#feedback
"Notanish odamlar bilan tanishing, suhbatlashing".
Shunday demoqda nazariyachi olim Behzod aka Hoshimov. Kecha u kishi tavsiya qilgan New-York Times'dagi maqolani o'qib chiqdim. Unda muallif Devid Bruks o'z do'sti Nikolas Epley o'tkazgan ijtimoiy tadqiqot va G'arbning eng katta ijtimoiy muammolaridan biri - yolg'izlikka to'xtalgan.
Bir kuni Nikolas Epley poнezdda Chikago universitetidagi ofisiga ketayotgan edi. Ijtimoiy soha bo'yicha olim sifatida u ijtimoiy aloqalar bizni baxtli, sog'lom va muvaffaqiyatli qilishini va umuman hayotning shirinligiga hissa qo'shishini yaxshi biladi. Shunga qaramay, u vagonga qaraydi va tushunadi: Hech kim hech kim bilan gaplashmayapti! Hamma shunchaki naushniklar va gazetalar bilan band edi.
Epley so'rovnoma o'tkazadi va ma'lum bo'ladiki, ko'pchilik begonalar bilan gaplashishni yoqtirmas ekan. Ular bu noqulay, zerikarli va charchoqli bo'lishiga ishonishadi. Onlayn so'rovda qatnashgan odamlarning atigi 7%i kutish zalida notanish odam bilan gaplashishini aytadi. Faqat 24 %i poyezdda begona bilan gaplashisharkan.
Ba'zida introvertlar bunday vaziyatlarga ayniqsa passiv fikrda bo'lisharkan. Lekin introvertlar ham, ekstrovertlar ham yolg'iz yurishdan ko'ra ko'proq suhbatdan zavqlanishi ma'lum bo'ldi. Chunki inson har qancha introvert bo'lishga intilmasin, ijtimoiy mavjudot hisoblanadi va usiz yashay olmaydi.
Maqolada aytilishicha, odamlar qo'llab-quvvatlashni so'rab murojaat qilinganda boshqalarning ijobiy javob berishini past baholarkanlar. Biz dunyoni tashvishli-dahshatli tarzda ko'ramiz, bu esa bizni "fun, educational and rewarding" bo'lgan ijtimoiy vaziyatlardan qochishga majbur qiladi.
Ko'pchiligimiz ijtimoiy munosabatlarning buzilishi haqida yozamiz. Yangi chiqayotgan kitob muqovalariga qarang deydi muallif: "Yolg'iz asr", "Munosabatlar inqirozi" yoki "Yo'qolgan rishtalar" nomli asarlar ko'paydi.
Notanish insonlar bilan tanishish kerak, bu bizga yangi bilimlar va o'rganishga nimadir beradi. Yaxshi tadbirkorni uning qanchalik ko'p tanishi borligidan ham bilsa bo'ladi. Hozirgi sizning yaqinlaringiz bilan ham qachonlardir notanish, begona bo'lgansiz.
Xullas, maqolani o'qib chiqishni tavsiya qilaman.
@panda_books

NY Times
Opinion | Why Your Social Life Is Not What It Should Be
You’ll enjoy talking to strangers a lot more than you think you will.
#feedback
Prognozlashtirish va makroiqtisodiy tadqiqotlar instituti (PMTI) ekspertlari Toshkent shahri tumanlaridagi ko‘p qavatli uylarda ijara narxlari qanday ekanligini tahlil qilibdi.
Unga ko‘ra, Toshkent shahrida ko‘p qavatli uylar ijara narxi o‘rtacha $339ga teng. Ijara narxlari bo‘yicha eng past narx Sergeli va Olmazor tumanlarida, eng baland narx esa Mirobod va Yakkasaroyda. Bu esa menimcha hech kimni hayron qoldirmadi.
Ekspertlar fikriga ko'ra, ijara biznesi "soqqali" ish. Uning daromadliligi (rental yields - uyni ijaraga berish orqali bir yilda olinadigan daromad) Toshkent shahri uchun 10% ni tashkil etadi. Bu degani siz o'z uyingiz pulini 10 yilda chiqarib olasiz degani. Dunyo bo'yicha bu juda yaxshi ko'rsatkich (misol Turkiyada 52 yil).
Hozirgi kunda Toshkent shahrida jamg‘armalarni ko‘chmas mulkka sarflash va uni ijraga berish valyutada depozit ko‘rinishida saqlashdan ko‘ra foydaliroq ekan. Bu esa tabiiy ravishda odamlarda ijarada turishdan ko‘ra o‘z uyiga ega bo‘lish istagini kuchaytiradi.
Toshkent shahri markazidagi xonadonning o‘rtacha narxi YaIMning kishi boshiga to‘g‘ri keladigan ulushidan (price/GDP per capita ratio) 50 barobar ko‘p. Bu esa mamlakatimiz harid qobiliyati pastroq ekanligini bildiradi.
Urbanizatsiya jarayonining jadallashib borayotganini inobatga olib, ijara bozorini rivojlantirish uchun ekspertlar tomonidanbir qator tavsiyalar berilgan, masalan (ijarada turuvchilarning manfaatlari va huquqlarini himoya qilishning qonuniy asoslarini yanada mustahkamlash (masalan, daromad solig'ida imtiyozlar berish) va hkz.
Maqolani to'liq o'qishni tavsiya qilaman.

Panda Books
#newbook #yangikitob Bugun "Tirilish" nashriyoti mahsuli hisoblanuvchi yangi asarlar — Brayan Treysining "Lider shaxsiyati" va Zbignev Bjezinskiyning "Buyuk shaxmat taxtasi" (The Grand Chessboard)ni qabul qilib oldim. Zbignev Bjezinskiyning ushbu "Buyuk…
#feedback
Zbignev Bjezinskiyning "Buyuk shaxmat taxtasi" o'zbek tilida chop etilganidan so'ng, nihoyat geosiyosatdagi eng yaxshi asarlardan biri o'zbek tilida "доступный" bo'lganidan quvondim. Lekin biroz xavotirlarim bor edi.
Hozir kitobni to'liq o'qib chiqishga ulgurmayapman, shunday bo'lsa ham, undagi ba'zi joylarga e'tiroz bildirgan Salimovning postini o'qib, rostanam shundaymi yoki yo'q, originalida matn qanday ekanligini solishtirdim. Quyida original matndan skrinlar keltirilgan.
1. Haqiqatda Ispan-Amerika urushi 1898-yilda bo'ladi. Lekin kitobda aytilgan hududlarga nisbatan emas, Kuba (Karib havzasi) bo'yicha.
2. 1918-yilning 8-yanvar kuni AQShning 28-Prezidenti Tomas Vudro Vilson tomonidan Senat oldida qizg‘in bahs-munozaralarga sabab bo‘lgan, o‘zining 14 ta punktdan iborat “tinchlik dasturi”ni taqdim etadi. Zbignew o'sha dasturga ishora qilgan. Balki uni o'zbekchada oddiygina "14 Modda" deb tarjima qilsa, xato bo'lmasa kerak, menimcha.
3. Original matnda "A decade and a half" deyilgan. Ya'ni dekada bu - 10 yilni tashkil etsa, uning yarmi 5 yil qo'shilsa - demak 15 yil bo'ladi. "10 yarim yil" mantiqan to'g'ri kelmaydi.
Maqsadim, qaysidir nashriyotni yomonlash emas va birovni mehnatini qadrsizlantirishdan ham yiroqman. Lekin konstruktiv tanqidlar kelajakdagi muvaffaqiyatlarga yo'l ochishi ham haqiqat. Buni to'g'ri tushunish lozim.
Men sohaga begona emasman, 4 yil Xalqaro munosabatlarda o'qiganman. Shu sababdan muammo nimadaligini bilib turibman. Tan olish kerakki, bizda juda uzoq yillar davomida kuchli siyosiy-ijtimoiy janrdagi non-fictionlar tarjima qilinmagan. O'zbek tilida professional siyosiy lug'at ishlab chiqilmagan, muomalaga kirgan ko'plab terminlarning muqobili shunchaki mavjud emas. Shunga o'xshash muammolar talaygina.
Umid qilamanki, yaqin vaqtlarda tilimizdagi bu kabi g'alizliklar professional tilshunos, atamashunoslar tomonidan o'rganiladi va muammolar bartaraf etiladi. Yaqin kunlarda asarni o'zbek tiida o'qib chiqib, fikrlarimni yozib qoldirishga harakat qilaman.

#feedback #serial
Wednesday
Yaqinda premyerasi bo'lgan bu serial haqida ko'p yozishmoqda. Nega? Chunki zamonamizga yangi qahramonlar kerak. Ular qanday bo'lishi lozim degan savol esa hammani o'ylantiryapti.
Madaniyat bir joyda qotib qoldi. Garri Potter davridan beri maktab va o'smirlar hayoti haqida omadli filmlar ishlanmadi. Zamonamiz yoshlari nimadan qiynalmoqda, muammolari nimada?
Wednesday - gotik uslubida ishlangan komikslardagi o'smir qizaloq. U o'ziga o'xshash jamiyatdagi g'alati deb topilgan tengdoshlari bilan o'qisin deb Nevermor Akademiyasiga jo'natishadi. Hogwartsga o'xshash, ammo bu yer ancha "dark" va ko'proq reallikka yaqinroq. Serial Wednesday'ning sirli qotilliklar izidan quvishi va bir paytda o'smirlarga xos muammolari bilan rivojlanib boradi.
Xo'sh, serial nimasi bilan ko'rishga arziydi? Avvalo, uning texnik jihatlariga to'xtalsam, vizual effektlar va kiyimlar dizayni bo'yicha katta ishlar qilingan. Serialda kiyimlar alohida did bilan ishlangan. Operatorlik ishlari, yuqoridan olingan kadrlar va katta planda aktyorlar mahoratini ochib berish yaxshi uddalangan. Shuningdek, audio yo'nalishi alohida mavzu. Serial foniga mos theme tanlangan, soundtreklar - "Paint it Black", Metallica, Vivaldi va Roy Orbison musiqalari cover va instrumental versiyada mukammal uyg'unlashgan.
Lekin eng katta sabablar bular ham emas. Asosiy sabab, bu jamiyatimiz uzra yoyilgan parda. Biz shablonlar va klishelar domida qolib ketganmiz. Hech qanday yangilik yo'q. Ijtimoiy tarmoqlar quliga aylangan qatlam ham shakllanib ulgurgan. Wednesday manashu "rangli", ammo zerikarli jamiyatdagi qora rangli yangilik edi. Tasavvur qiling, magllar ya'ni normilar badarg'a qilgan, boshqachalar o'qiydigan maktabda hammadan boshqacha bo'lish. Hatto bir paytlar "o'zgacha" deb yoqib yuborilgan jodugarlar jamiyatida ham hammasi shablonlashgan. Bu mutlaq allegoriya.
Wednesday - kim uchundir bu yangilik. Bu qotib qolgan fikrlarga qilingan sarkazm. Bizni yana boshqacha fikrlashga ergashtiradigan impuls.
Yoki boshqalar uchun navbatdagi vaqtni o'tkazsa bo'ladigan ko'ngilochar shou. Balki birvarakayiga ikkalasi.
Xullas, baho berish o'zingizdan.
📱 @panda_books

Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Panda Books
Erta tongdan 'Yutub'da Mahinning yangi intervyusini tomosha qilib o'tiribman😊 Ikkita katta kitob ixlosmandini bir joyda ko'rish mazza! https://youtu.be/w6S9-GihR70 Yangicha format, kitoblar haqida zo'r suhbat. Qat'iy tavsiya. P.s: Mahin, qora rangli imidj…
#feedback
Mahinning iqtisodchi Behzod Hoshimov bilan suhbatini tomosha qilgan inson sifatida aytadigan bo'lsam, bu juda yaxshi kontent bo'lgan. Istalgan, ayniqsa, ko'proq nonfictionga qiziqadigan kitobxon uchun bir dunyo yangi kitoblar nomlari aytib o'tildi.
Kitoblarni Mahin kabi men ham o'z "To Read"imga qo'shib qo'ydim:)
📱 @panda_books
Mahinning iqtisodchi Behzod Hoshimov bilan suhbatini tomosha qilgan inson sifatida aytadigan bo'lsam, bu juda yaxshi kontent bo'lgan. Istalgan, ayniqsa, ko'proq nonfictionga qiziqadigan kitobxon uchun bir dunyo yangi kitoblar nomlari aytib o'tildi.
Kitoblarni Mahin kabi men ham o'z "To Read"imga qo'shib qo'ydim:)
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#youtube_tavsiya #feedback
"ULAR" loyihasining navbatdagi maxsus sonini ko'rib chiqdim. Unda hozirgi kun yoshlarining dunyoqarashi, ular nimalarni xohlashi, jamiyatdagi stereotiplar, urf-odatlar, serchiqim to‘ylar mavzulari yoritilgan. Ochiq va dadil chiqish. Maqtamoqchi emasman, har kimning hayotga o'z qarashi bor, lekin shu odamlar oramizda yashayapti.
Xo'sh, bu mavzu va bunaqa intervyular nega muhokama bo'layapti? Chunki ular aktual. Hozir hammaning hayotida u yoki bu ko'rinishda sodir bo'layapti. Yangi Z avlod esa informatsiya o'ch avloddir.
Intervyuning yarmi oddiy yoshlardan olingan. Ular o'z hayotlaridan real hikoyalar so'zlab berishadi. Qolgan yarmini esafilolog va psixologlar atroflicha tushuntirib berishgan. Bu yaxshi yondashuv.
Mening xulosalarim:
— Ota-onalar farzandini mustaqil hayotga o'z vaqtida qo'yib yuborishni o'rganishi kerak.
Bu ertami yoki kechmi, baribir ikki tomonga ham yaxshi bo'ladi. Faqat birdaniag "Bor, endi sen ozodsan!" deb emas, balki yoshlikdan asta-sekin shu hayotga tarbiyalab borish lozim.
— Jamiyatda "erkinlik - bu qadriyat" degan tushuncha bo'lishi kerak. Har kimning shaxs erkinligi, fikr erkinligi, ijod erkinligi (qonun doirasida) hurmat qilinishi shart.
— Dunyoqarashi keng qatlam yaratish kerak. Hamma u yoshmi yoki yoshi katta, barcha kitob o'qib, bilim olib borishi kerak. Ilmli insonlardan johillik chiqish ehtimoli kamayadi.
Keyin bitta narsani yaxshi anglab olishimiz kerak: huquqda "ayollar huquqi" deb emas, umumiy "inson huquqlari" deb rivojlanish kerak. Ayollarni ayol bo'lgani uchun emas, balki avvalo inson bo'lgani uchun hurmat qilinishi, konservativ va so'nggi davrda agressivlashgan Jamiyatda hech qanaqasiga ularning huquqlarini cheklashga yo'l qo'ymasligi lozim.
Faqat bitta narsa: bu video hamma yoshlar shunaqa degan xulosani bermaydi, lekin bu ularni eshitmaslik kerak degani emas.
Videoni ko'rishni istaganlar uchun:
👉 https://www.youtube.com/watch?v=gHYwoE62KNA
"Ong o'zgarmaguncha boshqa o'zgarishlar negiz tutmas".

YouTube
YOSHLAR NIMA XOHLAYDI? Maxsus son | ULAR (18+)
"ULAR" loyihasidan navbatdagi maxsus son. Ushbu filmda bugungi kun yoshlarining dunyoqarashi, ular nimalarni xohlashi, jamiyatdagi stereotiplar, urf-odatlar, serchiqim to‘ylar mavzulari yoritilgan. Jamiyatda o‘z o‘rniga ega bo‘lgan yoshlardan shu va ularni…
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
"Ular" podcasti ko'pchilik propagandist ma'naviyatchilarga yoqmapti. Yoqmaydiyam. Ularning davri o'tganini tan olishni istashmayapti. Yoshlar muammolaridan uzoqda ekanliklarini esa tan olishmaydi. Nega haligacha kimlargadur o'zlari hech qachon bosib o'tolmaydigan yo'ldan yurishga da'vat qilishadi))
Ehh, bundan 10 yillarcha oldin bu propagandist va agitator tog'a-xolalarning "yulduzli davrlari" edi. Istalgan davrada suqilib kirib, aslida yo'q narsalarni kult darajasiga opchiqishardi. Yoshlarni faqat bir xil qolipli manqurt qilish, ular ichida o'zim ham borman, haligacha o'sha davrlarni kulib eslayman. Qanchalar laqma bo'lganmiz...
Bular jamiyatga hech nima bermaydi, shunday ekranga chiqib ma'naviy safsata sotishdan boshqa. Ular asl madaniyatni ham himoya qila olmaydi, chunki ularning o'zida ziyoli va liberal inson qiyofasi mavjud emas. Ular san'at va erkinlik aslida nima ekanligini tasavvur qila olishmaydi.
Qandaydir shu ko'rsatuvdan keyin shu ma'naviyatchi propagandistlarga achindimam, bunga arzishmasa ham. Afsus.

Kecha Shohrux Usmonovning "Oyina" jurnalida chop etilgan maqolasini o'qib chiqdim. O'qish uchun shu yerga bosing. Unda zamonaviy o'zbek she'riyatiga xos yangi yo'nalish — Instashe'riyat haqida to'xtalib o'tgan. Qiziq va original mavzu.
She'riy kitoblar o'qib tursam-da, o'zimni bu borada big fan deb hisoblamayman. Shunday ekan, ba'zi nyuanslarini tushunmasligim mumkin. Ammo she'riyat ham zamonga mos o'zgarayotganini tan olish kerak. U internetga mos shaklda qabul qilinmoqda.
Adabiyotda kitob chop etish hozir mashhur bo'lishning asosiy elementi bo'lmay qolgan. Bu baxtmi yo baxtga qarshimi bilmadim. Oldinlari ha kitoblar saviyaliroq bo'lardi, haqiqiy shoirlargina insonlar qalbidan o'rin olgan. Hozir esa mashhurlik pillapoyalaridan ko'tarilish uchun iijtimoiy tarmoqlarda sahifa ochish kifoya. She'rlarni shu yerga joylab borish mumkin, chop qilish shart emas. Puli ko'payib, internetda mashhur bo'lgach, o'zlari nashr qilib berishadi. Paradoks.
Xullas: 1) Internetda ommaning haqiqiy she'riy iste'dodlarni to'liq anglab yetishi qiyin va o'rtacha talant bilan ham mashhur bo'lsa bo'ladi.
2) odamlar borgan sari kamroq o'qiyapti, hech kim uzun post o'qimaydi, shu uchun she'rlar ham qisqarib boradi.
3) shoir, yozuvchi - umuman aytar so'zi bor kimki bo'lsa, ularning zamonaviy hayotda gaplarini kitob chiqarishi mutlaqo shart emas. Bloglar to'liq bu vazifani bajara oladi.
Men esa zamonaviy hayotni tasvirlaydigan shoirlar ko'payishi tarafdoriman.

"Muqaddas zamin" - filmdagi ikkita kuchli dialog haqida
“Muqaddas zamin” filmi oldin so'zlab (1, 2) bergandim. Bugun o'sha oldin yozgan, butun umrim davomida eslab qolgan ikkita dialogim haqida tushunganlarimni yozishga harakat qilaman.
Film so'nggida ritsar Balian (Orlando Blum) Salohiddin Ayyubiy (G'assan Masud) bilan shaharni topshirish bo'yicha muzokaralarni tugatganida, Balian Salohiddindan: "Sen uchun Quddus nima?" deb so'raydi. Salohiddin orqasiga o'girilib: "Hech narsa", deb javob beradi va oldinga biroz yurib, yana o'girilib, qo'shimcha qiladi: "Va butun dunyo!"
Bu so‘zlarning ma’nosi haqida qanchalik o‘ylamayin, har doim boshimga turli o‘ylar keladi. Aslida, bu filmdagi eng kulminatsion lahza.
Ritsar Balian Quddusning, aholisi himoyaga muhtoj bo'lgan shahar, mudofaasini tashkil etgan qo'mondon edi. U Salohiddinga aholini tirik qoldirish va ozod qilish sharti bilan shaharni topshiradi. Salohiddinning o'zi uchun Quddus hech narsani anglatmasligi mumkin, lekin uning qo'l ostidagilar uchun emas. Salib yurishlari paytida Quddusga egalik qilish dunyoga egalik qilishni anglatardi. Rim Papasi ham bu shaharga egalik qilmoqchi edi, uning fikrichai shahar xristian dinining markazi va tayanchidir. "Saraceni"lar, ya'ni musulmonlar uchun bu shaharga egalik qilish ularning iymonlari kuchliroq ekanligini anglatadi. Film kontekstida ham aynan shunday. Ushbu dialogning kuchliligi shundaki, Salohiddin shahar shunchaki toshlar va uning aholisidan iborat ekanligini tushunadi, lekin u bu shunchaki shahar emas, balki bir dinning boshqasi ustidan g'alaba qozonishi ramzi ekanligini ham anglaydi.
Ikkinchi dialog quyidagicha:
"Biz kelajakda nima bo'lishini bila olmaymiz. Podshoh itoat talab qiladi, ota esa quloq solishni, lekin esingda bo'lsinki, hukmdoring, xo'jayining kim bo'lishidan qat'iy nazar, joning uchun faqat o'zing javobgarsan. Ertaga Robbing seni chaqirganida, unga qilmishlaring oqibati haqida, g'urur va mardlik haqida o'ylamasdan, shunchaki ko'r-ko'rona buyruqni bajarganingni ayta olmaysan. Shuni yodda tut!"
Bu so'zlarni Quddus qiroli Bolduin (Eduard Norton) Balian bilan uchrashuvda aytadi.
Nazarimda, yuqoridagi jumlalar istalgan vijdonli kishining butun dunyosini ostin-ustun qilib yuborishga qodir. Bolaligimizdan bizga buyruqlarga bo'ysunishga o'rgatilgan. Qirol bu yerda itoatsizlikka yoki Xudoning hukmidan qo'rqishga chaqirmayapti, yaxshilab e'tibor bersangiz - bu vijdon masalasidir. Buyruqni bajararkansan, baribir uni sen amalga oshirasan va qilgan ishing uchun javobgar ham baribir o'zing bo'lasan.
Filmni tomosha qilish majburiy. Keyin taassurotlaringiz bilan izohlarda bo'lishing.

Telegram
Panda Books
#tavsiya
"Kingdom of Heaven" (Царство небесное), 2005
Bu film ayni kunlarda Yaqin Sharqdagi urush fonida ko'plab maqolalar, fikrlar va sharhlar uchun bebaho xazina bo'lib xizmat qilishi mumkin. U shubhasiz jahon kinosining durdonasi. Rejissor esa afsonaviy…

Video message
#feedback
Mutolaa taqdimoti ajoyib o'tdi. Jonli spektakl tarzida namoyish etilgani ayniqsa ta'sirli chiqdi.
Umuman hammasi yaxshi o'ylangan. Keyin odatiy tarzda rasmiylar tadbirni ochib berishdi. Keyin Mutolaa loyihasining rahbari so'z olib, loyiha maqsadi va kelajakdagi vazifalari bilan o'rtoqlashdi.
Oxirida Javlon Jovliyevning "Qo'rqma" romani asosida Erkin Bozorov tomonidan suratga olingan filmni taqdimotini tomosha qildik. Juda tas'irli va sifatli chiqibdi. Qisqa metrajli bo'lsa ham, kitobning muhim joylarini ochib bera olgan nazarimda.
Umuman, ushbu jamoaning motivatsiyasi balandligi, bilim olishga imkoniyat yaratishga intilayotgani, ayniqsa jamoaning asosan yoshlardan iborat ekanligini menga juda yoqdi.
Loyiha va uning faoliyati haqida bir qancha feedbacklar tayyorlab qo'ygandim, qachondir bu haqida ham gaplashib olishga vaqt bo'ladi va loyiha hali ko'plab yoshlarning sevimli ilovasiga aylanadi degan umiddaman!

Forwarded from Panda Books
#mundarija
Kanalda postlarni o'qish va topishni osonlashtiruvchi (#) heshteglar
#taqriz / #review / #feedback - Biror asarga yozilgan taqrizlarni oson topish uchun;
#tavsiya - Kanal muallifi tomonidan o'qish tavsiya etiladigan kitoblar ro'yxati uchun;
#sarhisob - Oy, mavsum yoki yil bo'yi mutolaa qilingan asarlarning ro'yxatini topish uchun;
#Youtube_tavsiya - YouTube videoxostingida ko'rish tavsiya etiladigan foydali kontentlar uchun;
#haqida - Biror qiziqarli mavzu haqida yozilgan postlar;
#list - kitoblar yoki foydali kontentlar ro'yxati;
#mutolaa - Ayni damda mutolaa qilinayotgan kitobdan iqtibos yoki parcha;
#newbook / #yangikitob - Panda Books tomonidan harid qilingan yoki sovg'a qilishgan kitoblar uchun;
#iqtibos - kitobdan iqtiboslar uchun;
#intervyu - Panda Books suhbatlari, podcastlari uchun;
#offtop - Kitob mavzusidan biroz tashqari sohalarga doir postlar uchun;
#longread - Uzuuun yozilgan katta postlaaaar;
#KitobMukofotlari - Dunyoning nufuzli kitob mukofotlari haqida ma'lumotlar uchun;
#bookstores - Ajabtovur kitob do'konlari haqida chiroyli fotolar va ma'lumotlar
#maqola - birorta kattaroq qiziqarli mavzu haqida maqolalar
#nazm - she'riy postlar
#tarjima - kamina tarjima qilgan postlar
@panda_books
Instagram | Youtube | Tiktok