Surxondaryo viloyati hokimligi
25K subscribers
30.1K photos
2.98K videos
1 file
13.3K links
Surxondaryo viloyati hokimligi

Web site: http://surxondaryo.uz/

Ishonch telefoni: +998 (76) 224-02-89, 1088

Elektron pochta: gov@surxondaryo.uz

Yuridik manzili: Termiz shahri, At-Termiziy ko‘chasi 1-uy.

@surxondaryouz_bot
Download Telegram
Hududlarda amalga oshirilayotgan islohotlarning borishi, ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish dasturlari va topshiriqlar ijrosi, ta’lim, tibbiyot maskanlari faoliyati hamda aholining dehqonchilik tajribasi bilan yaqindan tanishish maqsadida Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Qumqo‘rg‘on tumaniga tashrif buyurdi.

Tashrif davomida chigit ekish ishlari, maktab, bog‘cha va “Muruvvat” uyi hamda mahalla “yettiligi” faoliyati bilan tanishildi. Aholining issiqxonachilik faoliyati ko‘zdan kechirildi. Oilaviy poliklinikaning yangi binosi foydalanishga topshirildi.

Tumanga tashrif yakunida “Viloyat hokimi kubogi” uchun “Zakovat” intellektual o‘yinlari viloyat bosqichi g‘oliblarini taqdirlash marosimi o‘tkazildi.

Batafsil: https://surxondaryo.uz/blog/1939

#Surxondaryo #chigitekish #maktab #bogcha #poliklinika #Muruvvatuyi #Zakovat

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | Twitter
Bugun Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Denov tumanida amalga oshirilayotgan yirik loyihalar, ishlab chiqarish korxonalari va tibbiyot maskanlari faoliyati bilan tanishdi.

Xususan, yaxna ichimliklar, sport kiyimlari ishlab chiqarish, chorvachilik kompleksi, xususiy tibbiyot klinikasi hamda Denov nogironligi bo‘lgan erkaklar muruvvat uyi faoliyati bilan tanishildi. Xususiy maktab va tikuvchilik sexi loyihalari taqdimoti ko‘rib chiqildi.

Chorvachilik fermer xo‘jaliklari bilan uchrashuvda ularning mavjud muammolari tinglandi.

Batafsil: https://surxondaryo.uz/blog/2116

#Surxondaryo #yirikloyihalar #ishlabchiqarish #klinika #muruvvatuyi

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | X