Surxondaryo viloyati hokimligi
25K subscribers
30.8K photos
3.06K videos
1 file
13.5K links
Surxondaryo viloyati hokimligi

Web site: http://surxondaryo.uz/

Ishonch telefoni: +998 (76) 224-02-89, 1088

Elektron pochta: gov@surxondaryo.uz

Yuridik manzili: Termiz shahri, At-Termiziy ko‘chasi 1-uy.

@surxondaryouz_bot
Download Telegram
Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov hududlarga tashrifini Sherobod va Muzrabot tumanlarida davom ettirib, 392 mlrd so‘mlik chorvachilik kompleksi qurilishi hamda Amudaryo qirg‘oqlaridagi yer maydonlarini yangidan o‘zlashtirish ishlarining borishi bilan tanishdi.

Mavjud muammolar muhokama qilinib, ularning yechimi bo‘yicha chora-tadbirlar belgilab berildi.

Batafsil: https://surxondaryo.uz/blog/1928

#Surxondaryo #chorvachilik #sholichilik

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | Twitter
Agrar sohada amalga oshirilayotgan ishlar, joriy etilayotgan ilm-fan yutuqlari hamda sohadagi mavjud muammolarni o‘rganish maqsadida Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Termiz tumaniga tashrif buyurdi.

Tashrif davomida Ingichka tolali paxtachilik ilmiy-tekshirish institutida olimlarning ingichka tolali paxta yetishtirishning iqtisodiy samaradorligi va uni oshirish yo‘llari to‘g‘risidagi fikrlari tinglandi. Shuningdek, Veterinariya va chorvachilik tarmog‘i mas’ullari bilan sohada yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar muhokama qilindi.

Tumanga tashrif yakunida “Agropilla” MChJning Yangiariq filialida ipak qurti boqish tadbirlarining borishi bilan tanishildi. Pillakorlarga esdalik sovg‘alari topshirildi.

Batafsil: https://surxondaryo.uz/blog//2022

#Surxondaryo #paxtachilik #chorvachilik #pillakorlar

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | Twitter
Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Angor tumanida Prezidentimizning topshirig‘iga asosan “Bahor” charm sanoatiga ixtisoslashtirilgan kichik sanoat zonasi loyihasining qurilishiga start berdi.

Shuningdek, Qiziriq tumanida ham bo‘linib, “Surxon Goad farm” MCHJning echkichilik fermasi va sutni qayta ishlash kompleksi, kooperatsiya asosida xonadonlarda 10 tadan sutchilik yo‘nalishida echki boqishni yo‘lga qo‘yish, “Qiziriq Farovon” MCHJ tomonidan qurilayotgan bozor loyihasi bilan tanishildi.

Tumanning Yangihayot mahallasidagi aholi bandligini ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar ko‘zdan kechirildi.

Batafsil: https://surxondaryo.uz/blog/2086

#Surxondaryo #charmsanoat #KSZ #chorvachilik #sutchilik #loyiha #taqdimot

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | X
Viloyat rahbarining hududlarga tashrifi Bandixon tumanida davom etdi. Tumanning “Bandixon” mahallasida “Obod turmush shifo” MChJ tomonidan tashkil etilgan “Malham med” xususiy klinikasining ochilish marosimi o‘tkazildi.

Shuningdek, tashrif davomida Saroy mahallasida aholi xonadonlarida oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish va kasanachilikni yo‘lga qo‘yish orqali tashkil etilgan loyihalar bilan tanishildi hamda “Aholini tadbirkorlikka jalb qilish” jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan 56 nafar ishsiz, “daftar”larga kiritilgan xotin-qizlar va yoshlarga subsidiya asosida turli asbob-uskuna va jihozlar topshirildi.

Batafsil: https://surxondaryo.uz/blog/2174

#Surxondaryo #xususiyklinika #asalarichilik #chorvachilik #kasanachilik

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | X