Oʼzbekistonda oʼtkazilishining biz uchun ahamiyati katta. Chunki mamlakatimiz tarixda birinchi marta Xalqaro mehnat tashkiloti Maʼmuriy kengashi tarkibiga qabul qilindi.

Yurtimizda ish oʼrinlari yaratish va aholini ijtimoiy himoya qilishga qaratilgan Global akselerator va Global koalitsiya doirasida milliy “yoʼl xaritasi” ishlab chiqildi.

Bu esa, mamlakatimizda investitsiyalar uchun qoʼshimcha shart-sharoitlar yaratish va aholimiz daromadi oʼrtachadan yuqori boʼlgan davlatlar qatoridan joy olishiga xizmat qiladi.

Mazkur konferentsiya ijtimoiy adolatni mustahkamlash, aholi bandligi, ijtimoiy himoyasini taʼminlash, tengsizlik va kambagʼallikni qisqartirish sohasidagi siyosatimizni takomillashtirish yoʼlidagi navbatdagi qadam boʼladi deb oʼylayman.

#senat #hamkorlik #XMT

@tanzilanarbaeva
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿
Xalqaro mehnat tashkiloti bosh direktori Jilber Ungbo bilan uchrashuv oʼtkazdik.

Bosh direktor mamlakatimizda majburiy mehnat va bolalar mehnatiga toʼliq barham berilganini, sohaga oid xalqaro standartlarni joriy etishga qaratilgan muhim islohotlarni alohida e’tirof etdi.

Suhbatimiz davomida Xalqaro mehnat tashkilotining mehnat va ijtimoiy sohalardagi ratifikatsiya qilingan Konventsiyalarining amalga oshirilishi holati, ushbu yoʼnalishlarda davlatimiz tomonidan kelgusida tegishli xalqaro hujjatlarga qoʼshilish masalalarini muhokama qildik.

Shuningdek, yaratilayotgan ish oʼrinlarining mehnat standartlariga mos boʼlishi, ayniqsa xotin-qizlar va yoshlar bandligiga koʼmaklashish, nogironligi boʼlgan hamyurtlarimizning ijtimoiy himoyasini ta’minlash yoʼnalishlarida hamkorlikda amalga oshiradigan ishlarda ustuvorliklarni belgilab oldik.

#Senat #XMT #hamkorlik

@tanzilanarbaeva
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿
Oliy Majlis Senatining ellik to‘rtinchi yalpi majlisi o‘z ishini boshladi

Yalpi majlisda masalalar muhokamasi jarayonini Senatning YouTube tarmog‘idagi sahifasi orqali onlayn kuzatib borishingiz mumkin.

#yalpimajlis54

@tanzilanarbaeva
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Oliy Majlis Senatining ellik beshinchi yalpi majlisi o‘z ishini boshladi

Yalpi majlisda masalalar muhokamasi jarayonini Senatning YouTube tarmog‘idagi sahifasi orqali onlayn kuzatib borishingiz mumkin.

#senat #yalpimajlis55

@tanzilanarbaeva
🇺🇿🇺🇿🇺🇿 Ijro etuvchi hokimiyat organlarining vazifalari samarali bajarilishini ta’minlanishida mustahkam huquqiy asosi bo‘ladigan Qonunni ma’qulladik.

Yangi tahrirdagi Konstitutsiyamizga asosan Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlarining maqomi, Vazirlar Mahkamasining tarkibi va uni shakllantirish tartibi, vakolatlari takomillashtirilmoqda.

Qonun hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, aholimizning muammolarini bartaraf etishda Vazirlar Mahkamasi va parlament palatalarining o‘zaro hamkorligini mustahkamlash uchun muhim ahamiyatga ega.

#yalpimajlis55
#senat

@tanzilanarbaeva
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿 55-yalpi majlisda xalqimiz uchun juda muhim bo‘lgan Qonunni ko‘rib chiqdik.

Afsuski, so‘nggi yillarda bolalarga nisbatan sodir etilayotgan zo‘ravonliklarning turli ko‘rinishlariga guvoh bo‘lyapmiz.

Ijtimoiy tarmoqlarda ota-onalari, yaqinlari, enaga va tarbiyachilari tomonidan tazyiqqa uchragan bolalar haqidagi xabarlarni ko‘rib dilimiz qattiq vayron bo‘ladi.

Bu holatlarga qarshi kurashish va oldini olish bo‘yicha Qonun bilan ilk bora yangi institut joriy etilib, zo‘ravonlikdan jabrlangan bolalarning davlat tomonidan himoyasi yanada kuchaytirilmoqda.

Shuningdek, ota-onalar bolalarning hayoti va sog‘lig‘ini muhofaza qilishi, g‘amxo‘rlik ko‘rsatishi, zararli ta’sir ko‘rsatuvchi axborotdan himoya qilishi shartligi hamda bolalarni tarbiyalashda jismoniy jazolash taqiqlanishi nazarda tutilgan.

#yalpimajlis55
#senat

@tanzilanarbaeva
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Оliy Majlis Senatining ellik beshinchi yalpi majlisi o‘z ishini davom ettirmoqda

Yalpi majlisda ko‘rib chiqiladigan masalalarni Senatning YouTube  tarmog‘idagi sahifasi orqali onlayn kuzatib borishingiz mumkin.

#senat #yalpimajlis55

@tanzilanarbaeva
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿 Oliy Majlis Senatining ellik oltinchi yalpi majlisi o‘z ishini boshladi

Yalpi majlisdagi masalalar muhokamasi jarayonini Senatning YouTube tarmog‘idagi sahifasi orqali onlayn kuzatib borishingiz mumkin.

#yalpimajlis56

@tanzilanarbaeva
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿 Markaziy Osiyo davlatlari parlamentlarining ikkinchi forumi doirasida Tojikiston Respublikasi Majlisi namoyondagon Majlisi Oli Raisi Maxmadtoir Zoir Zokirzoda, Qozog‘iston Respublikasi Parlamenti Senati Raisi Maulen Ashimbayev, Qirg‘iz Respublikasi Jogorku Keneshi Torag‘asi Nurlanbek Shakiyev bilan uchrashuvlar o‘tkazdik.

Hamkasblarimiz tomonidan forum ishi yuqori saviyada tashkil etilganligi e’tirof etilib, parlamentlarimiz bilan aloqalarni yangi mazmun bilan boyitish masalalarini muhokama qildik.

Bugungi kunda mamlakatlarimiz o‘rtasida oliy darajadagi kelishuvlarni amalga oshirishda parlament nazoratidan unumli foydalanish yuzasidan fikr almashdik.

Bu borada parlament do‘stlik guruhlari va komissiyalari faoliyati samaradorligini yanada oshirish lozimligi ta’kidlab o‘tildi.

Shu bilan birga, mahalliy vakillik organlari, yoshlar o‘rtasida tajriba almashish va hamkorlikni kengaytirish masalalarini  kelishib oldik.

#senat #parlamenthamkorligi

@tanzilanarbaeva
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM