Forwarded from Bored Panda
#tarjima
Bloger Rashev Olmaotaga qaytibdi va u yerdagi narxlar haqida yozibdi. Bu holat biznikiga o'xshash bo'lgani (Olmaota o'rniga Toshkentni qo'yib o'qing) uchun tarjima qilib joylashga qaror qildim.
"Olmaotaga yetib keldim va narxlarni ko'rib tomim ketib qoldi.
Postsovet hududlari har doim hayotning arzonligi (o'yin-kulgi, restoranlar, ayollar) va qulay valyuta kursi tufayli rivojlangan mamlakatlardan kelganlar uchun jozibador bo'lib kelgan. Shuning uchun chet elliklar bizga to'da bo'lib kelishadi: uyida hech kim, lekin bu ular shoh!
Shunga o'xshash holat XX asr boshlarida Parijda kuzatilgan. Xeminguey, Fitsjerald va Jeyms Joyslarning barchasi yillar davomida Parij kafe va restoranlarida qolishgan, chunki ular Amerika dollarida ishlab topgan va fransuz frankida sarflagan. Genri Miller davridagi Parij qashshoq shahar edi.
Xuddi shunday, 90-2000-yillarda Olmaotadagi oddiy yevropalik xodim avtomatik ravishda badavlat fuqarolar toifasiga kirardi. Oddiy qozoq o'z oilasini har zamonda bir restoranga olib borishni hurmatga sazovor ish deb hisoblagan bo'lsa, fransuz yoki ingliz buni istasa har oqshom qilishi mumkin edi.
Mana endi o'sha zamonlar ham tugaganga o'xshaydi. Olmaotada oziq-ovqat, tovarlar, ko'chmas mulk narxlari Yevropa bilan tenglashdi va ba'zi joylarda hatto Yevropa narxlaridan oshibam ketdi. Bunga rossiyalik qochqinlar oqimi tufayli, bemisl inflyatsiya va import narxining umumiy o'sishi, ya'ni shularning barchasi sabab bo'ldi.
Mana siz Yevropa bo'lishni istaganmidingiz - marhamat. Biroq Ish haqi va hayot sifati ham Yevropanikiga teng ekanligiga ishonchim komil emas. Ulkan notenglik. Ammo endi Olmaotada chet ellik yoki Xeminguey bo‘lish foydali emas, bu haqiqat".
@boredpandablog

O'ylaymanki kanalning sodiq, anchadan buyon kuzatadigan qadrdon mushtariylarimiz yaxshiroq bilsa kerak, kanalda Ilmiy-ommabop kitoblarni ko'proq sevib o'qiyman, Endilikda esa ularni o'zbek tiliga tarjima qilish ustida ham malakamni sekin-asta oshiryapman. Ochig'i, jahonning eng zo'r ilmiy-ommabop asarlarini ona tilimizga tarjima qilish menga yoqib boryapti. Biroq birdaniga katta davralarda emas, boshlanishiga yopiq kanalimiz - PANDAMIUMda ilk ijod namunamni namoyish qilib borayapman.
Hurmatli mushtariylar, ijodimizni qo'llab-quvvatlash va evaziga foydali ma'lumotlarni olish uchun pullik yopiq kommyunitimizga qanday qo'shilish shartlari haqida shu postimda batafsil yozganman. Bu yerda esa yangi loyiha to'g'risida batafsil bilib olasiz.
Kelajakda nasib bir qancha o'zim orzu qilib yurgan kitoblarni tarjimasini nashrdan chiqarishni o'ylayapman. Bu hali uzoq muddatli rejalar. SIz esa bizni hozirning o'zidayoq qo'llab-quvvatlashingiz mumkin.
Ungacha esa, Panda Books tomonidan shu paytgacha tarjima qilingan maqola postlarni #tarjima va #maqola heshteglari orqali o'qib olishingiz mumkin.
Yoqimli mutolaa!
@panda_books

Telegram
Panda Books
Xayrli kech aziz do'stlar!
Sizlarga shuni ma'lum qilamanki, ushbu yuqoridagi taklifimni amalga oshirish uchun ilk qadamlarni tashladim. "PANDAMIUM" yopiq kanali yaratildi!
Agar taklfimni o'qib ko'rgan bo'lsangiz va Panda Books loyihasini moliyaviy qo'llab…

Ukraina okoplari ichra ikki hafta. "New Yorker" jurnalistining Donbassdagi janglar haqida ocherki
Ko'p sonli muxlislar istagiga binoan va eng muhimi, o'zimga nihoyatda manzur bo'lgan urushga bag'ishlangan ocherkni o'zbek tiliga tarjima qila boshlaganimni aytgandim. Taqriz bu yerda.
Demak, e'tiboringizga Lyuk Mogelsonning "Ukraina okoplari ichra ikki hafta. "New Yorker" jurnalistining Donbassdagi janglar haqida ocherki" ning 1-qismini havola etaman.
👉 SHU YERGA BOSING

Telegraph

Bahorda butun dunyo Ukraina qarshi hujumining boshlanishini kutdi. Ukraina Qurolli kuchlari G'arb texnikasi bilan jihozlangan yangi bo'linmalarni tayyorlayotgan bir paytda, boshqa armiya bo'linmalari Donbassdagi rus qo'shinlarini eng og'ir sharoitlarda ushlab…
Forwarded from Panda Books
#tarjima
Robin Uilyamsdan kuchli monolog
— O'tgan kuni chizgan rasmim haqida bildirgan fikrlaringni o'ylab ko'rdim. Tuni bilan o'yladim. O'zimda o'zgarish sezdim... so'ng chuqur, osuda uyquga ketdim. Kimligingni angladim. Bilasanmi, kimsan? Sen shunchaki yosh bolasan va hatto nima deyayotganingni ham bilmaysan.
— Rahmat.
— Arzimaydi. Sen hech Bostondan tashqariga chiqmagansan, shunday emasmi?
— Yo'q.
— Agar sendan san'at haqida so'rasam, bu sohada o'qigan badiiy kitoblaring hisobotini berarding. Mikelanjelo, u haqida ko'p narsalarni bilasan. Uning san'at asarlari, siyosiy qarashlari, Rim Papasi bilan munosabatlari, jinsiy orientatsiyasi to'g'risida, shundaymi? Lekin sen hech qachon Sikstin butxonasi hidini tuymagansan. U yerda turib shiftdagi ajoyib naqshlarga termulmagansan.
Bordiyu sendan ayollar haqida so'rasam, ehtimol ularning senga yoqqan jihatlarini sanaysan. Balki, kim bilandir uchrashgandursan. Ammo sevgan ayoling yonida baxtli uyg‘onish nimaligini bilmaysan... Hozirjavob yigitsan. Mabodo urush to'g'risida gap ochsam, Shekspirdan iqtiboslar yog'dirib tashlaysan: "Yana kurash, do'stlarim mening!" [V.Shekspir, Genri V, III akt]. Lekin urush ko'rmagansan. Qo'lingda jon berayotgan eng yaqin do'sting boshini tizzangga qo'yib, uning so'nggi nafasini his qilmagansan.
Agar sevgi nima deb so'rasam, menga she'riy misralarni o'qib berishga tushasan. Biroq hech qachon ayol kishi qarshisida o'zingni butunlay ojiz sezmagansan. Yoningda seni baxtiyor qiluvchi ayol bo'lmagan. O'sha farishtani, Xudoning o'zi seni jahannamdan qutqarish uchun yuborganini his etmagansan. Hatto uning nazdida avliyo bo'lish qandayligini bilmaysan. Saraton kasalligiga chalinganida, kasalxonada uning qo'lidan tutgancha, oylab stulda o'tirmagansan. Haqiqiy judolik nimaligini bilmaysan, chunki buni sezish uchun odam kimnidir o'zidan ortiqroq sevishi kerak. Sen o'zgani bu darajada sevganingga ishonmayman.
Senga qarab, men bilimdon va o'ziga ishongan odamni ko'rmayapman. Sen xuddi nimadandir o'lgudek qo'rqqan bolakayga o'xshaysan. Ammo dahosan, Uill, buni hech kim inkor etmaydi. Atrofdagilar sendagi bu teranlikni ilg'amasliklari ham mumkin. Lekin sen chizgan rasmimga qarab, hayotim haqida hamma narsani o'rgandim, deb o'ylading... Yetim o'sgansan, to'g'rimi? Seningcha, "Oliver Tvist"ni o'qiganim uchungina hayotdagi sening iztiroblaring, qiyinchiliklaringni bila olarmidim, his eta olarmidim? Sen va sening butun hayoting shu kitobda deb o'ylaysanmi? Shaxsan menga... bularning menga ahamiyatsiz, nega? Chunki sendan kitoblardan o'rganishim mumkin bo'lgan narsadan boshqasini ololmayman. Toki o'zing haqingda hikoya qilishni istamaguningcha. O'shandagina tillasha olamiz. Lekin sen buni xohlamaysan? Aytib bermoqchi bo'lganlaringdan dahshatga tushasan. Endi seni navbating, daho.
film havolasi izohlarda

#tarjima Ukraina okoplari ichra ikki hafta. "New Yorker" jurnalistining Donbassdagi janglar haqida ocherki Ko'p sonli muxlislar istagiga binoan va eng muhimi, o'zimga nihoyatda manzur bo'lgan urushga bag'ishlangan ocherkni o'zbek tiliga tarjima qila boshlaganimni…
#tarjima
Ukraina okoplari ichra ikki hafta. "New Yorker" jurnalistining Donbassdagi janglar haqida ocherki (2-yakuniy qism)
Nihoyat ushbu Ukrainadagi urush okoplarida turib yozilgan ajoyib ocherk tarjimasini nihoyaladim. O'zingiz baho berarsiz.
👉 1-QISM SHU YERDA
👉 2-QISMNI O'QISH UCHUN SHU YERGA BOSING
Yoqimli mutolaa!
@panda_books
Ukraina okoplari ichra ikki hafta. "New Yorker" jurnalistining Donbassdagi janglar haqida ocherki (2-yakuniy qism)
Nihoyat ushbu Ukrainadagi urush okoplarida turib yozilgan ajoyib ocherk tarjimasini nihoyaladim. O'zingiz baho berarsiz.
👉 1-QISM SHU YERDA
👉 2-QISMNI O'QISH UCHUN SHU YERGA BOSING
Yoqimli mutolaa!
@panda_books
Forwarded from Panda Books
#tarjima
Martin Lyuter King — "Men orzu qilaman" (I have a dream)
Martin Lyuter Kingning oq tanli va qora tanli fuqarolarning huquqlari teng bo'ladigan kelajak haqidagi tasavvurini o'z ichiga olgan eng mashhur nutqi haqida eshitmagan kishi kam bo'lsa kerak. Bugun men sizlarga o'sha nutqning o'zbek tiliga tarjima qilgan holda e'tiboringizga havola etishga harakat qilaman.
👇👇👇
https://teletype.in/@boredpandawriter/I_have_a_dream

Teletype
"Men orzu qilaman" (I have a dream) - Martin Lyuter King
Bu Martin Lyuter Kingning oq tanli va qora tanli fuqarolarning huquqlari teng bo'ladigan kelajak haqidagi tasavvurini o'z ichiga olgan...
#tarjima
Biz turlichamiz... Ayollar gaplashayotib ovqatlanadi, erkaklar esa ovqatlanayotib gaplashishadi. Ayollar cho'miladi, erkaklar suzadi. Shuning uchun, qizlarda cho'milish, yigitlarda suzish kiyimi bo'ladi. Erkak aldasa – yaramas, ayol ayyor bo'lsa – aqlli. Ajrashgan erkak – erkin qush, ajrashgan ayol – yolg'iz. Puli bor erkak – shaxs. Badavlat ayol - inson. Erkak hayotdagi hamma narsaga kuchi bilan, ayol esa makri bilan erishadi. Erkakning baxti - "men xohlayman!", ayolning baxti - "u xohlaydi!". Erkaklar ehtirossiz sevishni, ayollar esa sevgisiz ehtirosni yoqtirmaydilar. Erkaklar bir-biri bilan do'st-birodar, ayollar esa faqat baxtsizlikda – opa-singil bo'ladilar. Ayollarning orzulari, erkaklarning rejalari bo'ladi. Ayol uchun shunchaki qatnashish kifoya, erkak uchun muhimi - g'alaba qozonish. Ayollar o'z yoshini, erkaklar esa daromadlarini yashirishadi. Erkak ko'zlari bilan, ayol esa quloqlari bilan sevadi. Erkakning ko'ngliga yo'l uning oshqozoni, ayolning ko'ngliga yo'l esa chiroyli ko'ylaklar orqali boradi. Yoki nikoh orqali. Ayollar "ozadi", erkaklar esa "shug'ullanadi". Ayollar bo'sh muzlatkich va pochta qutisini, erkaklar esa bo'sh qadah va hamyonni yomon ko'radilar. TO'XTANGCHI!?
Bizning o'zaro umumiy jihatlarimiz ham bormi? Ha. Hammamiz hayotda o'z umr yo'ldoshimizni qidiramiz. Barchamiz baxtli va tushunarli inson bo'lishni xohlaymiz. Mayli, kimdir ko'zlari bilan, boshqsi quloqlari bilan sevsin, lekin har birimizning muhabbat organimiz - bu yurakdir! Shunday ekan, nima bo'lishidan qat'i nazar, bir-biringizni seving!
- Malkolm de Shazal

🎃 Halloween haqida zo'r post. O'qib ko'ring.
Panda Booksda yozilmaydigan turli fikrlar, kino va seriallar haqida yangiliklar, ijtimoiy memlar – hammasi mening Bored Panda kanalimda. A'zo bo'ling, share qiling, yaqinlarga ulashing!
Aytib qo'yay, u yerda biroz sho'xroqman:)

Bored Panda
#tarjima
Halloween haqida
Shu paytga qadar men 60ga yaqin davlatda bo‘ldim, turli qit’alardagi 7-8 davlatda yashadim. Xo'sh, ularning barchasida qanday umumiylik bor? Hamma joyda Halloween nishonlanadi.
Kuchli davlat tashviqotlariga qaramay, butun dunyo…

This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#tarjima
— Tushunib turibman, biroq...
— Nima gap?
— Bu jentelmen menga bu yerga (kirish) mumkin emas ekan.
— Yo'q, siz tushunmapsiz. U bugun shu yerda chiqish qiladi, u asosiy mehmon.
— Bu restoran siyosati!
— Hammasi joyidami?
— Yo'q, Doktor Shirlini restoranga qo'yishmayapti.
— Ming bor uzr, ammo an'anamiz shunaqa. Klub qoidasi, tushunasizku?
— Yo'q, men buni tushunmayman. Men 45 daqiqadan keyin ushbu insonlar oldida sahnaga chiqib pianinoda kuy ijro etaman. Ammo ular bilan bitta joyda o'tirib ovqatlana olmaymanmi?!
— Kechirasiz..
— Bundan chiqdi, uning triosidagi masxarabozlar va manabu uni tinglashga kelgan kimsalarga bu yerda ovqatlanish mumkin-u, ammo hurmatli shaxsga parkovkadan joy olish mumkin emasmi?
— Qo'rqamanki, yo'q.
— Axir, u qayerda ovqatlanadi, agar u och bo'lsa?
— Keling, bunday qilamiz, biz taomni uning grimerkasiga olib boramiz, menyuni ko'rsating...
— Yo'q, men omborxonada ovqatlanmayman!
📱 @panda_books

Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Panda Books
Buyuk yozuvchiga urush kerak. Keling ushbu fikrimni isbotini ko'rish uchun jahonda yashab o'tgan barcha buyuk yozuvchilarga bir nazar soling. Nima ko'ramiz?Ularning aksariyati insoniyat tarixidagi buyuk jangu-jadallar haqida yozgan. Masalan, Gomer - Troya…
#tarjima
Bundan roppa-rosa 2 yil oldin, 2022-yil 24-fevral kuni Putin Rossiyasi ariyasi Ukrainaga kirib bordi. Nafaqat sobiq postsovet hududida, balki dunyoda ham ko‘p narsani o‘zgartirgan va ta’sir qilgan urush.
Bugun men sizlarga yuqorida va'da qilgan tarjimamni ayni ushbu tarixiy kunda ulashishni lozim topdim.
"New Yorker" jurnalisti Lyuk Mogelson — "Ukraina okoplari ichra ikki hafta" ocherki
👉 1-QISM
👉 2-QISM

Дзен | Статьи
Ukraina okoplari ichra ikki hafta. "New Yorker" jurnalistining Donbassdagi janglar haqida ocherki
Статья автора «Jasurbek Bazarbaeff» в Дзене ✍: Bahorda butun dunyo Ukraina qarshi hujumining boshlanishini kutdi.
Forwarded from Panda Books
#mundarija
Kanalda postlarni o'qish va topishni osonlashtiruvchi (#) heshteglar
#taqriz / #review / #feedback - Biror asarga yozilgan taqrizlarni oson topish uchun;
#tavsiya - Kanal muallifi tomonidan o'qish tavsiya etiladigan kitoblar ro'yxati uchun;
#sarhisob - Oy, mavsum yoki yil bo'yi mutolaa qilingan asarlarning ro'yxatini topish uchun;
#Youtube_tavsiya - YouTube videoxostingida ko'rish tavsiya etiladigan foydali kontentlar uchun;
#haqida - Biror qiziqarli mavzu haqida yozilgan postlar;
#list - kitoblar yoki foydali kontentlar ro'yxati;
#mutolaa - Ayni damda mutolaa qilinayotgan kitobdan iqtibos yoki parcha;
#newbook / #yangikitob - Panda Books tomonidan harid qilingan yoki sovg'a qilishgan kitoblar uchun;
#iqtibos - kitobdan iqtiboslar uchun;
#intervyu - Panda Books suhbatlari, podcastlari uchun;
#offtop - Kitob mavzusidan biroz tashqari sohalarga doir postlar uchun;
#longread - Uzuuun yozilgan katta postlaaaar;
#KitobMukofotlari - Dunyoning nufuzli kitob mukofotlari haqida ma'lumotlar uchun;
#bookstores - Ajabtovur kitob do'konlari haqida chiroyli fotolar va ma'lumotlar
#maqola - birorta kattaroq qiziqarli mavzu haqida maqolalar
#nazm - she'riy postlar
#tarjima - kamina tarjima qilgan postlar
@panda_books
Instagram | Youtube | Tiktok

Erkaklar ko‘pincha ayollarda eng muhimini ko‘rmaydilar. Ularni chiroyli va jozibador deb hisoblashadi. Maftunkor va xavfli. Bu to‘g‘ri, ammo chuqurroq qarasalar, ularda mitti qizaloqlarni ko‘rishadi. Tashqi go‘zallik - bu sun’iy. Ichida yumshoq va nozik tuyg‘ular. U yerda qizaloq yashaydi. Yillar o‘tsa-da, ularning ichki dunyosi o‘zgarmaydi. Hayot davomida xulq-atvori qattiqlashar, lekin bularning barchasi faqat himoya vositasi, xolos. Buni anglaganingizdan so‘ng, uni o‘zingizga qanday rom etishni tushunasiz. Uni yosh bola kabi zabt etish kerak. Buning siri oddiy. Unga e’tibor va g‘amxo‘rlik ko‘rsatish. Doimiy e’tibor. Kichik narsalarga ham ahamiyat berish. Masalan: ertalab xayrli kun tilash, u o‘zini qanday his qilayotganini so‘rash, ovqatlangani yoki ochligini bilish, sovuq havoda issiqroq kiyinganmi-yo‘qmi tekshirish, uni tinglash yoki shunchaki quchoqlash. Uning muammolarini hal qila olish qobiliyati. U yonida oʻzini xavfsiz sezadigan insonga aylanish. G‘amxo‘rlik va ishonchlilik tuyg‘usini uyg‘otish. Munosabatlardagi bunday mayda-chuydalar hamma narsani hal qiladi. Ulardan ishonch paydo bo‘ladi. Ayollar buni doimo qadrlaydilar. Mana shu oddiy haqiqat.
Dmitriy Brilov

Kimdir institutni 22 yoshida tugatib, uch yil ish qidirgan.
Kimdir 25 yoshida muvaffaqiyatli rahbarga aylangan-u, lekin 50 yoshida vafot etgan.
Yana kimdir 50 yoshida rahbar bo‘lib, 90 yoshgacha umr ko‘rgan.
Ba’zilar 32 yoshida hamon yolg‘iz, boshqalar esa 26 yoshida oilali. Ba'zilar yosh holiga ajrashishga tayyorlanyapti, ba'zilar kech turmush qurib, tinch-osoyishta umr ko'ryapti.
Makron 39 yoshida prezident bo‘lgandi, Robert Mugabe esa 63 yoshida shu lavozimga erishdi. Shumaher 25 yoshida chempion bo‘lgandi, Nino Farino esa 44 yoshida ilk bor poygalarda g‘alaba qozondi.
Uorren Baffet 56 yoshida, Sukerberg esa 23 yoshida milliarder bo‘lgan. Kayli Jenner 21-bahorida eng yosh ayol milliarderga aylangan. Mashhur irlandiyalik pivopaz Artur Ginnes 56 yoshida 21 nafar farzandli edi, Jorj Kluni esa 55 ga to'lganida birinchi marta otalik baxtiga muyassar bo‘ldi.
Demoqchi bo'lganim, dunyoda har kim o‘z poygasini o‘z yo‘lida, o‘z vaqtida o‘tkazadi. Hayot ko‘p qirrali va murakkab.
Vaqt - bu farqdir.
O‘ylab ko‘rsangiz, dunyodagi hamma narsaning o‘z vaqti bor. Do‘stlaringiz balki sizdan oldindadur, yana kimlardir esa sizdan orqada. Bu tabiiy. Har kimning o‘z vaqti, o‘z yo‘li bor. Kimgadur hasad qilish yoki taqqoslashning hojati yo‘q, ular o‘z zamonida, siz esa o‘z zamoningizdasiz.
Siz kechikayotganingiz yo‘q.
Siz erta ham emassiz.
Siz aynan o‘z vaqtingizda ketyapsiz.

Aholimizning 90 foizdan ortig‘i savodxondir. Radio, televideniye, kino va kundalik gazetalar barchaga birdek ochiqdir.
Ammo ommaviy axborot vositalari o‘tmish va hozirgi zamonning sara adabiy va musiqiy asarlari bilan tanishtirish o‘rniga, reklamaga qo‘shimcha ravishda odamlarning ongini eng tuban, voqelikdan yiroq va vahshiyona fantaziyalarga to‘la axlat bilan to‘ldirib yubormoqda. Bu kabi past saviyali narsalar bilan hatto eng oddiy madaniyatli inson ham bo‘sh vaqtini o‘tkazishni xohlamaydi. Ammo katta-kichik odamlarning bu ommaviy buzuqligi sodir bo‘layotgan bir davrda, biz faqatgina ekranlarga "axloqsiz" hech narsa tushmasligini qat’iy nazorat qilishda davom etamiz.
Hukumat tomonidan odamlarni o‘qitadigan, rivojlantiradigan kinofilmlar va radio dasturlar ishlab chiqarishni moliyalashtirish haqidagi har qanday taklif ham erkinlik va ideallar sababli norozilik va e'tirozlarga sabab bo‘ladi. Biz ish soatlarini yuz yil oldingi vaqtga nisbatan deyarli ikki baravar qisqartirdik. Bugungi kundagi bo‘sh vaqtimiz darajasi haqida ota-bobolarimiz hatto orzu qilishgayam botina olmasdilar, Xo‘sh, natija qanday? Afsuski, biz yaqinda qo‘lga kiritgan bu bo‘sh vaqtimizdan qanday foydalanishni bilmaymiz: uni behuda o‘tkazishga intilamiz va navbatdagi kun tugaganidan quvonchga to‘lamiz.
Erix Fromm