Qardosh xalq vakillari bilan o‘tgan samimiy muloqotimizda turkiy davlatlarning o‘zaro hamjihatligi, har bir davlat manfaatlari uchun muhimligi ta’kidlandi.
Suhbatdoshlarimiz O‘zbekistondagi demokratik islohotlarni yuqori baholab, davlatimizning rivojlanishi butun turkiy mamlakatlar va islom dunyosi uchun katta ahamiyat ega ekanligi qayd etdilar.
Shuningdek, O‘zbekistondagi boy madaniy meros, barcha turkiy xalqlar madaniyati va tarixining asosi sifatida mushtarak qadriyatlarimizni asrashga qaratilgan tadbirlarni muntazam o‘tkazish yuzasidan fikr almashdik.
Mamlakatimizdagi ijtimoiy-siyosiy jarayonlarda yoshlar va ayollar rolini ortib borayotganligi hamda bu boradagi ishlarimiz xalqaro miqyosda namuna ekanligi ham e’tirof etildi.
Kelgusida turkiy davlatlar parlamentlari bilan hamkorligimizni yanada rivojlantirish hamda Turkiy davlatlar parlament assambleyasi faoliyatida ham ishtirok etish masalalarni muhokama qildik.
#hamkorlik
@tanzilanarbaeva
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Unda O‘zbekistonda xalqaro normalar hamda xalqaro tashkilotlar tavsiyalari asosida olib borilayotgan demokratik jarayonlar yuqori baholandi.
Shu bilan birga, mamlakatimizdagi qonunchilik islohotlari, gender tengligi hamda yoshlar siyosatiga berilayotgan alohida e’tibor ham qayd etildi.
So‘nggi yillarda Markaziy Osiyo davlatlari o‘rtasidagi yaqin qo‘shnichilik aloqalarining barcha sohalardagi ijobiy o‘zgarishlari, bu borada mamlakatimizning tashabbuskor roli haqida fikr almashdik.
O‘zbekistonda aholini ish bilan ta’minlash hamda global migratsiya jarayonlari doirasida fuqarolar manfaatlarini himoya qilishga qaratilgan chora-tadbirlarni muhokama qildik.
#hamkorlik
@tanzilanarbaeva
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#saylov2024
@tanzilanarbaeva
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#saylov2024
@tanzilanarbaeva
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Muloqotmiz avvalida suhbatdoshimiz mamlakatimizda bo‘lib o‘tgan muhim siyosiy tadbir — parlament saylovining demokratik tamoyillariga to‘laqonli mos ravishda shaffof va adolatli o‘tkazilganligini ta’kidlab o‘tdi.
Shuningdek, so‘nggi yillarda O‘zbekistonda barcha sohalarda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli ijobiy o‘zgarishlar hamda qonunchilikdagi islohotlarni yuqori baholadi.
Davlatimizning MDH tashkiloti va unga a’zo mamlakatlar bilan faol muloqoti hamda tashabbuslar bilan ishtirok etishi qayd etilib, kelgusida ham xavfsizlikni ta’minlash, iqtisodiy, madaniy-gumanitar yo‘nalishlarda hamkorlikni rivojlantirish masalalarini muhokama qildik.
#hamkorlik
@tanzilanarbaeva
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Davlatlarning ijtimoiy va iqtisodiy siyosatining samaradorligini oshirish hamda munosib mehnat tamoyilini tatbiq etish zamonaviy standartlarga javob beradigan ijtimoiy shartnomani ishlab chiqish va amalga oshirishga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.
Shu bois anjumanda ijtimoiy shartnomalarni amalga oshirishga mas’ul bo‘lgan institutlarda izchil o‘zgarishlar va islohotlar olib borish hamda munosib mehnat va ijtimoiy adolat shartnomalarning ajralmas qismi bo‘lishi lozimligi ta’kidlandi.
Ijtimoiy, iqtisodiy va global ekologik muammolarni inobatga olib, mazkur masala, birinchi navbatda, ish beruvchilar, hukumatlar va parlamentlarning kun tartibidagi ustuvor vazifasiga aylanishi kerakligi qayd etildi.
@tanzilanarbaeva
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM