QISHLOQ XO'JALIGI VAZIRLIGI
15.7K subscribers
25.2K photos
2.75K videos
7 files
9.72K links
O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi

🔗 Rasmiy sahifalarimizning manzillari: https://taplink.cc/uzagroministry

📍Manzil: Toshkent viloyati, Qibray tumani, Universitet ko‘chasi, 2-uy

☎️ Ishonch telefoni: 1243
Download Telegram
#suv #texnologiya #subsidiya

2021-YILDA SUV TEJOVCHI TEXNOLOGIYALARNI JORIY QILGAN TALABGORLARGA AJRATILGAN SUBSIDIYALAR

💦 2021-yilda O‘zR Qishloq xo‘jaligi vazirligi tomonidan Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlarda suv tejaydigan texnologiyalarni joriy etgan talabgorlarga g‘allachilik yo‘nalishida 3309 gektar, poliz ekinlari yo‘nalishida 10,5 gektar, sabzavotchilik yo‘nalishida 287 gektar va ozuqabop ekinlar yo‘nalishida 501 gektar, jami 4 107 gektar yer maydonlarida suv tejaydigan texnologiyalarni joriy qilgan subyektlarga xarajatlarini bir qismini qoplash maqsadida 28,6 mlrd so‘m subsidiya mablag‘lari ajratib berildi.

👉Batafsil

Obuna bo'ling:
WWW /TELEGRAM /FACEBOOK
YOUTUBE /INSTAGRAM
#Yigilish #Muhokama #Subsidiya

📌2022-yil 30-noyabr kuni Qishloq xo‘jaligi vazirligida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi vakillari, qishloq xo‘jaligi vaziri o‘rinbosari Qahramon Yuldashev boshchiligidagi jamoa, tegishli boshqarmalar, vazirlik huzuridagi Bog‘dorchilik va issiqxona xo‘jaligini rivojlantirish agentligi xodimlari, suv xo‘jaligi vaziri o‘rinbosari Rustam Qarshiyev rahbarligidagi jamoa, O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi, Alkogol va tamaki bozorini tartibga solish hamda vinochilikni rivojlantirish agentligi vakillari ishtirokida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda Prezidentning “Qishloq xo‘jaligida suvni tejaydigan texnologiyalarni joriy etishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2022-yil 1-martdagi PQ-144-son qarorining ijro holati hamda yuzaga kelayotgan muammolarni bartaraf etish, suvni tejaydigan texnologiyalarni joriy qilgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtiruvchilarga Davlat byudjetidan subsidiya mablag‘lari ajratilishini taʼminlash masalalari muhokama etildi.

Shuningdek, Vazirlar Maxkamasining “Fermer xo‘jaliklarining nasos agregatlari va sug‘orish quduqlari isteʼmol qiladigan elektr energiyasi qiymatini qoplash uchun O‘zbekiston Respublikasi davlat byudjetidan subsidiyalar ajratish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018-yil 3-maydagi 320-son qaroriga muvofiq amalga oshirilayotgan ishlar bo‘yicha ham muloqot qilindi.

WWWTELEGRAMFACEBOOKYOUTUBEINSTAGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
O‘ZBEKISTONNING VILOYATLARIDA QORAMOL ZOTLARI QANDAY TAQSIMLANGAN?

🔴O‘zbekistonning turli hududlarida qoramollarning qanday zotlari parvarishlanadi?

🔴Xorijiy davlatlardan mamlakatimizga qancha bosh qoramol keltirildi?

🔴Respublikada sut yo‘nalishida qaysi qoramol birinchi o‘rinda ekanini bilasizmi?

👉Barchasi haqida moqalomizda berilgan.

📺To'liq video

#qoramol #chorvachilik #subsidiya #sut #Ozbekiston
*****
КАК ПО ОБЛАСТЯМ УЗБЕКИСТАНА РАСПРЕДЕЛЕНЫ ПОРОДЫ КРУПНОГО РОГАТОГО СКОТА?

🔴Какие породы крупнорогатого скота (КРС) разводят в Узбекистане?

🔴Какое количество КРС завезено в страну из зарубежных стран?

🔴Какой вид КРС первый в стране по надоям?

👉Подробнее

📺Полное видео

#скотоводство #крупнорогатый_скот #субсидия #молоко #Узбекистан

WWWTELEGRAMFACEBOOKYOUTUBEINSTAGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Subsidiya olishga onlayn ariza topshirish uchun qayerga murojaat qilishim lozim

💻Agrosubsidiya.uz manzili orqali kirib, o‘zingiz olmoqchi bo‘lgan subsidiya turini tanlab, ariza qoldirishingiz mumkin.

☘️Chat-bot orqali kelgan mazkur savolga to‘liq javobni sayt orqali bilib olishingiz mumkin.

#savol_javob #chat_bot #Subsidiya #onlayn_ariza

WWWTELEGRAMFACEBOOKYOUTUBEINSTAGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🌾Paxta-g‘allachilik yo‘nalishidagi ekin maydonlarida burg‘ilash nasosini o‘rnatish uchun qanday subsidiyalar bor

💧O‘zbekistonda suv ta’minotini yaxshilash maqsadida quduq qaziganlarga davlat tomonidan subsidiya ajratiladi. Tik quduq uchun alohida va suv tejovchi texnologiyalar uchun alohida subsidiyalar joriy qilingan.

💻Chat-bot orqali kelgan mazkur savolga to‘liq javobni sayt orqali bilib olishingiz mumkin.

#savol_javob #chat_bot #Subsidiya #suv_tejovchi_texnologiyalar

WWWTELEGRAMFACEBOOKYOUTUBEINSTAGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
AGROTARMOQNI SUG‘URTALASH VA SUBSIDIYALASH IMKONIYATLARI KO‘RIB CHIQILDI

🤝O‘zbekiston Qishloq xo‘jaligi vaziri Aziz Voitov “Mc KINSEY & COMPANY” kompaniyasining Markaziy Osiyo va O‘zbekistondagi vakillari bilan uchrashdi.

Uchrashuvda yurtimizda yetishtirilayotgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining eksport hajmini oshirish uchun marketing tadqiqotlari o‘tkazish, sohada sug‘urta va subsidiya tizimini muvaffaqiyatli yo‘lga qo‘yish borasida hamkorlik qilish masalalari ko‘rib chiqildi.

Shuni alohida ta'kidlash kerakki, “Mc KINSEY & COMPANY” kompaniyasi qishloq xo‘jaligining ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha mijozlarni qo‘llab-quvvatlash, ularga turli ko‘rinishdagi yordam ko‘rsatish bo‘yicha boy tajribaga ega. Kompaniya shu kungacha turli davlatlarda qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqaruvchilarni subsidiyalash tizimini optimallashtirish, qishloq xo‘jaligi ekotizimlarini rivojlantirish, agrotarmoqni raqamlashtirish, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining eksport hajmini oshirish kabi yo‘nalishlarda ko‘plab loyihalarni muvaffaqiyatli amalga oshirgan.

#xalqaro_hamkorlik #vazir #tashrif #qishloq_xojaligi #agrosugurta #eksport #subsidiya

VebsaytTelegramFacebookYouTubeInstagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
AGROSANOATDA KONSALTING SOHASIDA XALQARO TAJRIBA O‘RGANILDI

🤝Qishloq xo‘jaligi vazirligida “McKinsey” kompaniyasi bilan hamkorlikda O‘zbekistonda agrosanoatni rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlarida konsalting mavzusida seminar bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda Qishloq xo‘jaligi vaziri Aziz Voitov, “McKinsey” xalqaro kompaniyasi mutaxassislari, vazirlik mutasaddi xodimlari qatnashdi, kompaniyaning xorijdagi xalqaro ekspertlari ZOOM platformasi orqali onlayn ishtirok etishdi.

Seminarda “McKinsey” tomonidan O‘zbekistondagi agrosanoatni rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlarida konsalting faoliyatini yuritish borasida taqdim etilayotgan loyihalar taqdimoti o‘tkazildi. Savol-javoblarga boy bo‘lgan uchrashuvda sohani rivojlantirishda hamkorlik alaoqalarini mustahkamlashga kelishib olindi.

#xalqaro_hamkorlik #vazir #seminar #video_konferensiya #taqdimot #subsidiya #raqamlashtirish #eksport

VebsaytTelegramFacebookYouTubeInstagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
📊Tarmoqni qo‘llab-quvvatlashga yo‘naltirilgan davlat xarajatlarini bosqichma-bosqich diversifikatsiya qilish borasida, subsidiyalar miqdori 350 mlrd so‘mdan 2,1 trln so‘mga o‘sdi, jami 26 turdagi subsidiyalar ajratildi.

10 dan ortiq yangi subsidiyalar
joriy qilindi.

Subsidiya turi 40 taga yetkaziladi va to‘lig‘icha onlayn beriladi.

Sohada to‘lovlarni boshqarishning yagona tizimi joriy etiladi.

#xalqaro_konferensiya #vazir #oziq_ovqat_xavfsizligi #diversifikatsiya #subsidiya

🌐Vebsayt💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
O‘ZBEKISTON VA ARMANISTON: QISHLOQ XO‘JALIGI SOHASIDA YANGI QADAMLAR
🇺🇿🤝🇦🇲
Bugun, 3-avgust kuni Qishloq xo‘jaligi vaziri Aziz Voitov Armaniston Respublikasi Iqtisodiyot vaziri Vagan Kerobyan boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashdi.

Uchrashuvda so‘nggi yillarda O‘zbekistonda iqtisodiyotning asosiy tarmog‘i sifatida qishloq xo‘jaligini moliyalashtirish va subsidiyalashga alohida eʼtibor qaratilayotganiga urg‘u berildi. Xususan, bugungi kunda hukumat Agro-oziq-ovqat sohasi bo‘yicha 40 dan ortiq turdagi subsidiyalar ajratmoqda.

Uchrashuvdan so‘ng Qishloq xo‘jaligi vazirligida Armaniston Respublikasi delegatsiyasi uchun respublikamizda qishloq xo‘jaligini raqamlashtirish yo‘nalishida olib borilayotgan amaldagi ishlar va rejalashtirilgan loyihalarning taqdimoti ham o‘tkazildi.

Taqdimotni Qishloq xo‘jaligi vaziri o‘rinbosari Qahramon Yuldashev o‘tkazar ekan, mamlakatimizda qishloq xo‘jaligini raqamlashtirishning tarixi va hozirgi kunda olib borilayotgan loyihalar va erishilgan natijalar to‘g‘risida maʼlumot berdi. Taqdimot jarayonida mehmonlarni “Qishloq xo‘jaligi geoportali”, “CropAgro”, “E-IJARA”, “Agrosubsidiya” axborot tizimlari bilan batafsil tanishtirib o‘tildi va onlayn namoyish qilindi.

#xalqaro_hamkorlik #vazir #uchrashuv #raqamlashtirish #subsidiya

🌐Vebsayt💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
QISHLOQ XO‘JALIGI SOHASIDAGI IMTIYOZLARDAN XABARDORMISIZ?

📝Davlatimiz tomonidan qishloq xo‘jaligida mehnat qilayotgan fermer-dehqonlar, agrofirmalar uchun qator imtiyozlar berilgan. Afsuski, hamma ham ulardan xabardor emas. Bugungi jamlanmamizni bilmaganga – yangilik, bilganga eslatma o‘laroq taqdim etamiz.

🍋Limonchilik. Yangi limonzorlar barpo etish va ko‘chatlar xarid qilish bilan bog‘liq xarajatlar har bir sotix uchun 300 ming so‘mgacha miqdorda subsidiya sifatida qoplab beriladi. Subsidiya limonzorlar barpo etish ishlari yakunlanib, tuman ishchi komissiyasining ularni foydalanishga qabul qilish yuzasidan tasdiqlangan dalolatnomalari Bog‘dorchilik va issiqxona xo‘jaligini rivojlantirish agentligiga taqdim etilgandan so‘ng 1 oy muddatda ajratiladi.

🚜Paxtachilik. Qonunchilikka ko‘ra, paxta yig‘im-terimi bo‘yicha qishloq xo‘jaligi ishlariga jalb qilinadigan jismoniy shaxslarning paxta terish orqali topgan daromadiga soliq solinmaydi. Shuningdek, paxta yig‘im-terimi bo‘yicha mavsumiy qishloq xo‘jaligi ishlariga jalb qilingan jismoniy shaxslarning bu ishlarni bajarganligi uchun mehnat haqi to‘lashga doir xarajatlar ijtimoiy soliq solish obyekti hisoblanmaydi.

🐄Chorvachilik. Yaqinda qabul qilingan Prezident qaroriga ko‘ra, chorvachilik klasterlariga:

🟢60 million AQSh dollari miqdorida kreditlar ajratiladi;
🟢paxta va g‘alla ekin maydonlarini qisqartirish hisobiga har bir tumanda kamida 100–150 gektar maydon ozuqabop ekinlar ekish uchun ajratiladi.

👉Batafsil

#qonunchilik #subsidiya #kreditlar #agrobiznes #limonchilik #paxtachilik #chorvachilik

🌐Website💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM