Surxondaryo viloyati hokimligi
25K subscribers
30.1K photos
2.98K videos
1 file
13.3K links
Surxondaryo viloyati hokimligi

Web site: http://surxondaryo.uz/

Ishonch telefoni: +998 (76) 224-02-89, 1088

Elektron pochta: gov@surxondaryo.uz

Yuridik manzili: Termiz shahri, At-Termiziy ko‘chasi 1-uy.

@surxondaryouz_bot
Download Telegram
Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov haftalik ish rejasiga muvofiq bugun investitsiyalar, sanoat va savdo sohalarida amalga oshirilayotgan loyihalar bilan tanishish maqsadida Uzun tumaniga tashrif buyurdi.

Tashrif davomida kichik sanoat zonasi, quvvati 2 megavatt bo‘lgan quyosh fotoelektrostansiyasi qurilishi, 18 gektar maydonda qiymati 5 mln dollar bo‘lgan issiqxona, refkontiner, manzarali bog‘, vino mahsulotlari qadoqlash, 50 o‘rinli mehmonxona va restoranni o‘z ichiga olgan loyiha taqdimoti hamda yiliga 3 ming dona turli xil mebel mahsulotlari ishlab chiqaruvchi korxona faoliyati bilan tanishildi.

Uzun tumani markazida do‘kon va binolar egalari bo‘lgan tadbirkorlar bilan uchrashuv o‘tkazildi. Shuningdek, Sariosiyo tumanida “Yangi O‘zbekiston” massivida qurilishi hamda tuman markazida kanalizatsiya quvurlarini tortish ishlarining borishi bilan tanishdi.

Batafsil: https://surxondaryo.uz/blog/1893

#Surxondaryo #loyihalar #taqdimotlar #KSZ

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site
Viloyatimiz hokimi Ulug‘bek Qosimov Sariosiyo tumanida 4,6 mlrd so‘mlik loyiha asosida yangidan qurilgan 180 o‘rinli bog‘cha binosini foydalanishga topshirish tadbirida ishtirok etdi.

Shuningdek, O‘zbekiston yozuvchilar uyushmasi raisi Sirojiddin Sayyid bilan tumandagi 18-sonli maktab faoliyati bilan tanishib, “Otalar yig‘ilishi”da qatnashishdi.

Tashrif davomida “Anorzor” kichik sanoat zonasida yo‘lga qo‘yilgan loyihalar bilan ham tanishildi.

Batafsil: https://surxondaryo.uz/blog/2014

#Surxondaryo #bogcha #yangibino #maktab #Otalaryigilishi #KSZ

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | Twitter
Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Angor tumanida Prezidentimizning topshirig‘iga asosan “Bahor” charm sanoatiga ixtisoslashtirilgan kichik sanoat zonasi loyihasining qurilishiga start berdi.

Shuningdek, Qiziriq tumanida ham bo‘linib, “Surxon Goad farm” MCHJning echkichilik fermasi va sutni qayta ishlash kompleksi, kooperatsiya asosida xonadonlarda 10 tadan sutchilik yo‘nalishida echki boqishni yo‘lga qo‘yish, “Qiziriq Farovon” MCHJ tomonidan qurilayotgan bozor loyihasi bilan tanishildi.

Tumanning Yangihayot mahallasidagi aholi bandligini ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar ko‘zdan kechirildi.

Batafsil: https://surxondaryo.uz/blog/2086

#Surxondaryo #charmsanoat #KSZ #chorvachilik #sutchilik #loyiha #taqdimot

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | X
Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov hududlarda o‘rganish ishlarini kunning ikkinchi yarmida Bandixon tumanida davom ettirib, “Bandixon agroklaster” MChJning sun’iy tola aralashmali ip kalava ishlab chiqarish loyihasi qurilishi, 27 gektarlik maydonda tashkil etilayotgan “Bektepa-3” kichik sanoat zonasi kompleksidagi loyihalar taqdimoti bilan tanishdi hamda birinchi loyihaga start berildi.

Shuningdek, Bektepa mahallasida “Sayxunobod tajribasi”ni joriy etish hamda kichik biznesni rivojlantirish, loyihalarni qo‘llab-quvvatlash, ishga tushirish orqali ish o‘rinlari yaratish borasida amalga oshirilayotgan ishlar ko‘zdan kechirildi.

Hududlarga tashrif yakunida Sherobod tumanida qishloq xo‘jaligi sohasi, xususan, g‘o‘za parvarishining borishi bilan tanishildi.

Batafsil: https://surxondaryo.uz/blog/2087

#Surxondaryo #ipkalavaloyiha #Bektepa3 #KSZ #Sayxunobodtajribasi #qishloqxujaligi

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | X
Bugun Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Angor, Bandixon va Qumqo‘rg‘on tumanlarida amalga oshirilayotgan investisiya loyihalari, korxonalar faoliyati bilan tanishdi hamda yangi korxona ochilishida ishtirok etdi.

Tashrif davomida yoshlar sanoat va tadbirkorlik zonalari qurilishi, ulgurji savdo majmuasi faoliyatini jadallashtirish, sun’iy tola aralashmali ip kalava ishlab chiqarish loyihalarida uskunalarni o‘rnatish jarayonlari, asfalt ishlab chiqarish zavodi qurilishi bilan tanishildi hamda kichik sanoat zonasida avtomobil chexolini ishlab chiqarish korxonasi faoliyatini boshladi.

Shuningdek, viloyatda “Farmasevtika” va “Elektrotexnika” yo‘nalishida amalga oshirilayotgan loyihalar taqdimoti ko‘rib chiqilib, mutasaddilar ishtirokida muhokama qilindi.

🔝 Batafsil: https://surxondaryo.uz/blog/2214

#Surxondaryo #investitsiya #loyihalar #KSZ #taqdimotlar

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | X
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM