Oliy Majlis Senatining ellik to‘rtinchi yalpi majlisi o‘z ishini boshladi
Yalpi majlisda masalalar muhokamasi jarayonini Senatning YouTube tarmog‘idagi sahifasi orqali onlayn kuzatib borishingiz mumkin.
#yalpimajlis54
@tanzilanarbaeva
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Navbatdagi yalpi majlisda aholimiz bandligini taʼminlashda muhim ijtimoiy ahamiyatga ega boʼlgan qonunni muhokama qildik.
Unga koʼra, ish qidiruvchilarni roʼyxatga olish tartibini soddalashtirish hamda raqamlashtirish tizimini kuchaytirish boʼyicha normalar kiritilmoqda.
Ishsizlik nafaqasini belgilash, jamoat ishlariga jalb etilgan shaxslar bilan mehant shartnomasini tuzish hamda kasbga tayyorlash, qayta oʼqitish va malakasini oshirish mezonlari aniq belgilanmoqda.
Shuningdek, oʼzgartirish kiritilayotgan qonunga koʼra
oilaviy (maishiy) zoʼravonlikdan jabrlangan shaxslar ham kafolatli tarzda ishga joylashtiriladiganlar toifasiga kiritilmoqda.
Bu esa, yordamga muxtoj shaxslar aksariyat holatda xotin-qizlarimizni tezroq oyoqqa turib olishlari, muammolariga mustaqil tarzda yechim topishlari uchun amaliy koʼmak boʼladi.
#yalpimajlis54
@tanzilanarbaeva
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Senatorlar bilan pirotexnika buyumlarining qonunga xilof muomalasi uchun javobgarlikni kuchaytirishga qaratilgan Qonunni muhokama qildik.
Unga ko‘ra, pirotexnika buyumlaridan qonunga xilof ravishda foydalanish, ishlab chiqarish, tayyorlash, saqlash, tashish kabi qonunbuzarliklar uchun BHMning besh baravaridan o‘ttiz baravarigacha miqdorda jarima qo‘llash nazarda tutilmoqda.
Albatta, bu vositalarni qo‘llash qanday og‘ir oqibatlarga olib kelishi mumkinligi haqida yetarlicha misollar bor.
Shu bois, qonundagi javobgarlikni kuchaytirish barobarida, jamoatchilikni ham farzandlarimizni pirotexnikadan asrash bo‘yicha mas’uliyatlarini oshirishlari muhim hisoblanadi.
#yalpimajlis54
@tanzilanarbaeva
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Bunyodkorlik islohotlari tez suratlar bilan rivojlanayotgan davrda, shaharsozlik tizimi va uning normalarini belgilab beradigan qonuniy hujjatlarni qabul qilishimiz dolzarb masala hisoblanadi.
Tahlillarimizga koʼra har bir hududning demografiyasi, ekologiyasi va iqtisodiy-ijtimoiy sharoitlaridan kelib chiqib, shaharsozlik rejasida oʼziga hos yondashuv zarurati talab etilmoqda.
Аyni shu jihatlarni inobatga olib hamda zamonaviy tendentsiyalar asosida barcha hududlarni hamohanglikda rivojlantirishga xizmat qiladigan, shaharsozlik faoliyatini takomillashtiruvchi Qonunni maʼqulladik.
#yalpimajlis54
@tanzilanarbaeva
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM