QISHLOQ XO'JALIGI VAZIRLIGI
12.1K subscribers
18.8K photos
2.5K videos
5 files
8.21K links
O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi

🔗 Rasmiy sahifalarimizning manzillari: https://taplink.cc/uzagroministry

📍Manzil: Toshkent viloyati, Qibray tumani, Universitet ko‘chasi, 2-uy

☎️ Ishonch telefoni: 1243
Download Telegram
CHORVACHILIKNING ISTIQBOLINI BELGILOVCHI OMIL

🔰Ayni paytda Qishloq xo‘jaligi vaziri Aziz Voitov joylarda qishloq xo‘jaligidagi islohotlarning izchilligini ta’minlash, olib borilayotgan ishlar samaradorligini ko‘zdan kechirish maqsadida Buxoro viloyatida bo‘lib turibdi.

Dastlab, vazir “Buxoro Agroklaster Chorva” MCHJ faoliyati bilan tanishdi.

Ushbu chorvachilik kompleksining tashkil etilganiga uch yilgina bo‘lishiga qaramay bugungi kunda respublikadagi boshqa chorvachilik komplekslariga na’muna bo‘lib kelmoqda. Ilm va innovatsiyani to’gri joriy qila olish chorvachilik sohasining keyingi istiqbolini belgilovchi omil ekanligiga mana shu yerda guvoh boʻlasiz. Chorva mollarini musiqa qo’yish orqali parvarish qilish, ularni boqishda gigienik talablarga qat’iy rioya qilish, maxsus oziqlantirish ratsioni bu yerda amaliyotga puxta joriy etilgan.

Bugungi kunda chorvachilik majmuasida jami 3 000 bosh sut va go‘sht yo‘nalishidagi qoramollar parvarishlanib kelinmoqda. Shundan 1 000 bosh Golshtin, Simmental va Shvis zotli sog‘in sigirlardir. Naslchilik seleksiya ishlarini keng ko‘lamda tashkil etish maqsadida hozirda bu yerda Angus va Belgiya zotli qoramollar ham keltirilib parvarishlanmoqda.

Bir bosh sog‘in sigirdan o‘rtacha 28 litr kunlik esa jami 28 tonna sut olishga erishildi.

Shuningdek, bu yerda intensiv gidroponika usulda yashil ozuqa yetishtirish ham yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, 1 kg bug‘doydan 7 kg yashil ozuqa, kunlik esa 3 tonna 800 kg yetishtirib berilmoqda.

Bundan tashqari chorva mollarining ozuqa bazasini mustahkamlash maqsadida chorvachilik kompleksiga 400 gektar ozuqa ekin yer maydoni ajratilgan bo‘lib beda, silos va don uchun makkajo‘xori va oraliq ekinlardan roj bilan tritikali ekib kelinmoqda.

#tashrif #vazir #chorvachilik_kompleksi #qoramol #Chorvadorlar_maktabi #intensiv_gidroponika #ozuqa_bazasi

🌐Vebsayt💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM