Tanzila Narbaeva
19.9K subscribers
3.41K photos
97 videos
1 file
931 links
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisi

Facebook:
https://www.fb.com/narbaevatanzila/
Instagram:
https://www.instagram.com/tanzilanarbaeva
Twitter:
twitter.com/TNarbaeva
Download Telegram
🇺🇿🇺🇿🇺🇿 Oliy Majlis Senatining ellik oltinchi yalpi majlisi o‘z ishini boshladi

Yalpi majlisdagi masalalar muhokamasi jarayonini Senatning YouTube tarmog‘idagi sahifasi orqali onlayn kuzatib borishingiz mumkin.

#yalpimajlis56

@tanzilanarbaeva
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿Yangi O‘zbekistonni barpo etish davridagi islohotlarimizni amalga oshirishda tashabuskkor biznes vakillari va ishbilarmonlarimizning hissalari katta.

Zamonaviy korxonalar ochib, yangi ish o‘rinlarini yaratayotgan hamda jahon bozoriga milliy brendlarimiz bilan kirib borayotgan tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash ustuvor vazifalarimizdan biridir.

Shu bois, innovatsion va yuqori daromadli loyihalani yo‘lga qo’ygan tadbirkorlarimizni munosib taqdirlash maqsadida “O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan tadbirkor” faxriy unvoni ta’sis etilmoqda.

Mazkur unvon tadbirkorlarimizni eksportni oshirish, investisiyalarni jalb etishda yanada kuch, shijoat bag‘ishlab, davlatimiz taraqqiyoti va xalqimizning farovonligi yo‘lida xizmat qilishlari uchun motivatsiya bo‘lishiga ishonaman.

#yalpimajlis56

@tanzilanarbaeva
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿 Senatorlar bilan xalqimizning erkinligi, haq-huquqlarining taʼminlanishini kuchaytirishga qaratilgan ayrim qonun hujjatlariga qoʼshimcha va oʼzgartirish kiritish boʼyicha Qonunni maʼqulladik.

Yangilangan Konstitutsiyada belgilangan barcha fuqarolarimizning bir xil huquq va erkinliklarga ega boʼlib, qonun oldida teng ekanligi bir qator qonun hujjatlarida muvofiqlashtirilmoqda.

Jumladan, ommaviy axborot vositalarining erkinligi va mustaqilligi hamda qonunga muvofiq ish olib borishlari ham qonunan belgilanmoqda.

Yana muhim oʼzgarishlardan biri qarindoshining sudlanganligiga qarab ishga qabul qilishni rad etish kabi kamsitishlarning oldini olish bilan bogʼliq boʼlgan normalar kiritilmoqda.

#yalpimajlis56

@tanzilanarbaeva
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM