Huquqiy axborot | Lotin
6.24K subscribers
3.66K photos
223 videos
2 files
7.89K links
Qonunchilikdagi yangiliklar, huquqiy islohotlar haqida tezkor ma'lumotlar taqdim etuvchi kanal.

▪️|Kiril alifbosida — @huquqiyaxborot
▪️|Rus tilida — @pravoinf
▪️|Ingliz tilida — @leginf
▪️|Qoraqalpoq tilida — @huqiqiymalimleme
Download Telegram
#Bilasizmi
Oliy taʼlim muassasalariga kirish test sinovlari oʻtkaziladigan binoda test sinovlari jarayonini toʻliq nazorat qilish maqsadida qoida tariqasida, 30 nafar abituriyent uchun bitta videokuzatuv tizimi oʻrnatilishi, jarayonni abituriyentlarning ota-onalari onlayn tarzda kuzatishi uchun zarur asbob-uskunalar bilan jihozlanishi shart.

Binoda bir nafar abituriyentga qoida tariqasida, 2 m2 dan kam boʻlmagan joy tayyorlanadi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Bilasizmi
Qonunchilikka binoan shoshilinch tibbiy yordam koʻrsatish uchun transport vositasining salonida quyidagi tibbiy ashyolar boʻlishi shart:

👉 qon toʻxtatuvchi jgut
👉 nosteril tibbiy dokali bint;
👉 steril tibbiy dokali bint;
👉 steril tibbiy dokali salfetkalari;
👉 bakteritsid leykoplastir;
👉 rulonli leykoplastir;
👉 “Ogʻiz-vosita-Ogʻiz” usulida sunʼiy nafas oʻtkazish uchun toʻsiq vositasi;
👉 ammiak eritmasi – 10% (nashatir spirti);
👉 qaychi;
👉 tibbiy qoʻlqoplar;
👉 tibbiyot qutichasi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Adliya_xabari
Soʻnggi vaqtlarda ijtimoiy tarmoqlarda 2019-yil 1-avgustdan maʼmuriy jarimalar miqdori oshishi haqida maʼlumotlar tarqatilmoqda.

Maʼlumki, qonunchilikka muvofiq jarima huquqbuzarlik aniqlangan vaqtdagi belgilab qoʻyilgan eng kam ish haqidan kelib chiqqan holda belgilanadi. Prezident Farmoniga muvofiq 2019-yil 1-avgustdan eng kam ish haqining 10 foizga oshishi belgilandi. Shunga koʻra, turli maʼmuriy jarimalarning miqdorlari ham 2019-yil 1-avgustdan 10 foizga oshadi.

Bunda, jarimalar huquqbuzarliklar sodir etilgan vaqtdagi eng kam ish haqi miqdori boʻyicha toʻlanadi. Masalan, 28-iyul kuni haydovchiga transport vositasida harakatlanishda telefondan foydalanganligi uchun maʼmuriy bayonnoma tuzildi. 1-avgustdan jarimalar miqdori oʻzgarishiga qaramasdan, mazkur haydovchi 60 kun ichida 28-iyulda amalda boʻlib turgan jarimani (608 190 soʻmni) toʻlashi lozim boʻladi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

Yangi “Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litseylari tashkil etildi

Oʻsmirlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash hamda Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari va davlat xizmati uchun kadrlar zaxirasini tayyorlash tizimini takomillashtirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisidagi
Prezident qarori qabul qilindi (PQ–4375-son, 28.06.2019-y.)

Qarorga muvofiq, Mudofaa, Ichki ishlar, Favqulodda vaziyatlar vazirliklari, Davlat xavfsizlik xizmati, Milliy gvardiyasi tarkibida quyidagi prinsipial yangi “Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litseylari tashkil etildi:

👉 Fargʻona “Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litseyi (Mudofaa vazirligi tarkibida);

👉 Qibray “Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litseyi (Davlat xavfsizlik xizmati tarkibida);

👉 Nukus “Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litseyi (Ichki ishlar vazirligi tarkibida);

👉 Toshkent “Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litseyi (Milliy gvardiya tarkibida);

👉 Shahrisabz “Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litseyi (Favqulodda vaziyatlar vazirligi tarkibida).

Qaror bilan shuningdek, quyidagilar tasdiqlandi:
👉 Prinsipial yangi “Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litseylarini tashkil etish va ularning oʻquv-tarbiyaviy jarayonini takomillashtirish boʻyicha chora-tadbirlar dasturi;
👉 “Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litseyi toʻgʻrisidagi nizom;
👉 Harbiy-akademik litseyning namunaviy tashkiliy-shtat tuzilmasi;
👉 Harbiy-akademik litseylarga biriktirilgan oliy, oliy harbiy va ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalarining roʻyxati.

Yangi shakllantirilayotgan “Temurbeklar maktablari”ga qabul va oʻqitish 2020/2021 oʻquv yilidan boshlanadi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Maʼlumot_uchun
🇺🇿 2019-yil 16-iyul holatiga:

✳️ Eng kam:

👉 ish haqi — oyiga 202 730 soʻm;

👉 yoshga doir pensiyalar — oyiga 396 500 soʻm;

👉 bolalikdan nogironlarga beriladigan nafaqa — oyiga 396 500 soʻm;

👉 zarur ish stajiga ega boʻlmagan keksa yoshdagi va mehnatga layoqatsiz fuqarolarga beriladigan nafaqa — oyiga 243 300 soʻm.

✳️ Valyutalar kurslari:

🇺🇸 1 USD = 8584.50 (+ 6.14) ↑

🇪🇺 1 EUR = 9673.87 (+ 45.52) ↑

🇷🇺 1 RUB = 136.34 (+ 1.82) ↑

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Qonunchilikdagi_yangiliklar
Prezident qaroriga koʻra, harbiy-akademik litseylarida oʻqish davomiyligi ikki yil boʻlib, har biriga yillik qabul kvotasi 100 kishini tashkil etadi.

2019-yil 1-sentyabrdan “Temurbeklar maktablari”da xizmat oʻtayotgan harbiy xizmatchilarga ular lavozim maoshining 50 foiziga teng miqdorda har oylik ustama toʻlanadi.

“Temurbeklar maktabi” bitiruvchilari oliy harbiy va ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalariga oʻqishga kirishda test sinovlarida oʻzlari toʻplagan ballarning 30 foizi, respublikaning boshqa oliy oʻquv yurtlariga oʻqishga kirishda esa oʻzlari toʻplagan ballarning 15 foizi miqdorida qoʻshimcha ballar koʻrinishida imtiyozga ega boʻladi.

“Temurbeklar maktabi”ni imtiyozli diplom bilan tugatgan bitiruvchilar, tarkibida “Temurbeklar maktabi” boʻlgan vazirlik va idoralarning tegishliligi boʻyicha oliy harbiy yoki ixtisoslashtirilgan bilim yurtlariga test sinovlarsiz, harbiy-kasbiy saralash tadbirlarini muvaffaqiyatli oʻtash natijalari boʻyicha kiradi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Qonunchilikdagi_yangiliklar
Hukumat qarori (587-son, 15.07.2019-y.) bilan Lalmi va yaylov yer uchastkalarida tomchilatib va yomgʻirlatib sugʻorish texnologiyasini joriy qilish uchun ozuqabop ekinlar yetishtiruvchilarning sugʻorish tik quduqlarini burgʻulash bilan bogʻliq xarajatlarini qoplab berish tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi

Nizomga muvofiq, burgʻulangan sugʻorish tik quduqlarining har bir metr chuqurligi uchun 100 ming soʻmdan subsidiya ajratiladi.

Subsidiya oluvchi ozuqabop ekinlar yetishtiruvchilar roʻyxati maxsus ishchi guruhlar tomonidan shakllantiriladi.

Subsidiya olish uchun ishchi guruhga bir qator hujjatlar taqdim qilinadi.

Ishchi guruh 5 kunda hujjatlarni oʻrganadi va xulosa tayyorlaydi.

Ishchi guruhning ijobiy xulosasini olgan va subsidiya olishga talabgor ozuqabop ekinlar yetishtiruvchilarning roʻyxati har oyda shakllantiriladi.

Roʻyxat har oy yakuni boʻyicha keyingi oyning 5 sanasigacha Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qoʻmitasi hamda Moliya vazirligi va viloyat moliya bosh boshqarmalariga

yuboriladi.

Veterinariya va chorvachilik qoʻmitasi roʻyxatlarni umumlashtirib oyning 10 sanasigacha Moliya vazirligiga taqdim qiladi.

Moliya vazirligi 3 kunda subsidiya ajratish uchun mahalliy byudjetlar parametrlariga oʻzgartirishlar kiritadi.

Hududiy moliya organlari esa 1 kunda veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish boshqarmalarining hisobvaragʻlariga mablagʻlarni oʻtkazadi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Qonunchilikdagi_yangiliklar
Hukumatning Kam taʼminlangan oilalarga ijtimoiy nafaqalar va moddiy yordam tayinlash va toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqidagi qaroriga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi (588-son, 15.07.2019-y.)

Kiritilgan qoʻshimchalarga muvofiq, 8-10 ta fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organiga 1 xodim hisobidan tuman aholi bandligiga koʻmaklashish markazlarining malakali mutaxassislari biriktiriladi.

Ilgari tuman moliya organlari mutaxassislaridan xodim biriktirilgan.

Bolali oilalarga nafaqa va moddiy yordam ariza beruvchining yashash joyi (doimiy yoki asosan yashab turgan joyi) boʻyicha fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organi tomonidan tayinlanadi.

Ilgari faqat doimiy yashash joyi (doimiy propiska) boʻyicha fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organi tomonidan tayinlangan.

Nafaqa va moddiy yordam tayinlash uchun oʻrtacha oylik jami daromadni hisoblab chiqishda “Har bir oila – tadbirkor” dasturi doirasida mikrokredit olinganidan oxirgi 12 oyda oilaviy tadbirkorlikni amalga oshirishda olingan daromadlar oilaning jami daromadiga kiritilmaydi.

Kanalga
ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Eʼlon
Notarius lavozimlariga tanlovni onlayn ravishda kuzatib boring

Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Oliy malaka komissiyasi tomonidan 2019-yilning 17-iyul kuni soat 10:00 da vakant notarius lavozimlariga tanlov oʻtkaziladi. Tanlov jarayonlarini Adliya vazirligining www.minjust.uz rasmiy veb-sayti orqali bevosita kuzatib borishingiz mumkin.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Qonunchilikdagi_yangiliklar
Dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari texnologik parki faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisidagi Hukumat qarori qabul qilindi (589-son, 15.07.2019-y.)

Qaror bilan Dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari texnologik parki faoliyatini tashkil etish tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi.

Nizomga muvofiq, axborot texnologiyalari sohasida raqobatbardoshli mahsulotlar va xizmatlar ishlab chiqilishini rivojlantirish va ishlab chiqarish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, ularning ichki va tashqi bozorlarga kirib borishi, innovatsion ishlanmalarni ragʻbatlantirish Texnoparkning asosiy yoʻnalishlaridan hisoblanadi.

Oʻzbekiston Respublikasi hududida roʻyxatdan oʻtkazilgan yuridik shaxslar Texnopark rezidenti maqomini olishga talabgorlik qilishlari mumkin.

Unga koʻra, yuridik shaxs roʻyxatga olish uchun zarur boʻlgan barcha hujjatlarni ilova qilgan holda (biznes-reja va b.) Direksiyaga ariza beradi.

Direksiya 15 kundan ortiq boʻlmagan muddatda hujjatlarni koʻrib chiqadi.

Roʻyxatga olish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan taqdirda, 5 ish kunida Texnopark rezidentining faoliyati shartlari toʻgʻrisida shartnoma tuziladi.

Direksiya shartnoma tuzilgandan keyin 3 ish kuni mobaynida yuridik shaxsning roʻyxatga olinganligi toʻgʻrisida guvohnoma beradi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Bilasizmi
Quyidagi joylarda majburiy tartibda chiqindi qutilari oʻrnatilishi lozim:

👉 koʻp kvartirali uylarning podyezdiga kirish yoʻlida – 1 ta;
👉 tashkiliy-huquqiy shaklidan qatʼi nazar, tashkilotlar, shuningdek, savdo obyektlarining binosiga kirish (chiqish) yoʻlida – 1-2 ta;
👉 metro, yer osti va yer usti oʻtish joylarining har bir kirish (chiqish) yoʻlida – 2 ta;
👉 aholining madaniy-maishiy ehtiyojlarini va hordiq chiqarishini qondirish uchun moʻljallangan obyektlarda (madaniyat va istirohat bogʻlari, oʻrmon massivlari, bogʻlar, bulvarlar, skverlar, xiyobonlar va boshqalar) – obyektning har 800 m2-maydonida 1 ta va yoʻlaklar va yoʻlkalar chizigʻi boʻylab oʻrnatilganda bir-biridan 40 metrdan uzoq boʻlmagan masofada;
👉 bozorlar va savdo obyektlarida (supermarket, gipermarket va boshqalarda) – obyektning har 250 m2-maydonida 1 ta va savdo doʻkonlari qatori boʻylab oʻrnatilganda – bir-biridan 10 metrdan uzoq boʻlmagan masofada;
👉 jamoat yoʻlovchi transport bekatlarida – 1-2 ta;
👉 avtoturargohlar va avtotransport vositalarini vaqtincha saqlash maydonchalariga kirish (chiqish) yoʻlida – 1-2 ta;
👉 davolash muassasalarining hovli hududida – obyektning har 700 m2-maydonida 1 ta, asosiy alleyalarda esa – bir biridan 10 metrdan uzoq boʻlmagan masofada;
👉 chekish uchun maxsus ajratilgan joylarda – 1-2 ta;(daryolar, koʻllar, koʻrfazlar yoki hovuzlar)
👉 plyajlar va suv akvatoriyalari ga tutash rekreatsiya zonalarida – suv boʻlinishidan 15 m hamda yashil ekinlardan 3 – 5 m uzoqlikda joylashtirgan holda, obyektning har 800 m2-maydonida 1 ta;
👉 koʻp kvartirali uylar atrofidagi hududlarda va markaziy maydonlarda, yoʻlkalarda hamda magistral koʻchalarning piyodalar zonasi boʻylab, shuningdek, koʻpriklarda – hududdan foydalanish intensivligidan kelib chiqib, piyodalar serqatnov hududda – har 50 metrdan oshmagan masofada va odam kam joylarda – har 100 metrdan oshmagan masofada 1 tadan.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Qonunchilikdagi_yangiliklar
“Xorazm” innovatsion texnoparki tashkil etildi

Xorazm viloyatining ilmiy-texnik va innovatsion salohiyatini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisidagi
Hukumat qarori qabul qilindi (585-son, 15.07.2019-y.)

Qarorga muvofiq, Urganch davlat universiteti huzurida “Xorazm” innovatsion texnoparki tashkil etildi hamda uning asosiy vazifalari va faoliyat yoʻnalishlari belgilandi.

Texnoparkning rezidenti maqomi Xorazm viloyati hokimligining qaroriga asosan xoʻjalik subyektlariga tanlov asosida 10 yil muddatga beriladi va ular keyinchalik texnopark direksiyasi tomonidan roʻyxatga olinadi.

Qaror bilan Urganch sanoat kollejining bino va inshootlari Urganch davlat universitetiga berildi hamda kelgusida bu yerda texnopark direksiyasini joylashtirish belgilandi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Bilasizmi
Ota-onaga ham aliment toʻlanadi

Qonunchilikka koʻra, voyaga yetgan, mehnatga layoqatli bolalar mehnatga layoqatsiz, yordamga muhtoj oʻz ota-onasiga taʼminot berishlari va ular toʻgʻrisida gʻamxoʻrlik qilishlari shart.

Ota-onasining davlat va nodavlat muassasalari qaramogʻida ekanligi voyaga yetgan mehnatga layoqatli bolalarni ota-ona haqida gʻamxoʻrlik qilish va ularga moddiy yordam koʻrsatish majburiyatidan ozod qilmaydi.

Voyaga yetgan, mehnatga layoqatli bolalar oʻz ota-onasiga ixtiyoriy ravishda moddiy yordam berishdan boʻyin tovlasalar, ota-ona talabiga koʻra taʼminot sudning hal qiluv qaroriga asosan belgilanadi.

Bunda ota-onaga aliment miqdorini belgilashda sud voyaga yetgan, mehnatga layoqatli bolalarning barchasini hisobga olishi lozim.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Qonunchilikdagi_yangiliklar
Oʻzbekiston Respublikasi Aksiyadorlik tijorat Xalq banki boʻlinmalari orqali ishlamaydigan pensionerlarga pensiyalar, nafaqalar va boshqa toʻlovlarni toʻlashni tashkil etish toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga oʻrgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqidagi qaror Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazildi (roʻyxat raqami 2980-1, 15.07.2019-y.)

Kiritilgan qoʻshimchalarga muvofiq, ishlamaydigan pensionerlarga Aksiyadorlik tijorat Xalq banki boʻlinmalari orqali toʻlanadigan pensiyalar, nafaqalar va boshqa toʻlovlarga endilikda bolalikdan nogironligi boʻlgan farzandi bor onalarga beriladigan nafaqalar va un va qolipli non xarid qilish boʻyicha qoʻshimcha xarajatlarni qoplash toʻlovlari ham kiradi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot
#Qonunchilikdagi_yangiliklar
Toshkent davlat yuridik universitetining Ixtisoslashtirilgan filialida taʼlim oluvchilarning bilimini nazorat qilish tartibi va baholash mezonlari toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqidagi qaror Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazildi (roʻyxat raqami 3173, 15.07.2019-y.)

Nizom bilan Ixtisoslashtirilgan filialda taʼlim oluvchilarning bilimini nazorat qilish va baholashning maqsadi, vazifalari, baholash tartibi va mezonlarini belgilandi.

Unga koʻra, ixtisoslashtirilgan filialda taʼlim oluvchilarning bilim saviyasi va oʻzlashtirish darajasi joriy, oraliq va yakuniy nazorat turlari orqali aniqlanadi.

Taʼlim oluvchilarning har bir modul boʻyicha oʻzlashtirishi 100 ballik tizim asosida baholanadi va 100 ball nazorat turlari boʻyicha qoʻyidagicha taqsimlanadi:
👉 joriy nazorat – 30 ball;
👉 oraliq nazorat – 20 ball;
👉 yakuniy nazorat – 50 ball.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
​​#Bilasizmi
“Quvib oʻtish taqiqlangan” yoʻl belgisi amalda boʻlgan hududda soatiga 40 km dan kam tezlikda harakatlanayotgan yakka transport vositasini quvib oʻtishga ruxsat etiladi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Qonunchilikdagi_yangiliklar
Hukumat qarori (591-son, 16.07.2019-y.) bilan Oʻzbekiston Respublikasida ishlab chiqariladigan realizatsiya qilish oborotlari qoʻshilgan qiymat soligʻidan ozod etiladigan oziq-ovqat mahsulotlari roʻyxatiga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi.

Maʼlumki, qoʻshilgan qiymat soligʻidan ozod qilish boʻyicha imtiyoz Oʻzbekistonda ishlab chiqariladigan ayrim turdagi oziq-ovqat mahsulotlarini chakana va ulgurji realizatsiya qilinganda beriladi.

Kiritilgan oʻzgartirishlarga muvofiq, 2019-yil 1-oktyabrgacha boʻlgan muddatda import qilingan goʻsht (mol, qoʻy, tovuq), shuningdek tirik hayvonlar (qoramol va parranda) hamda ularning soʻyish mahsulotlari ham qoʻshilgan qiymat soligʻidan ozod qilindi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Tayinlov
Hukumat qarori (592-son, 16.07.2019-y.) bilan Umrbek Abdullayevich Ismailov Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishni qoʻllab-quvvatlash davlat jamgʻarmasining ijro etuvchi direktori vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi.

Eslatib oʻtamiz, Jamgʻarmaning asosiy vazifasi kichik tadbirkorlarga moliyaviy yordam koʻrsatish hisoblanadi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Bilasizmi
Qonunchilikka muvofiq, ot aravani boshqarayotgan, hayvonlarni minib harakatlanayotgan yoki ularni yetaklab borayotgan, chorva mollari (poda)ni haydab borayotgan shaxslar haydovchiga tenglashtiriladi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot
#Bilasizmi
Oliy taʼlim muassasalari talabalarining oʻqishini qayta tiklash boʻyicha arizalarni topshirish va koʻrib chiqish bir yilda ikki marta amalga oshiriladi:
👉 oʻqishini kuzgi semestrga qayta tiklash boʻyicha ariza topshirish — har yili 15-iyuldan 5-avgustga qadar;
👉 oʻqishini bahorgi semestrga qayta tiklash boʻyicha ariza topshirish — har yili 15-yanvardan 25-yanvarga qadar davom etadi.

Qayta tiklash boʻyicha qaror qabul qilish:
👉 kuzgi semestrga qayta tiklash uchun — har yili 5-avgustdan 30-avgustga qadar;
👉 bahorgi semestrga qayta tiklash uchun — har yili 25-yanvardan 15-fevralga qadar amalga oshiriladi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin