Panda Books
6.26K subscribers
2.14K photos
420 videos
6 files
1.98K links
Books & Book Reviews.
Zamonaviy mutolaa repertuari.

Insta: instagram.com/pandabooksuz

Donat: tirikchilik.uz/PandaBooks
Reklama: @pandapochtabot
Download Telegram
#tavsiya

Kecha She'riyat mulki sultoni tug'ilgan kuni edi. Uning nomi sharaflangan Alisher Navoiy metro stansiyasidan deyarli har kun foydalanaman. Ochig'i, mening eng sevimli bekatlarimdan biri.

Bugun bildimki, stansiya dizaynini loyihalashtirgan arxitektor Yashnar Mansurov hali ham hayot ekan. GazetaUz undan eksklyuziv intervyu olibdi.

https://www.gazeta.uz/ru/2024/02/09/navoi-station/

O'qib chiqishni tavsiya qilaman. Bu o'zbek me'morchiligi durdonasiga aylanib ulgurgan bekatligi aniq.

@panda_books
#tavsiya

Sizlarga ajoyib kontent topib keldim! Amerikada kitob o’qishga targ’ib qilish turli xil yo’llar bilan amalga oshirilishini bilarmidingiz?🤔

Hamyurtimiz tomonidan tayyorlangan ushbu videoda okeanorti jamiyatining o’zi ham qanchalar kitob 📚 o’qishni targ’ib qilishi hamda bepul kitoblar tarqatilishi haqida bilib olishingiz mumkin.

Tomosha qilish:
https://youtu.be/hoiDen6o9_E

Videoga layk bosib, “podpisatsa” qilishni va izohlarda "Panda Booksdan keldik!" deyishni unutmang! 😏

Let's Go!

@panda_books
Forwarded from Panda Books
#tavsiya

Muntazam kitob o'qishni samarali boshlab olish uchun Panda Booksdan maslahat

Zamon tezlashib bormoqda. Oldinlari 1-2 soatlik filmlar hech narsa emasdi, hozir esa 40 daqiqalik serial ko'rishga vaqt yo'q. Kitoblar bilan ham shunaqa.

Endigina kitob o'qishni boshlaganlarga, mutolaadan bezib qolmaslik uchun bitta foydali maslahat bermoqchiman - hajman kichik kitoblardan boshlang. Zamon tezlashyaptimi, siz ham unga moslashing. Ammo buni boshqa muhim jihatlari ham mavjud.

"Ozg'in" kitoblar o'qishning foydali jihatlari:

▪️Ishonch ortishi. Inson qachonki kitobni to'liq o‘qib tugatsa, unda o‘ziga bo‘lgan ishonch ortadi. Qalin epopeyani boshlab qo'yib, keyin uning yarmida qolib ketgandan ko'ra, shu vaqt ichida kichik kitobni tugatishingiz foydaliroq.

▪️Kitobxonlikka kirish. Ba'zilar o'zlarini yetarlicha kitob o'qimayman deb o'ylashadi, lekin 500 betlik jildni qo'lga olishdan qo'rqishadi. 100 sahifali kitob esa unchalik qo'rqinchli emas va odam o'zlarini kitobxon sifatida tanishtirishi uchun bir nechta qisqa kitoblarni o'qish kifoya.

▪️Ijtimoiy tarmoqlar ta'siri. Ko'pchilik ijtimoiy tarmoqlarda odatda yil oxirigacha o'qishi shart bo'lgan kitoblar ro'yxatini e'lon qiladi yoki yil boshida o'z oldiga turli maqsadlar qo'yadi. Agar ro'yxat qanchalik uzun bo'lsa, u shunchalik ishonchni mustahkam qiladi, buning uchun bitta qalin kitobdan ko'ra to'rtta "ozg'in" kitobni o'qish yaxshiroqdir.

▪️Va albatta narxlar. Qalin kitoblar O'zbekistonda taxminan 70-80 ming so'm turadi, yupqaroq kitoblar shuning yarmiga teng, o'z-o'zidan psixologik jihatdan kitoblarga ozroq pul sarflash yengilroq kechadi.

@panda_books
#tavsiya

Qarasam, anchadan beri shunchaki yangi kitoblarni tavsiya qilmay qo'yipman. Shunga bugun chek qo'ysak.

Orangizda kimda kim, maishiy texnika bozoriga ozroq qiziqqan bo'lsa, u holda umrida bir bora bo'lsin DYSON brendi haqida eshitgan bo'lsa ajabmas. Chunki u o'zining o'ta sifatli va shunga yarasha qimmatbaho mahsulotlari bilan tanilgan.

Ushbu brendga britaniyalik ixtirochi va tadbirkor Jeyms Dayson tomonidan asos solingan. Amazonni titkilab, uning 2021-yilda chop etilgan hayoti va ixtirolari haqida ajoyib kitobga duch keldim.

"Invention: A Life" kitobi o'z hayotida ko'plab muvaffaqiyatsizliklarga uchragan, lekin oxir-oqibat uni dunyoga mashhur qilgan bir talay mahsulotlar va texnologiyalarni ishlab chiqa olgan Jeyms Dayson o'tmishidan hikoya qiladi.

Bu kitob shunisi bilan ahamiyatliki, u biznes to'g'risida emas, balki ta'lim, liderlik va o'z ustida ishlash, shuningdek, muhandis-u olimlarning jamiyatda tutgan ahamiyati haqida. Bundan tashqari, u ixtirochi Jeyms Daysonning o'qib-o‘rganishga bo‘lgan kuchli ishtiyoqi, yangilikka intilishi va cheksiz tadbirkorlik ruhidan so'zlaydi.

Odatda bunday ajoyib kitoblar tezda rus tilida nashr etilardi, ammo Bloomsbury nashriyoti endilikda RUga mualliflik huquqlarini sotmasligini hisobga olsak, kitobning MDHda birinchilardan bo'lib, o'zbek tilida chop etilishiga umid qilsak bo'ladi.

Zero, ulkan muvaffaqiyatga erishgan biznesmen va ixtirochi olimlarning avtobiografiyalarini o'qish, kitobxonga istalgan biznes haqidagi kitobdan ko'ra ko'proq narsa berishiga aminman.

@panda_books
#tavsiya
Kogonda bundan qariyb bir yarim asr avval Buxoro amiri Abdulahadxon tomonidan qurdirilgan, Sharq va Gʻarb meʼmorchiligi anʼanalarini oʻzida mujassam qilgan uch qavatli muhtasham majmua — Kogon saroyi joylashgan.

Uni Abdulahadxon Rossiya imperatorini kutib olish uchun qurdirgan, ammo ba'zi sabablar bilan Oqposhsho yurtimizni ziyorat qila olmagan.

Gazetada ushbu saroy haqida ajoyib maqola chiqibdi. Ham tarixini o'qib, ham rasmlardan bahra oladigan joyi lekin.

Saroyning birinchi qavatida 17 ta xona boʻlib, ular orasida toʻrtta yotoqxona, yirik kutubxona, Gʻarb uslubida qurilgan oshxona, qabul zallari, shuningdek, ball zali va maestro xonasi ham boʻlgan ekan.

Qizig'i. bu kutubxona hozir ham mavjud va u ishlayapti (rasmda). Tashrif uchun rekomendayson manzil.

@panda_books
#tavsiya

Ideal dunyo haqidagi fikrlaringizni butunlay o'zgartirib yuboradigan 15 ta antiutopik kitob

Jorj Oruell - "1984"

Rey Bredberi - "Farengeyt bo'yicha 451 daraja"

Oldos Xaksli - "Jasur yangi dunyo"

Jorj Oruell - "Molxona"

Yevgeniy Zamyatin - "Biz"

Entoni Byordjess- "Mexanik apelsin"

Tatyana Tolstaya - "Кысь"

Andrey Platonov - "Xandaq"

Kurt Vonnegut - "Beshinchi qushxona yoxud bolalar salib yurishi"

Aleks Garland - "Plyaj"

Loren Oliver - "Delirium"

Stiven King - "Yuguruvchi odam"

@panda_books
#tavsiya

Enni Yakobsen — "Yadro urushi: Ehtimoliy ssenariy"


Hozirda juda mashhur bo'lgan kitob, umuman olganda, bu kitob bizning kelajagimiz aslida naqadar nozik va hech qanday yadro urushidan kafolatlanmaganigini ko'rsatadi.

Yakobsen (Jeykobsen)ning kitobi 1950-1991-yillarda odamlarga tinimsiz hamroh bo'lgan dahshatli tush - yadro urushi haqida hikoya qiladi. Muallif bo'lajak yadro urushi ssenariylaridan birini bizga taqdim etadi. Unda urush boshlansa AQSh, Rossiya, Xitoy kabi davlatlar qayerga hujum qilishi va qanday strategiyalar tayyorlab qo'ygani asoslangan.

@panda_books
#tavsiya

​​9-May bayramida mutolaa qilish uchun tavsiyalar

Xotira va qadrlash kuni - men uchun alohida e'tiborga molik bayram. Bunda ikkinchi jahon urushida qatnashgan ota-bobolarimiz ruhi yodga olinadi. Shuningdek, urushning dahshatli xotiralari asosida dunyo adabiyotidagi bir qator nodir asarlar bilan tanishishning ham ayni vaqti. Quyida o'z tavsiyalarim bilan bo'lishaman:

Erix Mariya Remark - "G'arbiy frontda o'zgarish yo'q"
Jahon klassikasiga aylangan asar. Bu kitob urushni romantizatsiya qilgan, siyosatchilarning ayyorona puch propagandasi qurboniga aylangan yosh askarlar haqida. Ular urushning eng oldi frontlarida jang qilisharkan, asta-sekin sovuq va qahrli reallik bilan to'qnash kelishadi. Adib urushda hech qanday romantika bo'lmasligini ta'sirli ochib bera olgan.

Abdurashid Nurmurodov - "Qon hidi"
Afg'on urushi va uning qatnashchilari, o'y-xayollari, orzulari haqidagi ajoyib asar. Bu urush bizga WWII dan kam talafot yetkazmagan.

Mansurxo'ja Xo'jaev - "Shermuhammadbek va qo'rboshilar jasorati"
Turkiston milliy ozodlik harakati namoyondasi Shermuhammadbek lashkarboshi va uning ajoyib qo‘rboshilari haqida hikoya qiluvchi asar. To'g'ri, u bevosita 2-JUga aloqador emas, ammo kitobda tariximizning juda kam o'rganilgan qismini yaxshi ochib berilgan.

Nikolay Saburov - "Zafar bahori"
Ro'yxatda topish eng qiyin bo'lgan asar.
Yoshligimda uydagi kutubxonamizda bo'lardi. O'shanda o'qib chiqqandim. U Ikkinchi jahon urushi haqida o'qigan ilk kitobimga aylangan. Unda qo'mondon Saburov o'z partizan guruhi bilan qilgan jasoratlari haqida hikoya qilinadi.

Abdurashid Nurmurodov - "O'lim ko'z yosh to'kkanda"
Ikkinchi jahon urushida fashizmga qarshi kurashib halok boʻlganlarning, mamlakatimiz ozodligi va mustaqilligi uchun jon bergan Oʻzbekistonning barcha oʻgʻlonlari xotirasi bag'ishlangan milliy asar.

Chingiz Aytmatov - "Jamila"
Bu asar bu ro'yxatda bevosita urushga bog'liq bo'lgani uchun tanlanmadi. Aytmatovning bu asari frontdan uzoqda urushdagi askarlar uchun mehnat qilayotgan oddiy insonlar taqdiri haqida so'zlaydi. Lui Aragon tomonidan "dunyodagi eng go'zal sevgi qissasi" deya ta'riflangan bu qissani ham o'qib chiqish lozim deb o'ylayman.

Shuningdek, O'tkir Hoshimovning "Dunyoning ishlari", Said Ahmadning "Ufq", Shuhratning "Shinelli yillar" va Oybekning "Quyosh qoraymas" kitoblari top tavsiyalar hisoblanadi.

Agar sizda ham mavzuga doir tavsiyalar bo'lsa, izohlarda bo'lishing.

@panda_books
#tavsiya

Amazonda qiziq kitob bor ekan. Netflix strimingida namoyish etilgan 70 ga yaqin serial va kinolardagi taomlar va ichimliklar menyusini o'zida jamlagan retseptnoma deyish mumkin. Qiziq g'oya.

Yozuvchi Anna Painterning fikricha, sevimli shoungiz ko'rish vaqtida unda dasturxonga tortilgan taomni ta'tib ko'rish istagi kuchli bo'larkan.

Kechki payt film tomosha uchun o'sha film qahramonlari tanovul qiladigan menyuni yaratmoqchimisiz? Marhamat!

@panda_books
#tavsiya

Bill Geytsdan yozgi mutolaa uchun tavsiyalar

Bu ro'yxatdan, asosan, soft-skills, Sun'iy intellekt va insonlardagi yaxshi xislatlar haqidagi kitoblar o'rin olgan.

"Brave New Words", Salmon Xon
Muallif sunʼiy intellekt qanday qilib odamlar hayotini yaxshilashini va barchaga jahon darajasidagi taʼlim olish imkoniyatini berishi haqida o'z fikrlari keltirib o'tgan.

"How to Know A Person", Devid Bruks
Sizni tinglashlari uchun nutq va ijtimoiy ko'nikmalaringizni yaxshilash bo'yicha maslahatlar.

"Ayollar", Kristin Xanna
Vyetnam urushida askarlarni qutqarib qolgan AQSh armiyasi hamshiralari tarixi.

"Yuqumli saxiylik", Kris Anderson Muallof Internetning insonlardagi saxiylikka bo'lgan ta'sirini o'rganadi.

@panda_books
Forwarded from Bored Panda
#tavsiya

Sizlarga ajoyib dorama topib keldim!

"8lik Shousi" yoki "The 8 Show" – tezda mashhurlikka erishayotgan yangi serial. U o'zida o'tkir ijtimoiy muammo - yoshlar orasida o'z joniga qasd qilish, tengsizlik va o'zaro hamjihatlikda yashash kabi mavzularni yoritib bergan.

Bu bilan u ispanlarning "Platforma"si yoki "Kalmar o'yini"ni eslatib yuboradi. Ammo anchayin qiziqarli.

Hozircha 1 ta qism tomosha qildim va shunchaki Wow!

@boredpandablog
​​#tavsiya

O'smirlarga yozgi mutolaa uchun TOP 7 kitob tavsiya

Bugun 1-iyun "Xalqaro bolalar kuni". U 75 yil avval Parijda ta'sis etilgan. Urushdan keyingi yillarda voyaga yetmaganlarning muammolari ayniqsa keskin edi: ularning ko‘pchiligi yetim qoladi, uy-joyidan ayriladi, og‘ir sharoitlarda yashab, ta’lim ololmay qoladi. Keyinchalik ba'zi mamlakatlar bolalarga bag'ishlangan o'zlarining mahalliy bayramlarini ishlab chiqdilar.

Ushbu sanadan ko‘zlangan asosiy maqsad — voyaga yetmaganlarning hayotga, sog‘lig‘iga, ta’lim olishiga, zo‘ravonlikdan himoyalanish va oila farovonligiga bo‘lgan asosiy huquqlarini voyaga yetganlarga eslatishdir. Ularning barchasi BMTning Bola huquqlari deklaratsiyasida bayon etilgan.

Yaxshiyamki, zamonaviy o'zbek bolalari ular uchun maxsus yozilgan ajoyib nashrlarni o'qishlari mumkin. Ota-onalarning vazifasi - ularga manfaatlisini tanlashda yordam berishdir.

Bu yil ham an'anaga muvofiq, men bolalar va o'smirlar uchun yozgi mutolaa uchun badiiy kitoblar tavsiya qilmoqchiman. Bular quyidagilar:

1️⃣ Ketrin Paterson"Terabitiya mamlakatiga eltuvchi ko'prik"
2️⃣ Sadriddin Ayniy "Sudxo'rning o'limi"
3️⃣ Robert Luis Stivenson "Xazinalar oroli"
4️⃣ Jyul Vern "15 yoshli kapitan"
5️⃣ Xojiakbar Shayxov "Olmos jilosi"
6️⃣ Odil Yoqubov "Qaydasan, Moriko"
7️⃣ Mahmudxo'ja Behbudiy "Odob-axloq kitobi"

Yoqimli mutolaa!

@panda_books
#tavsiya

Zamonaviy xalqaro siyosatga qiziqadiganlar uchun — Anna Arutyunyan va Mark Galeotti tomonidan uzoq kutilgan kitob "Qulash" (Downfall) nashrdan chiqibdi. Unda "Vagner CHVK" rahbari Yevgeniy Prigojin to'liq tarjimai holi keltirilgan. Kitob nomi va muqovadagi Putinning tasviri ko'p narsaga ishora qiladi, albatta:)

Xullas, Rossiyaning siyosiy hayoti haqida ingliz tilida. Qiziqqanlar uchun.

@panda_books
Forwarded from Panda Books
#mundarija

Kanalda postlarni o'qish va topishni osonlashtiruvchi (#) heshteglar

#taqriz / #review / #feedback - Biror asarga yozilgan taqrizlarni oson topish uchun;

#tavsiya - Kanal muallifi tomonidan o'qish tavsiya etiladigan kitoblar ro'yxati uchun;

#sarhisob - Oy, mavsum yoki yil bo'yi mutolaa qilingan asarlarning ro'yxatini topish uchun;

#Youtube_tavsiya - YouTube videoxostingida ko'rish tavsiya etiladigan foydali kontentlar uchun;

#haqida - Biror qiziqarli mavzu haqida yozilgan postlar;

#list - kitoblar yoki foydali kontentlar ro'yxati;

#mutolaa - Ayni damda mutolaa qilinayotgan kitobdan iqtibos yoki parcha;

#newbook / #yangikitob - Panda Books tomonidan harid qilingan yoki sovg'a qilishgan kitoblar uchun;

#iqtibos - kitobdan iqtiboslar uchun;

#intervyu - Panda Books suhbatlari, podcastlari uchun;

#offtop - Kitob mavzusidan biroz tashqari sohalarga doir postlar uchun;

#longread - Uzuuun yozilgan katta postlaaaar;

#KitobMukofotlari - Dunyoning nufuzli kitob mukofotlari haqida ma'lumotlar uchun;

#bookstores - Ajabtovur kitob do'konlari haqida chiroyli fotolar va ma'lumotlar

#maqola - birorta kattaroq qiziqarli mavzu haqida maqolalar

#nazm - she'riy postlar

#tarjima - kamina tarjima qilgan postlar

@panda_books

Instagram | Youtube | Tiktok
#tavsiya

Elon Mask tarix, siyosat va iqtisodiyot haqida asosiy tushuncha beradigan 11 ta audiokitobni tavsiya qildi.

Saqlab qo'ying:

Uilyam Dyurant - "Sivilizatsiya tarixi";
Gomer - "Iliada";
Fridrix fon Xayek - "Krepostnoylikka yo'l";
Uilyam Manchester - “Amerikalik Sezar”;
Devid Kushner - “Taqdir ustalari”;
Adam Tooze - "Vayronkorlik bahosi";
Ernst Yunger - "Po'lat bo'ronlarida";
Barbara Takman - "Avgust qurollari";
Gay Yuliy Sezar - "Galiya urushi haqida yilnomalar";
Uilyam Bolito - "O'n ikkilik Xudolarga qarshi";
Jek Uezerford - "Chingizxon".

"Ro'yxatdagi birinchisini o'qib tugatish uchun biroz vaqt kerak bo'ladi, lekin bu shunga arziydi", - deydi Mask.

Tan olish kerak, bu ro'yxat har kuni Rim haqida o'ylaydiganlarga manzur bo'ladi.

@panda_books
#tavsiya

Yozgi mutolaa uchun Top-10 Eng yaxshi fantastikalar

Men ushbu janrni yoshligimda nihoyatda miriqib o'qirdim. Katta bo'lgan sari fenteziga deyarli vaqt topa olmayapman. Shunga qaramasdan, fantast janrida men mutolaa qilgan eng yaxshi kitoblarni sizlar bilan bo'lishmoqchiman.

Demak, Panda Books tavsiya etadi:

1. "Odam-amfibiya", Aleksandr Belyayev
Argentinalik doktor va jarroh Salvator oʻgʻli Ixtiandr umrini saqlab qolish uchun unga akula jabrasini beradi. Tajriba muvaffaqiyatli yakunlanadi, ammo Ixtiandr endi okeandan tashqarida uzoq payt yura olmaydi, aksar vaqtini suvda oʻtkazishga majbur boʻladi. Marvarid ovchisi Pedro Zurita esa Ixtiandr haqida bilib qoladi va uning gʻayriinsoniy qobiliyatlaridan foydalanmoqchi boʻladi.

2. "Timeless: Rubin kitobi", Gir Kristen
Londonda yashaydigan 16 yoshli Gvendolin Sheppard ismli qiz tasodifan o'zining katta buvisidan meros qolgan noyob vaqt aro sayohatchi geniga ega ekanligini aniqlaydi. Endi qiz har kuni o'tmishga sayohat qila oladi va sirlarni oshkor qiladi.

3. "Fantastik mavjudotlar va ular qayerda oziqlanadi", Joanna Rouling
Bu taniqli sehrgar zoolog Nyut Skamander tomonidan yozilgan va o'zimizning Garri Potter foydalangan kitobning nusxasi. Unda Garri bu kitobni o'qib, unda qiziqarli qaydlar qoldirib ketgan.

4. "Suv ostida 80 ming kilometr", Jyul Vern
1866-yil bir necha davlat kemalari nomaʼlum dengiz maxluqini uchratishganini aytishadi. AQSHning Nyu-York shahrida maxluqni topib, yoʻq qilish uchun ekspeditsiya uyushtiriladi. Roman hikoyachisi Professor Pyer Aronaks ham ekspeditsiyaga taklif qilinadi. Unga kanadalik garpunchi Ned Land va Aronaksning xizmatkori Konsel ham qoʻshiladi.

5. "Doktor Moro oroli", Gerbert Uells
Roman bosh qahramon Eduard Prendik tilidan hikoya qilinib, unda Prendik kema halokatiga uchrashi va sirli orolga tushib qolishi bilan bog'liq tafsilotlar keltiriladi. Orolda o'zining g'ayri-insoniy tibbiy tajribalari bilan dong taratgan doktor Moro qo'nim topgan. Romanda azob, shafqatsizlik, axloqiy mas'uliyat, inson o'zligi hamda insonning tabiiy jarayonlarga aralashuvi kabilar mahorat bilan ochib berilgan.

6. "Omen", Devid Zeltser
U 6-oyning 6-kuni soat 6 da tug'ilgan. Vahiy kitobida bashorat qilinganidek, dunyoning oxiri, yaxshilik va yomonlik kuchlari o'rtasidagi so'nggi to'qnashuv keladi va uning boshlanishi shayton o'g'lining inson qiyofasida tug'ilishi bo'ladi.

7. "Oxirzamon nishonalari", Chingiz Aytmatov
Roman voqeasi oʻta shiddatli psixologik mojarolar va toʻqnashuvlar zaminiga qurilgan. Yer kurrasi axloqiy muammolar sinab koʻriladigan poligonga aylangan. Insoniyat halokat yoqasiga borib qolgan. Bu halokat tashqaridan kelgan emas, balki bani odamning xatti-harakatlari, munofiqligi, xudbinligi, axloqsizligi oqibatida yuzaga kelgandir. Dunyo bedavo dardga chalingan, agar insoniyat ijtimoiy xastaliklardan forigʻ boʻlmas ekan, intiqom muqarrardir.

8. "Koinot oqimlari", Ayzek Azimov
Unda bir xalqning ikkinchi xalq ustiga bostirib kelib, uni yoppasiga qulga aylantirib ishlatib, ushbu mehnat natijasidan faqat oʻzi “non va yogʻ”ga ega boʻlishini ko'rsatadi. Bunday mustamlakachilik oxir-oqibatda halokatga olib kelishini, harbiy jihatdan ojizroq mamlakat aholisi ham baxtli va toʻkin hayotga haqli ekanligini isbotlaydi.

9. "Raqamli qal'a", Den Braun
Milliy xavfsizlik agentligi eng sirli agentliklardan biri boʻlib, uning vazifasi fuqarolarni kuzatib borishdir. Unda "Raqamli qal'a" deba ataluvchi o'ta maxfiy dastur bo'lib, uning yaratuvchisi vafotidan so'ng, unga kirish paroli ham izsiz g'oyib bo'ladi. Endi MXA chetdan yordam olishga majbur bo'lishadi. Asar insonlarning elektron xavfsizligi haqida hikoya qiladi.

10. "Ko'milgan dev", Kazuo Ishiguro
O'rta asr. Angliya, qirol Arturdan keyingi davr. Keksa juftlik - Aksel va Beatris - ko'p yillar davomida ko'rmagan o'g'lini izlash uchun yo'lga otlanishadi. Ular yashaydigan qishloqni qandaydir sirli tuman qoplagan, natijada aholi o'tmishini unutishadi va hatto bir soat oldin ularga nima bo'lganini ham eslay olishmaydi. Ammo ular qalban o'g'illari borligini his qilib turishadi.

@panda_books
#tavsiya

Avgust oyida mutolaa qilish uchun 8 ta kitob

1️⃣"Norveg o'rmoni" - Xaruki Murakami
Yaponiya universiteti atmosferasiga kirish uchun ajoyib imkon. Ushbu chuqur hissiy romanda qahramonlar o'rtasidagi sevgi, ayriliq va o'ziga xoslik kabi murakkab munosabatlarni o'rganasiz. Murakami dahosi shundaki, u lirika va falsafani mahorat bilan uyg‘unlashtirib, unutilmas adabiy taassurotlar yaratadi. Mutolaadan bir olam zavq tuyasiz. (o'zim ham shu kitobni boshladim)

2️⃣"Kitob o'g'risi" - Markus Zusak
Ikkinchi Jahon urushi davrida faqat kitoblardan tasalli topadigan qiz haqidagi ta'sirchan roman. U insonni murakkab mavzular haqida o'ylashga undaydi. Shuningdek, o'ziga xos personaj - O'limning noan'anaviy hikoyalari ham sizni hayratda qoldirishi aniq.

3️⃣“Kulayotgan odam”Viktor Gyugo
Taqdir va ijtimoiy adolatsizlik to'g'risidagi mumtoz roman. Unda o‘z dardini qayg'uli niqob misol ko‘targan qahramonning dardi va matonati hikoya qilinadi. Gyugo o'z asarida go'zal va unutilmas obrazlarni yarata olgan.

4️⃣"Yolg'izlik bekati" - Jon Steynbek
Avgust oyini Steynbekning eng ajoyib kitoblaridan biri bilan o'tkazing, Qahramonlar bilan birgalikda Amerikadagi qishloq hayoti misolida murakkab insoniy munosabatlar va ijtimoiy muammolarni bilib olasiz. Kitob mutolaasi davomida o'zingiz uchun chuqur ma'noga ega hikmatlar va ko'plab qiziqarli hikoyalar topishingiz aminman.

5️⃣“Garri Potter va Azkaban mahbusi” - J.K. Rouling
Agar siz hali ham ushbu mashhur sehr-jodu olami bilan tanish bo'lmasangiz yoki eski qadrdon do'stlaringizni eslamoqchi bo'lsangiz, Garri Potter seriyasining uchinchi kitobi - avgust oyi mutolaasi uchun eng to'g'ri tanlovdir. Garri Potterning Hogwarts maktabidagi 3-o'quv yili haqida hikoya qiladiga ushbu roman turli sarguzashtlar, dahshatli sirlar va go'zal afsunglarga to'la. Xullas, zerikmaysiz.

6️⃣"Jasur yangi dunyo" - Oldos Xaksli
Tabiiyki, men tavsiya ro'yxatini unga birorta antiutopiya qo'shmasdan tuza olmasdim. Bu safar istisno bo'lmadi. Xaksli kabi klassik antiutopik roman sizni insoniyatning qiziq kelajagi va barcha ko'ngilxushliklar taqdim etilganida, biz bu uchun nimalarni qurbon qilishimiz kerakligi to'g'risida hikoya qiladi. Aytishim lozimki, birinchi 50-60 varaqdan keyin voqealar qanday tugashi sizni qiziqtirib qo'yishi aniq. Xaksli bugungi kunda ham dolzarb bo'lgan muammolarni ochib beradi. Xaksli jamiyat kelajagining dohiyona va shu bilan birga dahshatli portretini chizgan deyish mumkin. Bu kitob sizni antiutopiyaga oshno qilishiga aminman.

7️⃣"Oqim" - Mixay Chiksentmixayi
Agar siz psixologiya va o'z-o'zini rivojlantirishga qiziqsangiz, ushbu kitob siz uchun foydali bo'ladi deb umid qilaman. Chiksentmixayi o'zining "oqim konseptsiyasi"ni o'rganar ekan, u orqali jarayonga to'liq sho'ng'ib ketish va istalgan faoliyatdan qoniqishga erishish uchun amaliy maslahatlar beradi. Ko'pchilik tavsiyasini o'zingizda sinab ko'rish uchun ayni muddao kitob.

8️⃣"Qanday qilib yozuvchi bo'lish mumkin" - Stiven King
Yozuvchilik faoliyatini orzu qilganlar yoki shunchaki adabiy asarlar yaratilish jarayoniga qiziquvchilar uchun yaxshi tanlov. King o‘z kitobida boy tajribasiga tayangan holda, foydali maslahatlari va tavsiyalari bilan o‘rtoqlashadi. Bu nafaqat manfaatli qo'llanma, balki yozuvchilik kasbining sahna ortidagi holati qandayligini ko'rish mumkin bo'lgan qiziqarli manba hamdir.

@panda_books
#tavsiya

Oktabr muhitida o'qishga eng mos kitob izlayotib, shuni topib oldim. Amerikalik yozuvchi Nil Geymanning "Amerika ma'budlari" asari.

Nil Geyman hurmati ikrom bilan negadur menga overestimated yozuvchidek ko'rinadi. Unga odil baho berish uchunam uning eng mashhur kitoblaridan birini o'qib ko'ramiz.

@panda_books
Forwarded from Bored Panda
#tavsiya
"Barcha o'xshashliklar tasodif emas
" (2024)

Tasavvur qiling, yangi kitob o'qiyapsiz. Yetarlicha qiziqarli syujet. Ammo bir necha muddatdan keyin kutilmaganda asar voqealarining sizning hayotingiz bilan nihoyatda o'xshashligini seza boshlaysiz. Bu sizni oldiniga hayratga soladi, so'ngra sizning barchadan yashirgan sirlaringiz oshkor bo'la boshlagach bu shunchaki tasodif emas deb o'ylaysiz. Ustiga-ustak, kitobning ilk sahifasida shunday ogohlantirish (disclaimer) bor edi: "Asardagi qahramonlar va barcha o'xshashliklar tasodif emas"...


"Garri Potter-3" rejissori Alfonso Kuarondan debyut serial. Ilk ishidan yil seriali boʻlishga yaqin. Serialda muvaffaqiyatga erishgan teleradio yozuvchisi boʻlgan ayolga pochtadan kitob keladi. Unda yuqorida tasvirlanga holat yuz beradi. Syujet va operatorlik ishi qiziqarli. Birinchi qismdanoq sizni oʻziga rom etishi aniq.

Hozircha 4 ta qism chiqqan. Qolganlari har haftada. Menga manzur boʻldi, tavsiya qilaman.

@boredpandablog