Panda Books
6.26K subscribers
2.14K photos
420 videos
6 files
1.98K links
Books & Book Reviews.
Zamonaviy mutolaa repertuari.

Insta: instagram.com/pandabooksuz

Donat: tirikchilik.uz/PandaBooks
Reklama: @pandapochtabot
Download Telegram
Forwarded from Bored Panda
#haqida

Alen Delon, moda va stil

Bugun Alen Delon vafot etdi. Yuqoridagi u ishtirokida olingan filmlardan ma'lumki, ulardagi birlashtiruvchi asosiy jihat - Delonning kiyinish uslubi. U shu darajada "modniy" va tanasiga e'tiborli bo'lganki, bekorga uni o'z davrining seksual ikonasi deyishmagan. Ayollar Alen Delon desa, shunchaki "o'lib qolishgan".

Delonga havas qilaman, chunki uning davridagi stil va sifatli kiyimlar hozir hatto pulingizga ham topilmaydi. Shu bilan birga haqiqiy celebrity edi va hozirgi ko'plab "o'zini mashhurman" deydiganlar ham unga havas qilsa arziydi.

Yuqoridagi mashhur fotosuratga kelsak, unda Alen Delon, the Rolling Stones rok-guruhi vokalisti Mik Jagger va uni sevgilisi Mariannani ko'rib turibsiz.

Ammo Mariananing nigohlari o'z yigiti qolib, Alenga shirin boqib turganidan ham, Delonning naqadar jozibali erkak bo'lgani bilish qiyin emas.

Alvido, Alen!
Alvido, afsonaviy stil!


@boredpandablog
#haqida

So'z erkinligi

Durovning qamoqqa olinishi munosabati bilan ijtimoiy tarmoqlarda so‘z erkinligi haqida ko‘plab pafosli xabarlar va mulohazalarni kuzatdim. Biroq, so‘z erkinligi tushunchasining o‘zi insoniyat tarixida g‘oyat g‘ayrioddiy va nisbatan yaqinda paydo bo‘lgan hodisa ekanligini ta’kidlashga majburman.

Avval boshidan buyon har qanday zamonda noto‘g‘ri so‘zlari va fikrlari uchun odamlarni qoralash, kaltaklash, qiynash, qamoqqa tashlash va o‘ldirish kabi choralar doimo qo‘llanib kelingan. Ya’ni, senzura (ijtimoiy yoki siyosiy) har qanday sivilizatsiya uchun default holat hisoblanadi. Qandaydir g‘aroyib tarzda "so‘z erkinligi" g‘oyasi dastlab XVIII asr Yevropa faylasuflari fikrlarida paydo bo‘ladi, keyinchalik esa 1791-yilda AQSH Konstitutsiyasining birinchi tuzatishi bilan mustahkamlanadi. Bu g‘oyaning paydo bo‘lganiga atigi 200 yildan sal oshdi, xolos.

Aslida, XX asr ikkinchi yarmigacha o‘zini erkin ifoda etishning rasmiy himoyasi faqat Amerikada mavjud edi. Globallashuv, internet, ijtimoiy tarmoqlar va XXI asrda AQSH imperiyasining kengayishi "so‘z erkinligi" g‘oyasini dunyoning barcha burchaklariga yoydi va hozirda bu g‘oya dunyoning ko‘plab xalqlari tomonidan asosiy qadriyat sifatida qabul qilinmoqda. Biroq, so‘z erkinligi aslida mo‘jiza ekanligini unutmaslik kerak. Bu ajoyib bir chaqnash. Mutlaq anomaliya. Tasodif.

Aytgancha, so‘nggi voqealar shuni ko‘rsatmoqdaki, hozirgi kunda "o‘rtoq mayor"ning aralashuvisiz haqiqiy axborot erkinligi faqat ikki joyda - Twitter va Telegramda mavjud. Shuni ham aytish kerakki, bu hali-hanuz faqat Amerikaga tegishli. Bahsli fikrni boshqa biror joyda (ayniqsa Yevropada) e’lon qilishga urinib ko‘ring-chi, nafaqat taqiq yoki kenselingga uchrab qolishingiz, balki qamalishingiz ham mumkin. Dunyoning aksariyat mamlakatlarida jamoat tartibini saqlash individuallikni ifodalashga qaraganda ko'proq ustuvorlikka ega.

Qisqasi, agar Durovni qo‘lga olishgan bo‘lsa, demak yaqin orada Mask ham qo‘lga olishadi. Hozirgi kunda bu yigitlarni qo‘llab-quvvatlamaslik erkinlikning so‘nggi uchqunlarini o‘chirishga tengdir. Bitta taniqli yozuvchi bir vaqtlar shunday degan edi: inson ongini ulkan zulmat ichidagi osongina so‘nib qolishi mumkin bo‘lgan kichik shamga o‘xshatish lozim. So‘z erkinligi haqida ham xuddi shunday deyish mumkin. Biz bu alangani yonib turishini ta’minlash uchun qo‘limizdan kelgan barcha ishni qilishimiz lozim.

— Rashev

@panda_books
#haqida

Mustaqillik kuni

O'zbekiston Respublikasi Mustaqilligiga bu yil 33 yil to'ldi. 33 yil. Katta muddat. bir chaqaloq allaqachon bir necha farzandning ota-onasi bo'lishga, shaxs sifatida shakllanishga ulgurdi. O'zbekiston ham endi SSSRdan ajralib chiqqan nouneym davlat emas, balki mintaqada, balki butun Yevroosiyoda muhim siyosiy rol o'ynaydigan aktorga aylanib borayotgan mamlakatdir.

O'zbeklar bu 33 yil ichida nimalarni amalga oshirishga ulgurishdi?

Ko'p narsa. Har sohada yaxshi ishlar qilindi. Imkon qadar.

Endichi?

Hozir butun dunyoda nation states tizimi zavolga qarab ketayapti. Achinarlisi, biz endigina 33 yil bo'ldi shu tizimga kirganimizga. Bizni endi qaysi yo'l kutib turibdi?

Yaqinda bo'layotgan voqealar dunyoda yangi Metadunyo shakllanayotgani, Network state yaratilayotganini ko'rsatayapti. Geografik va madaniy chegaralarning ahamiyati tobora pasayib bormoqda. Markazlashgan hokimiyat kuchsizlanmoqda. Milliy valyutalar o‘rnini kriptovalyutalar egallamoqda. Odamlar hamma joyda — Amerika Nyu-York shahridagi 15 yashar qiz ham, Toshkent Citydagi 15 yashar qiz ham deyarli bir xil ko‘rinishga ega: bir xil kiyingan va bitta trend ostida yashashmoqda.

Mustaqillikning eng katta kuchi nimada?
Bu shunday kuchki, davlat o'z fuqarolarini rivojlantirib boy va farovon mamlakatga aylantirish imkoniyati — o'z qo'lida. Faqat istak va mehnat qilish kifoya. Shundan foydalanishimiz lozim.

Ekologiyani yaxshilash, aholi turmush darajasini oshirishdan boshlash kerak. Odil sudlov, so'z erkinligi, diniy qarashlar uchun taqiqlanmaslik, tolerantlik, bag'rikenglik va bilimga chorlovlar. Bizneslarni shaffof va bir xil standartlar ostida ishlashiga qo'yib berish. Erkin internet makoni yaratish — har qanday ish beruvchilar uchun qulay, sifatli va ommabop qilish.

Men hozirgi o'zbek yoshlarining aqli va talantiga ishonaman. Ularning qilayotgan ishlari va intilishlaridan shunchaki hayratga tushaman. Ular O'zbekistonni yanada kuchliroq, yanada yaxshiroq qilishlariga aminman.

Keyingi 33 yilda hokimiyatning qilishi kerak bo'lgan yagona ishi — ularga xalal bermaslikdir.

@panda_books
#haqida

Oliy Ta'lim Cargo Culti

Bobil Mirzohid yaxshi gaplar yozibdi https://t.me/bobil_kutubxonasi/6440

Nazarimda esa bu u aytganidek shunchaki soqqa qilish yoki diplom sotishdan ham kattaroq narsaga aylanib ulgurgan. Bu Oliy Ta'limni xususiyga berayotganlardan tortib, uni ochayotganlar hamma hammasi ichiga oladi. Bu ham bo'lsa – Oliy Ta'lim Cargo Culti!

Cargo Cult degan tushuncha bor, Oliy ta'limni esa unga men qo'shdim. Chunki har ikkalasida bog'liqlik bor. Cargo cult nimaligi haqida oldin ham ko'p yozganman.

Cargo cult sabab aborigenlar o'zlari bir paytlar amerikaliklar bazasida ko'rgani kabi samolyotlar va aerodrom nusxasini yasasak va ularga sig'insak, natijada osmondan Uchar ma'bud bizga ne'matlarini yog'diradi deb ishonishgan. Ya'ni biror bir holatni imitatsiya qilishgan va real natija kutishgan.

Biz ham imitatsiya qilayapmiz. Agar binolar qursak, uni chet eldagi kabi inglizcha nomlasak, sayt ochsak, darslar qo'ysak - bu bizni haqiqiy universitet qiladi degan ishonch bor ko'pchiligida. Ulkan universitet qurgan ta'sischisining o'zi ilm-fan haqida qiziqmaydigan biznesmen ekani va o'z og'zi bilan "men kitob o'qimayman" deyishi ham aslida o'sha imitatsiyaga misol. Ular qanday universitet ochishni bilishadi, unda qanday ilm qilishni yoki kuchli ta'lim berishni emas.

Bu xuddi uyingizda katta kutubxona yaratib, ammo birorta kitob o'qimaslikka o'xshaydi. O'qilmaydigan kitoblardan esa hech bir naf yo'q.

Ha, yana bir gap: katta kutubxonang bor bo'lsa ham, agar sen uni darvozaxonaga qo'ygan bo'lsang, bu seni kitobxon ekaningga shubha uyg'otadi.

Sen bor-yo'g'i kitobxonlikni imitatsiya qilayapsan, xolos.

@panda_books
#haqida

Diktatura

Diktatura - bu o'zing istagan narsani yoqtirish huquqing emas, balki istagan narsangni yomon ko'rish huquqingdan mahrum etilishingdir.

@panda_books
#haqida

Ta'lim vs Ish

Oldin maktabni, keyin universitetni tugatasan, magistraturani xorijdagi nufuzli joyda o'qib kelasan va jonajonda ishga kirganingda, baribir birinchi bo'lib shu gapni aytishadi:

"O'qigan hamma narsangni unut!'

@panda_books
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#haqida

Tanlov yuki
2.0

Yaqinda insonlar o'zi sevgan ishini tanlashi naqadar qiyinligi haqida yozgandim. Va allaqachon ishlayotgan kishilar to'g'risidagi eng muhim faktorni aytish yodimdan ko'tarilibdi. Bu ham bo'lsa - maosh.

Ko'pchilik o'z sevgan ishi yoki ijod bilan shug'ullanolmasligining asosiy sababi - undan boshida yaxshi daromad ololmasligidir. Keyin boshqa ish qilasan, u yerda yaxshi to'lashadi, natijada uni tashlab ketishga jur'at qilolmaysan, ayniqsa, oilali yoki harajatli bo'lsang.

Ishing o'zingga yoqmaydi, ammo pul deb undan ketolmaysan... Buni o'zing ham yaxshi bilasan, bu esa seni battar siqadi.

I feel it.

@panda_books
Panda Books
#haqida AES Nazarimda, Markaziy Osiyoda bizdan oldinroq Qozog'iston o'z janubida AES qurishga kirishadi shekilli. Har holda qozoq matbuoti bugun shuni muhokama qilayapti. Qozog'iston hukumati bu borada aholi orasida ommaviy tinglov bo'lishini, uning ortidan…
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#haqida

AES 2.0

Yaqinda Qozog'istonda AES qurish bo'yicha umumxalq referendumi o'tkaziladi. Qozoq hukumati bu munosabat bilan propaganda videosi tayyorlabdi.

Unda agar AES qurilmasa, yillar o'tib, davlat energetik krizisdan chiqolmasligi va "svet" tugashi ko'rsatilgan. Ochig'i, bu menga juda ham kulgili targ‘ibot rolik tuyuldi. Unda atom elektr stansiyasini qurish haqidagi qaror ochiqchasiga singdirilmoqda. Referendum esa shunchaki shu qarorni "qonuniylashtirish" maqsadida qilinayotgandek.

Umuman olganda, men energetik krizis xavfi mavjudligini inkor qilmayman, ammo bu AES orqali hal qilinishiga ishonmayman va qarshiman. Nega bunday fikrda ekanligimni esa yuqoridagi postda batafsil izohlaganman.

@panda_books
#haqida

Run, run, run!

Amerikalik yozuvchi Mark Tven shunday degan edi: "Sog'lom bo'lish uchun 3 ta ishni qilish lozim.
Bular: yoqtirmagan narsangni yeyish, yoqtirmagan narsangni ichish va yoqtirmagan ishingni qilish." Postni Otabek Mahkamovga o'xshab iqtibosdan boshlaganim uchun uzr, lekin Mark tog'a men aytmoqchi fikrlarni lo'nda ifodalab bo'lgan. Va bu formula deyarli barcha sohaga tushadi.

Universitetga tayyorlanib yurgan abituriyent paytimda eng yomon ko'rgan ishim - test yechish edi. Ingliz yoki rus tili o'rganayotganimda eng yomon ko'rganim - yangi so'zlarni yodlash bo'lardi. Futbol o'ymash yoqadi, ammo yugurish yoqmaydi. Ammo mana oxirgi oylar har hafta muttasil o'yinlarni yo'lga qo'ygach, yugurish oldingidek yoqimsiz emas, balki sevimli bo'lib borayapti, o'pkam ham bunga moslashayotganini sezayapman. Bu juda yoqimli men sizga aytsam.

Agar e'tibor bergan bo'lsangiz, har qanday kasbda muvaffaqiyatga erishish uchun inson bitta joyini ozgina qiynashi kerak. Nega shunaqa? Men bilmayman. "Oson yo'li yo'qmi?" "Bordur.." Ongostida shunga ishonamiz. Natijada "2 oyda ingliz tilini to'liq o'rgatamiz, 3 oyda kosmonavt qilamiz yoki 2 haftalik kursimdan keyin psixologik muammongizni qolmaydi"... kabi reklamalar shuning uchun ham tez sotilar.

Mayk Taysondan "Muvaffaqiyatingiz siri nimada?" deb so'rashganida, "Ertalab soat 5da turib yugurish" deb javob bergan, keyin eng yoqtirmaydigan ishingiz nima deyishganda esa "Ertalab soat 5da turib yugurish" degan edi.

Oxirgi paytlar aynan shu narsani ko'proq anglab borayapman. Shuning uchun, o'zim yoqtirmaydigan, ammo foydali bo'lgan ishlarni qilishga odatlanishga harakat qilayapman.

Va sizga ham shuni maslahat beraman, kim bilsin, balki muvaffaqiyatingiz kaliti shuning ortida yashirindur.

@panda_books
Forwarded from Bored Panda
​​#haqida

Professor MakGonagall

Minerva MakGonagall. "Xogvarts" Sehrgarlik va Afsungarlik maktabi direktorining o‘rinbosari, Griffindor fakulteti dekani, Transfiguratsiya fani o‘qituvchisi, keyinchalik "Xogvars" direktori. Bugun ushbu ayolni rolini qoyilmaqom ijro etgan aktrisa Meggi Smit 90 yoshida vafot etibdi.

Har birimiz yoshligimizda u kabi qattiqqo'l, lekin adolatli ustozimiz bo'lishi istaganmiz. Shu bilan birga u ezgulik yo'lida qoidalarni istisno qilishi ham mumkin, masalan, Garrining supurgida ruxsatsiz uchgani uchun jazolash o'rniga, uning talantidan to'g'ri foydalanib, Quidditch jamoasiga qo'shib qo'yadi. Ammo doim ham emas, misol 3-qismda Garrining Hogsmitga borishi uchun ruxsat bermaydi. Lekin baribir biz uni yaxshi ko'raveramiz. U kabi mehribon dekan kamdan-kam uchraydi.

Qachondir orzuyimiz ushalib, Hogwarts maktabi darvozalaridan kirib borarkanmiz, oldingizga qora cho'qqi shlyapa kiygan, qora ko'ylakka burkangan xushqomat ayol chiqsa bilingki, u Professor MakGonagall bo'ladi. U baland ovoz bilan shunday deydi:

"Xogvars"ga xush kelibsiz!
Yaqinda o‘quv yilining boshlanishi munosabati bilan ziyofat boshlanadi, lekin siz stolga o‘tirmasingizdan oldin, sizlar 4 ta fakultetga bo‘linasiz. Tanlov - juda jiddiy jarayon, chunki bugundan boshlab maktabni bitirgunga qadar fakultetingiz siz uchun ikkinchi oilaga aylanadi. Siz birgalikda o‘qiysiz, bir yotoqxonada uxlaysiz va bo‘sh vaqtingizni fakultetingiz uchun maxsus ajratilgan xonada o‘tkazasiz. Hammasi tushunarlimi?"

@boredpandablog