Surxondaryo viloyati hokimligi
24.8K subscribers
29.3K photos
2.91K videos
1 file
13K links
Surxondaryo viloyati hokimligi

Web site: http://surxondaryo.uz/

Ishonch telefoni: +998 (76) 224-02-89, 1088

Elektron pochta: gov@surxondaryo.uz

Yuridik manzili: Termiz shahri, At-Termiziy ko‘chasi 1-uy.

@surxondaryouz_bot
Download Telegram
Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Sho‘rchi tumaniga tashrif buyurib, tumandagi Jamoat salomatligi texnikumi faoliyati, “Ma’naviyat sektori” va hunarmandchilik ko‘rgazmasi hamda mahalla “yettiligi” faoliyati bilan tanishdi.

Umumiy qiymati 20 mln dollar bo‘lgan “Tibbiyot klasteri” tashkil etish loyihasi taqdimot qilindi. 500 ta yangi ish o‘rni yaratadigan loyiha 1 000 o‘rinli tibbiyot yo‘nalishidagi oliy ta’lim maskani, 150 o‘rinli davolanish va diagnostika markaziga ega klinika, yotoqxona uchun 50 o‘rinli “apart hotel” binolarini o‘z ichiga oladi.

Shuningdek, tashrif davomida ariqlarni betonlash va bo‘sh maydonlarni shudgorlash ishlarining borishi, yangi maktab quriladigan joy bilan tanishildi. Mas’ullar bilan og‘ir toifadagi mahallalar infratuzilmasini yaxshilash masalasi muhokama qilindi.

Batafsil: surxondaryo.uz/uz/blog/1803

#Surxondaryo #hududlargatashrif #tibbiyotklasteri #maktab

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | Twitter
Bugun Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Qiziriq tumaniga tashrif buyurib, tibbiyot, madaniyat, ma’naviyat, mahalla va maktablarda bo‘ldi. Aholi salomatligini ta’minlash, madaniyat sohasidagi ishlar, “Ma’naviyat sektori”ning tashkil etilishi, mahalla “yettiligi” faoliyati hamda maktablarda ta’lim-tarbiya jarayonlarining borishi bilan tanishdi.

Dori-darmonlarni buyurtma berishdan toki bemorga yetib borishigacha bo‘lgan tizimni to‘liq isloh qilish, kamchiliklarni bartaraf etish, bunda fuqarolarga berilishi kerak bo‘lgan dorilarni yetkazib bermagan mas’ullarga nisbatan qonuniy chora ko‘rish yuzasidan vazifalar belgilab berildi.

Batafsil: https://surxondaryo.uz/uz/blog/1823

#Surxondaryo #tibbiyot #manaviyat #maktab

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | Twitter
Bugun Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Angor tumanida bo‘lib, 3-sonli oilaviy poliklinikada patronaj xizmatini tashkil etish holati, belgilangan topshiriqlar ijrosi, amaliy ishlar natijasi bilan tanishdi.

Aholiga patronaj xizmati ko‘rsatish holati “Navshahar” mahallasidagi xonadonlarga borilgan holda o‘rganildi. O‘rganish yakunlari bo‘yicha “Zoom” platformasi orqali viloyatdagi soha mutasaddilari ishtirokida yig‘ilish o‘tkazilib, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, patronaj xizmatini sifatli tashkil etish vazifalari belgilab berildi.

Tashrif yakunida viloyat hokimi 11-sonli maktabida o‘quvchi yoshlar uchun tashkil etilgan “besh muhim tashabbus” doirasidagi tadbirlar hamda “Vatan tayanchi” a’zolarining ko‘rgazmali chiqishlari namoyishida ishtirok etdi. O‘quvchilar bilan maktabdagi sharoitlar, ta’lim jarayonlari haqida suhbatlashdi.

Batafsil: https://surxondaryo.uz/blog/1874

#Surxondaryo #tibbiyot #maktab

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | Twitter
Ta’lim sohasini rivojlantirish bo‘yicha hududiy Kengash raisi, viloyat hokimi Ulug‘bek Qosimov rahbarligida maktab ta’limi sohasini rivojlantirishdagi mavjud muammolar, yo‘l qo‘yilgan xatolar hamda kelgusidagi vazifalar yuzasidan videoselektor o‘tkazildi.

Unda hududlardagi o‘rganish natijalari tahlil qilindi. Ayrim maktablarda ta’lim-tarbiya ishlari to‘g‘ri tashkil qilinmaganligi, “Otalar yig‘ilishi” va “Otalar qabul kuni” kabi tadbirlar nomiga o‘tkazilib, o‘quvchilar ta’limiga yetarlicha e’tibor qaratilmayotganligi qayd etildi.

Mas’ullarga o‘quvchilar o‘rtasida jinoyatchilik va huquqbuzarliklar profilaktikasini olib borish, darslarga munatazam qatnashmayotgan o‘quvchilarni mashg‘ulotlarga jalb qilish, ta’lim sifati past bo‘lgan maktablarda seminarlar o‘tkazish hamda “Otalar yig‘ilishi” va “Otalar qabul kuni” tadbirlarini sinflar kesimida tashkil etish vazifasi topshirildi.

Shuningdek, maktab va bog‘chalarda autsorsing xizmati ko‘rsatish borasidagi xato va kamchiliklarni barataf etish yuzasidan chora-tadbirlar belgilab berildi.

Batafsil: https://surxondaryo.uz/blog/1875

#Surxondaryo #maktab #talim #tarbiya

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | Twitter
Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov belgilab berilgan topshiriqlar ijrosi, “Ma’naviyat sektori”, ta’lim va tibbiyot maskanlari faoliyati, mahalla infratuzilmasini yaxshilash hamda yangi loyihalarni amalga oshirish ishlari bilan tanishish maqsadida Oltinsoy tumanida bo‘ldi.

Tashrif davomida “Ma’naviyat sektori” faoliyatini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar, “Eko bozor” kompleksi, avtoshohbekat hamda maktab binosi qurilishi ko‘zdan kechirildi.

Shuningdek, “To‘xtamish” mahallasida infratuzilmani yaxshilash ishlari, maktab va oilaviy shifokorlik punkti faoliyati tanqidiy ko‘rib chiqildi. Ishlarni jadallashtirish, har bir topshiriqni sifatli amalga oshirib, aholi turmush farovonligini yaxshilash bo‘yicha vazifalar belgilab berildi.

Batafsil: https://surxondaryo.uz/uz/blog/1881

#Surxondaryo #maktab #tibbiyot #mahalla #infratuzilma #ekobozor

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | Twitter
Viloyat hokimi Ulug‘bek Qosimovga Termiz davlat universiteti professor-o‘qituvchilari va boshqaruv xodimlari faoliyatining samaradorligini baholash (KPI) platformasi taqdimot qilindi.

Shundan so‘ng viloyat rahbari Termiz shahridagi 7-sonli maktabda bo‘lib, ta’lim jarayonlari va yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi. Shuningdek, viloyat ruhiy-asab kasalliklari dispanserida bo‘linib, mavjud sharoitlar ko‘zdan kechirildi.

Batafsil: https://surxondaryo.uz/blog/1892

#Surxondaryo #taqdimot #KPI #universitet #maktab #dispanser

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | Twitter
Bugun Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Boysun tumanida bo‘lib, “Boysun bahori” xalqaro festivaliga tayyorgarlik ko‘rish bo‘yicha belgilab berilgan vazifalar ijrosi, qurilish-ta’mirlash ishlarining borishi bilan tanishdi. Shuningdek, tuman markazidagi 10 ta mahallada infratuzilmani yaxshilash ishlarini ko‘zdan kechirdi.

Hozirda tuman markazidagi yo‘llarda piyodalar uchun qulayliklar yaratish, tumanning markaziy ko‘chasida 3 km avtomobil yo‘lini asfatlash, suv yo‘li ariqlari va mavjud savdo do‘konlarini ta’mirlash, shuningdek, avtoturargoh qurilishi amalga oshirilmoqda. Shuningdek, tuman markazi va unga yondosh 10 ta mahalladagi 24,4 km asosiy avtomobil yo‘llarida asfaltobeton qoplamasi yotqizish uchun tayyorgarlik ko‘rilmoqda.

Tashrif davomida viloyat hokimi mutasaddilar bilan “Gaza” mahallasida bo‘lib, aholi turmush sharoitlari hamda mahalla infratuzilmasi bilan tanishdi. Yangi maktab qurish uchun joy tanlanib, mas’ullarga tegishli vazifalar topshirildi. Viloyat rahbari tomorqadan samarali foydalanayotgan, yomg‘ir suvini jamlab, tomchilatib sug‘orish va energotejamkor usullarda issiqxonasida mahsulot etishtirayotgan dehqonlar faoliyati bilan tanishib, ularning tajribasini ommalashtirish topshirig‘ini berdi.

Batafsil: https://surxondaryo.uz/blog/1899

#Surxondaryo #Boysunbahori #Gaza #maktab #issiqxona

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | Twitter
Yoshlar siyosati va ijtimoiy sohada amalga oshirilgan ishlar muhokama qilindi

Bugun viloyat hokimi Ulug‘bek Qosimov Angor tumanida bo‘lib, tuman hokimligida viloyatda yoshlar siyosati va ijtimoiy sohada amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ustuvor vazifalar, mahallalar “yettiligi” faoliyati samaradorligini oshirish borasida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan yig‘ilish o‘tkazdi.

Videoselektor tarzida o‘tkazilgan yig‘ilishda kun tartibidagi masalalar ijrosi yuzasidan yo‘l qo‘yilgan kamchiliklarni bartaraf etish bo'yicha muddatlar belgilanib, mas’ullarga aniq vazifalar yuklandi.

Batafsil: https://www.surxondaryo.uz/uz/blog/okimlik-yangiliklari/1904

#Surxondaryo #videoselektor #yoshlar #maktab #mahalla

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | Twitter
Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov haftalik ish rejasiga muvofiq Muzrabot tumanida bo‘lib, ijtimoiy sohada amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi.

Tashrif davomida mahalla “yettiligi”, maktabgacha ta’lim, maktab va oilaviy poliklinika faoliyati bilan tanishildi. Ta’lim maskanlari uchun sport anjomlari, tibbiyot muassasalari uchun tibbiy jihozlar topshirildi.

Shuninglek, tuman sektor rahbarlarining taqdimotlari bilan tanishilib, “ZOOM” platformasi orqali hududlarda ijtimoiy sohada amalga oshirilayotgan ishlar tanqidiy-tahliliy muhokama qilindi.

Batafsil: https://surxondaryo.uz/blog//1915

#Surxondaryo #ijtimoiysoha #sport #maktab #bogcha #tibbiyot #jihozlar #muhokama

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | Twitter
Bugun viloyat rahbari Termiz shahridagi 26-sonli maktabda videokuzatuv moslamalarining ish jarayonlari hamda “turniket” tizimini joriy etish ishlari bilan tanishdi.

Tizimga ko‘ra, o‘quvchi maktabga kirgach “turniket” tizimining yuzni tanib olish funksiyasi bilan jihozlangan kameralari yordamida uning maktabga kelganligi to‘g‘risida qaydlarni markaziy serverga uzatadi hamda shu orqali ota-onaga farzandi maktabga kelganligi to‘g‘risida sms-xabarnoma yuboriladi.

Shuningdek, maktabda “Ma’naviyat sektori” faoliyati ham o‘rganilib, iqtidorli o‘quvchilar bilan suhbat qilindi.

Batafsil: https://surxondaryo.uz/blog/1916

#Surxondaryo #maktab #turniket #kameralashtirish

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | Twitter
Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov bugun hududlarga tashrifini Boysun tumanida davom ettirib, “Boysun bahori” xalqaro folklor festivaliga tayyorgarlik jarayonlari, maktab, oilaviy bog‘cha faoliyati, mahalla “yettiligi” va mutasaddilarning taqdimotlari bilan tanishdi.

Qurilish sohasida amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilinib, mutasaddilar, shahar va tumanlar hokimlarining mas’ul o‘rinbosarlarining axborotlari tinglandi. Ularga massivlar va loyihalar qurilishini muddatida, sifatli amalga oshirish vazifasi topshirildi.

Batafsil: https://surxondaryo.uz/blog/1934

#Surxondaryo #Boysunbahori #maktab #bogcha #yettilik #taqdimot #muhokama

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | Twitter
Hududlarda amalga oshirilayotgan islohotlarning borishi, ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish dasturlari va topshiriqlar ijrosi, ta’lim, tibbiyot maskanlari faoliyati hamda aholining dehqonchilik tajribasi bilan yaqindan tanishish maqsadida Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Qumqo‘rg‘on tumaniga tashrif buyurdi.

Tashrif davomida chigit ekish ishlari, maktab, bog‘cha va “Muruvvat” uyi hamda mahalla “yettiligi” faoliyati bilan tanishildi. Aholining issiqxonachilik faoliyati ko‘zdan kechirildi. Oilaviy poliklinikaning yangi binosi foydalanishga topshirildi.

Tumanga tashrif yakunida “Viloyat hokimi kubogi” uchun “Zakovat” intellektual o‘yinlari viloyat bosqichi g‘oliblarini taqdirlash marosimi o‘tkazildi.

Batafsil: https://surxondaryo.uz/blog/1939

#Surxondaryo #chigitekish #maktab #bogcha #poliklinika #Muruvvatuyi #Zakovat

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | Twitter
Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov ijtimoiy sohada amalga oshirilayotgan ishlar, ta’lim, tibbiyot maskanlari, mahalla “yettiligi” faoliyati, “Sayhunobod tajribasi”ni joriy etish tadbirlarining borishi bilan tanishish maqsadida Jarqo‘rg‘on tumaniga tashrif buyurdi.

Tashrif davomida maktab va oilaviy poliklinika faoliyati bilan tanishildi. Maktabda “Otalar yig‘ilishi”da ishtirok etildi. Patronaj hamshiralariga skuter, paronaj sumkasi va planshetlar topshirildi. “Qorayog‘och” mahallasida “Sayhunobod tajribasi”ni joriy etish borasida amalga oshirilgan ishlar aholi xonadonlariga kirilgan holda ko‘zdan kechirildi.

Batafsil: https://surxondaryo.uz/blog/1959

#Surxondaryo #maktab #otalaryigilishi #patronajxizmati #Sayhunobodtajribasi

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | Twitter