Surxondaryo viloyati hokimligi
24.8K subscribers
29.3K photos
2.91K videos
1 file
13K links
Surxondaryo viloyati hokimligi

Web site: http://surxondaryo.uz/

Ishonch telefoni: +998 (76) 224-02-89, 1088

Elektron pochta: gov@surxondaryo.uz

Yuridik manzili: Termiz shahri, At-Termiziy ko‘chasi 1-uy.

@surxondaryouz_bot
Download Telegram
Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov hududlarda amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarning borishi, yangi loyihalarni yo‘lga qo‘yish orqali aholi bandligini ta’minlash, turmush farovonligini oshirish hamda boshqa tarmoqlarda amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishish maqsadida Qumqo‘rg‘on tumaniga tashrif buyurdi.

Tumanda qishloq xo‘jaligi, sog‘liqni saqlash, mahalla “yettiligi” faoliyati, sektor rahbarlarining joriy yilda xorijiy investitsiyalarni o‘zlashtirish, eksportni oshirish, yirik loyihalarni ishga tushirish yuzasidan taqdimoti, ko‘p qavatli uy-joylar qurilishi loyihasi hamda “IT” markazi va Axborot-kutubxona markazi faoliyati bilan tanishildi.

Batafsil: https://surxondaryo.uz/blog/1770

#Surxondaryo #tibbiyot #mahalla #loyiha #yettilik #kutubxona

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | Twitter
Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov topshiriqlar ijrosi hamda amalga oshirilayotgan loyihalar bilan tanishish maqsadida Sho‘rchi va Denov tumanlarida bo‘ldi.

Sho‘rchi tumanida ariqlarni betonlash, mahalliy o‘g‘it jamg‘arish, g‘alla parvarishi hamda dori sepish texnikalarini mavsumga tayyorlash ishlari, Denov tumanida oqova suvlarini tozalash inshootining qurilishi, Denov va Sariosiyo tumanlari markazida kanalizatsiya tarmoqlarini qurish loyihasi taqdimoti bilan tanishildi.

Batafsil: https://surxondaryo.uz/blog/1841

#Surxondaryo #betonlash #oqovasuv #loyiha

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | Twitter
Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Muzrabot tumaniga tashrif buyurib, yangi loyiha taqdimoti va energiya tejamkor, ko‘mir bilan isitilib, mahsulot yetishtirilayotgan issiqxona faoliyati bilan tanishdi. Xususan, “Yangi diyor hamkor baraka” MChJ tomonidan fermer xo‘jaliklariga tumanlararo mineral o‘g‘itlar yetkazib berishni tashkil etish loyihasi taqdimot qilindi.

Shuningdek, “Ozod nurli hayot” MChJ tomonidan 1 gektar maydonda tashkil etilgan energiya tejamkor, ko‘mir yoqilg‘isi bilan isitiladigan issiqxonada pomidor va sabzavot mahsulotlari yetishtirish jarayonlari bilan tanishdi. Qishning sovuq kunlari bo‘lishiga qaramay muqobil energiya manbalari hamda issiqxonaning tabiiy issiqlikni saqlash quvvati yordamida mahsulotlar pishib yetilgan.

Batafsil: https://surxondaryo.uz/blog/1889

#Surxondaryo #loyiha #taqdimot #issiqxona

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | Twitter
Bugun viloyat hokimi Ulug‘bek Qosimov Sherobod tumanida bo‘lib, dastlab “Akbar Xayrullo Jumayev” MCHJ tomonidan Motel xizmatini tashkil etish loyihasi bilan tanishdi. Shu yerning o‘zida, M-39 avtomagistral yo‘l yoqasida qurilishi rejalashtirilgan avtomobillarga texnik xizmat ko‘rsatish nuqtasi, motel, savdo do‘konlari hamda mehmonxona binosini qurish bo‘yicha loyihalar taqdimot qilindi.

Shundan so‘ng viloyat hokimi tumanda “Laziz Avto Innavator” UK tomonidan tashkil etilgan va zamonaviy texnologiyalar bilan jihozlangan avto maktab faoliyati bilan tanishdi. Maktabda bugungi kunda 10 ta guruhda 240 nafar o‘quvchi tahsil olib kelmoqda. Viloyat rahbari o‘quvchilar bilan suhbatlashib, ularning avto boshqaruvi bo‘yicha bilimlarini sinadi.

Tashrif yakunida “Imronbek Rishodbek" MCHJ tomonidan qurilgan ko‘p qavatli uy-joylar bilan ham tanishilib, shu yerning o‘zida konsalting kompaniyalar tomonidan ishlab chiqilgan tumanning investisiya va shaharsozlik loyihalari taqdimot qilindi.

Mas’ullarga istiqbolli loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha tashabbuskorlarni jalb qilish, qo‘shimcha ish o‘rinlarini yaratish va tumanni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha tegishli topshiriqlar berildi.

#Surxondaryo  #Sherobod #loyiha

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | Twitter
Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Turkiyaning quyosh elektr stansiyalari qurish faoliyati bilan shug‘ullanuvchi “Akgun enerji” kompaniyasi bosh direktori Kemal Gunay boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi.

Uchrashuvda vohamizda 100 MVt quvvatdagi quyosh fotoelektr stansiyasi qurish loyihasi muhokama qilindi. Muzokaralar yakunida ikki tomon mutaxassislari ishtirokida loyihaning texnik-iqtisodiy imkoniyatlarini ko‘rib chiqish, takomillashtirish bo‘yicha ishlarni boshlashga kelishilib olindi.

Batafsil: https://surxondaryo.uz/blog/1983

#Surxondaryo #Turkiya #AKGUNENERJI #loyiha

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | Twitter
Bugun Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Oltinsoy tumanida bo‘lib, g‘o‘zaga agrotexnik ishlov berish tadbirlari, innovatsion o‘quv markazi, mebel ishlab chiqarish korxonasi faoliyati bilan tanishdi.

Viloyat rahbariga zamonaviy naslchilik kompleksi, yomg‘irlatib sug‘orish tizimi va sutni qayta ishlash loyihasi taqdimot qilindi.

Batafsil: https://surxondaryo.uz/blog/2007

#Surxondaryo #innovatsiya #paxta #mebel #loyiha #taqdimot

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | Twitter
Bugun Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Xitoyning “Hunan Industrial Equipment Installation Co., Ltd” kompaniyasi delegatsiyasini qabul qildi.

Uchrashuvda M41 “Bishkek—Dushanbe—Termiz” avtomobil yo‘liga parallel yo‘nalishda 171 kilometr uzunlikdagi, barcha zamonaviy sharoit va qulayliklarga ega bo‘lgan pulli avtomagistral qurish loyihasi muhokama qilindi. Muzokaralar davomida yo‘l qurilishining ekologik va iqtisodiy jihatlariga, xususan, turar joylar va daraxtlar ko‘chirilishini minimal darajaga tushirish, loyihaning tabiatga ta’sirini imkon qadar kamaytirish masalalariga e’tibor qaratildi.

Yakunda mutaxassislarni jalb qilgan holda loyihani takomillashtirish bo‘yicha hamkorlikdagi ishlar kelishib olindi.

Ma’lumot uchun, “Hunan Industrial Equipment Installation Co., Ltd” Xitoyning yirik kompaniyalaridan birib bo‘lib, o‘zining 66 yillik faoliyati davomida 40 ming kilometrdan ziyod uzunlikdagi yuqori sifatli pulli yo‘llarni qurgan.

#Surxondaryo  #Xitoy  #pulliavtomagistral  #loyiha  #muzokara

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | X
Surxondaryo viloyat hokimi Ulug‘bek Qosimov Angor tumanida bo‘lib, “Bahor” charmga ixtisoslashtirilgan kichik sanoat zonasi hamda tumanlarda charm sanoati yo‘nalishida shakllantirilgan loyihalar taqdimotlari bilan tanishdi.

Batafsil: https://surxondaryo.uz/blog/2073

#Surxondaryo #charmsanoatzona #loyiha #taqdimot

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | X
Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Angor tumanida Prezidentimizning topshirig‘iga asosan “Bahor” charm sanoatiga ixtisoslashtirilgan kichik sanoat zonasi loyihasining qurilishiga start berdi.

Shuningdek, Qiziriq tumanida ham bo‘linib, “Surxon Goad farm” MCHJning echkichilik fermasi va sutni qayta ishlash kompleksi, kooperatsiya asosida xonadonlarda 10 tadan sutchilik yo‘nalishida echki boqishni yo‘lga qo‘yish, “Qiziriq Farovon” MCHJ tomonidan qurilayotgan bozor loyihasi bilan tanishildi.

Tumanning Yangihayot mahallasidagi aholi bandligini ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar ko‘zdan kechirildi.

Batafsil: https://surxondaryo.uz/blog/2086

#Surxondaryo #charmsanoat #KSZ #chorvachilik #sutchilik #loyiha #taqdimot

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | X
Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Termiz tumani Yangiobod mahallasi hududida barpo etilayotgan “Yangi O‘zbekiston” massivida turar joylar, 3 500 o‘rinli amfiteatr hamda 1 500 o‘rinli universitet binolari qurilishi hamda “Uchqizil” suv ombori bo‘yida “Yoshlar va turizm” ko‘chasini tashkil etish ishlari bilan tanishdi.

Shuningdek, Termiz shahrida Avtomobil yo‘llari bosh boshqarmasi faoliyati bilan tanishilib, yo‘lsozlarga maxsus texnikalar va yuk tashish transportlari topshirildi. Davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti binosining qurilishi va 11-sonli bog‘cha oshxonasi hamda viloyat Mudofaa ishlari boshqarmasi binosini ta’mirlash jarayonlari ko‘zdan kechirildi.

Batafsil: https://surxondaryo.uz/blog/2181

#Surxondaryo #qurilish #loyiha #taqdimot #tanishuv

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | X