Toshkent Arxitektura-Qurilish Universiteti
7.84K subscribers
10.5K photos
1.63K videos
461 files
3.56K links
TAQU rasmiy kanali
Yangiliklar, AutoCAD, Revit, Lumion, 3DMAX, ... videolari, tanlov va loyihalar, ...

Telegram: @taqi_guruhi
Instagram: https://www.instagram.com/tiace.uz/
Kutubxona: @books_taqi
Sayt: taqu.edu.uz
Download Telegram
MASALA

– Aya, – deya oʻgʻli kitobini koʻtarib, serial koʻrayotgan onasining oldiga keldi. – Masalam…

– Oʻchirib tur, – oʻgʻlini jerkib solgan ona koʻzlarini ekrandan uzmasdan quloqlariga qistirilgan telefoniga shangʻilladi: – Koʻrdingmi, Shaxxi, toʻgʻri qildi yolgʻon aytib… aytuvdim-ku buyam eriga qasdma-qasd xiyonat qiladi deb… Ajab qildi…

Oʻgʻil telefon titkilayotgan otaning tepasiga bordi:

– Dada…

Ota boshini ham koʻtarmasdan qoʻl siltadi. Mitti ekranda kunning eng muhim voqealari tasvirlari oʻta boshladi: Yaponiyada zilzila, AQSHda dovul, Indoneziyada vulqon, Afgʻonistonda portlash…

Masala yana yechilmadi.

Shundoqqina qoʻshni xonada kitobini uloqtirib uxlashga yotdi – ulgʻayayotgan yolgʻon… xiyonat… zilzila… vulqon… dovul… bomba…

#hikoya #mulohaza
@taqi_uz
Yusufbek hoji: "... Ittifoqni ne el ekanini bilmagan, yolg‘iz o‘z manfaati shaxsiyasi yo‘lida bir-birini yeb, ichkan mansabparast, dunyoparast va shuhratparast muttahamlar Turkiston tuprog‘idan yo‘qolmay turib, bizning odam bo‘lishimizg‘a aqlim yetmay qoldi. Biz shu holda ketadirgan, bir-birimizning tegimizga suv quyadirg‘an bo‘lsaq yaqindirki, o‘rus istibdodi o‘zining iflos oyog‘i bilan Turkistonimizni bulg‘atar va biz bo‘lsaq o‘z qo‘limiz bilan kelgusi naslimizning bo‘ynig‘a o‘rus bo‘yindirig‘ini kiydirgan bo‘larmiz. O‘z naslini o‘z qo‘li bilan kofir qo‘lig‘a tutqin qilib topshirquchi — biz ko‘r va aqlsiz otalarg‘a xudoning la’nati albatta tushar, o‘g‘lim! ..."

Abdulla Qodiriy -
"O'tkan kunlar"

#mulohaza #tavsiya #kitob #iqtibos
@taqi_uz
“O’zbek ishi”

Osmon baravar plan berdilar.

- Bajarasan!-dedilar.

- Bajarolmayman,-dedi.

- Bajarasan!!- dedilar.

- Bajarmayman!!-dedi.

- Qamalasan!!! - dedilar.

Bajardi… Bola-chaqasi ko’p edi…

Orden berdilar... Planni oshirib bajargani uchun...

Keyin… qamadilar… Qo’shib yozgani uchun… Bola-chaqasi ko’p edi…

📖 O'tkir Hoshimov "Daftar hoshiyasidagi bitiklar"

#mulohaza #tavsiya #kitob
🔽 Kitob: APK | PDF | MP3
@taqi_uz
Tomsuvoq

Qishloqda kuz pallasi tomsuvoq qilish udumi bo’lardi. Uning yozilmagan qoidasi bor. Birinchidan, hech kim tomini yolg’iz o’zi suvamaydi: hamma hasharga keladi. Ikkinchidan: beva-bechora, qo’li qisqa xonadonning uyi eng avval tomsuvoq qilinadi.keyin, navbatma-navbat davom etaveradi…
O’qituvchimizning hashariga ayniqsa ko’p odam yig’ildi. Uyi katta yo’l yoqasida edi. Shundoq ko’cha chetidan loyhandaq qazilgan ekan. Somon, katta yo’lning ko’pchib yotgan tuprog’iga qovushib, obdon yumshabdi. O’qituvchimizning Azim aka degan qo’shnisi ishboshi bo’ldi. Birov handaqqa tushib loy soberib turdi, birov paqirlab loy tashiydi, yana birov tomda turib, ilgak bilan tortib oladi, boshqasi hafsala bilan suvaydi…
Erta peshindayoq hamma ishni qoyil qilib tashladik. Hovli o’rtasidagi tut tagida ovqatlanib o’tirsak, o’qituvchimning keksa onasi kelib qoldi. (Keyin eshitsak, bir hafta avval ko’zi yorigan qizinikiga ketgan ekan).
Kampir hassasini do’qqillatib, to’ppa-to’g’ri o’qituvchimizning oldiga bordi.
- Nima qilding?- dedi o’g’lining salomiga alik ham olmay.- Nima ish qilib qo’yding?!
Hammamiz hayron bo’lib qoldik. Muallim o’quvchilarining oldida ayniqsa mulzam bo’ldi, shekilli, qizarib ketdi.
- Nima qipman, oyi?-dedi ko’zlarini pirpiratib.
-Dard!-kampir hassasi bilan yerninuqidi.- Sanga qachon aql kiradi, nodon bola!- Keyin Azim akaga yuzlandi.- Bu-ku ahmoqlik qilishga qipti, siz qayoqda edingiz? Nega ko’chadan loy qildilaring?! Ko’chaning tuprog’iga tegib bo’ladimi, nobakor! Ko’pchilikning
haqi-ku bu!- Bir zum harsillab turdi-da, to’satdan yig’lab yubordi.- Man yurtning haqiga suvalgan tom tagida turmayman!- Shunday dedi-yu, supa labiga borib, ters o’tirib oldi…
… Hammamiz qaytadan tomga chiqdik… Suvoq qilishdan ko’ra loyni ko’chirish qiyin bo’larkan. Bitta qoldirmay, qirtishlab, tomdan tushirdik. Paqirlab tashib, ko’chadagi loyhandaqni to’ldirib qo’ydik…
… Oradan yillar o’tib, kampir ko’z yumganida tumonat odam uni o’sha ko’chadan so’nggi manziliga ko’tarib bordi…
Ko’cha tuprog’i iliq edi… Mayin edi…

PS: Ayrim "davlatnikiku, kamayib qolarmidi", "seni puling ketganmi", ... deya xalq/davlat mulkini talon-taroj qiladigan(xaromdan qaytmaydigan)lar ibrat olsa bo'ladigan voqea ekan. Davlat mulkida millionlab insonlar haqqi bo'ladi, javobgarligi og'ir!!!

📖 O'tkir Hoshimov "Daftar hoshiyasidagi bitiklar"

#mulohaza #tavsiya #kitob
🔽 Kitob: APK | PDF | MP3
@taqi_uz
Kelajakka xat

(Ushbu qo‘shiqni eshitib o‘qish tavsiya qilinadi)

Salom kelajakda shu kanalni arxivlarini o‘qiyotgan avlodlar. Balki hozir 2100 yildir, balki undan ham ko‘p. Men 2020 yildan yozyapman. Yoshim 30 da. Hozir shu kunlarda Turkiyaning Istanbul shahridaman. Mana bir oydan beri karantin rejimidaman, 13 kunki uydan absolyutno hech qaerga chiqqanim yo‘q. Derazadan tashqariga qarar ekanman, mushuklar va qushlardan boshqa jonzotga ko‘zim tushmaydi. Ammo soat kechki 21 bo‘lishi bilan, odamlar uylarining derazalaridan turib qarsaklar chalishadi. Shunda his qilaman yolg‘iz emasligimni. Masjidlardan azon ovozini eshitganimda esa bu ko‘nglimga qandaydir umid baxsh etadi.

Hozir xuddi kino qahramonidayman, go‘yoki bu kunlar tush, uyg‘onib ketsam hammasi avvalgiday davom etishi kerakday tuyuladi. Biz insoniyat, o‘zimizga juda qattiq ishonib yuborgan edik. Ilm-fan, yangi texnologiyalar, globalizatsiya jarayonida shunday katta yutuqlarga erishdikki, dunyoda pandemiya ro‘y berishini hayolimizga ham keltira olmasdik.

Biz insoniyat, ovqat va tomosha, ko‘ngilxushliklar uchun juda ko‘p pul sarfladik, sport o‘yinlari, qimmat mashinalar, haddan tashqari kerakmas narsalarga ham ko‘p pul sarfladik, Boshqa bir birodarimiz nonga zor yig‘lagan vaqtda boshqalar hattoki oltinni yeyish mumkin bo‘lgan holatga keltirib iste’mol qilishdi. Bizning kunlik mavzularimiz futbol, g‘iybat, bemaza prikollar edi. Turmush tashvishlari, qanday qilib uyimizni qo‘shnimizni uyidan balandroq qilib qurish haqida o‘ylardik. Vrachlarga kunda kunora qo‘l ko‘tardik, o‘qituvchiga yetarli hurmat ko‘rsatmadik. Hech qachon bu insonlarga qahramonlar sifatida qaramadik, oldi qochdi filmlar ko‘rdik popkorn yeb, biz uchun superqahramonlar Temir Odam va Supermen edi. (hozir bu kinolarimiz sizlarga multfilm bo‘lib tuyulsa kerak)

2020 yilda koronavirus pandemiyasi boshlandi... Boshida buni bizga aloqasi yo‘q deb o‘yladik. Xitoyliklarni ustiga xudo yuborgan balo deb, bundan xursand bo‘lgan eshakmiyalar ham bo‘ldi. Hozir esa, qo‘rqmasdan yomg‘ir ostida sayr qila olmaymiz, o‘pkamizni to‘ldirib toza havodan nafas olib tabiatning ne’matlaridan bahramand bo‘la olmaymiz.

Biz industrializatsiya davrida yashadik, o‘rmonlarni kesib tugatdik, dengizlarni quritdik, bir zamonlar inson qo‘li tegmagan jannatmakon o‘lkalarni cho‘l-u biyobonga aylantirdik... Sizlarga, o‘zimizdan keyingilarga qanday dunyo tashlab ketishimiz haqida o‘ylamadik, o‘ylaganlarni ustidan kuldik...

Sizlarda balki hozir kiberpank davridir, bizni qanday yashaganimiz juda primitiv va kulgili tuyular. Balki bizlarni qarg‘arsiz... Bilasizmi, biz minglab odamlarni chaqirib isrofgarchilik bilan to‘ylar qilardik. Juda ko‘p oilalar esa shunga qaramay ajrashib ketishardi. Biz o‘zimiz xohlaganday emas, boshqalarning biz haqimizdagi fikrlarini muhim deb hisoblab qilardik buni.

Dunyoning eng odam gavjum joylari bo‘shab qoldi, bir zamonlar bolalar kulgisi bilan to‘lgan o‘yin maydonchalari, bugun kimsasiz yetim qolgan tabiat kabi yotibdi... Hali farzandlarim uchun deb birorta daraxt ekishga ulgurmagan edim... Bir zamonlar odamlarning hayratli nigohlari bilan tomosha qilingan muzeylar bo‘sh, dengizlar, yo‘llar bo‘sh... Bugun Vatikan ham, Quddus ham, hatto Ka’ba ham bo‘sh... Biz o‘z xatolarimizning qurbonlariga aylandik.

Biz xulosalar qilib, albatta bu balodan qutulishimizga ishonamiz. Sizlar esa biz qilgan xatolarni takrorlamanglar. Sizlarning ham kelajakda dunyoga kelishingiz, sevishingiz, baxtli bo‘lishingiz, avlodlaringiz uchun yaxshi ishlar qilishingizga haqqingiz bor. Biz shunday avlod bo‘ldikki, o‘tmish xatolaridan yetarli xulosa qila olmadik, mana endi o‘z boshimizdan kechirib xulosa qilmoqdamiz. Sizlar bizday bo‘lmanglar.

Nurbek Alimov. 27.03.2020

PS: Ushbu 👆 material Nurbek Alimovning telegram kanalidan olindi!

#demotivator #mulohaza
Kanalga ulanish 👉 - @taqi_uz
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Kanalimiz telegram guruhiga Shohjahon ismli foydalanuvchi tomonidan dekabr oyida yuqori👆dagi videorolik yuborilgan ekan. Ko'rishni tavsiya qilaman!

🎬 Rolik nomi: Meni yig'latgan ta'sirli videorolik

#rolik #mulohaza
Videodarslar| YouTube kanal
Kanalga qo'shilish 👉 @taqi_uz
🤔 U aslida kitob ko'tarib yurishi kerak edi - Bolalar mehnatiga yo'l qo'ymang

Manba:
odam.uz

#mulohaza #ijtimoiy_reklama
@taqi_uz
🤔 Bananda koronavirus bor ekan deyishuvdi, bananlar yeyilmay, sotilmay - narxi tushib ketdi!

Qani endi tamaki va alkogolda ham qandaydir tuzatib bo'lmas virus aniqlansa edi
(aslidaku, tamaki va alkogol iymonni yemiruvchi virus, lekin hech kim Jahannamda yotib chiqmaganda, taassurotlarini aytib bergani, hamma tashlarmidi)

#mulohaza #ijtimoiy_reklama
@taqi_uz