Panda Books
5.86K subscribers
2.07K photos
400 videos
6 files
1.94K links
Books & Book Reviews.
Zamonaviy mutolaa repertuari.

Insta: instagram.com/pandabooksuz

Donat: tirikchilik.uz/PandaBooks
Reklama: @pandapochtabot
Download Telegram
#youtube_tavsiya

💥YouTube kanalimizda yangi video!

"Book Review"
ruknining 2-sonini e'tiboringizga havola qilaman. Moliyaviy savodxonlik va pulni oqilona tejash haqida gaplashamiz.

Bu safar Devid Bax'ning "Latte omili" kitobi haqida gaplashamiz. Aytishim kerak, kitob tanlashdan ko'ra, montajga vaqt ajratish qiyin bo'ldi:)

Doimgidek sizlardan maksimal qo'llab-quvvatlov va kanalga obuna bo'lishni kutib qolaman:)

https://www.youtube.com/watch?v=7vlfszAaIQk

@panda_books
#youtube_tavsiya

Anchadan beri Youtube tavsiya bermay qo'ygandim. Chiqqaniga 3-4 kun bo'lgan bo'lsa ham bu safar Chaq-Chaqni yangi sonini tavsiya qilaman.

Ba'zilarga hozir tarix haqida gaplashish shunchaki "haypoviy" narsadek tuyulsa kerak, ammo ilm odami bo'lgan, ijtimoiy tarixga, ayniqsa, millatimiz tarixiga qiziqqanlar uchun juda mos suhbat bo'libdi. Ochig'i, ko'pchilikka "Atlas kostyum kiygan erkak" deya pastga urishni istashadigan tarixchi Baxtiyor Alimdjanov yoqmaydi. Lekin menga u kishini bir qator fikrlari ma'noli, jo'yali tuyuldi. Aslida hamma gap o'zimizda: o'zimizcha ko'p narsa bilamiz deb, faqat maktab darsligidan boshqa narsa o'qimaganimiz oqibatida uning ijtimoiy tariximiz, hatto yaqin tarix haqidagi qarashlari, aytayotgan gaplari xuddi parallel olamdan kelayotganga o'xshaydi.

Xullas, ko'ring, eshiting va keyin nima muhokamalaringiz bo'lsa, keyin izohlarda qoldiring.

Miyamizni charxlaymiz.
https://www.youtube.com/watch?v=uP_spudgARE

@panda_books
#youtube_tavsiya

Shaxsan men uchun urush tufayli san'at yutqazgan eng katta yo'qotishlardan biri - bu Anton Ptushkinning YouTube travel-blogidir.

Lekin mana nihoyat Antonning kanalida jonlashi bo'lyapti va qalbda sekin-asta uning qaytishiga umid so'nmayapti. Hozirgina uning yangi videosi chiqdi.

@panda_books
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#youtube_tavsiya

Zamonaviy kino va adabiyot tog'risida yana bir yaxshi podcast bo'libdi.

Meni xursand qilgan jihati, 5 nafar bookbloger yig'ilib, tashkil etgan offline platformamiz — "Book Talks" loyihamiz ham tilga olinibdi. Ha, bu juda yaxshi loyiha. To'g'ri, bu yil rejadagi sonlari chiqmadi hozircha. Lekin nasib etsa, @book_talks_uz to'xtamaydi, biz uni davom ettiramiz.

Podcastni to'liq tinglashni tavsiya qilaman 👉 shu yerda

@panda_books
#youtube_tavsiya

Sevara Nazarxonning 2022-yilda bergan yakkaxon konsertin nihoyat YouTube'da chiqdi.

Haqiqiy san'at va top darajadagi konsert qanday tashkil qilinishini, uning yoqimli hissiyotini montaj orqali go'zal tarzda yetkazib berish qanaqa bo'lishini bilmoqchi bo'lsangiz, mana shu konsert siz uchun.

https://www.youtube.com/watch?v=N35qwz-vlxY

@panda_books
#youtube_tavsiya
"Qo'rqma" chiqqanida mazza qilib o'qiganman. U haqida taqriz ham yozgandim. Ammo doim "Bu kitob qachon kino qilinarkan?" deb o'ylardim.

Mana, nihoyat roman asosida ajoyib mini-film yaratilibdi. Menimcha, taqdimotda ishtirok etganlar orasida haligacha ushbu kitobni o'qimaganlar, bu kinoni ko'rganidan so'ng, albatta, unga qiziqib qolishgani aniq.

Film uchun ijodkorlarga alohida tashakkur! U bugun Youtube tarmog'iga ham joylanibdi.

Kechki tomosha uchun eng munosib tanlov! Oilaviy ko'rish tavsiya etiladi.
👉 https://www.youtube.com/watch?v=PYNopQErSuQ

@panda_books
#youtube_tavsiya

Mana bu yer sizlarga ajoyib turkmancha Rep olib keldim. Ha, bu ikki so'z - turkman va rep bitta jumlada ketma-ket kelmoqda😁

Yo'q, yo'q, bu siz o'ylagandek, supermen Arkadag'imizdan navbatdagi xit ham emas:)

Emin Rasen ismli repper bor ekan va uning vatanparvarlik ruhidagi rep qo'shiqlari tarmoqda yetarlicha chiqib keldi. Shulardan birini, turkiy xalqlar birligi va tarixi haqidagi "Turon" ni e'tiboringizga havola qilaman.

Unda ko'pgina bobolarimiz hurmat bilan tilga olingan. Bir eshitib ko'rish zarar qilmaydi.

@panda_books
#youtube_tavsiya

"Farg'ona Shveysariyasi"ga sayohat

Shohimardon — O‘zbekistonning Qirg‘iziston hududida joylashgan eksklavi. U Farg‘ona viloyati, Farg‘ona tumaniga qaraydi. Qishloq aholisi 6500 kishidan ziyodroq.

Shohimardon — Farg‘ona viloyatining eng mashhur kurort maskani. Mahalliy aholi qishloqni «Farg‘ona Shveysariyasi», deb ham atashadi. Go‘zal qishloq Oqqiya, Yordon qishloqlari orasida joylashgan. Shu yerda toshbo‘ron qilingan Hamza Hakimzoda Niyoziy xotirasiga sovet yillarida Hamzaobod deb atab kelingan. Keyinchalik uning tarixiy nomi qaytarilgan.

May boshida shu qishloqqa sayohat qildim va qisqacha videorolik tayyorladim.

👉 Youtubeda ko'rish

Ko'rib baho berasiz degan umiddaman!

@boredpandablog
Forwarded from Panda Books
#mundarija

Kanalda postlarni o'qish va topishni osonlashtiruvchi (#) heshteglar

#taqriz / #review / #feedback - Biror asarga yozilgan taqrizlarni oson topish uchun;

#tavsiya - Kanal muallifi tomonidan o'qish tavsiya etiladigan kitoblar ro'yxati uchun;

#sarhisob - Oy, mavsum yoki yil bo'yi mutolaa qilingan asarlarning ro'yxatini topish uchun;

#Youtube_tavsiya - YouTube videoxostingida ko'rish tavsiya etiladigan foydali kontentlar uchun;

#haqida - Biror qiziqarli mavzu haqida yozilgan postlar;

#list - kitoblar yoki foydali kontentlar ro'yxati;

#mutolaa - Ayni damda mutolaa qilinayotgan kitobdan iqtibos yoki parcha;

#newbook / #yangikitob - Panda Books tomonidan harid qilingan yoki sovg'a qilishgan kitoblar uchun;

#iqtibos - kitobdan iqtiboslar uchun;

#intervyu - Panda Books suhbatlari, podcastlari uchun;

#offtop - Kitob mavzusidan biroz tashqari sohalarga doir postlar uchun;

#longread - Uzuuun yozilgan katta postlaaaar;

#KitobMukofotlari - Dunyoning nufuzli kitob mukofotlari haqida ma'lumotlar uchun;

#bookstores - Ajabtovur kitob do'konlari haqida chiroyli fotolar va ma'lumotlar

#maqola - birorta kattaroq qiziqarli mavzu haqida maqolalar

#nazm - she'riy postlar

#tarjima - kamina tarjima qilgan postlar

@panda_books

Instagram | Youtube | Tiktok