Surxondaryo viloyati hokimligi
25K subscribers
30.1K photos
2.98K videos
1 file
13.3K links
Surxondaryo viloyati hokimligi

Web site: http://surxondaryo.uz/

Ishonch telefoni: +998 (76) 224-02-89, 1088

Elektron pochta: gov@surxondaryo.uz

Yuridik manzili: Termiz shahri, At-Termiziy ko‘chasi 1-uy.

@surxondaryouz_bot
Download Telegram
Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov rahbarligida Termiz tumani “Surxon Namuna” hududida 2024-yil paxta hosili uchun chigit ekish mavsumi oldidan soha mutasaddilari, hududlar rahbarlari, “Zoom” platformasi orqali tumanlardagi klaster va fermer xo‘jaliklari vakillari ishtirokida ko‘rgazmali seminar o‘tkazildi.

Unda chigit ekish mavsumini qisqa muddatda uyushqoqlik bilan o‘tkazish, agrotexnik tadbirlarni to‘g‘ri amalga oshirish, uni xatosiz, sog‘lom va erta undirib olish, g‘o‘za parvarishi hamda turli zararkunandalardan himoya qilish bilan bog‘liq tegishli chora-tadbirlar belgilab olindi.

Viloyat rahbari Termiz tumanida tashkil etilgan “Suvchilar maktabi” faoliyati bilan ham tanishdi. Xitoy davlatiga tashrif davomida suvdan samarali foydalanish, qishloq xo‘jaligi sohalarida erishilgan loyihalar doirasida tajriba uchastkalarini tanlab olish, vohaning iqlim va tuproq sharoitlarini chuqur o‘rgangan holda suv tejovchi texnologiyalarning samaradorligini o‘rganish, shu asosda loyihani ommalashtirish topshirildi.

Batafsil: https://surxondaryo.uz/blog/1913

#Surxondaryo #chigitekish #seminar #Suvchilarmaktabi

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | Twitter
Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov rahbarligida Jarqo‘rg‘on tumani “Jayronxona mirishkor” hududida joylashgan “Oqqo‘rg‘onlik Asadbek” fermer xo‘jaligi dalasida chigit ekish mavsumini boshlash bo‘yicha seminar o‘tkazildi.

Har bir hududning iqlim sharoitlari va tuproq namligini hisobga olib, chigit ekish ishlarini bosqichma-bosqich olib borish vazifasi topshirildi. Fermer xo‘jaligi dalasida yer maydonini chigit ekishga tayyorlash, baronalash, yangi zamonaviy seyalkada chigit ekish ishlari amaliy tarzda ko‘rsatib berildi.

Viloyat rahbari tumanning “Avlod” mahallasida ham bo‘lib, aholining tomorqadan samarali foydalanish tajribasi bilan tanishdi. Mutasaddilar bilan xonadonlarda oziq-ovqat mahsulotlari hamda issiqxonalarda sabzavot yetishtirish jarayonlari ko‘zdan kechirildi.

Batafsil: https://surxondaryo.uz/blog/1923

#Surxondaryo #chigitekish #seminar #mahalla #aholidaromadlari

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | Twitter
Hududlarda amalga oshirilayotgan islohotlarning borishi, ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish dasturlari va topshiriqlar ijrosi, ta’lim, tibbiyot maskanlari faoliyati hamda aholining dehqonchilik tajribasi bilan yaqindan tanishish maqsadida Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Qumqo‘rg‘on tumaniga tashrif buyurdi.

Tashrif davomida chigit ekish ishlari, maktab, bog‘cha va “Muruvvat” uyi hamda mahalla “yettiligi” faoliyati bilan tanishildi. Aholining issiqxonachilik faoliyati ko‘zdan kechirildi. Oilaviy poliklinikaning yangi binosi foydalanishga topshirildi.

Tumanga tashrif yakunida “Viloyat hokimi kubogi” uchun “Zakovat” intellektual o‘yinlari viloyat bosqichi g‘oliblarini taqdirlash marosimi o‘tkazildi.

Batafsil: https://surxondaryo.uz/blog/1939

#Surxondaryo #chigitekish #maktab #bogcha #poliklinika #Muruvvatuyi #Zakovat

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | Twitter
Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov haftalik ish rejasi dasturiga muvofiq qishloq xo‘jaligi sohasida amalga oshirilayotgan ishlar, belgilab berilgan vazifalar ijrosi hamda yangi loyihalar bilan tanishish maqsadida Qiziriq, Bandixon va Sherobod tumanlarida bo‘ldi.

Tashrif davomida Qiziriq tumanida chigit ekish ishlarining borishi, Sherobod, Qiziriq va Bandixon tumanlari bo‘ylab oqib o‘tuvchi “Sherobod mashina magistral” kanali bo‘yida tut, tol va terak ko‘chatlari ekish tadbirlari ko‘zdan kechirildi.

Sherobod tumanida “Pomir agroklaster” MChJ xorijiy korxonasi tomonidan amalga oshirilayotgan umumiy qiymati 392 mlrd so‘mlik, 5 ming bosh zotdor qoramollarni parvarishlash yo‘lga qo‘yiladigan chorvachilik kompleksining qurilishi bilan tanishildi.

Batafsil: https://surxondaryo.uz/blog/1949

#Surxondaryo #chigitekish #daraxtekish #Sherobodkanali #Pomiragroklaster #chorvakompleks

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | Twitter