Toshkent Arxitektura-Qurilish Universiteti
7.49K subscribers
10.4K photos
1.63K videos
461 files
3.54K links
TAQU rasmiy kanali
Yangiliklar, AutoCAD, Revit, Lumion, 3DMAX, ... videolari, tanlov va loyihalar, ...

Telegram: @taqi_guruhi
Instagaram: https://www.instagram.com/tiace.uz/
Kutubxona: @books_taqi
Sayt: taqu.edu.uz
Download Telegram
Gruziya: Insholar tanlovi; xarajatlar qoplanadigan Yozgi maktab! Mukofot – 50 000 rublgacha!

Gruziyaning InLiberty ma’rifiy loyihasi – 2019-yilgi “Хорошее общество: По каким правилам мы живем и по каким хотим жить?” mavzusidagi insholar tanlovida qatnashishga taklif etadi. Insholar tanlovi universitetlarda taʼlim olayotgan barcha talabalar hamda yaqinda oʻqishni tamomlagan bitiruvchilar uchun moʻljallangan. Insho jamiyat, undagi muammolar, nomzod ideal jamiyatni qanday tasavvur qilishi haqida yozilishi kerak. Nomzod jamiyatni oʻzgartira oladigan 10 ta asosiy qoida yaratishi lozim. Finalga chiqqan ishtirokchilar Gruziyaning Bazaleti shahridagi Free Universityda 19-25-avgust kunlari boʻlib oʻtadigan InLiberty yozgi maktabida qatnashish imkoniyatiga ega boʻladilar. ...
Mukofot:
1-o'rin: 50,000 rubl
2-o'rin: 25,000 rubl
3-o'rin: 17,000 rubl

#tanlov #grant
@taqi_uz
Biz abituriyentlar bilan band ekanligimizda bir qancha grantlar va ta'lim dasturlari e'lon qilinibdi. Har birini alohida joylamay birdaniga post qildik. Tanishib chiqing, yaxshi tanlov va grantlar bor:

1. "Eng yaxshi: maqola, she'r, surat" tanlovi:
Qayerda:
Uchtepa
Taqdirlash: Toshkent
Bosh sovrin: Noutbuk (planshet, smartfon)
Batafsil tanishish: Uchtepa hokimiyati tanlovi

2. Fotosuratlar tanlovi:
Qayerda:
Angliya
Taqdirlash: London
Bosh sovrin: 25,000 $
Batafsil tanishish: fototanlov

3. Stipendiyalar dasturi:
Qayerda:
O'zbekiston va Rossiya
Kimlar uchun: Magistratura o'qimoqchi bo'lganlarga
Grant: ikki yillik o'qish, yashash harajatlari va tibbiy sug'urta
Batafsil tanishish: San'at va madaniyatni rivojlantirish jamg'armasi tanlovi

#yangilik #tanlov #stipendiya #grant
@taqi_uz
🎓Magistratura bosqichi talabalari uchun barcha harajatlari qoplanuvchi to'liq grant

🏢Tashkilotchi
: O'R Madaniyat vazirligi huzuridagi "Madaniyat va san'atni rivojlantirish jamg'armasi"
🧾Ustuvor yo'nalishlar:
- Madaniyat va san'at sohasida menejment
- Qayta tiklash va saqlash
- Arxitektura
- Madaniy sayyohlik
- Grafik dizayn
- Tasviriy san'at
- Muzeyshunoslik

🕰Ariza topshirish: 30.08.2019 gacha
...
#grant #magistratura
@taqi_uz
📣 Assalomu alaykum!

Kanalimiz a'zolari va mehmonlariga qulaylik yaratish maqsadida kichkinagina qo'llanma tayyorladik. 👇
Quyida kanalimizdagi materiallar mavzularga bo'lingan holda heshteglari bilan berilgan, o'zingizni qiziqtirgan mavzu bo'yicha berilgan heshteg (# belgisi bilan berilgan yozuv)ni ustiga bossangiz kifoya: ayni shu mavzudagi materiallarni tez va oson topishingiz mumkin!

1️⃣ Yangilik, e'lon, tanlov va grantlar:
#yangilik #elon #abituriyent
#tanlov #stipendiya #grant
#talaba

2️⃣ Barcha videodarslar - #videodars
#AutoCAD #PhotoShop #Revit
#lira_sapr #CorelDRAW #Lumion
#taxeometr #geodeziya #3DMax
#Adobe_XD #geodezist

3️⃣ Institutimizdagi yo'nalishlar:
#yunalish #kasblar

4️⃣ Bo'sh ish o'rinlari: #vakansiya

5️⃣ AutoCADda tayyor loyihalar namunalari:
#dwg #tayyor_loyiha

6️⃣ Talabalar loyihalari: #talabalar_loyihalari

7️⃣ Foydali materiallar, maqola, rolik, ...:
#foydali #rolik #dizayn
#qiziqarli #qiziq #timelapse
#LifeHack #maqola #ajoyib
#Landshaft #texnologiya #havfsizlik

8️⃣ Hazil va mulohaza rukni:
#tabassum #mulohaza
#ijtimoiy_reklama

9️⃣ Bonus materiallar:
#tuhfa #hikoya #mp3
#hikmat #hadis #sitata
#iqtibos

#heshteg
@taqi_uz
⚡️⚡️⚡️ DIQQAT, E’LON!

🔔Islom Karimov nomidagi respublika xayriya jamoat fondi tomonidan chet el oliy ta’lim muassasalarining magistratura dasturida tahsil olishga imkoniyat beruvchi navbatdagi IV grantlar tanloviga hujjatlar qabul qilish taxminan 15 oktabrdan rejalashtirilayotganligi ma’lum qilindi.

🔔Xabar berishlaricha, tanlovga hujjatlarni qabul qilishning aniq muddati sentabr oyining oxirigacha ma’lum bo‘ladi.

🔔Tanlov quyidagi mutaxassisliklar bo‘yicha bo‘lib o‘tadi:

👉 Qayta tiklanuvchan energiya manbalari;
👉 Kimyo va kimyo texnologiyasi;
👉 Suv va yer resurslarini boshqarish;
👉 Mashinasozlik texnologiyalari;
👉 Arxitektura. Bino va inshootlar qurilishi;
👉 Avtomobil yo‘llari, ko‘priklar, tonnellar, yo‘l o‘tkazgichlar va aerodromlarni loyihalash va qurish;
👉 Tekstil sanoati texnologiyalari va uskunalari;
👉 Turizm xizmatlarini tashkil etish va boshqarish;
👉 Axborot xizmatlari va jamoatchilik bilan aloqalar.

Tanlovda ishtirok etish uchun talab etiladigan hujjatlar ro‘yxati:

1️⃣ Fond tomonidan tasdiqlangan shakldagi tanlovda ishtirok etishga ariza;
2️⃣ Oliy ta’lim muassasi rektori (tashkilot, korxona, muasasa rahbari) nomidan tanlovda munosib nomzod sifatida ishtirok etishi to‘g‘risidagi Tavsiyanoma;
3️⃣ Oliy ta’lim muassasining oxirgi bosqichida tahsil olayotganligi to‘g‘risida ma’lumotnoma;
4️⃣ Pasport nusxasi;
5️⃣Oliy ta’lim muassasasini bitirganligi to‘g‘risidagi Diplom nusxasi;
6️⃣ Baholari ko‘rsatilgan diplom ilovasi nusxasi yoki reyting daftarchasi nusxasi.
7️⃣ Tanlov ishtirokchisi tomonidan imzolangan «Chet el oliy ta’lim muassasalarida magistrlik dasturi bo‘yicha tahsil olish uchun Islom Karimov nomidagi respublika xayriya jamoat fondi ta’lim grantlarini olish bo‘yicha o‘tkaziladigan IV tanlovi Nizomi»dan ko‘chirma.

🔔Qo‘shimcha ma’lumotlar uchun: fondkarimov.uz

#grant #stipendiya #tanlov
@taqi_uz
📣 Vengriya Respublikasida o'qish uchun hukumat grantlari tanlovi

🔔 Vengriya Respublikasi hukumati 2019-2020 o'quv yili uchun grantlar olish maqsadida onlayn tanlov o'tkazmoqda. Magistraturani tamomlagan va magistraturaga kirishni rejalashtirayotgan talabalar, shuningdek doktoranturaga kirishni rejalashtirayotgan magistrantlar, kafedralar hodimlari, institut ma'muriyati hodimlari, Vengriya hukumatining ushbu grant dasturida ishtirok etishlari mumkin.

Vengriya hukumatining grantlari 2020–2021 o'quv yili uchun o'qish xarajatlari, yotoqxona xarajatlari, oylik stipendiya va tibbiy sug'urta to'lovlari bilan ajratiladi.

Barcha kerakli ma'lumotlarni www.stipendiumhungaricum.hu veb-sahifasidan olishingiz mumkin.

❗️ Onlayn anketani to'ldirishning so`nggi muddati 2020-yil 15-yanvar.

#yangilik #grant
Mundarija|Arxiv|Qo'llanma|🎁
@taqi_uz
AQSh: Arxitektura va dizayn boʻyicha tanlov; gʻoliblar Chikagoga sayohat qiladilar!

American Society of Heating, Refrigerating and Air-Conditioning Engineers (ASHRAE) tashkiloti talabalarni 2020 Design Competition tanlovida ishtirok etish uchun taklif etmoqda.
Tanlovda arxitektura, dizayn boʻyicha tahsil olayotgan talabalar qatnashishlari mumkin. Tanlovning yakuniy taqdirlash marosimi 2021-yil fevral oyida AQSh Illinoys shtatining Chikago shahrida boʻlib oʻtadi. Tanlov mustahkam va barqaror bino loyihalashtirish boʻyicha oʻtkaziladi. Shuningdek, binoga yordamchi mexanik elementlar va elektr tizimlarni ham loyihaga uygʻunlashtirish kerak boʻladi.

Ishtirokchilar quyidagi 3 yoʻnalishdan biri boʻyicha bellashadilar:
HVAC Design Calculations (Isitish, ventilyatsiya va havoni sovutish hisobi)
HVAC System Selection (Isitish, ventilyatsiya va havoni sovutish tizimlarini tanlash)
Integrated Sustainable Building Design (ISBD) (Binoni barqaror kompleks loyihalashtirish)
...

#tanlov #grant
@taqi_uz
📣 DIQQAT E'LON!

2020 yil 1-15 iyul kunlari Malayziyada bo'lib o'tadigan texnik hamkorlik dasturi (MTSD) doirasida "Ilg'or texnologiyalar sharoitida tadqiqotlar orqali o'qishni takomillashtirish" qisqa muddatli o'quv kursida qatnashish uchun arizalar e'lon qilinadi.
Вarcha xarajatlar (xalqaro uchish reyslari, turar joy va ovqatlanish) mezbon tomonidan qoplanadi.
Barcha kerakli ma'lumotlarni quyidagi veb-saytdan olish mumkin: 👉 Saytga o'tish 👈
Agar siz yuqorida aytib o'tilgan o'quv musobaqasida ishtirok etishni istasangiz, to'ldirilgan anketalarning asl nusxasini (har bir nomzod uchun 4 nusxada) TAQI Xalqaro hamkorlik bo’limiga 2020 yil 15 martdan kechiktirmasdan taqdim eting. Keyinchalik O'zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi orqali Malayziya tomoniga etkazish uchun.

#tanlov #grant
Videodarslar| 🏬 | ☝️ | 🎁 | 🗳 | 📚 | 🤖
@taqi_uz
📣 «Kelajak Quruvchilari» konkursi

💰 Sovrin jamg'armasi:
10 million so'm
📅 Muddati: 29.02.2020 - 30.04.2020

#grant #tanlov #konkurs
@taqi_uz
Qozogʻiston: IdeaChallenge2020; eng yaxshi gʻoyalar tanlovi; yutuq – 12 000 yevrogacha!

Markaziy Osiyo
da yashaydigan, 18-30 yoshlilar uchun #ideachallenge2020 gʻoyalar tanlovi eʼlon qilinmoqda. Tanlovda ishtirok etmoqchi boʻlgan nomzodlardan jamiyatda ijobiy oʼzgarishlarga olib keladigan, uning rivojiga hissa qoʻshadigan original gʻoya haqidagi bir daqiqalik videoni tasvirga olib taqdim etish talab etiladi.

Jarayon quyidagicha:
1️⃣
Bir daqiqalik videoni tasvirga olish va jamiyat uchun foydali gʼoya haqida soʼzlab berish (videoga olishning imkoni boʼlmasa, onlayn arizani toʼldirish mumkin).
2️⃣ Videoni #IdeaChallenge2020 xeshtegi ostida Instagram ga yuklash zarur.

Grantning manfaatli jihatlari:
1️⃣ Tanlovning eng yaxshi gʼoyalari mualliflari 2020-yil may-iyun oylarida boʼlib oʼtadigan ikki kunlik IdeaFEST festivalida ishtirok etadi.
2️⃣ Tanlov finalida 8 nafar gʼolib ga 10 000 dan 12 000 yevrogacha mablagʻ ajratiladi.

#grant #tanlov #rolik
Videodarslar| YouTube kanal
Kanalga qo'shilish 👉 @taqi_uz
DIQQAT TANLOV!

Respublikamizda koronavirus pandemiyasi sharoitida talabalarning ta’tili vaqtida ularning bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazishini rag‘batlantirish maqsadida Toshkent arxitektura qurilish instituti talabalari o‘rtasida quyidagi yo‘nalishlarda tanlov e’lon qilinadi:

1-tanlov:
“Yoshlar kelajak bunyodkori” va “Yangi O‘zbekiston” mavzularida bugungi kunda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlarni o‘zida mujassamlashtirgan ijtimoiy mediamateriallar.

Ko‘rik-tanlov uch bosqichda tashkil etiladi.
- Birinchi bosqich – fakultet bosqichi mediamateriallarni qabul qilish va ularni saralash – 2020 yilning 20 apreldan 10 maygacha o‘tkaziladi.
-Ikkinchi bosqich – institut bosqichi bo‘lib, mazkur bosqichda fakultet bosqichi g‘olib va sovrindorlarini aniqlash – 2020 yilning 20 mayidan 10 iyungacha o‘tkaziladi.
- Uchinchi bosqich – ko‘rik-tanlovning hududiy saralash bosqichida ishtirok etadigan nomzodlar ro‘yxatini shakllantirish hududiy saralash bosqichi bo‘lib, mazkur bosqichni tashkil etish, g‘olib va sovrindorlarini taqdirlash marosimining shakli (onlayn yoki masafaviy) kuni va joyi vazirlik Tashkiliy qo‘mitaci tomonidan belgilanadi va kamida 10 kun oldin Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan e’lon qilinadi.

2-tanlov: “BIZ BIRGAMIZ” ruknida quyidagi yo‘nalishlarda mediamaterillar tanlovi:
- Eng yaxshi videorolik.
- Eng yaxshi fotosuratlar jamlanmasi.

Muddat: 2020 yil 20 aprel
(Bunda koronavirusga qarshi kurashish bo‘yicha dunyoda va O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar; uyda qolishga, birlik va ahillikka hamda uyda bo‘sh vaqtni maqsadli, samarali o‘tkazishga yo‘naltirilgan g‘oyalar eks ettiriladi)

Tanlov natijalari institutning rasmiy veb saytida e’lon qilinadi va g‘oliblar karantin tugaganidan so‘ng moddiy va ma’naviy rag‘batlantiriladi!

Mediamateriallar fakultetlarda tashkil etilgan Tashkiliy qo‘mita (Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan muovinlari) ga internet orqali (pochta, telegram va b.) elektron shaklda yuborilishi lozim.

#grant #tanlov #rolik
Videodarslar| YouTube kanal
Kanalga qo'shilish 👉 @taqi_uz
Tayvan: "uch daqiqa" videokonkursi. Bosh sovrin 10,000 $

#grant #tanlov #rolik
Videodarslar| YouTube kanal
Kanalga qo'shilish 👉 @taqi_uz
📣 Hurmatli talabalar!

Sizlarga 2020-2021 yil uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat stipendiyasi va Nomli Davlat stipendiyalari (A.R.Beruniy va I.A.Karimov) uchun nomzodlar tanlovi boshlanganini ma’lum qilamiz. ...

#tanlov #stipendiya #grant
Abituriyent | Videodarslar
@taqi_uz
O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi huzuridagi Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi O‘zbekiston talabalariga 2020-2021-yilgi grant dasturi uchun tanlov boshlanganligini e’lon qiladi.

Tanlov g‘oliblari bir o‘quv yili davomida o‘z universitetlarida o‘qish uchun grantni qo‘lga kiritadilar. Mazkur tanlovda bakalavr va magistratura darajasidagi talabalar qatnashishi mumkin.

Grant da’vogarligi uchun quyidagi ustuvor yo‘nalishlar:
• Madaniyat va san’at sohasidagi menejment
• Madaniyat ob’ektlarni tiklash va saqlash
• Arxitektura
• Madaniy turizm
• Grafika dizayni
• Tasviriy san’at
• Muzeyshunoslik
• Xoreografiya

Arizalar profil tavsifidagi havola orqali 10 sentyabrgacha qabul qilinadi.
Batafsil ma’lumot
www.acdf.uz da

#tanlov #grant
Abituriyent | Videodarslar | Bot
@taqi_uz