Panda Books
5.86K subscribers
2.07K photos
400 videos
6 files
1.94K links
Books & Book Reviews.
Zamonaviy mutolaa repertuari.

Insta: instagram.com/pandabooksuz

Donat: tirikchilik.uz/PandaBooks
Reklama: @pandapochtabot
Download Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#nazm

ENG SOʻNGGI ALLA
Turkiyadagi dahshatli zilzila
qurbonlari xotirasiga bagʻishlanadi.

Gaziantepmi yo xazon tepa,
Koʻz yoshimni artadi tuproq.
“Eshitmasin akang, shuni bil
Seni yaxshi koʻraman koʻproq”!

Dilshod Shukur she'ri
Masrur Sanaev o'qidi
manba

📱 @panda_books
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#nazm

"Turkiy elning shiddati so‘nganga o‘xshayotir"

Ko‘k bo‘ri kezgan sarhad itlarga talosh endi,
Ko‘tarilgan bosh emas, birgina quyosh endi,
Uchqun sochgan ko‘zlarning topingani yosh endi,
Turkiy elning shiddati so‘nganga o‘xshayotir.

Shoir Najmiddin Ermatov
She'rning to'liq matni

📱 @panda_books
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#nazm

"Chumoli haqida nutq"

"Mehnatkash” deb olganing unvon,
Shoirlarning g‘arib xayoli.
Mening esa, azaldan ayon
Nafratim bor senga, chumoli.

G‘ivirlaysan. Terga botasan.
Tirikchilik solar ne ko‘yga.
Nima ko‘rsang, uyga tortasan -
Uyga... Uyga... Qorong‘u uyga.

Boshing uzra bahor quyoshi,
Taratadi bir ipak ziyo.
Hasharotlar ichra sen - toshi
Bahorga ham boqmaysan qiyo.

Uyga... Uyga! Tinmaysan birpas,
Yugurasan... Seningcha, yuho,
Og‘iz qalbni aytish uchunmas,
Ovqat uchun yaralgan go‘yo.

Uyga... Uyga! Javdirar ko‘zing,
Uyingda-ku chirib yotar don.
Xayolingda o‘zing, bir o‘zing,
Yutmoqchisan dunyoni tamom.

"A” dedingmi, toki "H”gacha,
Ochiq aytmoq zamoni yetdi.
Biz hammani tanib bo‘lguncha,
Chumolilar ko‘payib ketdi.
Chorsuni-ku qo‘ying (u - bozor,
O‘ynar savdo ashulasiga).
Chumolilar bormoqda qator,
Idoralar mashinasida.

Og‘rinishar - "chumoli” demang.
(Hatto shoir bo‘lsang ham, jim tur!)
G‘azab bilan ular solsa chang,
"Qars” sinadi haqiqat qurg‘ur.

Peshtaxtaga biri yonboshlab,
Boshchasini quvnoq qashiydi.
Biri esa gul kabi yashnab,
Farzandiga diplom tashiydi.

Biri bizning ishxonamizda,
Yerga jami oyog‘in tirab
Mansabini tortgani-tortgan,
Zo‘riqqandan sho‘rlik qaltirab.

Biri esa: "Paxtakor xalqim,
Tasanno” deb to‘ldirar sheʼrin.
Unga xalqi kerakmas, balki
Bir ordenmi, mukofot bering.

O‘rab oldi maxluqlar chindan,
Buzib orning chegarasini.
Hatto ona Hurriyat qilgan,
Vasiyatlar tegarasini.

Hammasini topib kelib, eng
Oliy jazo bermoq xayolim...
O‘ylab qoldim - sheʼr o‘ldirar keng,
Mana, yozdim: "Sizlar - chumoli!...»

Tugayapti sheʼrim. Ketaman.
Uzr, jonim bo‘g‘zimga yetdi.
Chumolini o‘ylab turing. Men
Ninachini ko‘rgani ketdim.

Usmon Azim

Youtube

📱 @panda_books
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#nazm

​​Men Xudbinman!
Istaklarim ham.
Menikilar —
Menga bo'lishsin.
Meni demas, menikimaslar —
Mendan nari o'ynab-kulishsin.
Men Xudbinman,
Men sevgan inson —
Mensiz nafas ololmay qolsin!
Yo'qligimdan qulasa osmon
Borligimdan quvonchga to'lsin.
Nigohidan sig'masin o'zga,
Mehrin menga bersin bus-butun!
Shiringina jonidan kechsin
Bittagina qarashim uchun!..
Yuzlarimni tilasin oydan,
So'zlarimsin tatimasin bol.
Mensiz bir kun yashay oldimi —
Ana eshik!
Ketsin!
Bemalol!

Xudbinman, a?..
Bilaman!
Ammo,
Chorasizman.
Hayron turibman.
Shundayligim tufayli balki
Qarang...
Hamon yolg'iz yuribman.

📱 @panda_books
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Panda Books
#nazm

Jangda oʻlgan emas biror bahodir,
bari halok boʻlgan xiyonatlardan,
toshday uxlaganda toʻshlarin ochib
yo zahar qoʻshilgan ziyofatlardan.

Biror asotirda bahodirlarni
hattoki yuz boshli ajdar yemagan,
ming bir sinoatli yalmogʻizlar ham
togʻlarni oʻynagan devlar yengmagan.

Bari halok boʻlgan xiyonatlardan,
bariga orqadan sanchilgan xanjar.
Shunday boʻlib kelgan azal-u azal
Mana shu jafokash, koʻhna Vatanda.

Har gal bahodirlar yiqilar ekan
kurakka sanchilgan nomard tigʻidan,
qayta tirilganday boʻlardi nogoh
har bir bolakayning qorachigʻida.

Ishongil, hech qachon seni aldamas
sofdil elatlarning asotirlari,
birorta bahodir oʻlganmas jangda,
qoʻrqoqlar oʻldirgan bahodirlarni.

— Shavkat Rahmon

@panda_books
#nazm

O‘ris bo‘ldik rusdan ziyoda,
Muslim bo‘ldik arabdan ortiq.
Birni topsak yorug‘ dunyoda,
O‘n karrani qilamiz tortiq.

Ichdik, chekdik, sho‘ro yurtida,
O‘zdik barcha og‘alardan ham.
Yuzsizlikda oshmasak bo‘ldi,
Ovropalik tog‘alardan ham.

— Erkin Vohidov
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#nazm

Bizga berilgan zamon,
Suzmakka sayoz keldi.
Erk deb urug‘ qadadik,
Tinmasdan ayoz keldi.
Til qantariq keldi va
Tori uzuk soz keldi.
Umrimiz shunday o‘tsa,
Yashash bekordir, jo‘ra.

@panda_books
#nazm

Agar ba’zi birlar seni ranjitsa,
Azob otashida o‘rtanma butkul!
O‘zing bilasanki, hammani esa
Ko‘nglini bir hilda olmoqlik mushkul.

Ba’zida joningni jabborga berib,
Asl haqiqatni so‘zlaganing dam,
Ba’zi birlar sendan butunlay ranjib
Mumkin seni nodon deyishlari ham.

Bordi-yu, yaxshini desang ham yomon,
Aminman topilur senga tarafdor.
Dunyoda bor ekan haqiqat, yolg‘on,
Hammaga teng yoqish mumkinmas zinhor.

Demak, shunday ekan, yolg‘on gap sotib,
Nopoklar ko‘ngliga bo‘lgandan ma’qul.
Do‘stim, haqiqatu rostini aytib,
Faqat, vijdoningni buyurganin qil!

Shukrullo

@panda_books
#nazm

Nasimamga deganim

Yo’q, hali hammasi o’tganmas,
Ko’p hali hayotdan nasibam.
Silligim bezarar, hech gapmas,
Borini ko’raman, Nasimam,
Yo’q, hali hammasi o’tganmas!

Oldimda kutadir imtihon –
Men og’ir janglarda bo’larman.
Nasima! Bu kungi issiq qon,
O, balki to’kilur… o’larman…
Oldimda kutadir imtihon!

O’ylanib ko’zingga qarasam,
Ikkita dengizday ko’rinur…
Nasima! Ichaman rost qasam,
Olovdek lovullab dil yonur,
Baxtliman janglarga yarasam!


Usmon Nosir, 1935

@panda_books
#nazm

Sizning fe'lingiz —
Axloq, uyat diyonatni yerga uradi
Haqiqatni sharmandayu sharmisor aylab,
Mas'um muhabbatning oppoq peshonasiga
Toshma bo'lib toshadi-yu, shundoq turadi
Va muqaddas nikoh ahdu-paymonlarini
Qimorbozning savdosiga aylantiradi.
Siz shundoq bir kirdikorlar qildingizki to...
Bekor bo'lib qoldi butkul vadayu-vafo
Sha'riyatning rasm-rusumi xuddi bir ermak,
Qilmishingiz ko'rib hatto qizarar falak!
Ko'k gumbazi sizga boqib xo'mraya boshlar
Go'yo qora qiyomat kun, go'yoki mahshar!


— Uilyam Shekspir, "Hamlet"

***

Bu monologni repga solib kuylagan talantli Radius 21 artist sifatida juda ziyoli va original edi.

@panda_books
Forwarded from Panda Books
#mundarija

Kanalda postlarni o'qish va topishni osonlashtiruvchi (#) heshteglar

#taqriz / #review / #feedback - Biror asarga yozilgan taqrizlarni oson topish uchun;

#tavsiya - Kanal muallifi tomonidan o'qish tavsiya etiladigan kitoblar ro'yxati uchun;

#sarhisob - Oy, mavsum yoki yil bo'yi mutolaa qilingan asarlarning ro'yxatini topish uchun;

#Youtube_tavsiya - YouTube videoxostingida ko'rish tavsiya etiladigan foydali kontentlar uchun;

#haqida - Biror qiziqarli mavzu haqida yozilgan postlar;

#list - kitoblar yoki foydali kontentlar ro'yxati;

#mutolaa - Ayni damda mutolaa qilinayotgan kitobdan iqtibos yoki parcha;

#newbook / #yangikitob - Panda Books tomonidan harid qilingan yoki sovg'a qilishgan kitoblar uchun;

#iqtibos - kitobdan iqtiboslar uchun;

#intervyu - Panda Books suhbatlari, podcastlari uchun;

#offtop - Kitob mavzusidan biroz tashqari sohalarga doir postlar uchun;

#longread - Uzuuun yozilgan katta postlaaaar;

#KitobMukofotlari - Dunyoning nufuzli kitob mukofotlari haqida ma'lumotlar uchun;

#bookstores - Ajabtovur kitob do'konlari haqida chiroyli fotolar va ma'lumotlar

#maqola - birorta kattaroq qiziqarli mavzu haqida maqolalar

#nazm - she'riy postlar

#tarjima - kamina tarjima qilgan postlar

@panda_books

Instagram | Youtube | Tiktok
#nazm

Bir odam izladim…
izladim g‘arib,
jufti yo‘q burgutday xunuk qishladim.
Kezdim armon to‘la bir jom ko‘tarib,
malaklar yig‘ladi, itlar tishladi…

Umring uzoq bo‘lsin, ey daryojonim,
husningga hirs bilan nazar solmadim.
Zanjirlar tovshiga to‘lganda yodim,
o‘zingdan o‘zga bir dildor qolmadi.

Qolmadi bir ilinj,
ishonch qolmadi,
vahshiy daholarning makri bilindi.
It bazmi qizigan oysiz shomlardan
qizg‘onib opqochdim daryo dilimni.

Bu chirkin og‘izlar…
singan kallalar,
ig‘vodan, bo‘htondan osilgan tillar…
Hirslar lashkarlari bosgan pallada
shohlarin bo‘g‘izlab tashlagan dillar.

Bu quyosh xo‘rlangan,
bu oy zo‘rlangan…
zarlari talangan bu sodda jabal.*
Qon, aroq,peshobni emib to‘ralgan
buvaklar bo‘kirib yig‘lagan mahal

yo Xudo, dedimu,
nurlar o‘ynagan
peshonam ilk bora tuproqqa tegdi,
yo Xudo, dedimu
erkin gullagan
daryodil samoga dilimni berdim.

Umring uzoq bo‘lsin,
ey daryojonim,
kechalar qarida bir gul yig‘ladi,
yuzimga sachradi bir bulbul qoni,
ko‘nglimga bu dunyo nechuk sig‘madi?!

Nechuk bag‘ringdaman,
kimning ishqida,
Nechuk yolvoraman umringni tilab?
Ulkan jasadimni toshlar ichida
yuvarsan eng nozik qo‘llaring bilan.

Aytgil, ey daryojon,
bormidi zulm?
Tog‘lar silsilasin buzvordi nola:
«Gullarning bargini yemagan gulim,
bulbullar qonini ichmagan bolam.»

— Shavkat Rahmon

@panda_books
#nazm

Yevropa

Muhabbat atalgan bir his bor edi,
Uni deb qavmlar bir birin yegan.
Juletta ismli bir qiz bor edi,
Bir yigit bor edi Romeo degan.

Bor edi muhabbat atalmish qo‘rg‘on,
Uchib kirolmasdi chivin ham hatto.
Sovg‘asin Yagoning qo‘lida ko‘rgan,
Bo‘g‘ib qo‘ya qolgan juftin Otello.

Endi bu yurtlarda dunyo teskari,
Muhabbat hislari badar ketganlar
Jannatni madh etib yurganlar bari,
Jahannam komiga borib yetganlar.

Xo‘roz xo‘roz bilan o‘tkazsa to‘yin,
Buqalar buqa deb ipini uzsa.
Bu qanday tomosho, bu qanday o‘yin,
Sigirlar sigirga ko‘zini suzsa…

Inson mukarramdir unutma aslo,
Sha’niga yomon gap to‘qima, bolam.
Bu she’rni bir o‘zing o‘qiding, ammo
O‘qima birovga, o‘qima, bolam…

Abdulla Oripov

@panda_books