Toshkent Arxitektura-Qurilish Universiteti
8K subscribers
10.5K photos
1.63K videos
461 files
3.57K links
TAQU rasmiy kanali
Yangiliklar, AutoCAD, Revit, Lumion, 3DMAX, ... videolari, tanlov va loyihalar, ...

Telegram: @taqi_guruhi
Instagram: https://www.instagram.com/tiace.uz/
Kutubxona: @books_taqi
Sayt: taqu.edu.uz
Download Telegram
📣 Assalomu alaykum!

Kanalimiz a'zolari va mehmonlariga qulaylik yaratish maqsadida kichkinagina qo'llanma tayyorladik. 👇
Quyida kanalimizdagi materiallar mavzularga bo'lingan holda heshteglari bilan berilgan, o'zingizni qiziqtirgan mavzu bo'yicha berilgan heshteg (# belgisi bilan berilgan yozuv)ni ustiga bossangiz kifoya: ayni shu mavzudagi materiallarni tez va oson topishingiz mumkin!

1️⃣ Yangilik, e'lon, tanlov va grantlar:
#yangilik #elon #abituriyent
#tanlov #stipendiya #grant
#talaba

2️⃣ Barcha videodarslar - #videodars
#AutoCAD #PhotoShop #Revit
#lira_sapr #CorelDRAW #Lumion
#taxeometr #geodeziya #3DMax
#Adobe_XD #geodezist

3️⃣ Institutimizdagi yo'nalishlar:
#yunalish #kasblar

4️⃣ Bo'sh ish o'rinlari: #vakansiya

5️⃣ AutoCADda tayyor loyihalar namunalari:
#dwg #tayyor_loyiha

6️⃣ Talabalar loyihalari: #talabalar_loyihalari

7️⃣ Foydali materiallar, maqola, rolik, ...:
#foydali #rolik #dizayn
#qiziqarli #qiziq #timelapse
#LifeHack #maqola #ajoyib
#Landshaft #texnologiya #havfsizlik

8️⃣ Hazil va mulohaza rukni:
#tabassum #mulohaza
#ijtimoiy_reklama

9️⃣ Bonus materiallar:
#tuhfa #hikoya #mp3
#hikmat #hadis #sitata
#iqtibos

#heshteg
@taqi_uz
⚡️⚡️⚡️ DIQQAT, E’LON!

🔔Islom Karimov nomidagi respublika xayriya jamoat fondi tomonidan chet el oliy ta’lim muassasalarining magistratura dasturida tahsil olishga imkoniyat beruvchi navbatdagi IV grantlar tanloviga hujjatlar qabul qilish taxminan 15 oktabrdan rejalashtirilayotganligi ma’lum qilindi.

🔔Xabar berishlaricha, tanlovga hujjatlarni qabul qilishning aniq muddati sentabr oyining oxirigacha ma’lum bo‘ladi.

🔔Tanlov quyidagi mutaxassisliklar bo‘yicha bo‘lib o‘tadi:

👉 Qayta tiklanuvchan energiya manbalari;
👉 Kimyo va kimyo texnologiyasi;
👉 Suv va yer resurslarini boshqarish;
👉 Mashinasozlik texnologiyalari;
👉 Arxitektura. Bino va inshootlar qurilishi;
👉 Avtomobil yo‘llari, ko‘priklar, tonnellar, yo‘l o‘tkazgichlar va aerodromlarni loyihalash va qurish;
👉 Tekstil sanoati texnologiyalari va uskunalari;
👉 Turizm xizmatlarini tashkil etish va boshqarish;
👉 Axborot xizmatlari va jamoatchilik bilan aloqalar.

Tanlovda ishtirok etish uchun talab etiladigan hujjatlar ro‘yxati:

1️⃣ Fond tomonidan tasdiqlangan shakldagi tanlovda ishtirok etishga ariza;
2️⃣ Oliy ta’lim muassasi rektori (tashkilot, korxona, muasasa rahbari) nomidan tanlovda munosib nomzod sifatida ishtirok etishi to‘g‘risidagi Tavsiyanoma;
3️⃣ Oliy ta’lim muassasining oxirgi bosqichida tahsil olayotganligi to‘g‘risida ma’lumotnoma;
4️⃣ Pasport nusxasi;
5️⃣Oliy ta’lim muassasasini bitirganligi to‘g‘risidagi Diplom nusxasi;
6️⃣ Baholari ko‘rsatilgan diplom ilovasi nusxasi yoki reyting daftarchasi nusxasi.
7️⃣ Tanlov ishtirokchisi tomonidan imzolangan «Chet el oliy ta’lim muassasalarida magistrlik dasturi bo‘yicha tahsil olish uchun Islom Karimov nomidagi respublika xayriya jamoat fondi ta’lim grantlarini olish bo‘yicha o‘tkaziladigan IV tanlovi Nizomi»dan ko‘chirma.

🔔Qo‘shimcha ma’lumotlar uchun: fondkarimov.uz

#grant #stipendiya #tanlov
@taqi_uz
💰💰💰💰💰💰💰💰💰

Buxgalteriya bo'limidan esayotgan shamollarning xabariga ko'ra, ertaga stipendiya tusharkan!

#xushxabar #yangilik #stipendiya
@taqi_uz
📣 Hurmatli talabalar!

🔔 Toshkent arxitektura-qurilish instituti buxgalteriya bo'limi ma'lum qilishicha "Milliy bank" plastik kartalariga ega bo'lgan talabalarning plastik kartalariga endilikda xizmat ko'rsatilmaydi.

❗️ Shuning uchun talabalardan imkon qadar tezroq Savdogarbank HUMO kartasiga o'tish uchun ariza va shartnomani to'ldirib, guruh sardori orqali yoki shaxsan buxgalteriya bo'limiga yetkazishlari so'raladi.

❗️Bundan buyon stipendiyalar Savdogarbank HUMO kartalari orqali to'lanadi!

Ariza va shartnoma elektron nusxasi quyi👇da ilova qilingan. Uni yuklab olib, chop etib va to'ldirib, buxgalteriya bo'limiga yetkazishingizni so'raymiz:

Arizani yuklab olish
Shartnomani yuklab olish


#eslatma #stipendiya #ariza #HUMO
@taqi_uz
💰💰💰💰💰💰💰💰💰

Buxgalteriya bo'limidan esayotgan shamollarning xabariga ko'ra, ertaga stipendiya tusharkan, agar buxgalteriyani interneti ishlab tursa 😉(ular ham uydan turib ishlayaptida, axir) !

#xushxabar #yangilik #stipendiya
@taqi_uz
Hurmatli talabalar!

Yuqoridagi rasmda nomlari keltirilgan talabalar HUMO plastik kartasini ochtirish uchun +998 97 7006867 raqamga telegramdan o'zlarining pasport nusxalarini yuborishlari so'raladi!

Agar HUMO kartangiz mavjud bo'lsa, (
ro'yhatdagi talabalarga taalluqli) 👆raqamga rasmga olib yuborishingizni so'raymiz!

☝️Iltimos, ro'yhatda sizga tanish talabalar bo'lsa, yetkazib qo'ying!

TAQI Buxgalteriya bo'limi

#xabar #elon #stipendiya
@taqi_uz
📣 Hurmatli talabalar!

Sizlarga 2020-2021 yil uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat stipendiyasi va Nomli Davlat stipendiyalari (A.R.Beruniy va I.A.Karimov) uchun nomzodlar tanlovi boshlanganini ma’lum qilamiz. ...

#tanlov #stipendiya #grant
Abituriyent | Videodarslar
@taqi_uz
📣 2020-2021 o'quv yilida nomdor davlat stipendiyalarini qo'lga kiritgan Toshkent arxitektura-qurilish instituti talabalari

#yangilik #xushxabar #stipendiya
Abituriyent|Videodarslar|Bot|🗳|☎️
@taqi_uz
💐 TABRIKLAYMIZ!

Toshkent arxitektura-qurilish instituti Bino va inshootlar qurilishi fakulteti Gidrotexnika-qurilishi yo'nalishi 4-bosqichida tahsil oluvchi ushbu talabalarimiz 2020/2021 o'quv yili uchun "O'zbekgidroenergo" aksiyadorlik jamiyati nomdor stipendiyasini qo'lga kiritdilar:

1️⃣ Sherqo'ziyev Diyorbek Baxtiyor o'g'li
2️⃣ Arifjanov Samandar Rustamovich
3️⃣ Abdushukurov Abdulhay Shuxrat o'g'li

Talabalarni ushbu muvaffaqiyat bilan tabriklaymiz, kelgusi o'qish va ishlarida zafarlar tilaymiz!

#yutuq #muvaffaqiyat #stipendiya #tabrik
Facebook | Instagram | Youtube
@taqi_uz
⚡️ Yoshlarni ilm-fanni rivojlantirishda erishayotgan yutuqlarini munosib taqdirlash, ularni qo'llab-quvvatlash hamda iqtidorli talabalar bilan ishlashni yanada takomillashtirish va rag'batlantirish maqsadida O’zbekiston Respublikasi talabalari uchun ta’sis etilgan Davlat stipendiyalari (Beruniy, Islom Karimov nomidagi) va “O’zbekgidroenergo” aksiyadorlik jamiyati stipendiyalari g'oliblari taqdirlandi.

🔸 Ularga stipendiya tanlovi g‘olibi guvohnomalari va esdalik sovg'alari topshirildi.

🔸 Tadbirda so'zga chiqqan stipendiant talabalar tomonidan "O'zbekgidroenergo" AJ rahbariyatiga samimiy minnatdorchilik bildirilib, kelgusida o'zlariga bildirlgan yuksak ishonchni oqlashga, kuchli bilimga ega va malakali mutaxassislar bo'lib etishish, Jonajon O'zbekistonga munosib kadrlar sifatida xizmat qilishga va'da berdilar.

🔸 Muvaffaqqiyatga erishgan barcha talabalarni insitutimiz jamoasi nomidan samimiy muborakbod etamiz!

#stipendiya #taqdirlash
@taqi_uz