Surxondaryo viloyati hokimligi
25K subscribers
30.8K photos
3.06K videos
1 file
13.5K links
Surxondaryo viloyati hokimligi

Web site: http://surxondaryo.uz/

Ishonch telefoni: +998 (76) 224-02-89, 1088

Elektron pochta: gov@surxondaryo.uz

Yuridik manzili: Termiz shahri, At-Termiziy ko‘chasi 1-uy.

@surxondaryouz_bot
Download Telegram
Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Denov tumanida bo‘lib, tumanni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi.

Xususan, Denov pedagogika kolleji, mahalla “yettiligi”, poliklinika, bog‘cha va Denov tadbirkorlik va pedagogika institutining yangi o‘quv binosi, muzey va “IT” markaz faoliyati bilan tanishildi. Joriy yildagi rejalar hamda yangi loyihalar taqdimot qilindi.

Viloyat rahbari sanoat va eksportyor korxonalar rahbarlari bilan uchrashuv o‘tkazib, ularning mavjud muammolarini tingladi. Tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash, faoliyatiga to‘siq bo‘layotgan muammolarni hal etish yuzasidan chora-tadbirlar belgilab berildi.

Batafsil: surxondaryo.uz/blog/1780

#Surxondaryo #tanishuv #taqdimot #loyihalar #institut #tadbirkorlar #eksportyorlar

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | Twitter
Rossiya Federatsiyasiga tashrifini davom ettirayotgan Surxondaryo viloyati delegatsiyasi Chelyabinsk shahridagi yirik ishlab chiqarish korxonalari faoliyati hamda mahsulotlar va xizmatlar turlari bilan tanishdi.

Jumladan, blok-modulli qozonxonalar, bug‘ va issiq suv qozonlari, burnerlar, turli xil uskunalar o‘rnatilgan texnologik blok qutilarini ishlab chiqarish bilan shug‘ullanuvchi "Lantan" kompaniyasi, Rossiyadagi eng yirik po‘lat quvurlar ishlab chiqaruvchilaridan biri bo‘lgan Chelyabinsk quvur prokat zavodi (ChTPZ) hamda nafaqat Rossiyada, balki butun dunyo bo‘ylab, materiallarga ishlov berish, turli uskunalar bilan ta’minlash xizmatini ko‘rsatuvchi “Uralkran” kompaniyasi faoliyati bilan tanishishdi.

Ishlab chiqarish jarayonlari, tayyor mahsulotlar turlari va sifati bilan tanishgan delegatsiyamiz a’zolari kelgusida hamkorlikda loyihalarni amalga oshirish imkoniyatlarini ham ko‘rib chiqdi.

#Surxondaryo #Chelyabinsk #tanishuv

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | X
Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Termiz tumani Yangiobod mahallasi hududida barpo etilayotgan “Yangi O‘zbekiston” massivida turar joylar, 3 500 o‘rinli amfiteatr hamda 1 500 o‘rinli universitet binolari qurilishi hamda “Uchqizil” suv ombori bo‘yida “Yoshlar va turizm” ko‘chasini tashkil etish ishlari bilan tanishdi.

Shuningdek, Termiz shahrida Avtomobil yo‘llari bosh boshqarmasi faoliyati bilan tanishilib, yo‘lsozlarga maxsus texnikalar va yuk tashish transportlari topshirildi. Davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti binosining qurilishi va 11-sonli bog‘cha oshxonasi hamda viloyat Mudofaa ishlari boshqarmasi binosini ta’mirlash jarayonlari ko‘zdan kechirildi.

Batafsil: https://surxondaryo.uz/blog/2181

#Surxondaryo #qurilish #loyiha #taqdimot #tanishuv

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | X