Surxondaryo viloyati hokimligi
24.9K subscribers
45.6K photos
4.6K videos
4 files
17.9K links
Surxondaryo viloyati hokimligi

Web site: https://gov.uz/oz/surxondaryo

Ishonch telefoni: +998 (76) 224-02-89, 1088

Elektron pochta: gov@surxondaryo.uz

Yuridik manzili: Termiz shahri, At-Termiziy ko‘chasi 1-uy.

@qosimovgamurojaat
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Ijtimoiy sohadagi vazifalar ijrosi tanqidiy muhokama qilinib, kelgusidagi ustuvor vazifalar belgilab berildi

Surxondaryo.uz | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X
👍1921🔥1👏1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Talabalarning boshqaruv-servis kompaniyasi hamda innovatsion loyihalari bilan tanishildi

Surxondaryo.uz | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X
👍134👏21🔥1🕊1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Sohibqiron Amir Temur tavalludining 690 yilligi munosabati bilan tadbir va yoshlar bilan uchrashuv o‘tkazildi

Surxondaryo.uz | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X
👍1182🔥1👏1
Issiqxonalar-162.pdf
858 KB
Issiqxonalar bo‘yicha hukumat qarori

1️⃣ Toshkent shahri va Toshkent viloyatida joylashgan, atrof-muhit va insonlar sog‘lig‘iga salbiy ta’sir ko‘rsatayotgan issiqxona xo‘jaliklari Surxondaryo viloyatida tashkil etilgan "Surxon-Agro" erkin iqtisodiy zonasi hududiga ko‘chiriladi.

2️⃣ Toshkent shahri va Toshkent viloyati hududlaridagi issiqxona xo‘jaliklarini ko‘chirishdan bo‘shagan yer uchastkalarida ijarachilar tomonidan hududning ixtisosligidan kelib chiqib, intensiv bog‘dorchilik, uzumchilik va ko‘chatchilik yo‘nalishlarida faoliyatini davom ettirish yoki "yashil bog‘lar"ni barpo etishga ruxsat beriladi.

3️⃣ Davlat mulki bo‘lgan va tadbirkorlik subyektlariga ijara huquqi asosida berilgan yer uchastkalaridagi issiqxonalar faoliyati to‘xtatilib, yer uchastkalarida bino va inshootlar qurish (kapital qurilish) ishlarini amalga oshirish taqiqlanadi.

4️⃣ 2028-yil 1-aprelga qadar "Surxon-Agro" zonasi hududiga ko‘chadigan issiqxonalar uchun issiqxona konstruksiya va uskunalarini demontaj qilish, tashish va qayta o‘rnatish bilan bog‘liq xarajatlar 1 sotix yer maydoni uchun bir martalik, biroq 500 ming so‘mgacha miqdorda qoplab beriladi.

5️⃣ 2026-yil 1-iyundan boshlab Yuqori Chirchiq, Qibray, Yangiyo‘l, Zangiota va Toshkent tumanlarida atmosfera havosi sifatini yaxshilash maqsadida ko‘mir, mazut va atmosferaga zararli yoqilg‘ilardan foydalanishni nazarda tutuvchi yangi issiqxona xo‘jaliklarini tashkil etish va davlat ro‘yxatidan o‘tkazishga ruxsat berilmaydi.

6️⃣ 2026-yil 1-avgustdan boshlab Yuqori Chirchiq, Qibray, Yangiyo‘l, Zangiota va Toshkent tumanlarida issiqxonalarga tabiiy gaz yetkazib berish to‘liq to‘xtatiladi va mavjud shartnomalar belgilangan tartibda gaz ta’minoti tashkilotlari tomonidan bekor qilinadi.

7️⃣ Ushbu tumanlarda issiqxonalar tomonidan iste’mol qilinadigan suv resurslari uchun to‘lovlar (soliq stavkasi) sanoat korxonalari uchun belgilangan eng yuqori tariflarning 5 baravari miqdorida hisoblanadi.

8️⃣ Soliq kodeksiga Yuqori Chirchiq, Qibray, Yangiyo‘l, Zangiota va Toshkent tumanlaridagi issiqxonalar egallab turgan yer maydonlari uchun yer solig‘i va ko‘chmas mulk uchun mol-mulk solig‘i stavkalarini amaldagi bazaviy stavkalarga nisbatan 10 baravar (yoki yuqori oshirilgan koeffitsiyentlarda) miqdorida qo‘llashni nazarda tutuvchi o‘zgartish kiritiladi.

Surxondaryo.uz | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X
19👎8👏3👍2🔥1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Jamoat xavfsizligi, jinoyatchilik va huquqbuzarliklar profilaktikasi bo‘yicha vazifalar ijrosi o‘rganildi

Surxondaryo.uz | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X
👍832🔥2👏1
🇨🇳 Xitoydagi "Premier League" musobaqasidan xushxabar!

Xitoy Xalq Respublikasining Leshan shahrida sportning Karate turi bo‘yicha o‘tkazilayotgan  "Premier League" musobaqasida yurtimiz terma jamoasi ham munosib ishtirok etmoqda.

Xususan, sportchimiz Abdul Vahhob Rashidov -67 kg vazn toifasida jahonning eng kuchli karatechilari ustidan g‘alaba qozonib, musobaqa chempioniga aylandi.

Ahamiyatlisi, O‘zbekiston karatesi tarixida bunday yuksak natija so‘nggi 7 yil davomida qayd etilmagan edi.

👏 Chempionimizni ushbu g‘alaba bilan samimiy tabriklaymiz!

Surxondaryo.uz | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X
27👍26🙏2🔥1🎉1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
⚡️ Surxondaryoda “Media haftalik” loyihasiga start berildi

Global axborot makonida yuz berayotgan shiddatli o‘zgarishlar, ijtimoiy tarmoqlar va sun’iy intellektning jadal rivoji, shuningdek, feyk xabarlar oqimi media sohasi vakillaridan yangi yondashuvlarni talab etmoqda.

Shu maqsadda respublikadagi yirik ta’limiy-amaliy loyihalardan biri — “Media haftalik” Surxondaryo viloyatida o‘z faoliyatini boshladi.

Loyiha doirasida besh kun davomida jurnalistlar, blogerlar hamda matbuot kotiblari uchun PR, faktcheking va SMM yo‘nalishlarida poytaxtlik ekspertlar ishtirokida mahorat darslari tashkil etiladi.

Surxondaryo.uz | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X
7👍5🔥4👏1🕊1
UzA | Surxondaryoda muhim "Media haftalik" boshlandi

Termiz tumanidagi "Termiz xalqaro savdo markazi" erkin savdo zonasida ommaviy axborot vositalari xodimlari, bloger va matbuot kotiblarini yagona muhitda birlashtirishga xizmat qiladigan "Media haftalik" o‘z ishini boshladi.

O‘zbekiston – Afg‘oniston chegarasidagi Amudaryo bo‘yida 13-17-aprel kunlari bo‘lib o‘tadigan haftalikning ilk kuni ekspertlarning "Trening maqsadi va vazifalari", "O‘zbekiston bosma mediadagi kontent: amaliyot, muammo va yechim", "Operator – material hammuallifi sifatida", "Mahalliy va xalqaro OAVlarning ijtimoiy tarmoqlardagi amaliyotidan keyslar tahlili.

Ishtirokchilar ijodiy amaliyotining SVOT-tahlili" kabi mavzulardagi qiziqarli ma’ruzalari tinglanmoqda.

Batafsil: https://uza.uz/posts/843836

Surxondaryo.uz | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X
👍94👏1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
No comment | Surxondaryoda "Media haftalik"

Surxondaryo.uz | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X
👍54👏1💯1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Agrar sohadagi topshiriqlar ijrosi o‘rganildi hamda suv resurslaridan tejamkor foydalanish bo‘yicha vazifalar belgilandi

Surxondaryo.uz | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X
4👍2🔥1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Surxondaryoda media haftalik davom etmoqda

O‘zbekiston janubida media muhit yangicha ruhda shakllanmoqda – quyosh taftidek qaynoq va samimiy muhitda kechayotgan media haftalik Surxondaryoda qizg‘in o‘tmoqda.

❗️Dastlabki kunning o‘zidayoq 100 dan ziyod ishtirokchi bir maydonda jam bo‘lib, bugungi o‘zbek mediasining holatini tahlil qildi va uni yangi bosqichga olib chiqish bo‘yicha qarashlar hamda yondashuvlar shakllandi.

Muhokamalar markazida, media xavfsizlik choralarini kuchaytirish, raqamli transformatsiya jarayonlari, sun’iy intellektdan samarali foydalanish kabi dolzarb masalalar ham o‘rin oldi.

⚡️Mentorlar:

N.Tashpulatova — NNT “O‘zbekiston jurnalistlarni qayta tayyorlash markazi” eksperti
U.Olimova — “Mening Yurtim” telekanali jurnalisti
R.Shoraximov — Kontent markazi mutaxassisi


Davradan chetda qolmang – surxon mediasidagi muammolar va bo‘shliqlarga yechimlarni malakali ekspertlar bilan birgalikda topamiz.

Surxondaryo.uz | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X
3👍2🕊1