Surxondaryo viloyati hokimligi
25K subscribers
30.8K photos
3.06K videos
1 file
13.5K links
Surxondaryo viloyati hokimligi

Web site: http://surxondaryo.uz/

Ishonch telefoni: +998 (76) 224-02-89, 1088

Elektron pochta: gov@surxondaryo.uz

Yuridik manzili: Termiz shahri, At-Termiziy ko‘chasi 1-uy.

@surxondaryouz_bot
Download Telegram
Prezidentimizning joriy yil 14-mart kuni Sirdaryo viloyatiga tashrifida aholi bandligini ta’minlash, daromadlarini oshirish va kambag‘allikni qisqartirish borasidagi “Sayxunobod tajribasi”ni respublika bo‘yicha ommalashtirish vazifasi topshirilgan edi.

Mazkur tajribani Surxondaryo viloyati shahar va tumanlarida ham joriy etish bo‘yicha amaliy harakatlar boshlangan bo‘lib, bugun viloyat hokimi Ulug‘bek Qosimov Termiz shahrida amalga oshirilayotgan ishlarni ko‘zdan kechirdi.

Shahar mahallalarida quyonchilik, issiqxonachilik hamda nogironligi bo‘lgan fuqarolarni ish bilan ta’minlash maqsadida tashkil etilgan tikuvchilik, non va qandolat mahsulotlari ishlab chiqarish loyihalari bilan tanishildi.

Batafsil: https://surxondaryo.uz/blog/1964

#Surxondaryo #Sayxunobodtajribasi #quyonchilik #issiqxonachilik #tikuvchilik

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | Twitter
Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Denov tumaniga tashrif buyurib, “Sayxunobod tajribasi”ni joriy etish, mahalla “yettiligi” faoliyati hamda aholining tomorqadan samarali foydalanish, gulchilik va qulupnay yetishtirish tajribasini ommalashtirish borasidagi ishlar bilan tanishdi.

Tashrif davomida politilen mahsulotlari ishlab chiqarish hamda pista qadoqlash korxonasi faoliyati bilan ham tanishildi. Bozorlar majmuasi va boshqa bo‘sh yer maydonlarini xatlovdan o‘tkazish, auksion savdolariga chiqarish hamda “Termiz erkin iqtisodiy zonasi”ning Denov tumani “Ko‘zichoqli” massivida amalga oshirilayotgan loyihalar yuzasidan mas’ullarning axboroti tinglandi.

Batafsil: https://surxondaryo.uz/blog/1991

#Surxondaryo #Sayxunobodtajribasi #gulchilik #korxonalar #taqdimotlar

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | Twitter
Bugun Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov aholining issiqxonachilik, asalarichilik, chorvachilik va parrandachilikdagi tajribasi hamda korxonalar faoliyati bilan tanishish, shuningdek, “Sayxunobod tajribasi”ni joriy etish ishlarini o‘rganish maqsadida Jarqo‘rg‘on tumaniga tashrif buyurdi.

Batafsil: https://surxondaryo.uz/blog/1997

#Surxondaryo #issiqxonachilik #asalarichilik #bogzor #Sayxunobodtajribasi

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | Twitter
Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov “Sayxunobod tajribasi”ni joriy etish ishlarining borishi, savdo, ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish nuqtalari qurilishi hamda yangi loyihalar taqdimoti bilan tanishish maqsadida Sherobod tumaniga tashrif buyurdi.

Tashrif davomida “Sherobod ko‘p tarmokli savdo kompleksi” MChJning savdo majmuasi qurilishi, markaziy dehqon bozorida sotuvchi va xaridorlar uchun yaratilgan sharoitlar, oziq-ovqat mahsulotlari narxlari, “Temur sement ta’minot” MChJning xizmat ko‘rsatish va savdo nuqtalari tashkil etish loyihasi bilan tanishildi.

Shuningdek, “Bog‘iobod” mahallasida “Sayxunobod tajribasi” asosida aholi xonadonlarida amalga oshirilayotgan ishlar ko‘zdan kechirildi.

Batafsil: https://surxondaryo.uz/blog/2002

#Surxondaryo #tashrif #loyihalar #asalarichilik #Sayxunobodtajribasi

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | Twitter
Bugun viloyat hokimi Ulug‘bek Qosimov hududlarga tashrifini Muzrabot tumanida davom ettirib, “Surxon-Agro majmuasi” MChJning 2 ming bosh qora molga mo‘ljallangan chorvachilik kompleksi hamda “Xalq yo‘li” mahallasida “Sayxunobod tajribasi” asosida aholi xonadonlarida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi.

Batafsil: https://surxondaryo.uz/blog/2003

#Surxondaryo #Sayxunobodtajribasi #aholixonadonlari #chorvakompleks

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | Twitter
Bugun O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining iqtisodiy rivojlanish masalalari bo‘yicha maslahatchisi Ravshan Gulyamov va viloyat hokimi Ulug‘bek Qosimov rahbarligida Surxondaryo viloyatida “Sayxunobod tajribasi”ni joriy etish yuzasidan seminar o‘tkazildi.

Tadbirkorlarning istiqbolli loyihalarini qo‘llab-quvvatlash, aholining tomorqadan samarali foydalanishi, chorvachilik, parrandachilik, baliqchilik va boshqa uy sharoitida daromad olish mumkin bo‘lgan loyihalar uchun kredit paketlari bilan ta’minlash bo‘yicha vazifalar belgilandi.

Seminar avvalida mehmonlar “Tinchlik yoshlar tadbirkorlik va sanoat zonasi” faoliyati, bu yerda yoshlarga o‘z tadbirkorligini yo‘lga qo‘yish uchun yaratilgan sharoitlar bilan tanishishdi.

Batafsil: https://surxondaryo.uz/blog/2008

#Surxondaryo #seminar #Sayxunobodtajribasi

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | Twitter
Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Muzrabot tumanida mavjud bo‘sh binolardan samarali foydalanish borasida olib borilayotgan ishlar taqdimoti bilan tanishdi hamda mutasaddilar bilan yirik loyihalarni amalga oshirish, eksport qiluvchi va chakana savdo korxonalarining faoliyatini kengaytirish, eksport salohiyatini oshirish masalalarini muhokama qildi.

Shuningdek, “At-Termiziy” mahallasida yashovchi Sharofat Maxmudovaning xonadonida “Sayxunobod tajribasi” asosida amalga oshirilayotgan ishlar ko‘zdan kechrildi.

Batafsil: https://surxondaryo.uz/blog/2017

#Surxondaryo #obyektlar #taqdimot #muhokama #Sayxunobodtajribasi

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | Twitter
Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Bandixon tumanida bo‘lib, qishloq xo‘jaligi sohasi, xususan, g‘o‘za va g‘alla parvarishi tadbirlari hamda “Sayxunobod tajribasi” asosida aholi xonadonlarida amalga oshirilayotgan ishlar, tomorqadan samarali foydalanish tajribasi bilan tanishdi.

Barafsil: https://surxondaryo.uz/blog/2019

#Surxondaryo #qishloqxojaligi #Sayxunobodtajribasi #xonadonlar

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | Twitter
Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Qiziriq tumani Takiya va Zarobod mahallalarida bo‘lib, “Sayxunobod tajribasi” asosida aholi bandligini ta’minlash, tomorqadan samarali foydalanish tajribasini ommalashtirish, daromadlarini oshirish ishlarining borishi bilan tanishdi.

Aholi xonadonlarida chorvachilik, parrandachilik, issiqxonachilik hamda biolaboratoriya faoliyatlari ko‘zdan kechirildi. Shuningdek, tashrif davomida mahalla guzaridagi mikromarkaz faoliyati hamda hududdagi ziyoratgoh va qabristonning obodonlashtirish ishlari bilan tanishildi.

Batafsil: https://surxondaryo.uz/blog/2021

#Surxondaryo #Sayxunobodtajribasi #biolaboratoriya #mikromarkaz

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | Twitter
Bugun viloyat hokimi Ulug‘bek Qosimov “Sayxunobod tajribasi” asosida aholi bandligini ta’minlash ishlarining borishi, mahalla “yettiligi” faoliyati hamda yangi loyihalar taqdimoti bilan tanishish maqsadida Qumqo‘rg‘on tumaniga tashrif buyurdi.

Tashrif davomida yangi yerlarni foydalanishga kiritib, poliz mahulotlari yetishtirish, “kasanachilik” orqali har xil to‘qima mahsulotlar ishlab chiqarish, issiqxonachilik, nodavlat ta’lim markazida koreys tili o‘qitish, muzqaymoq hamda non va non mahsulotlari ishlab chiqarish faoliyatlari bilan tanishdi. Mahalla binosi foydalanishga topshirildi.

Shuningdek, “Qum teks invest” MChJning mato to‘quv va bo‘yash loyihasi qurilishi ko‘zdan kechirildi. Mutasadilar “Termiz Jayxun Klaster” MChJning faoliyatini moliyaviy sog‘lomlashtirish hamda “Yoshlar sanoat va tadbirkorlik zonasi” loyihasi yuzasidan taqdimot qilishdi.

Batafsil: https://surxondaryo.uz/blog/2036

#Surxondaryo #Sayxunobodtajribasi #loyihalar #taqdimot

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site