QISHLOQ XO'JALIGI VAZIRLIGI
12.2K subscribers
19.4K photos
2.52K videos
5 files
8.34K links
O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi

🔗 Rasmiy sahifalarimizning manzillari: https://taplink.cc/uzagroministry

📍Manzil: Toshkent viloyati, Qibray tumani, Universitet ko‘chasi, 2-uy

☎️ Ishonch telefoni: 1243
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#uzumchilik #nihol #taqdimot

MILLIY MARKAZ TOMONIDAN UZUM NIHOLLARI YETISHTIRILMOQDA

🍇O‘zbekiston Prezidentining 2021-yil 18-19-mart kunlari Toshkent viloyatiga tashrifi chog‘ida hamda Toshkent viloyati Xalq deputlari Kengashining navbatdan tashqari sessiyasida Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markaziga sovuqqa chidamli, serhosil, eksportbop, urug‘siz uzum navlarini yaratish va ularni ko‘paytirish bo‘yicha kasalliklardan holi bo‘lgan “in vitro” sharoitida vinobop, xo‘raki va kishmishbop navlardan 1 mln tup uzum nihollarini yetishtirish vazifasi yuklatilgan edi.

Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazida mazkur topshiriqning ijrosi yuzasidan yetishtirilgan nihollarning taqdimoti bo‘lib o‘tdi.

👉Batafsil

WWWTELEGRAMFACEBOOKYOUTUBEINSTAGRAM
#prezident #taqdimot #takliflar #agro

PREZIDENT SHAVKAT MIRZIYOYEV TOSHKENT VILOYATIDA QISHLOQ XO‘JALIGINI RIVOJLANTIRISH BO‘YICHA TAKLIFLAR TAQDIMOTI BILAN TANISHDI

Yig‘ilishda Toshkent viloyatining tuprog‘i unumdor, suvi mo‘l ekanligi, bundan samarali foydalanilsa, hosildor bog‘ va tokzorlar barpo etish, intensiv sabzavotchilikni yo‘lga qo‘yish, odamlarning bandligini taʼminlash mumkinligi qayd etildi.

O‘zbekiston Prezidentining joriy yil 10-sentyabrdagi “Dehqon xo‘jaliklari tashkil etishni qo‘llab-quvvatlash orqali aholi daromadlarini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorida shu borada qator vazifalar belgilangan. Xususan, Toshkent viloyatida 2023-yilda 9 ming gektar paxta va g‘alla maydoni qisqartirilib, 25 sotixdan aholiga beriladi. Bu 60 mingdan ortiq kishini ish bilan taʼminlash imkonini beradi.

Davlatimiz rahbarining topshirig‘i bilan, mutaxassislar ishtirokida Toshkent viloyatida foydalanilmayotgan imkoniyatlar o‘rganildi va qo‘shimcha chora-tadbirlar ishlab chiqildi.

Yig‘ilishda ana shu takliflar haqida axborot berildi. Unga ko‘ra, viloyatda 62 ming gektar yerni foydalanishga kiritish hisob-kitob qilingan. Ularda yaylov o‘simliklari urug‘chiligini yo‘lga qo‘yish, suv kam talab qiladigan moyli, dukkakli va ozuqa ekinlari yetishtirish, chorva boqish mo‘ljallangan.

Shuningdek, Toshkent viloyatining har bir tumani meva-sabzavotchilik, kartoshkachilik, uzumchilik kabi muayyan tarmoqqa ixtisoslashtiriladi. Mazkur chora-tadbirlar natijasida 24 mingdan ziyod ish o‘rni yaratish rejalashtirilgan.

Prezidentimiz bu chora-tadbirlarni maʼqullab, ularni amalga oshirish bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi.

Manba
ILMIY-TADQIQOT INSTITUTLARI FAOLIYATIGA YANGICHA YONDASHUVLAR

🔰O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligida vazir Aziz Voitov va Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar Milliy Markazi direktori Alisher To‘rayev hamda Markaz huzuridagi 12 ta ilmiy-tadqiqot institutlari rahbarlari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda dastlab ilmiy-tadqiqot institutlari rahbarlari tomonidan 2023-yilga mo‘ljallangan rejalarning taqdimoti o‘tkazildi.

#vazir #uchrashuv #taqdimot #innovatsiyalar_milliy_markazi #ilmiy_tadqiqot_instituti

👉Batafsil
*****

НОВЫЕ ПОДХОДЫ В ДЕЯТЕЛЬНОСТИ НАУЧНО-ИССЛЕДОВАТЕЛЬСКИХ УЧРЕЖДЕНИЙ

🔰В Министерстве сельского хозяйства Республики Узбекистан состоялась встреча с министром Азизом Воитовым и директором Национального центра знаний и инноваций в сельском хозяйстве Алишером Тураевым, а также руководителями 12 научно-исследовательских институтов (НИИ).

На встрече руководители НИИ представили планы на 2023 год.

#министр #встреча #планы #Национальный_центр_знаний_и_инноваций #научно_исследовательский_институт

👉Подробнее

WWWTELEGRAMFACEBOOKYOUTUBEINSTAGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
“VAZIYAT MARKAZI” LOYIHASI UCHUN MA’LUMOTLARNI TO‘PLASH VA TAHLIL QILISH

💻Bugun O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligiga qarashli tashkilot va idoralar vakillari ishtirokidagi yig‘ilishda “Vaziyat markazi” loyihasining taqdimoti o‘tkazildi. Shuningdek, agrosanoat majmuasidagi yo‘nalishlarda ma’lumotlarni to‘plash va saralash bo‘yicha aniq vazifalar belgilandi. Keyinchalik ular “Vaziyat markazi” platformasi ma’lumotlar bazasiga kiritiladi.

#raqamlashtirish #taqdimot #vaziyat_markazi
*****
СБОР И АНАЛИЗ ИНФОРМАЦИИ ДЛЯ ПРОЕКТА «СИТУАЦИОННЫЙ ЦЕНТР»

💻Сегодня состоялось собрание с представителями подведомственных организаций и управлений Министерства сельского хозяйства РУ, для которых была проведена презентация по проекту «Ситуационный центр», а также поставлены конкретные задачи по сбору и сортировке информации направлений АПК, которые в дальнейшем будут внесены в базу платформы «Ситуационного центра».

#цифровизация #презентация #ситуационный_центр

WWWTELEGRAMFACEBOOKYOUTUBEINSTAGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Prezident #Mirziyoyev #qishloq_xojaligi

Prezident Shavkat Mirziyoyev dala chetlarida mahsulot yetishtirishni ko‘paytirishning ustuvor vazifalarini belgilab berdi.

Bu haqda joriy yil 23-mart kuni qishloq xo‘jaligi masalalari bo‘yicha bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda topshiriq berilgan edi. Shundan so‘ng Kadastr agentligi tomonidan o‘tkazilgan xatlovda 60 ming gektarga yaqin dala chetlaridan to‘liq foydalanilmayotgani aniqlandi. Hisob-kitoblarga ko‘ra, bu maydonlardan unumli foydalanish orqali 337 ming tonna qo‘shimcha mahsulot olish imkoniyati bor.

Taqdimotda qayd etilganidek, bu ishlarni Qishloq xo‘jaligida xizmatlar ko‘rsatish agentligi tashkil etadi. Buning uchun agronomlar mavsumiy ishga qabul qilinadi. Sabzavotchilik, polizchilik va kartoshkachilik ilmiy-tadqiqot instituti hamda Akademik M.Mirzayev nomidagi bog‘dorchilik, uzumchilik va vinochilik ilmiy tadqiqot instituti Agentlikka biriktiriladi.

Dala chetlarida dehqonchilik qilish uchun urug‘, ko‘chat, o‘g‘it va suv ta’minoti maqsadlariga 100 milliard so‘m yo‘naltiriladi.

Yetishtirilgan mahsulotlarni saqlash va qayta ishlash ham muhim. Shu bois quritish va sovitish uskunalarini xarid qilishga 50 milliard so‘m ajratiladi.

Dala chetidagi zovur va suv bo‘ylarida 600 ming bosh parranda boqish hamda qariyb 300 mingta asalari uyasi joylashtirish imkoniyati borligi ko‘rsatib o‘tildi.


https://t.me/shmirziyoyev/16784
#Prezident #qishloq_xojaligi #kartoshkachilik

19-aprel kuni
Prezident Shavkat Mirziyoyev qishloq xo‘jaligida kartoshkachilikni rivojlantirishga qaratilgan reja va takliflar taqdimoti bilan tanishdi.

Davlat rahbari mamlakatimizda kartoshkaga bo‘lgan talab qariyb 4 million tonnani tashkil etayotganini, shuning 80 foizdan ortig‘i respublikamizda yetishtirilib, qolgan qismi import hisobidan to‘ldirilayotganiga eʼtibor qaratdi.

Taqdimotda Qishloq xo‘jaligi vazirligiga 500 tonna elita kartoshka urug‘larini 1 ming 700 ta aholi tomorqalariga bepul tarqatish, kartoshka yetishtiruvchilarga imtiyozli mablag‘lar ajratish vazifasi yuklatildi.

Kartoshkachilikdagi muammolar, yechimlar va rejalar xususida batafsil o‘qing.

https://t.me/shmirziyoyev/16810
AGROSANOATDA KONSALTING SOHASIDA XALQARO TAJRIBA O‘RGANILDI

🤝Qishloq xo‘jaligi vazirligida “McKinsey” kompaniyasi bilan hamkorlikda O‘zbekistonda agrosanoatni rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlarida konsalting mavzusida seminar bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda Qishloq xo‘jaligi vaziri Aziz Voitov, “McKinsey” xalqaro kompaniyasi mutaxassislari, vazirlik mutasaddi xodimlari qatnashdi, kompaniyaning xorijdagi xalqaro ekspertlari ZOOM platformasi orqali onlayn ishtirok etishdi.

Seminarda “McKinsey” tomonidan O‘zbekistondagi agrosanoatni rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlarida konsalting faoliyatini yuritish borasida taqdim etilayotgan loyihalar taqdimoti o‘tkazildi. Savol-javoblarga boy bo‘lgan uchrashuvda sohani rivojlantirishda hamkorlik alaoqalarini mustahkamlashga kelishib olindi.

#xalqaro_hamkorlik #vazir #seminar #video_konferensiya #taqdimot #subsidiya #raqamlashtirish #eksport

VebsaytTelegramFacebookYouTubeInstagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Президент Шавкат Мирзиёев қишлоқ хўжалигида сув ресурсларидан фойдаланиш самарадорлигини оширишга қаратилган таклифлар тақдимоти билан танишди.

Президент Шавкат Мирзиёев ознакомился с презентацией предложений по повышению эффективности пользования водой в сельском хозяйстве.

#Mirziyoyev #taqdimot #suv #qishloqxujaligi

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
Президент Шавкат Мирзиёев қишлоқ хўжалигини иқлим ўзгаришига мослаштириш, ерлардан самарали фойдаланиш ва соҳани илмий ривожлантиришга қаратилган таклифлар тақдимоти билан танишди.

Президент Шавкат Мирзиёев ознакомился с предложениями по адаптации сельского хозяйства к изменениям климата, эффективному использованию земель и развитию отраслевой науки.

#Mirziyoyev #taqdimot #qishloqxujaligi #ilmfan

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
Президент Шавкат Мирзиёев чорвачилик тармоқларини ривожлантириш бўйича таклифлар тақдимоти билан танишди.

Президент Шавкат Мирзиёев ознакомился с предложениями по развитию отраслей животноводства.

#Mirziyoyev #taqdimot #qishloqxujaligi #chorvachilik

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X