Surxondaryo viloyati hokimligi
24.8K subscribers
29.3K photos
2.91K videos
1 file
13K links
Surxondaryo viloyati hokimligi

Web site: http://surxondaryo.uz/

Ishonch telefoni: +998 (76) 224-02-89, 1088

Elektron pochta: gov@surxondaryo.uz

Yuridik manzili: Termiz shahri, At-Termiziy ko‘chasi 1-uy.

@surxondaryouz_bot
Download Telegram
Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov hududlarda amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarning borishi, yangi loyihalarni yo‘lga qo‘yish orqali aholi bandligini ta’minlash, turmush farovonligini oshirish hamda boshqa tarmoqlarda amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishish maqsadida Qumqo‘rg‘on tumaniga tashrif buyurdi.

Tumanda qishloq xo‘jaligi, sog‘liqni saqlash, mahalla “yettiligi” faoliyati, sektor rahbarlarining joriy yilda xorijiy investitsiyalarni o‘zlashtirish, eksportni oshirish, yirik loyihalarni ishga tushirish yuzasidan taqdimoti, ko‘p qavatli uy-joylar qurilishi loyihasi hamda “IT” markazi va Axborot-kutubxona markazi faoliyati bilan tanishildi.

Batafsil: https://surxondaryo.uz/blog/1770

#Surxondaryo #tibbiyot #mahalla #loyiha #yettilik #kutubxona

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | Twitter
Surxondaryo viloyati hokim Ulug‘bek Qosimov Angor tumanida bo‘lib, o‘tgan hafta tashrif davomida belgilab berilgan topshiriqlar ijrosi bilan tanishdi hamda tumanning “Navshahar” mahallasida patronaj xizmati ko‘rsatish borasida olib borilayotgan ishlarni ko‘zdan kechirdi.

Mutasaddilar, shahar va tumanlar mas’ullari ishtirokida mahalla “yettiligi” faoliyatini samarali tashkil etish bo‘yicha berilgan topshiriqlar ijrosi yuzasidan muhokama yig‘ilishi o‘tkazilib, vazifalar belgilab berildi.

Yig‘ilishda tibbiyot sohasida “Surxondaryo tajribasi”ni yaratish ishlarining borishi ham tahlil qilinib, sifatli va samarali tibbiy xizmat ko‘rsatish tizimini bosqichma-bosqich joriy etib borish topshirildi.

Batafsil: https://surxondaryo.uz/blog/1891

#Surxondaryo #tibbiyot #patronaj #mahalla #yettilik

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | Twitter
Hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash, yangi ish o‘rinlari yaratish hamda kambag‘allikni qisqartirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishish maqsadida Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Sho‘rchi tumaniga tashrif buyurdi.

Tashrif davomida qishloq xo‘jaligi texnikalarini yig‘ish va servis xizmat ko‘rsatish, muravey va elektro skuterlar ishlab chiqarish, zamonaviy savdo kompleksi, yangi turar-joylar qurish loyihasi hamda un va spagetti makaron mahsulotlarini ishlab chiqarish loyihalari bilan tanishildi.

“Kakan” va “Baxshtepa 1” mahallalarida “yettilik” faoliyati, aholi xonadonlarida hozirgi sovuq kunlarda energiya tejamkor usullarda issiqxonalarda mahsulot yetishtirish jarayonlari ko‘zdan kechirildi. Tuman mutasaddilariga tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash, mahallalar infratuzilmasini yaxshilash, yo‘llarni ta’mirlash yuzasidan vazifalar topshirildi.

Batafsil: https://surxondaryo.uz/blog/1900

#Surxondaryo #texnikalar #elektroskuter #loyihalar #yettilik

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | Twitter
Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Termiz tumaniga tashrif buyurib, mahalla “yettiligi”, qayta ishlash korxonasi, yangi loyihalar taqdimoti hamda aholi va tadbirkorlarning issiqxonachilik tajribasi bilan tanishdi.

Xususan, tashrif davomida “Yangiobod” mahallasi “yettiligi”, sut va sut mahsulotlarini qayta ishlash korxonasi, oilaviy korxonaning 2 gektarlik issiqxonasida pomidor yetishtirish jarayonlari bilan tanishib, mutasaddilarga tadbirkorlar faoliyatini qo‘llab-quvvatlash vazifalari belgilab berildi.

Batafsil: https://surxondaryo.uz/blog/1910

#Surxondaryo #yettilik #sutniqaytaishlash #issiqxona

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | Twitter
Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov o‘zining haftalik ish rejasiga muvofiq ijtimoiy sohada amalga oshirilayotgan ishlar, mahallalarda belgilab berilgan topshiriqlar ijrosi bilan tanishish maqsadida Angor tumaniga tashrif buyurdi.

Tashrif davomida “Navshahar” mahallasida berilgan topshiriqlar ijrosi, mahalla “yettiligi”, 24-sonli bog‘chada gimnastika to‘garagi faoliyati bilan tanishildi. Tuman bolalar sport maktabida murabbiylar va sportchi yoshlar bilan uchrashuv o‘tkazildi. Olimpiada chempionini tayyorlagan murabbiylarga xonadon, jahon chempionini tayyorlagan murabbiylarga esa avtomobil kalitlari topshirilishi ta’kidlandi.

Uchrashuvda vohalik jahon chempioni Rinata Ilmatovaga pul mukofoti sertifikati topshirildi. Unga keyingi musobaqalarda omadlar tilandi.

Batafsil: https://surxondaryo.uz/blog/1930

#Surxondaryo #ijtimoiysoha #mahalla #yettilik #bogcha #sport

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | Twitter
Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov bugun hududlarga tashrifini Boysun tumanida davom ettirib, “Boysun bahori” xalqaro folklor festivaliga tayyorgarlik jarayonlari, maktab, oilaviy bog‘cha faoliyati, mahalla “yettiligi” va mutasaddilarning taqdimotlari bilan tanishdi.

Qurilish sohasida amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilinib, mutasaddilar, shahar va tumanlar hokimlarining mas’ul o‘rinbosarlarining axborotlari tinglandi. Ularga massivlar va loyihalar qurilishini muddatida, sifatli amalga oshirish vazifasi topshirildi.

Batafsil: https://surxondaryo.uz/blog/1934

#Surxondaryo #Boysunbahori #maktab #bogcha #yettilik #taqdimot #muhokama

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | Twitter
Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Angor va Jarqo‘rg‘on tumanlarida bo‘lib, maktab va oilaviy poliklinikalar faoliyati, aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmat sifati bilan tanishdi. Mahallalarda yettilik”ning amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan axboroti tinglandi.

Shuningdek, viloyatda yuqumli kasalliklarning oldini olish, maktablarni yangi o‘quv yiliga tayyorlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar hamda loyiha-smetalari taqdimoti bilan tanishilib, mas’ullarga tegishli vazifalar belgilab berildi.

Batafsil: https://surxondaryo.uz/blog/2085

#Surxondaryo #tibbiyot #talim #yettilik #taqdimot

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | X