Tanzila Narbaeva
19.9K subscribers
3.41K photos
97 videos
1 file
931 links
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisi

Facebook:
https://www.fb.com/narbaevatanzila/
Instagram:
https://www.instagram.com/tanzilanarbaeva
Twitter:
twitter.com/TNarbaeva
Download Telegram
Состоялись первые субрегиональные консультации в рамках Диалога женщин лидеров стран Центральной Азии

Было принято решение, что Узбекистан будет председательствовать в данном Диалоге в 2021г. В связи с этим, был представлен проект Плана действий на 2021 год по обеспечению гендерного равенства и защите прав и интересов женщин в Центральной Азии.

Проекты направлены на обеспечение всестороннего и реального участия женщин в общественной жизни и в процессах принятия решений, на основе принципов инклюзивности, равенства и ликвидации всех форм насилия в отношении женщин.

Учитывая глобальный опыт стран-участниц Диалога, обсудили основные проблемы и препятствия в этой области, согласовали дальнейшие действия и планы для участия на предстоящей 65- сессии Комиссии ООН по положению женщин.

#gendertenglik #markaziyosiyo
#muloqot
#BMT

Senat.uz | Facebook | Instagram | Twitter
Бирлашган Миллатлар Ташкилоти Бош Ассамблеяси 75-сессияси раиси Волкан Бозкирни Ўзбекистонда қутлашдан хурсандман.

Учрашув давомида Ўзбекистон билан БМТ ўртасидаги ҳамкорликнинг истиқболлари муҳокама килинди.

Волкан Бозкир республикамизда давлат ва жамият қурилиши, иқтисодиётни либераллаштириш, инвестиция муҳитини яхшилаш, инсон ҳуқуқлари ҳамда гендер тенгликни таъминлаш бўйича амалга оширилаётган ислоҳотларни юқори баҳолади.

Ушбу очиқ мулоқот БМТнинг Ўзбекистон парламенти билан алоқаларини мустаҳкамлаш учун ҳам асос бўлиб хизмат қилади.

#bmt #senat
@tanzilanarbaeva

Senat.uz | Facebook | Instagram | Twitter
БМТнинг Марказий Осиёда превентив дипломатия бўйича минтақавий маркази (МОПДММ) раҳбари Н. Германни Ўзбекистонда қутлашдан хурсандман.

Герман хоним мамлакатимизда амалга оширилаётган ташқи сиёсат бўйича ислоҳотларни юқори баҳолади. Ислоҳотлар натижасида Марказий Осиё минтақасида барқарорлик ва яхши қўшничиликнинг янги сиёсий муҳити яратилганини алоҳида қайд этди.

Суҳбат давомида МОПДММ ва Ўзбекистон ўртасидаги ҳамкорлик масалалари билан бир қаторда, Марказий Осиё ва Афғонистонда тинчлик, барқарорлик, ҳамкорликни таъминлаш, экологик муаммоларни ҳал этиш, хусусан, Орол денгизи минтақасидаги экологик офат оқибатларини юмшатиш бўйича муҳим вазифаларни белгилаб олдик.

Бундан ташқари, Герман хоним бу йил Ўзбекистон раислик қилаётган Марказий Осиё етакчи-аёллари Мулоқоти фаолиятига юқори баҳо берди. Давлат ва жамоат бошқаруви тизимида аёлларнинг имкониятларини оширишга, тадбиркорлик, хотин-қизлар, ёшлар ва болаларнинг ҳуқуқ ва манфаатларини ҳимоя қилишга ҳамда минтақада барқарор иқтисодий ҳамкорликни кучайтиришга хизмат қилувчи ушбу амалий Мулоқотни қўллаб-қувватлашга тайёрлигимни билдирмоқчиман.

#BMT #Senat #YetakchiAyollarMuloqoti #tinchlik
@tanzilanarbaeva

Senat.uz | Facebook | Instagram | Twitter
БМТнинг Марказий Осиёда превентив дипломатия бўйича минтақавий маркази раҳбари билан учрашув бўлиб ўтди
———————
Состоялась встреча с главой Регионального центра ООН по превентивной дипломатии в Центральной Азии

#BMT #Senat #YetakchiAyollarMuloqoti #tinchlik
@tanzilanarbaeva

Senat.uz | Facebook | Instagram | Twitter
БМТ Бош котибининг ўринбосари, БМТнинг Европа иқтисодий комиссиясининг (ЕИК) ижро этувчи котиби О. Алгаерова хонимни Тошкентда қутлашдан мамнунман.

Учрашувда БМТнинг Барқарор ривожланиш мақсадларини амалга ошириш, Евроосиё иқтисодий комиссияси билан ҳамкорлик қилиш, қўшма лойиҳаларни амалга ошириш, шунингдек, Марказий Осиё иқтисодиёти учун БМТнинг Марказий Осиё иқтисодиёти бўйича махсус дастурини (СПЕКА) тарғиб қилиш масалаларини муҳокама қилдик.

Шу билан бирга, аҳолининг, айниқса қишлоқ жойлардаги аҳолининг тоза ичимлик суви билан таъминланишини яхшилаш бўйича, йўл ҳаракати хавфсизлигини ошириш бўйича ягона стратегия ва қўшма тадбирларни ишлаб чиқишга келишиб олдик.

#senat #BMT #havfsizyollar #tozaichimliksuvi #iqtisodiyot

@tanzilanarbaeva

Senat.uz | Facebook | Instagram | Twitter
🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Bugun Oʻzbekistonning BMT va uning ixtisoslashgan idoralari bilan hamkorligi mutlaqo yangi darajaga chiqdi. Tashkilot bilan xalqaro va mintaqaviy kun tartibidagi masalalar boʻyicha saʼy-harakatlarimiz bir nuqtada birlashmoqda.

BMT Bosh kotibining maxsus vakili, Markaziy Osiyoda Preventiv diplomatiya boʻyicha mintaqaviy markazi rahbari Kaxa Imnadze bilan oʻtkazgan uchrashuvimizda ham oldimizda turgan rejalarni muhokama qilib oldik.

Mintaqada tinchlik va barqarorlikni taʼminlash, BMTning Barqaror rivojlanish maqsadlarini hayotga tadbiq qilish, gender tenglikni taʼminlash va yoshlar masalalari yuzasidan fikr almashdik.

Ushbu masalalar har tomonlama ustuvorlik kasb etishini eʼtiborga olib, bu borada ham mamlakatimizda ham mintaqamiz davlatlari bilan birga qoʻshma loyihalarni amalga oshirishga kelishib oldik.

#senat #BMT

@tanzilanarbaeva
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Gender tengligiga erishish va xotin-qizlar imkoniyatlarini kengaytirish global taraqqiyotning muhim sharti hisoblanadi.

Bu borada turli institutlar salohiyatini kuchaytirish, genderga oid moliyalashtirishni inobatga olgan holda kambagʻallikni qisqartirish barcha mamlakatlar kun tartibidagi dolzarb masaladir.

Shu kunlarda BMTning Nyu-York shahridagi bosh qarorgohida BMT Ayollar holati boʻyicha komissiyasining (CSW) 68-sessiyasida dunyo davlatlarining sohaga masʼul parlament va hukumat idoralari, vazirlik va tashkilotlari, nodavlat tuzilmalari va fuqarolik jamiyati institutlari vakillari ishtirokida ayni shu masalalar muhokama qilinmoqda.

Anjumanda Oʻzbekiston delegatsiyasi Markaziy Osiyo mintaqasi va Ozarbayjon nomidan umumiy yondashuvlarni ifoda etadigan keng qamrovli murojaat hamda ilgʻor tajriba va aniq tavsiyalar toʻplamini taqdim etdi.

Albatta, bu imkoniyat BMT Ayollar tashkiloti tomonidan keyingi yillarda Oʻzbekistonning gender tenglikka erishish, xotin-qizlarning huquqlari va imkoniyatlarini kengaytirish borasidagi ijobiy natijalarini eʼtiborga olgan holda berildi.

#senat #BMT #gender

@tanzilanarbaeva
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Nyu-York shahriga amaliy tashrifimiz dasturidagi navbatdagi uchrashuvimizni “BMT–Ayollari” tuzilmasi direktori Sima Sami Baxus xonim bilan oʻtkazdik.

Gender tengligini taʼminlash, xotin-qizlarning huquq va manfaatlarini himoya qilish, ularga teng imkoniyatlar yaratish borasida ikki tomonlama va koʻp tomonlama hamkorlikning istiqbollarini muhokama qildik.

BMT–Ayollar” tuzilmasi Oʻzbekistonni mintaqadagi asosiy hamkor deb biladi va shu maʼnoda Markaziy Osiyo mamlakatlari yetakchi ayollari muloqoti doirasida amalga oshiriladigan rejalar xususida ham fikrlashib oldik.

#senat #BMT #hamkorlik

@tanzilanarbaeva
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿

BMTning Nyu-Yorkdagi bosh qarorgohida Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibi Antoniu Guterrish bilan uchrashdik.

Oʻzbekistonning BMT bilan mamlakatimizdagi ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish doirasidagi hamkorligi, Markaziy Osiyo mamlakatlari oʻrtasidagi mintaqaviy hamkorlikni mustahkamlash va davlatlar oʻrtasida soʻnggi yillarda shakllangan ijobiy sheriklik tajribasi yuzasidan fikr almashdik.

Barqaror rivojlanish maqsadlarini amalga oshirish bilan bogʻliq, jumladan, gender tengligini taʼminlash masalalarida BMT institut va tuzilmalari bilan amaliy hamkorligini yanada rivojlantirish masalalari ham eʼtiborimiz markazida boʻldi.

Oʻzbekiston tashabbuslarini xalqaro maydonda ilgari surish, mamlakatda amalga oshirilayotgan islohotlar hamda mintaqaviy hamkorlikni kengaytirishga doir aniq takliflarni qoʻllab-quvvatlashda BMT bilan amaliy va konstruktiv hamkorligimiz albatta, sermahsul davom etadi.

#senat #BMT #hamkorlik

@tanzilanarbaeva
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Jahonda iqtisodiy, ijtimoiy va siyosiy beqarorliklar kuzatilayotgan, xalqaro vaziyat tobora oʻzgarib borayotgan bugungi sharoitda xalqaro tuzilmalar, ayniqsa, BMT bilan hamkorlik har qachongidan ham muhim.

Jeneva shahriga amaliy tashrifimiz doirasida BMT Bosh kotibi oʻrinbosari, BMTning Jenevadagi boʻlimi bosh direktori Tatyana Valovaya bilan uchrashuvimiz davomida hamkorlikni yanada kengaytirish istiqbollarini muhokama qildik.

Global taraqqiyotning muhim kafolati hisoblangan Barqaror rivojlanish maqsadlariga erishish sohasidagi vazifa va maqsadlarni roʻyobga chiqarish borasida qoʻshma dastur va loyihalarni koʻpaytirish boʻyicha fikr almashdik.

Mamlakatimizda oʻtkaziladigan yirik nufuzli xalqaro tadbirlarning tashkiliy masalalalari ham eʼtiborimiz markazida boʻldi.

Kun tartibidagi reja va maqsadlarimiz, qolaversa, mintaqaviy loyihalarni amalga oshirish boʻyicha saʼy-harakatlarni birlashtirishga kelishib oldik.

#senat #hamkorlik #bmt

@tanzilanarbaeva
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿
Mamlakatimizda rasmiy tashrif bilan boʼlib turgan BMT bosh kotibi Аntoniu Guterrish janoblari bilan uchrashuv oʼtkazdik.

Suhbatimiz avvalida, BMT bilan Oʼzbekistonning global hamkorligi va Barqaror rivojlanish maqsadlariga erishish boʼyicha chora-tadbirlarni amalga oshirishdagi faol ishtirokiga toʼxtalib oʼtildi.

Bosh kotib janoblari Oʼzbekistonning Markaziy Osiyo davlatlarini birlashtirish yoʼlidagi tashabbusi va saʼy-harakatlarini alohida eʼtirof etdi.

Shuningdek, mamlakatimizda olib borilayotgan siyosiy, iqtisodiy, tashqi siyosatdagi ochiqlik, xususan, ijtimoiy himoya hamda gender tengligi masalalaridagi islohotlarni yuqori baholadi.

Suhbatimiz davomida, ekologiya, iqlim oʼzgarishi, munosib mehnat tamoyillari, raqamli texnologiyalar va sunʼiy intellekt imkoniyatlaridan foydalanish masalalari yuzasidan fikr almashdik.

BMT tomonidan ilgari surilayotgan taraqqiyot dasturlarini joriy etishda parlamentlarning faolligini oshirish borasidagi muhim vazifalar ham koʼrib chiqildi.

#senat #BMT #hamkorlik

@tanzilanarbaeva
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM