Toshkent Arxitektura-Qurilish Universiteti
7.84K subscribers
10.5K photos
1.63K videos
461 files
3.56K links
TAQU rasmiy kanali
Yangiliklar, AutoCAD, Revit, Lumion, 3DMAX, ... videolari, tanlov va loyihalar, ...

Telegram: @taqi_guruhi
Instagram: https://www.instagram.com/tiace.uz/
Kutubxona: @books_taqi
Sayt: taqu.edu.uz
Download Telegram
👷‍♂️5340200 - BINOLAR VA INSHOOTLAR QURILISHI

Kasbiy mutaxassisliklar
:
- Umumqurilish ishlari ustasi, qurilish-pardozlash ishlari ustasi, duradgorlik va pol yotqizish ishlari ustasi, tom yopish ishlari ustasi.

Ixtisosliklar:
- Oliy (bino va inshootlar qurilishi, qurilishni tashkil etish texnologiyasi, infratuzilma ob’ektlarini qurish, qurilish konstruksiyalarini loyihalash, ko‘priklar, tonnellar va metropoliten qurilishi, qurilish iqtisodiyoti) – arxitektura va qurilish institutlari, arxitektura-qurilish fakultetlariga ega bo‘lgan oliy o‘quv yurtlari.

Qobiliyatlar:
- yaxshi sog‘lik, jismoniy chidamlilik, ko‘z bilan chamalab bilish va rivojlangan harakatlarning o‘zaro muvofiqligiga, shuningdek, xalqda “qo‘li gullik” deyiladigan xislatga ega bo‘lish talab qilinadi.

Fanlar:
- jismoniy tarbiya, mehnat, matematika, fizika, ona tili, chizmachilik, chet tili, informatika va axborot texnologiyalari.
...

#maqola #yunalish #kasblar #binokor
@taqi_uz
👷‍♂️5340300 - SHAHAR QURILISHI VA XO‘JALIGI

Kasbiy mutaxassisliklar
:
- Obodonlashtirish bo'yicha texnik, turar joy va jamoat binolaridan foydalanish va ko'chmas mulkni ro'xatga oluvchi, lift va ko'tarma mexanizmlardan foydalanish va ta'mirlash texnigi.

Ixtisosliklar:
- Oliy (binolar va shahar hududlarini qayta qurish, tiklash, obodonlashtirish va ulardan foydalanish, shahar transporti xo‘jaligi va aloqa yo‘llari) –arxitektura-qurilish institutlari, texnika oliy o‘quv yurtlari.

Qobiliyatlar:
- ishchanlik, mas’uliyat, sinchkovlik, diqqat va yaxshi xotira.

Fanlar:
- matematika, fizika, chizmachilik, jismoniy tarbiya, ona tili, chet tili, texnologiya, chilangarlik ishi.
...

#maqola #yunalish #kasblar #shaharsozlik
@taqi_uz
👷‍♂️5340400 - MUHANDISLIK KOMMUNIKATSIYALARI QURILISHI VA MONTAJI

Kasbiy mutaxassisliklar
:
- Suv, gaz ta'minoti va kanalizatsiya tizimlarini o'rnatish ta'mirlash va ishlatish ustasi, kommunal xo'jaligi ob'ektlaridan foydalanish bo'yicha texnik-texnolog, kommunal xo'jaligi texnikalari va mashinalari mexanigi (texnigi), magistral, mahalliy va tarmoq quvurlarini montaj qilish, foydalanish, ta'mirlash mexanigi, shamollatish tizimlari va jihozlarini montaj qilish, foydalanish va ta'mirlash texnigi, yuklash va tushirish texnikalari mashinisti.

Ixtisosliklar:
- Oliy (muhandis) – muhandislik-qurilish, texnika oliy o‘quv yurtlari.

Qobiliyatlar:
- texnikaga qiziqish, sozlash kalitlari va boshqa turdagi asboblar bilan yaxshi muomala qilish, noxush hidlarga nisbatan chidamlilik va mustahkam sog‘lik

Fanlar:
- jismoniy tarbiya, matematika, chizmachilik, fizika, kimyo, ona tili, chet tili, elektrotexnika, chilangarlik ishi, psixologiya
...

#maqola #yunalish #kasblar #muhandis
@taqi_uz
👷‍♂️5340500 - QURILISH MATERIALLARI VA BUYUMLARINI ISHLAB CHIQARISH TEXNOLOGIYASI

Kasbiy mutaxassisliklar
:
- Qurilish materiallari ishlab chiqarish bo'yicha texnik-texnolog, temir-beton buyumlarini ishlab-chiqarish texnigi

Ixtisosliklar:
- Oliy (muhandis-texnik, muhandis-texnolog) – texnika yoki muhandislik texnologiyasi oliy o‘quv yurtlari

Qobiliyatlar:
- ishchanlik, mas’uliyat, sinchkovlik, diqqat va yaxshi xotira, mustahkam sog‘lik, jismoniy bardoshlilik

Fanlar:
- matematika, fizika, chizmachilik, kimyo, jismoniy tarbiya, ona tili, chet tili, texnologiya, chilangarlik ishi
...

#maqola #yunalish #kasblar
@taqi_uz
👷‍♂️5340700 - GIDROTEXNIKA QURILISHI

Kasbiy mutaxassisliklar
:
- Gidrotexnik inshootlar qurilishi bo'yicha texnik-quruvchi

Ixtisosliklar:
- Oliy (gidrotexnika inshootlari, geotexnika va erosti gidrotexnika inshootlari, gidroelektr va nasos stansiyalari qurilishi, gidravlika, muhandislik gidrologiyasi) – avtomobil va yo‘llar, irrigatsiya va melioratsiya, arxitektura va qurilish oliy o‘quv yurtlari

Qobiliyatlar:
- mantiqiy fikrlash qobiliyati, yuqori tashkilotchilik xususiyatlari, ohistalik, diqqat, yaxshi ko‘rish qobiliyati, aniq va chaqqon harakatlar, bosiqlik, asabiy bardoshlilik, jismoniy kuch, mustahkam sog‘lik va iroda

Fanlar:
- matematika, chizmachilik, fizika, jismoniy tarbiya, hayot faoliyati xavfsizligi, kimyo, materialshunoslik, ona tili, chet tillari, informatika va axborot texnologiyalari
...

#maqola #yunalish #kasblar #gidrotexnika
@taqi_uz
👨‍⚕️5230200 - MENEJMENT

Kasbiy mutaxassisliklar
:
- Menejer yordamchisi

Ixtisosliklar:
- Oliy (menejer) – iqtisodiyot va menejment fakultetlariga ega bo‘lgan oliy o‘quv yurtlari

Qobiliyatlar:
- yuqori ishchanlik va chaqqonlik, sabr, stresslarga chidamlilik, yoqimli tashqi ko‘rinish, insonlar bilan muloqotda bo‘la olish, suhbatdoshni ko‘ndirish mahorati, qo‘yilgan maqsadga erishish yo‘lida o‘ziga xos tirishqoqlik

Fanlar:
- matematika, ona tili va adabiyot, chet tili, iqtisodiy bilim asoslari, informatika, nutq madaniyati, ish yuritish, psixologiya
...

#maqola #yunalish #kasblar #menejment
@taqi_uz
👨‍⚕️5310900 - METROLOGIYA, STANDARTLASHTIRISH VA MAHSULOT SIFATI MENEJMENTI

Kasbiy mutaxassisliklar
:
- Metrologiya, standartlashtirish va sifatni boshqarish bo‘yicha texnik, qishloq xo'jaligi mahsulotlarini standartlashtirish metrologiyasi va sertifikatlashtirish texnigi, qishloq xo'jaligi mahsulotlarini qayta ishlash texnik-texnologi

Ixtisosliklar:
- Oliy (mahsulotlar xavfsizligi va ularning sertifikatsiyasi mutaxassisi, metrolog, standartlashtirish va sifatni boshqarish texnologi) – iqtisodiyot, texnika, muhandislik texnologiyalari oliy o‘quv yurtlari

Qobiliyatlar:
- mantiqiy fikrlash, diqqat, o‘lchov va ko‘rsatkichlarga nisbatan yaxshi xotira, javobgarlik va mas’uliyat hissi, bosiq xarakter, aniqlik, ohistalik, o‘ta qat’iyatlilik

Fanlar:
- kimyo, biologiya, fizika, matematika, ona tili, chet tillari, elektrotexnika, psixologiya, informatika va axborot texnologiyalari, iqtisodiy bilim asoslari, “Texnik ijodkorlik” to‘garaklaridagi mashg‘ulotlar
...

#maqola #yunalish #kasblar #metrologiya
@taqi_uz
👨‍⚕️5311500 - GEODEZIYA, KARTOGRAFIYA VA KADASTR

Kasbiy mutaxassisliklar
:
- Yer tuzuvchi va geodeziya ishlari texnigi, kartografiya ishlari texnigi, kadastr ishi texnigi

Ixtisosliklar:
- Oliy (geodezist, kadastr ishi mutaxassisi) – arxitektura va qurilish, muhandislik texnologiyalari institutlari, qishloq xo‘jaligi oliy o‘quv yurtlari.

Qobiliyatlar:
- aniq fanlarga nisbatan qobiliyat, kuzatuvchanlik, ko‘z bilan chamalay olish, ohistalik, mas’uliyat, jismoniy chidamlilik, rivojlangan fikrlash qobiliyati, keng tasavvur, qo‘l harakatlarining yaxshi koordinatsiyasi, chiqishimlilik

Fanlar:
- matematika, fizika, geografiya, ona tili, chet tili, chizmachilik, informatika va axborot texnologiyalari, “Texnik ijodkorlik” to‘garagidagi mashg‘ulotlar
...

#maqola #yunalish #kasblar #geodeziya #kartografiya #kadastr
@taqi_uz
👨‍⚕️5321300 - NEFT VA NEFT-GAZNI QAYTA ISHLASH TEXNOLOGIYASI
(
❗️bizda aynan shu emasu, 5312000 - Neft-gazni qayta ishlash sanoati
ob’ektlarini loyihalashtirish va qurish
yo'nalishi mavjud)

Kasbiy mutaxassisliklar
:
- Neft va gazga kimyoviy ishlov berish va qayta ishlash texnik-texnologi, neft va gazni tashish va saqlash qurilmalari texnik-mexanigi, neft va gaz quduqlarini sinash texnigi, neft va gaz quduqlarini burg'ulash texnigi, neft va gaz konlari mashina jihozlarini ishlatish texnigi

Ixtisosliklar:
- Oliy (neft va gaz konlari operatori, neft va gaz konlari mashina va jihozlari mashinisti, neft va gaz quduqlari burg‘ulovchisi) – tog‘ kon metallurgiya instituti, muhandislik va texnik institutlar, universtitetlar

Qobiliyatlar:
- qandaydir o‘ziga xos iste’dod talab qilinmaydi, lekin kimyoviy, fizik va texnik bilimlar, mustahkam sog‘lik, jismoniy tayyorgarlik,chiqishimlilik, jismonan qiyin ishlarni bajarish uchun kuch va matonatga ega bo‘lish, kuchli iroda

...

#maqola #yunalish #kasblar #neft #gaz
@taqi_uz
👨‍⚕️5150900 - DIZAYN (turlari bo'yicha)

Kasbiy mutaxassisliklar
:
- Dizayner, reklama bo'yicha mutaxassis, inter'er va mebellar, landshaft, me'moriy-dekorativ san'ati loyihalovchi, milliy etnografik va badiiy liboslar dizayneri

Ixtisosliklar:
- O‘rta maxsus (reklama va kompyuter grafikasi ; fotograf-dizayner, ko‘rgazmalar, interer va jihozlar dekoratori; mebellarni loyihalovchi; landshaft loyihalovchi; etnografik liboslar dizayneri; badiiy, milliy liboslar rassomi; shoyi va atlas buyumlar tikuvchisi, do‘ppi va milliy kiyimlar tikuvchisi) –dizayn, madaniyat va san’at kollejlari;
- Oliy (dizayner) – teatr va rassomchilik, madaniyat va san’at institutlari, texnika OTM.

Qobiliyatlar:
- xotirada tez va uzoq vaqt saqlay olish, chiqishimlilik, mantiqiy fikr, diqqatni to‘play olish, keng tasavvur, estetik did, ohistalik, xushmuomalalik

Fanlar:
- tasviriy san’at, informatika va kompyuter grafikasi, estetika, ona tili, chet tili, psixologiya
...

#maqola #yunalish #kasblar #dizayn
@taqi_uz
📣 Assalomu alaykum!

Kanalimiz a'zolari va mehmonlariga qulaylik yaratish maqsadida kichkinagina qo'llanma tayyorladik. 👇
Quyida kanalimizdagi materiallar mavzularga bo'lingan holda heshteglari bilan berilgan, o'zingizni qiziqtirgan mavzu bo'yicha berilgan heshteg (# belgisi bilan berilgan yozuv)ni ustiga bossangiz kifoya: ayni shu mavzudagi materiallarni tez va oson topishingiz mumkin!

1️⃣ Yangilik, e'lon, tanlov va grantlar:
#yangilik #elon #abituriyent
#tanlov #stipendiya #grant
#talaba

2️⃣ Barcha videodarslar - #videodars
#AutoCAD #PhotoShop #Revit
#lira_sapr #CorelDRAW #Lumion
#taxeometr #geodeziya #3DMax
#Adobe_XD #geodezist

3️⃣ Institutimizdagi yo'nalishlar:
#yunalish #kasblar

4️⃣ Bo'sh ish o'rinlari: #vakansiya

5️⃣ AutoCADda tayyor loyihalar namunalari:
#dwg #tayyor_loyiha

6️⃣ Talabalar loyihalari: #talabalar_loyihalari

7️⃣ Foydali materiallar, maqola, rolik, ...:
#foydali #rolik #dizayn
#qiziqarli #qiziq #timelapse
#LifeHack #maqola #ajoyib
#Landshaft #texnologiya #havfsizlik

8️⃣ Hazil va mulohaza rukni:
#tabassum #mulohaza
#ijtimoiy_reklama

9️⃣ Bonus materiallar:
#tuhfa #hikoya #mp3
#hikmat #hadis #sitata
#iqtibos

#heshteg
@taqi_uz