Toshkent Arxitektura-Qurilish Universiteti
8K subscribers
10.5K photos
1.63K videos
461 files
3.57K links
TAQU rasmiy kanali
Yangiliklar, AutoCAD, Revit, Lumion, 3DMAX, ... videolari, tanlov va loyihalar, ...

Telegram: @taqi_guruhi
Instagram: https://www.instagram.com/tiace.uz/
Kutubxona: @books_taqi
Sayt: taqu.edu.uz
Download Telegram
Insonlarga ishonchni qaytaruvchi hikoyalar

Har
yili birinchi dekabrdan boshlab yangi yil kunigacha har kuni qizimga pari nomidan xat yozib pochta qutisiga tashlayman. Xatda qizim uchun kichkinagina vazifa va sovg‘a bo‘ladi. Qizim dekabrni orziqib kutadi.

Xatlarni ishdan bo‘sh vaqtimda yozaman, tushlik vaqtida magazinga borib sovg‘achalar sotib olaman, qizimga vazifalar o‘ylab topaman. Hamkasblarim uchun men doim o‘ylanib yuradigan, tund ayolman, aslida esa pariman.

#hikoya
@taqi_uz - Mundarija
Muhabbat haqida qisqa hikoyalar

Bugun qizimni turmushga uzatdim. 10 yilcha oldin men 14 yoshli yigitchani olov ichida yonayotgan mashinadan qutqarib oldim. Vrachlar uni endi hech qachon yura olmaydi deyishdi. Qizim men bilan birga uni bir necha bor ko‘rishga bordi. So‘ngra u yerga yolg‘iz borishda davom etdi. Bugun esa men o‘sha yigitning ikkala oyog‘ida mustahkam turib, qizimning qo‘liga uzuk taqayotganini ko‘rib turibman.
Manba: xabardor.uz

#hikoya
@taqi_uz
Muhabbat haqida qisqa hikoyalar

Bugun
bir kichkina qizaloqni operatsiya qildim. Unga birinchi guruh qoni kerak bo‘ldi. Bizda bunday qon yo‘q edi, biroq uning egizak akasi birinchi qon guruhida ekan. Men unga vaziyat qanchalik jiddiy ekanligini yotig‘i bilan tushintirdim. U biroz o‘ylab turib, ota-onasi bilan xayrlashdi. Biz undan qon olib bo‘lgach, u mendan qachon o‘lishini so‘ramagunicha uning nega bunday qilganini tushunmadim. U singlisi uchun hayotini ham ayamagan ekan (u undan barcha qonini olishadi deb o'ylagan ekan). Hozir ularning ikkisi ham sog‘ va salomat.

Manba: xabardor.uz

#hikoya
@taqi_uz
Muhabbat haqida qisqa hikoyalar

Bugun
, ikki yil alohida yashaganimizdan so‘ng barcha xafagarchiliklarni unitib, birinchi marta sobiq xotinim bilan birgalikda kechki ovqat qilishga qaror qildik. To‘rt soat davomida rosa suhbatlashdik, kulishdik. Xotinim ketish oldidan qo‘limga katta, qalin konvert tutqazdi. Unda xotinim o‘tgan ikki yil davomida yozgan 20 ta sevgi nomalari yotardi. Konvert ustiga shunday yozilgandi: “Qaysarligim tufayli yuborilmay qolgan xatlar”.

Manba: xabardor.uz

#hikoya
@taqi_uz
Muhabbat haqida qisqa hikoyalar

Bugun men bilan baxsiz hodisa yuz berdi. Peshanam chuqur tilindi. Doktor peshanamni bint bilan o‘rab, uni bir hafta yechmasligimni buyurdi. Albatta, bu menga yoqmadi. Ikki daqiqadan so‘ng xonaga ukam kirib keldi. Uning ham peshanasi bint bilan o‘ralgandi. Onamning aytishicha, ukam meni yolg‘iz xafa bo‘lishimni istamabdi.

Manba: xabardor.uz

#hikoya
@taqi_uz
Muhabbat haqida qisqa hikoyalar

Bugun bobom bilan uyga ketayotganimda u birdan to‘xtab dedi: “Buvinga guldasta olishni unutibman. Hozir burchakdagi do‘konga kirib o‘tamiz, men unga guldasta sotib olaman. Tez bo‘laman”. “Bugun qandaydir alohida kunmi?” – so‘radim undan. “Ha, yo‘q – javob berdi u. - Har kunning o‘zi alohida. Buving gullarni juda yaxshi ko‘radi. Gullar uni behad xursand qiladi”.

Manba: xabardor.uz

#hikoya
@taqi_uz
Muhabbat haqida qisqa hikoyalar

Bugun 8 yoshli o‘g‘lim meni quchoqlab, dedi: “Siz dunyodagi eng yaxshi onasiz”. Tabassum bilan undan so‘radim: “Sen qayerdan bilasan? Axir dunyodagi hamma onani ko‘rmagansanku”. O‘g‘lim meni yanada qattiq quchib, javob berdi: “O‘sha meni dunyoyim ham sizsizda”.

Manba:
xabardor.uz

#hikoya
@taqi_uz
Ernest Xeminguey har qanday insonni ta’sirlantiradigan, o‘zi atigi bir necha so‘zdan iborat hikoya yoza olishdan bahs boylashgan. Unga g‘alaba olib kelgan hikoya mana:
“Bolalar poyafzali sotiladi. Kiyilmagan…”

#hikoya
@taqi_uz
"O'xshashlik..."

- Yaxshi qiz, bilasizmi, bolalarimning onasiga juda ham öxsharkansiz?
- Yög'e?
- Ha...
- Nechta farzandingiz bor o'zi?
- Hozircha, bitta ham yo'q...

#hikoya
@taqi_uz
Xizmat haqi

Bola dadasidan olgan pullarini vaqtidan avval ishlatib qo‘ydi. Yaqinda ta’til boshlanadi. Maza qilmaydi. Yo‘lini topish kerak. Qo‘liga tushgan jurnalda, har bir xizmatga haq to‘lanishi lozimligini o‘qib, ko‘zlari charaqlab ketdi. Bu mantiqqa ko‘ra, oilasi uchun qilgan ishlarining har biriga haq olishi kerak! Do‘kondan non keltirishni 500 so‘mga, ahlat to‘kishni 1000 so‘mga, onasi bilan bozorga borib kelishini 3000 so‘mga baholasa, qimmatga tushmaydigandek edi.
Xuddi shunday qildi. Bir varaqqa oy davomida bajargan ishlarini yozib narx qo‘ydi. Umumiy summa 100000 so‘mni tashkil etdi. Xatni sekingina onasining yoniga solib qo‘ydi. Boyish yo‘lini topganidan boshi osmonda!
Ertalab dars stoli ustidan 100000 so‘m pul va bir enlik xatcha topdi:
«Seni o‘lim bilan olishib dunyoga keltirganim, yillar bo‘yi ustingni toza tutganim, ming bir azob bilan o‘stirayotganimning haqi — faqat sevging va yonog‘ingdan olganim birgina o‘pichdir! Ishlab topgan pulingni o‘ynab-kulib ishlat, bolajonim!..»

#hikoya
@taqi_uz
📣 Assalomu alaykum!

Kanalimiz a'zolari va mehmonlariga qulaylik yaratish maqsadida kichkinagina qo'llanma tayyorladik. 👇
Quyida kanalimizdagi materiallar mavzularga bo'lingan holda heshteglari bilan berilgan, o'zingizni qiziqtirgan mavzu bo'yicha berilgan heshteg (# belgisi bilan berilgan yozuv)ni ustiga bossangiz kifoya: ayni shu mavzudagi materiallarni tez va oson topishingiz mumkin!

1️⃣ Yangilik, e'lon, tanlov va grantlar:
#yangilik #elon #abituriyent
#tanlov #stipendiya #grant
#talaba

2️⃣ Barcha videodarslar - #videodars
#AutoCAD #PhotoShop #Revit
#lira_sapr #CorelDRAW #Lumion
#taxeometr #geodeziya #3DMax
#Adobe_XD #geodezist

3️⃣ Institutimizdagi yo'nalishlar:
#yunalish #kasblar

4️⃣ Bo'sh ish o'rinlari: #vakansiya

5️⃣ AutoCADda tayyor loyihalar namunalari:
#dwg #tayyor_loyiha

6️⃣ Talabalar loyihalari: #talabalar_loyihalari

7️⃣ Foydali materiallar, maqola, rolik, ...:
#foydali #rolik #dizayn
#qiziqarli #qiziq #timelapse
#LifeHack #maqola #ajoyib
#Landshaft #texnologiya #havfsizlik

8️⃣ Hazil va mulohaza rukni:
#tabassum #mulohaza
#ijtimoiy_reklama

9️⃣ Bonus materiallar:
#tuhfa #hikoya #mp3
#hikmat #hadis #sitata
#iqtibos

#heshteg
@taqi_uz
Mahalliy do'kon

👦 – Amaki, mana! Shu pulga qancha sigareta keladi?

👨‍🦳 – Hmm, olti quti. Ammo men yosh bolalarga sigareta sotmayman.

👦 – Men sotib olmoqchi emasman. Dadam sigareta soʻrab kirsalar, olti safar yoʻq deb ayting! Iltimos…

#hikoya #mulohaza
@taqi_uz
QARZ

👨‍⚕️
– Dada, esingizdami bundan toʻrt yarim oy burun – singlimnikidagi toʻy oldidan mendan 350 ming olgan edingiz?

👨‍🦳 – Ha-ya, albatta, hozir…

👨‍⚕️ – Yoʻq-yoʻq, bu nima qilganingiz? Uni talab qilayotganim yoʻq. Otaga berilgan pulni ham soʻralarkanmi? Ammo bu narsa farzandning gardanida qolib ketmasligi kerak! Oʻtgan oyda sizdan qancha olgandim?

👨‍🦳 – Qaydam?.. Esimda yoʻq…

#hikoya #mulohaza
@taqi_uz
Sinfdosh dugonalar uchrashuvi. (Devid Xofman)

Maktabda ular oralaridan qil oʻtmas dugona edilar.

– Qoʻngʻiroq qilib tur, unutib yuborma, – dedi u dugonasiga bitiruv oqshomida.

– Albatta, sen ham.

Maktabni bitirganlariga ellik yil toʻlishi munosabati bilan uyushtirilgan sinfdoshlar uchrashuvida ular shu payt davomida birinchi marta gaplashishdi.

– Seni koʻrganimdan xursandman.

– Men ham.

– Qoʻngʻiroq qilib tur, unutib yuborma.

– Albatta, sen ham.

#hikoya #mulohaza
@taqi_uz
MASALA

– Aya, – deya oʻgʻli kitobini koʻtarib, serial koʻrayotgan onasining oldiga keldi. – Masalam…

– Oʻchirib tur, – oʻgʻlini jerkib solgan ona koʻzlarini ekrandan uzmasdan quloqlariga qistirilgan telefoniga shangʻilladi: – Koʻrdingmi, Shaxxi, toʻgʻri qildi yolgʻon aytib… aytuvdim-ku buyam eriga qasdma-qasd xiyonat qiladi deb… Ajab qildi…

Oʻgʻil telefon titkilayotgan otaning tepasiga bordi:

– Dada…

Ota boshini ham koʻtarmasdan qoʻl siltadi. Mitti ekranda kunning eng muhim voqealari tasvirlari oʻta boshladi: Yaponiyada zilzila, AQSHda dovul, Indoneziyada vulqon, Afgʻonistonda portlash…

Masala yana yechilmadi.

Shundoqqina qoʻshni xonada kitobini uloqtirib uxlashga yotdi – ulgʻayayotgan yolgʻon… xiyonat… zilzila… vulqon… dovul… bomba…

#hikoya #mulohaza
@taqi_uz
Ibratli hikoya

Bir podshoh saroyida marmardan hovuz bunyod ettiribdi.
So'ngra, xalqqa - "shu oqshom har bir honadon bir kosadan sut olib kelib hovuzga to'ksin" - deya farmon beribdi.
Darhaqiqat, har bir honadon bir kosadan sut olib kelib quysa hovuz sutga to'lar ekan.
Shunday qilib oqshom cho'kibdi va halq hovuzni to'ldirishga kirishibdi. Ittifoqo, odamlardan biri bir kosa sutni olib ketayotib, - "Shu sutni o'rniga suv quysam bo'lmaydimi? Shuncha odamni orasida mening suv quyganim bilinmay ketadi, sutni esa o'zim ichaman" - deya o'ylanib qolibdi.
Ko'p mulohaza qilib o'tirmay, shartta, sut o'rniga suv olib borib, el qatori hovuzga to'kib qaytibdi.
Ertasi tongda shu odam qani bir hovuzni ko'ray deb borsa hovuz tip-tiniq zilol suv bilan to'la ekan!

Hikoya Tohir Malikning "Iymonlashish umidi" kitobidan olindi

#hikoya #foydali
@taqi_uz