QISHLOQ XO'JALIGI VAZIRLIGI
12.1K subscribers
18.6K photos
2.49K videos
5 files
8.15K links
O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi

🔗 Rasmiy sahifalarimizning manzillari: https://taplink.cc/uzagroministry

📍Manzil: Toshkent viloyati, Qibray tumani, Universitet ko‘chasi, 2-uy

☎️ Ishonch telefoni: 1243
Download Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
O‘ZBEKISTONNING VILOYATLARIDA QORAMOL ZOTLARI QANDAY TAQSIMLANGAN?

🔴O‘zbekistonning turli hududlarida qoramollarning qanday zotlari parvarishlanadi?

🔴Xorijiy davlatlardan mamlakatimizga qancha bosh qoramol keltirildi?

🔴Respublikada sut yo‘nalishida qaysi qoramol birinchi o‘rinda ekanini bilasizmi?

👉Barchasi haqida moqalomizda berilgan.

📺To'liq video

#qoramol #chorvachilik #subsidiya #sut #Ozbekiston
*****
КАК ПО ОБЛАСТЯМ УЗБЕКИСТАНА РАСПРЕДЕЛЕНЫ ПОРОДЫ КРУПНОГО РОГАТОГО СКОТА?

🔴Какие породы крупнорогатого скота (КРС) разводят в Узбекистане?

🔴Какое количество КРС завезено в страну из зарубежных стран?

🔴Какой вид КРС первый в стране по надоям?

👉Подробнее

📺Полное видео

#скотоводство #крупнорогатый_скот #субсидия #молоко #Узбекистан

WWWTELEGRAMFACEBOOKYOUTUBEINSTAGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
MAMLAKATIMIZDA NASLCHILIKDA ASOSIY BO‘LGAN QORAMOL ZOTLARI

🐄Qora-ola zotli
: Toshkent, Farg‘ona, Andijon, Namangan, Sirdaryo, Jizzax, Qashqadaryo, Surxondaryo, Samarqand viloyatlari hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasida.

Qizil cho‘l zoti: Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Buxoro, Navoiy, Xorazm, Jizzax, Samarqand, Andijon, Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlarida.

Shvits zoti: Andijon, Namangan, Farg‘ona, Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlarida.

Bushuyev zoti: Sirdaryo, Toshkent viloyatlari va Qoraqalpog‘iston Respublikasida.

#qoramol #naslchilik

WWWTELEGRAMFACEBOOKYOUTUBEINSTAGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
CHORVACHILIK — DAROMAD MANBAI

🐂Samarqand viloyatining Oqdaryo tumanida chorvachilikka ixtisoslashgan 104 ta fermer xo‘jaligi mavjud. Shundan naslchilik fermer xo‘jaliklari 15 tani tashkil etmoqda. Jumladan, tumanda faoliyat olib borayotgan “Oytamg‘ali Aliyeva” fermer xo‘jaligi ham naslchilikka ixtisoslashtirilgan.

Fermer xo‘jaligi faoliyati va Germaniya davlatidan olib kelingan chorva mollarining mahsuldorligi haqida videolavhamiz orqali ham bilib olishingiz mumkin.

#chorvachilik #qoramol #nasl #Samarqand
*****
ЖИВОТНОВОДСТВО — ИСТОЧНИК ДОХОДА

🐂В Окдарьинском районе Самаркандской области насчитывается 104 фермерских хозяйства, специализирующихся на животноводстве. Из них 15 — племенные хозяйства. Одно из них ферма «Oytamg‘ali Aliyeva». Она создана в 2019 году и расположена на площади 10 га.

О работе фермы и продуктивности завезенного из Германии скота вы также можете узнать из нашего видео.

#животноводство #Самарканд

WWWTELEGRAMFACEBOOKYOUTUBEINSTAGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
O‘ZBEKISTON VA BAVARIYA O‘RTASIDA QISHLOQ XO‘JALIGI SOHASIDAGI HAMKORLIK

17-aprel kuni
Bavariya federal yeri Oziq-ovqat, qishloq va o‘rmon xo‘jaligi vaziri o‘rinbosari Hubert Bittlmayer boshchiligidagi delegatsiya mamlakatimizga tashrif buyurdi.

🐄Ilk tashrif manzili Toshkent viloyati Parkent tumanidagi “Samsarak shirin sut” fermer xo‘jaligi bo‘ldi. Changi qishlog‘idagi ushbu chorva kompleksi 2018-yilda tashkil etilgan bo‘lib, hozirda bu yerda 1000 bosh yirik shoxli qoramol boqilmoqda. Sut yo‘nalishiga ixtisoslashgan ushbu kompleksning kunlik sut ishlab chiqarishi 12 tonnaga teng, sigirlar kuniga ikki marotaba sog‘iladi.

👉Batafsil

#xalqaro_hamkorlik #tashrif #delegatsiya #chorvachilik #chorva_kompleksi #qoramol #sut
*****
СОТРУДНИЧЕСТВО УЗБЕКИСТАНА И БАВАРИИ В АГРОСФЕРЕ

17 апреля
нашу страну посетила делегация во главе с заместителем министра продовольствия, сельского и лесного хозяйства Федеральной земли Бавария Хубертом Биттльмайером.

🐄Первым адресом посещения стало фермерское хозяйство «Самсарак ширин сут» в Паркентском районе Ташкентской области. Этот животноводческий комплекс в поселке Чанги был создан в 2018 году. В настоящее время поголовье в хозяйстве насчитывает 1 000 голов крупного рогатого скота. Суточная мощность молочного комплекса составляет 12 тонн, а коров доят два раза в день.

👉Подробнее

#международное_сотрудничество #визит #делегация #животноводство #крупнорогатый_скот #молоко

WWWTELEGRAMFACEBOOKYOUTUBEINSTAGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
FARG‘ONA TUMANIDA “GOLSHTIN” ZOTLI QORAMOLLAR KO‘PAYTIRILMOQDA

🐄Farg‘ona viloyati Farg‘ona tumanida joylashgan “Nishonboy Mo‘minboy Fayzi” fermer xo‘jaligi ishni Ukrainadan sut beruvchi “Golshtin” zotli 99 bosh qoramollar olib keltirishdan boshladi.

Bilim, tajriba va tinimsiz mehnat samarasi o‘laroq, bugungi kunda ushbu zotdor qoramollar soni 300 boshga yetgan. Ulardan 100 boshini sut beradigan sog‘in sigirlar tashkil etadi. Ta’kidlanishicha, har bir sog‘in sigir kuniga 30 litr sut beradi.

👉Batafsil

#chorvachilik #Golshtin #qoramol #sut #fermer_xojaligi #Fargona
*****
В ФЕРГАНСКОМ РАЙОНЕ УВЕЛИЧИВАЕТСЯ ПОГОЛОВЬЕ ПЛЕМЕННОГО СКОТА ПОРОДЫ «ГОЛШТИН»

🐄Деятельность фермерского хозяйства «Нишонбой Муминбой Файзи», расположенного в Ферганском районе Ферганской области начала работу с импорта из Украины 99 голов племенного скота породы «Голштин».

В результате полученных знаний, опыта и неустанного ежедневного труда, количество крупного рогатого скота этой породы достигло 300 голов. При этом 100 из них — дойные коровы. Отметим, что каждая из них дает 30 литров молока в сутки.

👉Подробнее

#животноводство #Голштин #крупнорогатый_скот #молоко #фермерское_хозяйство #Фергана

VebsaytTelegramFacebookYouTubeInstagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
O‘ZBEKISTON VA BUYUK BRITANIYA QISHLOQ XO‘JALIGI UNIVYERSITYETLARI: TA’LIM SOHASI UCHUN QO‘SHMA TAJRIBA

🤝2023-yil 19-20-aprelda Xalqaro qishloq xo‘jaligi universiteti (IAU)ga Qirollik qishloq xo‘jaligi universiteti delegatsiyasi – Akademik rejalashtirish va resurslar bo‘yicha prorektor, qishloq xo‘jaligi hayvonlarining salomatligi va farovonligi sohasi professori Devid Meyn, Xalqaro qishloq xo‘jaligi bo‘limining boshlig‘i, chorvachilikni boshqarish sohasidagi katta o‘qituvchi Kristofer Brou, qishloq xo‘jaligi fanlari dotsenti Nikola Kennon tashrif buyurdi.

Xorijiy mehmonlar uchun Toshkent viloyati Chinoz tumanidagi “Yulduz” fermer xo‘jaligiga safar qiziqarli o‘tdi. Xo‘jalik jami 410 gektar maydonga ega bo‘lib, 1995-yilda tashkil etilgan. Fermada 1 800 bosh atrofida yirik shoxli qoramol bo‘lib, uning 650 boshi sog‘in sigirlardir. Har bir sigirdan o‘rtacha sog‘ib olinayotgan sut 25-26 litrni tashkil qiladi.

#xalqaro_hamkorlik #tashrif #qishloq_xojaligi #IAU #chorvachilik #qoramol

VebsaytTelegramFacebookYouTubeInstagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
ZOTLI QORAMOLLAR PARVARISHIDA KOMPYUTER TEXNOLOGIYASINING AFZALLIKLARI

🐄Mamlakatimizda qishloq xo‘jaligiga katta e’tibor natijasida chorvachilik xo‘jaliklari soni ham yildan-yilga ortib bormoqda. Jumladan, Qashqadaryo viloyatidagi “UZ ENGINEERING CONSTRUCTION NDH” MCHJ ham 2022-yildan buyon chorvachilik bilan shug‘ullanib kelmoqda.

Majmua asosan sut ishlab chiqarish yo‘nalishiga ixtisoslashgan. Chorva fermasi Germaniyaning “GEA” firmasi sut sog‘ish apparatlari bilan jihozlangan bo‘lib, sog‘ish zalida bir vaqtning o‘zida 20 bosh sigir sog‘iladi. Hozirgi kunda
fermer xo‘jaligida 460 bosh sog‘in sigir mavjud bo‘lib, har bir sog‘in sigirdan 27-30 litrgacha sut olinmoqda. Bu esa kuniga 10-12 tonnagacha sut olinishini ta’minlaydi.
🔹 🔹 🔹 🔹 🔹 🔹 🔹 🔹 🔹 🔹
НОВЫЕ ТЕХНОЛОГИИ ПО УХОДУ ЗА ПЛЕМЕННЫМ СКОТОМ

🐄Благодаря вниманию к развитию агросферы в Узбекистане с каждым годом увеличивается число животноводческих хозяйств. К примеру, ООО «UZ ENGINEERING CONSTRUCTION NDH» в Кашкадарьинской области занимается животноводством с 2022 года.

Комплекс, в основном, специализируется на производстве молока. Животноводческая ферма оснащена немецкими доильными аппаратами «GEA», а в доильном зале одновременно могут находиться 20 животных. В хозяйстве 460 молочных коров, каждая из которых ежедневно дает в среднем 27-30 литров молока. Это обеспечивает получение 10-12 тонн молока в сутки.

#chorvachilik #qoramol #golshtin_friz #sut #Qashqadaryo #животноводство #молоко #Кашкадарья

VebsaytTelegramFacebookYouTubeInstagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
CHORVACHILIKNING ISTIQBOLINI BELGILOVCHI OMIL

🔰Ayni paytda Qishloq xo‘jaligi vaziri Aziz Voitov joylarda qishloq xo‘jaligidagi islohotlarning izchilligini ta’minlash, olib borilayotgan ishlar samaradorligini ko‘zdan kechirish maqsadida Buxoro viloyatida bo‘lib turibdi.

Dastlab, vazir “Buxoro Agroklaster Chorva” MCHJ faoliyati bilan tanishdi.

Ushbu chorvachilik kompleksining tashkil etilganiga uch yilgina bo‘lishiga qaramay bugungi kunda respublikadagi boshqa chorvachilik komplekslariga na’muna bo‘lib kelmoqda. Ilm va innovatsiyani to’gri joriy qila olish chorvachilik sohasining keyingi istiqbolini belgilovchi omil ekanligiga mana shu yerda guvoh boʻlasiz. Chorva mollarini musiqa qo’yish orqali parvarish qilish, ularni boqishda gigienik talablarga qat’iy rioya qilish, maxsus oziqlantirish ratsioni bu yerda amaliyotga puxta joriy etilgan.

Bugungi kunda chorvachilik majmuasida jami 3 000 bosh sut va go‘sht yo‘nalishidagi qoramollar parvarishlanib kelinmoqda. Shundan 1 000 bosh Golshtin, Simmental va Shvis zotli sog‘in sigirlardir. Naslchilik seleksiya ishlarini keng ko‘lamda tashkil etish maqsadida hozirda bu yerda Angus va Belgiya zotli qoramollar ham keltirilib parvarishlanmoqda.

Bir bosh sog‘in sigirdan o‘rtacha 28 litr kunlik esa jami 28 tonna sut olishga erishildi.

Shuningdek, bu yerda intensiv gidroponika usulda yashil ozuqa yetishtirish ham yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, 1 kg bug‘doydan 7 kg yashil ozuqa, kunlik esa 3 tonna 800 kg yetishtirib berilmoqda.

Bundan tashqari chorva mollarining ozuqa bazasini mustahkamlash maqsadida chorvachilik kompleksiga 400 gektar ozuqa ekin yer maydoni ajratilgan bo‘lib beda, silos va don uchun makkajo‘xori va oraliq ekinlardan roj bilan tritikali ekib kelinmoqda.

#tashrif #vazir #chorvachilik_kompleksi #qoramol #Chorvadorlar_maktabi #intensiv_gidroponika #ozuqa_bazasi

🌐Vebsayt💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
OLTINKO‘LLIK CHORVADOR IMKONIYATDAN UNUMLI FOYDALANMOQDA

🐄Andijonlik tadbirkorlar, respublika qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat sohasidagi chorvachilikning o‘rnini to‘g‘ri tushungan holda, fermer xo‘jaliklarida yirik va mayda shoxli qoramol parvarishlab, aholi dasturxoniga sut va go‘sht mahsulotlari taqdim etish yo‘lida unumli mehnat qilib kelmoqdalar. Buni Andijon viloyati Oltinko‘l tumanidagi “Baxt imkon rivoji” fermer xo‘jaligi faoliyatida ham ko‘rishimiz mumkin.

Ushbu fermer xo‘jaligi 2004-yilda tashkil topgan. Xo‘jalik qoshidagi fermada asosan sut yo‘nalishida yirik shoxli qoramollar parvarishlanadi. Ularning bari Avstriyadan keltirilgan sersut naslli chorva bo‘lib, fermer xo‘jaligida joriy etilgan zamonaviy texnologik ish usullari tufayli qisqa fursatda bir necha barobarga ko‘paygan. 400 bosh qoramol keltirilgan bo‘lsa, bugungi kunda fermer xo‘jaligidagi qoramollar 1000 boshdan oshgan. Sog‘ib olinayotgan sut hajmi ham shunga yarasha – kuniga 24-25 tonnani tashkil qiladi.
*****
АЛТЫНКУЛЬСКИЙ ЖИВОТНОВОД ГРАМОТНО ИСПОЛЬЗУЕТ СОЗДАННЫЕ ВОЗМОЖНОСТИ

🐄Предприниматели из Андижана, отдавая должное значимости животноводства в агропромышленном комплексе республики, разводят в фермерских хозяйствах крупный и мелкий рогатый скот и обеспечивают молоком, мясом и продуктами их переработки население.

Деятельность фермерского хозяйства «Бахт имкон ривожи» в Алтынкульском районе Андижанской области полностью соответствует вышеназванным критериям. Хозяйство было основано в 2004 году. Здесь в основном разводят молочный скот. Все высокопродуктивные животные завезены из Австрии, и благодаря внедрению в хозяйстве современных технологических методов работы, их поголовье за короткое время увеличилось в несколько раз. Изначально завезено 400 голов крупного рогатого скота, а сегодня их более 1000. Объем производимого молока составляет 24-25 тонн в сутки.

#chorvachilik #qoramol #sut #pishloq #brinza #Andijon #животноводство #крупнорогатый_скот #сыр #брынза

🌐Vebsayt💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
MUVAFFAQIYAT SIRI ISHNI TO‘G‘RI YO‘LGA QO‘YISHDA

🌾Qishloq xo‘jaligi vaziri Aziz Voitov Qashqadaryo viloyatida urug‘chilik qanday yo‘lga qo‘yilgani bilan yaqindan tanishishda davom etdi. Uning navbatdagi tashrif manzili Nishon tumanidagi “Nishon New Don Bestseeds” MCHJ bo‘ldi.

Ushbu korxona g‘alla urug‘ligini saralash va dorilash bilan shug‘ullanib keladi. Bu yerda ishlar to‘g‘ri yo‘lga qo‘yilgani bois, korxonaning kunlik ishlab chiqarish quvvati 150 tonna donni saralash va dorilashga teng. Bu esa oyiga 4 ming tonnadan ziyod sara va kasalliklardan xoli urug‘lik don yetkazib berish imkoniyati, demakdir.

Vazir Aziz Voitov boshchiligidagi ishchi guruh viloyatning Nishon tumanidagi “Uz Engineering Construction Ndh” MCHJga qarashli chorvachilik kompleksida ham bo‘ldi. Vazir bu yerda amalga oshirilayotgan ishlar bilan atroflicha tanishdi.
*****
СЕКРЕТ УСПЕХА — В ПРАВИЛЬНОЙ ОРГАНИЗАЦИИ РАБОТЫ

🌾Министр сельского хозяйства Азиз Воитов продолжил знакомство с ходом реализации реформ в агросфере, а также с тем, как развивается семеноводство в Кашкадарьинской области. Следующим пунктом в насыщенной программе рабочего визита значилось ООО «Nishon New Don Bestseeds» в Нишанском районе.

Данное предприятие занимается сортировкой и обработкой семян зерновых культур. Поскольку работа организована должным образом, суточная производственная мощность предприятия составляет 150 тонн. Это даёт возможность поставки более 4000 тонн отобранных и здоровых семян в месяц.

Рабочая группа во главе с министром сельского хозяйства также посетила животноводческий комплекс ООО «Уз Инжиниринг Констракшн Ндх» в Нишанском районе. Азиз Воитов ознакомился с проводимой здесь работой.

#tashrif #don_mahsulotlari #galla #uruglik #chorvachilik #Golshtin #sut #qoramol #Qashqadaryo #визит #семеноводство #животноводство #Кашкадарья

🌐Vebsayt💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
MAQSAD – SURXON AHLINI SIFATLI GO‘SHT VA BALIQ BILAN TAʼMINLASH

Qishloq xo‘jaligi vazirining Surxondaryodagi xizmat tashrifi davom etmoqda.

🐄Galdagi manzil Muzrabot tumanidagi “Mehnat Rohat” xususiy korxonasiga qarashli chorvachilik majmuasi hamda baliqchilik yo‘nalishi bo‘ldi. Korxona asosan sut va go‘sht ishlab chiqarishga ixtisoslashgan. Ushbu majmuada 647 bosh “Simmental” zotli qoramol parvarishlanmoqda. Yillik ishlab chiqarish hajmi 810 tonna sut va 105 tonna go‘shtni tashkil etadi.

🐟Korxonaga tegishli 2 gektar maydon baliqchilik uchun ajratilgan. Hozirda bu yerda “Oq amur” baliqlari yetishtirilmoqda. Eʼtiborlisi, xo‘jalik bir yilda 15 tonna baliq mahsulotlarini yetishtirib, mahalliy bozorga sotuvga chiqarmoqda. Maqsad surxonliklarni sifatli oziq-ovqat, xususan, sut, go‘sht va baliq mahsulotlari bilan taʼminlashdir. Ayni paytda korxonada 170 nafar doimiy va 150 nafar mavsumiy ishchilar faoliyati yo‘lga qo‘yilgan.

#tashrif #chorvachilik #qoramol #baliqchilik #oziq_ovqat #klaster #Surxondaryo

🌐Vebsayt💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
CHORVACHILIK — DAROMAD MANBAI

2019-yil 19-iyulda
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki ishtirokida “Farg‘ona vodiysida qishloq tadbirkorligini rivojlantirish” loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qarori qabul qilindi.

🐄Namangan viloyati Pop tumanida chorvachilikka ixtisoslashgan “Cafe restaurant zeytun” MCHJ ham Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki ishtirokida “Farg‘ona vodiysida qishloq tadbirkorligini rivojlantirish” loyihasi doirasida 1 mln 987 ming AQSH dollari miqdorida kredit mablag’i olgan. Ushbu mablag’lar evaziga Fransiyadan monbelyar zotli qoramollar olib kelingan. Umumiy qiymati 35 milliard so’m bo’lgan chorvachilik kompleksida kunlik sut sog’ib olish hajmi 3 tonnani tashkil etadi. Har bir qoramol o’rtacha hisobda 24-26 litrgacha sut bermoqda.
*****
ЖИВОТНОВОДСТВО — ИСТОЧНИК СТАБИЛЬНОГО ДОХОДА

19 июля 2019 года
было принято Постановление Президента Республики Узбекистан «О мерах по реализации проекта «Развитие сельского предпринимательства в Ферганской долине» с участием Международного банка реконструкции и развития».

🐄ООО “Cafe restaurant zeytun” специализирующееся на развитии животноводства в Папском районе Наманганской области, получило кредит в размере 1 млн 987 тыс. долларов США в рамках проекта «Развитие сельского предпринимательства в Ферганской долине» с участием Международного банка реконструкции и развития. За счёт этих средств из Франции был привезен племенной крупный рогатый скот породы монбелье. Объем надоев молока в животноводческом комплексе стоимостью 35 миллиардов сумов составляют 3 тонны в сутки. Каждая корова дает в среднем 24-26 литров молока.

#qishloq_xojaligi #chorvachilik #qoramol #sut #Namangan #сельское_хозяйство #животноводство #молоко #Наманган

🌐Vebsayt💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM