Surxondaryo viloyati hokimligi
24.9K subscribers
30.9K photos
3.07K videos
1 file
13.6K links
Surxondaryo viloyati hokimligi

Web site: http://surxondaryo.uz/

Ishonch telefoni: +998 (76) 224-02-89, 1088

Elektron pochta: gov@surxondaryo.uz

Yuridik manzili: Termiz shahri, At-Termiziy ko‘chasi 1-uy.

@surxondaryouz_bot
Download Telegram
Ayni vaqtda Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligidagi delegatsiyamiz Xebey markazi Shijiazhuang shahrida bo‘lib turibdi. Bugun delegatsiya ushbu provinsiyadagi qator ishlab chiqarish kompaniyalari, xalqaro quruq port logistika markazlari hamda ilmiy va yuqori texnologiyalar parklari faoliyati bilan tanishdi.

Xususan, dori-darmonlar ishlab chiqarish faoliyati bilan shug‘ullanuvchi “Shijiazhuang Dukang Medical Eqiupment Co., Ltd” kompaniyasiga tashrif buyurildi. Kompaniya o‘z faoliyatini 1992-yilda boshlagan bo‘lib, 14 turdagi dori vositalarini ishlab chiqaradi va dunyo bo‘ylab yetkazib beradi.

Shundan so‘ng, qishloq xo‘jaligida foydalaniladigan o‘g‘itlar ishlab chiqaruvchi “Hebei Mengbang” kompaniyasi faoliyati bilan tanishildi. Viloyatimiz rahbari kompaniya rasmiylari bilan o‘tkazilgan muzokaralarda Surxondaryo viloyatida mineral o‘g‘itlar ishlab chiqarish uchun zarur sharoitlar va yetarli xom ashyo zaxirasi mavjudligini ta’kidlab, hamkorlikda yangi loyihalarni yo‘lga qo‘yishni taklif etdi.

O‘z navbatida “Hebei Mengbang” kompaniyasi ushbu tashabbusga katta qiziqish bildirib, tomonlarning yetakchi mutaxassislari ishtirokida loyihalarni ishlab chiqish bo‘yicha dastlabki kelishuvlarga erishildi.

Shuningdek, delegatsiyamiz Shijiazhuang shahri xalqaro quruq portiga tashrif buyurib, logistika markazlari faoliyati bilan ham tanishdi. Xalqaro quruq port temir yo‘l va avtomobil yo‘llari orqali mahsulotlarni nafaqat Xitoy, balki dunyoning ko‘plab mamlakatlariga eksport qilishda muhim o‘rin tutadi.

Surxondaryo delegatsiyasining Xitoyga tashrifi ertaga Pekin shahrida davom etadi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | X
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
📹 Surxondaryo viloyati delegatsiyasining Xitoy Xalq Respublikasi Shensi va Xebey provinsiyalariga tashrifi tafsilotlari

Delegatsiyaning Xitoyga tashrifi davom etmoqda.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | X
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🛡#cybermonth

“Kiber madaniyatni yuksaltirish oyligi” doirasida Termiz shahrida joylashgan “Game Massa” klubida kibersport bo‘yicha musobaqa o‘tkazildi.

Unda Termiz shahri va tumanlardan tashrif buyurgan 15 ta jamoa o‘zaro kuch sinashishdi. Musobaqa davomida ishtirokchilar tajriba almashish, mahoratlarini namoyish etish imkoniyatiga ega bo‘lishdi.

Bu kabi musobaqalar yoshlarimizning bilim, ko‘nikma va “IT” sohasidagi salohiyatlarini oshirishga xizmat qiladi hamda yoshlarimizda jamoaviy hamkorlik va strategik fikrlashni rivojlantirishga yordam beradi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | X
Surxondaryo viloyatidagi vakant lavozimlarga ochiq tanlov eʼlon qilindi:

🔹 Muzrabot tumani qishloq хo'jaligi bo'limi: boshlig'i;

🔹 Surxondaryo viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi: Davlat хususiy sheriklik asosidagi va oilaviy nodavlat maktabgacha ta'lim tashkilotlarini faoliyatini tashkil etish sho`'basi bosh mutaхassisi;

🔹 Agroinspeksiyaning Qumqo'rg'on tumani bo'limi: Qishloq хo'jaligida agroteхnik tadbirlarni nazorat qilish bo'yicha bosh mutaхassis;

🔹 Agroinspeksiyaning Sherobod tumani bo'limi: Teхnika holatini nazorat qilish bo'yicha bosh mutaхassis;

🔹 Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi Oltinsoy tumani bo'linmasi: Bosh mutaхassisi;

🔹 Bandixon tumani oila va xotin-qizlar bo‘limi: Bahoriston mahallasi хotin-qizlar faoli;

🔹 Denov tumani oila va xotin-qizlar bo‘limi: Chuntosh mahallasi хotin-qizlar faoli;

🔹 Boysun tumani hokimligi: ijro intizomi bo'yicha bosh mutaхassisi;

🔹 Uzun tumani hokimligi: investitsiyalar va tashqi savdo bo'limi majmuasi bosh mutaхassisi;

🔹 Boysun tumani hokimligi: Yuqori Machay mahallasida tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini ta'minlash va kambag'allikni qisqartirish masalalari bo'yicha hokim yordamchisi;

❗️Arizalar 29.07.2024-yil soat 23:59 gacha qabul qilinadi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | X
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
⚡️ Bahodir Jalolov jahon boksi tarixiga kirishga yaqin turibdi

Hali hech bir bokschi eng og‘ir vazn toifasida ikki karra Olimpiada chempioni unvonini qo‘lga kiritmagan.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | X
❗️Surxondaryo viloyati, shahar va tumanlar hokimliklarining telegramdagi rasmiy sahifalarini kuzatib boring!

🔹 Surxondaryo viloyati hokimligi telegram kanaliga ulanish
🔹 Termiz shahar hokimligi telegram kanaliga ulanish
🔹 Angor tumani hokimligi telegram kanaliga ulanish 
🔹 Bandixon tumani hokimligi telegram kanaliga ulanish 
🔹 Boysun tumani hokimligi telegram kanaliga ulanish
🔹 Denov tumani hokimligi telegram kanaliga ulanish
🔹 Jarqo‘rg‘on tumani hokimligi telegram kanaliga ulanish
🔹 Qiziriq tumani hokimligi telegram kanaliga ulanish
🔹 Qumqo‘rg‘on tumani hokimligi telegram kanaliga ulanish
🔹 Muzrabot tumani hokimligi telegram kanaliga ulanish
🔹 Oltinsoy tumani hokimligi telegram kanaliga ulanish
🔹 Sariosiyo tumani hokimligi telegram kanaliga ulanish
🔹 Termiz tumani hokimligi telegram kanaliga ulanish
🔹 Uzun tumani hokimligi telegram kanaliga ulanish
🔹 Sherobod tumani hokimligi telegram kanaliga ulanish
🔹 Sho‘rchi tumani hokimligi telegram kanaliga ulanish

Facebook | Instagram | YouTube | X
🛡#Cybermonth

❗️Diqqat e'lon

"Cybermonth" kompleks targ‘ibot-tashviqot tadbirlari doirasida o‘tkazilayotgan tanlovning g‘olib va sovrindorlarini aniqlash uchun ovoz berish jarayonlari joriy yil 30-iyul kuni soat 18:00 ga qadar davom etishini ma’lum qilamiz.

Ishtirokchilarga ovoz berish uchun @cyber102uz_bot botidan foydalanishingiz mumkin.

🛡 O‘zingiz va yaqinlaringizni firibgarlar tuzog‘iga tushib qolishidan himoya qiling!

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | X
Bugun Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Yaponiyaning “Ventforet Kofu” sport klubi prezidenti Satoru Sakumani qabul qildi.

Uchrashuvda sport klubi bilan 2023-yil dekabr oyida Yaponiyada o‘tkazilgan muzokaralarda erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish, xususan, Surxondaryoda yoshlar futbolini rivojlantirish maqsadida akademiya tashkil etib, unda Yaponiya tajribasini tadbiq etish, futbolchilar va murabbiylarni tayyorlash, malakasini oshirish, Yaponiya va Termizda o‘yinlar o‘tkazish masalalari muhokama qilindi.

“Ventforet Kofu” sport klubi prezidenti Satoru Sakuma ham o‘z so‘zida kecha boshlangan tashrifi davomida Termiz shahri va Termiz tumanidagi sport obyektlari, futbol akademiyasidagi imkoniyatlar bilan tanishganini hamda loyihalarni boshlash uchun zarur sharoitlar mavjudligini ta’kidladi.

Muzokaralar yakunida Surxondaryoda Yaponiya klubi bilan yoshlar futbolini rivojlantirish maqsadida akademiya tashkil etish va loyihalarni amalga oshirishni boshlashga kelishib olindi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | X
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Axborot 24 | Jarqo‘rg‘on tumanida ikkita bog‘cha foydalanishga topshirildi

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | X
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM