Tanzila Narbaeva
18.8K subscribers
3.19K photos
91 videos
1 file
920 links
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisi

Facebook:
https://www.fb.com/narbaevatanzila/
Instagram:
https://www.instagram.com/tanzilanarbaeva
Twitter:
twitter.com/TNarbaeva
Download Telegram
🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Malayziya Senati parlamenti Raisi oʼrinbosari Nur Jazlan Mohamad bilan uchrashuv oʼtkazdik.

Suhbatimiz davomida Oʼzbekiston va Malayziya oʼrtasida turli darajadagi muloqotlarning faollashgani savdo-iqtisodiyot, taʼlim, turizm sohalarida hamkorlikni yanada kengaytirish yuzasidan fikr almashdik.

Parlamentlarimizdagi doʼstlik guruhlari aloqalarini jadallashtirish hamda oʼzaro hamkorlik rejalarini amalga oshirishga qaratilgan hujjatlarni qabul qilishga kelishib oldik.

#senat

@tanzilanarbaeva
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Xalqaro mehnat konferentsiyasining 112-sessiyasi doirasida Xalqaro mehnat tashkiloti (XMT) mehnatkashlar faoliyati boʼyicha byurosi direktori Mariya-Xelena Аndre bilan uchrashuv oʼtkazdik.

Muloqotimiz davomida xodimlarning mehnat huquqlarini himoya qilish, ish joylarida ijtimoiy va mehnat meʼyorlariga rioya etishda kasaba uyushmalarining rolini oshirish masalalarini muhokama qildik.

XMT bilan hamkorlikda oʼquv dasturlarini yoʼlga qoʼyish orqali kasaba uyushmalari mutaxassislarining salohiyatini yanada kuchaytirish yuzasidan fikr amlashdik.

#senat

@tanzilanarbaeva
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿
Xalqaro mehnat tashkiloti (XMT) Bosh direktori Jilber Ungbo janoblari bilan uchrashuv oʼtkazdik.

Ungbo Janoblari tomonidan Oʼzbekistonda mehnat munosabatlarini xalqaro standartlar asosida takomillashtirish, ijtimoiy adolatni taʼminlash sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar yuqori baholandi.

Oʼzbekiston ilk bora XMT maʼmuriy kengashi aʼzoligiga saylanganligi bilan qutlab, mamlakatimizning ushbu yoʼnalishdagi tajribasi boshqa davlatlarga oʼrnak boʼlishi lozimligi taʼkidlandi.

Shuningdek, XMT hamda Oʼzbekiston oʼrtasidagi aloqalarning istiqbollari hamda Ijtimoiy adolat boʼyicha Global koalitsiyasi doirasidagi hamkorlik masalalari muhokama qilinib, kelgusidagi vazifalarni belgilab oldik.

#senat

@tanzilanarbaeva
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿
Jeneva shahrida XMTning Xalqaro mehnat standartlari departamenti direktori Korin Varga xonim bilan uchrashdik.

Suhbatimiz davomida mehnat va ijtimoiy munosabatlar sohasidagi Oʼzbekiston tomonidan ratifikatsiya qilingan xalqaro Konventsiyalarning bajarilishi, ushbu yoʼnalishda boshqa Konventsiyalarga qoʼshilishi masalalarini muhokama qildik.

Mamlakatimizda xususiy sektor rivojlanib borayotganini hisobga olib, korxonalarda ish beruvchilar va xodimlar munosabatlarining huquqiy asoslarini yanada kuchaytirishda hamkorlikni yoʼlga qoʼyishga kelishib oldik.

#senat

@tanzilanarbaeva
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Jeneva shahrida Xalqaro mehnat tashkiloti bosh direktori yordamchisi Mia Seppo bilan uchrashuv oʼtkazdik.

Suhbatimiz davomida xalqaro mehnat standartlarini joriy etish orqali ijtimoiy himoya tizimini yanada takomillashtirish masalalari haqida fikr almashdik.

Oʼzbekiston BMT Bosh kotibi tomonidan ilgari surilgan “Ish oʼrinlarini yaratish va ijtimoiy himoya global akseleratori” tashabbusini joriy etayotgan yoʼlboshchi davlatlardan biri ekanligi alohida etirof etilib, kelgusida ushbu yoʼnalishda aniq maqsadli loyihalarni joriy etishga kelishib oldik.

#senat

@tanzilanarbaeva
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿
Davlat tashrifi bilan mamlakatimizda boʼlib turgan Moʼgʼuliston Prezidenti Uxnaagiyn Xurelsux bilan uchrashuv oʼtkazdik.

Prezident janoblari bilan suhbatimiz davomida ikki davlat yetakchilarining siyosiy irodasi tufayli bugun Oʼzbekiston-Moʼgʼuliston oʼrtasidagi munosabatlarda yangi sahifa ochilib, oʼzaro aloqalar yuqori bosqichga koʼtarilganligi alohida taʼkidlandi.

Davlatlarimiz oʼrtasida, savdo-iqtisodiy, togʼ-kon sanoati, qishloq xoʼjaligi, axborot texnologiyalari, ijtimoiy-gumanitar kabi keng qamrovli sohalarda tuzilgan shartnomalarning ijrosini taʼminlashda parlament nazorati muhimligini qayd etdik.

Kelgusida Oʼzbekiston-Moʼgʼuliston parlamentlararo doʼstlik guruhlarining faoliyatini yanada jadallashtirish va shu yoʼnalishda tegishli hamkorlik hujjatlarini qabul qilish yuzasidan fikr almashdik.

#senat #hamkorlik

@tanzilanarbaeva
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿
Bugun davrimizning eng muhim kasb egalari – ommaviy axborot vositalari xodimlarining bayrami yurtimizda keng nishonlanmoqda.

Davlatimiz, jamoatchiligimiz tomonidan, soha xodimlari tomonidan xalqimizni tezkor va ishonchli axborot bilan taʼminlash borasida olib borilayotgan samarali ishlar alohida eʼtirof etilmoqda.

Chunki yurtimizda amalga oshirilayotgan islohotlarning oshkoraligi, adolatliligini taʼminlashda jurnalistlarning o‘rni beqiyosdir.

Har qanday sharoitda ham adolat tamoyiliga rioya qiladigan, barcha dolzarb jarayonlarni xolis yoritadigan, ijodiy prinsiplariga qatʼiy amal qiladigan soha vakillarigina jamiyatimizning jamoatchilik fikri va dunyoqarashini shakllantirishda yetakchi kuch hisoblanadi.

Aziz do‘stlar! Kasb bayramingiz muborak bo‘lsin! Sizlarga mustahkam sog‘lik, ijodingizga muvaffaqiyatlar, oilangizga baxt-saodat tilayman!

#senat #OAV

@tanzilanarbaeva
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿
Аziz yoshlar!

Butun Oʼzbekiston boʼylab keng nishonlanayotgan Yoshlar kuni bilan barchangizni samimiy tabriklayman!

Mana shunday shodiyona kunda yurtimiz kelajagi, umid va ishonchimiz ramzi boʼlgan yoshlarimiz timsolida Vatanimiz naqadar ulkan imkoniyatlarga ega ekanini yanada chuqur his etamiz.

Hech shubhasiz, sizlar bugun Yangi Oʼzbekistonning bunyodkori va yorqin istiqbolisiz.

Shuni aslo unutmangki, sizning azmu-shijoatingiz, tashabbusingiz, intilishingiz va Vatanimizga boʼlgan muhabbatingiz millatimiz birligi uchun juda ham muhimdir.

Sizlarni bugungi navqiron bayram – Yoshlar kuni bilan yana bir bor tabriklab, barchangizga sihat-salomatlik, baxt-saodat va yangi zafarlar yor boʼlishini tilayman.

Bayramingiz muborak boʼlsin qadrli farzandlarim!

#senat #yoshlarkuni

@tanzilanarbaeva
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿
Mamlakatimizda rasmiy tashrif bilan boʼlib turgan BMT bosh kotibi Аntoniu Guterrish janoblari bilan uchrashuv oʼtkazdik.

Suhbatimiz avvalida, BMT bilan Oʼzbekistonning global hamkorligi va Barqaror rivojlanish maqsadlariga erishish boʼyicha chora-tadbirlarni amalga oshirishdagi faol ishtirokiga toʼxtalib oʼtildi.

Bosh kotib janoblari Oʼzbekistonning Markaziy Osiyo davlatlarini birlashtirish yoʼlidagi tashabbusi va saʼy-harakatlarini alohida eʼtirof etdi.

Shuningdek, mamlakatimizda olib borilayotgan siyosiy, iqtisodiy, tashqi siyosatdagi ochiqlik, xususan, ijtimoiy himoya hamda gender tengligi masalalaridagi islohotlarni yuqori baholadi.

Suhbatimiz davomida, ekologiya, iqlim oʼzgarishi, munosib mehnat tamoyillari, raqamli texnologiyalar va sunʼiy intellekt imkoniyatlaridan foydalanish masalalari yuzasidan fikr almashdik.

BMT tomonidan ilgari surilayotgan taraqqiyot dasturlarini joriy etishda parlamentlarning faolligini oshirish borasidagi muhim vazifalar ham koʼrib chiqildi.

#senat #BMT #hamkorlik

@tanzilanarbaeva
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿
Navoiy viloyatining ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish borasidagi ishlar bilan tanishish maqsadida ushbu hududda bo‘ldik.

Navoiylik hamyurtlarimiz, ayniqsa yoshlar va xotin-qizlarning mehnat qilishi uchun tashkil etilgan korxonalar faoliyati, ularda yaratilgan sharoitlar bilan tanishdik. Tadbirkorlar bilan qator uchrashuvlar o‘tkazdik.

Aholi salomatligini mustahkamlash, farzandlarimizga zamonaviy bilim berish, ularni kasb-hunarga o‘rgatish, mehrga muhtoj insonlarni qo‘llab-quvvatlash ishlarining amalga oshirilishi e’tiborimiz markazida bo‘ldi.

Har bir tashrif buyurgan maskanda, mahallalarda, xonadonlarda mehri daryo, mehnatkash insonlar bilan samimiy suhbatlashdik.

#senat

@tanzilanarbaeva
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM