Huquqiy axborot | Lotin
6.23K subscribers
3.65K photos
222 videos
2 files
7.89K links
Qonunchilikdagi yangiliklar, huquqiy islohotlar haqida tezkor ma'lumotlar taqdim etuvchi kanal.

▪️|Kiril alifbosida — @huquqiyaxborot
▪️|Rus tilida — @pravoinf
▪️|Ingliz tilida — @leginf
▪️|Qoraqalpoq tilida — @huqiqiymalimleme
Download Telegram
#Eʼlon
Notarius lavozimlariga tanlovni onlayn ravishda kuzatib boring

Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Oliy malaka komissiyasi tomonidan 2019-yilning 17-may kuni soat 10:00 da vakant notarius lavozimlariga tanlov oʻtkaziladi. Tanlov jarayonlarini Adliya vazirligining rasmiy veb-sayti www.minjust.uz va Facebook ijtimoiy tarmogʻidagi “Adliya bilan muloqot” sahifalari orqali bevosita kuzatib borishingiz mumkin.

📍 Кирилл алифбосида ўқинг

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Eʼlon
Notarius lavozimlariga tanlovni onlayn ravishda kuzatib boring

Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Oliy malaka komissiyasi tomonidan 2019-yilning 10-iyun kuni soat 10:00 da vakant notarius lavozimlariga tanlov oʻtkaziladi.

Tanlov jarayonlarini Adliya vazirligining rasmiy veb-sayti www.minjust.uz va feysbuk ijtimoiy tarmogʻidagi “Adliya bilan muloqot” sahifalari orqali bevosita kuzatib borishingiz mumkin.

📍 Кирилл алифбосида ўқинг

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Eʼlon
Notarius lavozimlariga tanlovni onlayn ravishda kuzatib boring

Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Oliy malaka komissiyasi tomonidan 2019-yilning 17-iyul kuni soat 10:00 da vakant notarius lavozimlariga tanlov oʻtkaziladi. Tanlov jarayonlarini Adliya vazirligining www.minjust.uz rasmiy veb-sayti orqali bevosita kuzatib borishingiz mumkin.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Eʼlon

“MADAD” NNT vakant lavozimlarga ishga taklif etadi

“MADAD” nodavlat notijorat muassasasi quyidagi vakant lavozimlarga ishga qabul qilish boʻyicha tanlov eʼlon qiladi.

Tuman (shahar) huquqiy maslahat byurolari bosh mutaxassisi (bosqichma-bosqich shakllantiriladi).

Nomzodlarga qoʻyiladigan talablar:
👉 oliy yuridik maʼlumot;
👉 ixtisosligi boʻyicha kamida ikki yil ish stajiga ega boʻlish;
👉 davlat tilini mukammal bilish (rus yoki boshqa tillarni yaxshi bilish ustunlik beradi);
👉 yuklatilgan vazifalarni bajara olish, fuqarolarga huquqiy masalalar boʻyicha maslahatlar va tushuntirishlar berish yoʻli bilan ularning muammolarini huquqiy yechimini topish malakasiga va tajribasiga ega boʻlish;
👉 aholining, shu jumladan ijtimoiy himoyaga muhtoj boʻlgan pensionerlar, kam taʼminlangan oilalar, nogironligi boʻlgan shaxslar, yolgʻiz ona (ota)lar va boshqalarga ularning muammolari boʻyicha bevosita huquqiy maslahatlar berish orqali birlamchi bepul yuridik yordam koʻrsatish.

Oylik ish haqi – 3,0-3,5 mln. soʻmni tashkil etadi.

Bundan tashqari, ilgʻor xorijiy tajribani oʻrganish maqsadida chet ellarga xizmat safarlari va stajirovkalarga yuboriladi.

Tanlovda ishtirok etish istagini bildirgan nomzodlar qisqa muddatlarda oʻz shaxsiy varaqasini madad.advice.uz@gmail.com elektron pochtasi manziliga yuborishlari lozim.

Yuborilayotgan maʼlumotnomada nomzodlarning yashash manzili va telefon raqamlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar ham aks ettirilishi kerak.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Eʼlon

Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Huquqiy siyosat tadqiqot instituti boʻlim boshligʻi hamda yetakchi maslahatchi lavozimlariga tanlov eʼlon qiladi

Nomzodlarga qoʻyiladigan talablar:
👉 oliy yuridik maʼlumot;
👉 yuridik sohada 3 yildan kam boʻlmagan uzluksiz mehnat staji;
👉 normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqish tajribasiga bevosita ega boʻlish, qonunchilik texnikasini yaxshi bilish;
👉 ilmiy-amaliy tadqiqotlar oʻtkaza olish, tahliliy maqolalar va boshqa materiallar tayyorlay olish;
👉 qonun hujjatlarining mohiyatini tushunish va tushuntira olish;
👉 kompyuter texnikasi va axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish boʻyicha koʻnikmalarga ega boʻlish;
👉 davlat tilini va ingliz tilini mukammal bilish (rus tilini ham bilish ustunlik beradi);
👉 yuklatilgan vazifalarni mustaqil, nazoratsiz bajara olish;
👉 tashabbuskorlik, jonbozlik hislatlariga, davlat xizmatchisi nomiga loyiq odob-ahloqqa ega boʻlish.

Ish haqi va ijtimoiy himoya:
👉 oylik ish haqi – 4-7 mln. soʻm.
👉 bayram va boshqa muhim sanalar munosabati bilan mukofot pullari;
👉 qishloq xoʻjaligi mahsulotlari sotib olish uchun yilda bir marotaba moddiy yordam;
👉 adliya organlari xodimlariga beriladigan maxsus unvon – martaba darajalarini olish imkoniyati;
👉 chet ellarga xizmat safarlari va amaliyotga borish imkoniyati;
👉 mehnat natijalariga qarab boshqa afzalliklar.

Murojaat uchun:

Hohlovchilar oʻzlari haqidagi maʼlumotlarni (oʻqigan OTMlari, mehnat tajribasi, fotosurati, yashash manzili va telefon raqamlarini koʻrsatgan holda) tadqiqotinstituti@adliya.uz elektron pochtasiga yuborishlari mumkin.

Maʼlumot uchun telefon: 71 268 28 45, 97 157 99 68.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Eʼlon
“MADAD” – muassasa shaklidagi nodavlat notijorat tashkiloti quyidagi vakant lavozimlarga ishga qabul qilish boʻyicha tanlov eʼlon qiladi:

• Qoraqalpogʻiston Respublikasi Amudaryo tuman huquqiy maslahat byurosi bosh mutaxassisi;
• Andijon viloyati Marhamat tuman huquqiy maslahat byurosi bosh mutaxassisi;
• Buxoro viloyati Qorovulbozor va Qorakoʻl tuman huquqiy maslahat byurosi bosh mutaxassisi
• Jizzax viloyati Doʻstlik tuman huquqiy maslahat byurosi bosh mutaxassisi;
• Qashqadaryo viloyati Koson tuman huquqiy maslahat byurosi bosh mutaxassisi;
• Navoiy viloyati Nurota tuman huquqiy maslahat byurosi bosh mutaxassisi;
• Namangan viloyati Yangiqoʻrgʻon tuman huquqiy maslahat byurosi bosh mutaxassisi;
• Samarqand viloyati Qoʻshrabot tuman huquqiy maslahat byurosi bosh mutaxassisi;
• Surxondaryo viloyati Qiziriq va Oltinsoy tuman huquqiy maslahat byurosi bosh mutaxassisi;
• Sirdaryo viloyati Sirdaryo tuman huquqiy maslahat byurosi bosh mutaxassisi;
• Fargʻona viloyati Quvasoy shahar va Buvayda tuman huquqiy maslahat byurosi bosh mutaxassisi;
• Xorazm viloyati Urganch tuman huquqiy maslahat byurosi bosh mutaxassisi;
• Toshkent viloyati Chirchiq shahar huquqiy maslahat byurosi bosh mutaxassisi.

Nomzodlarga qoʻyiladigan talablar:
👉 oliy yuridik maʼlumot;
👉 yuridik sohada ikki yildan kam boʻlmagan uzluksiz ish staji;
👉 davlat tilini mukammal bilish (rus yoki boshqa tillarni yaxshi bilish ustunlik beradi);
👉 yuklatilgan vazifalarni mustaqil bajara olish, shuningdek fuqarolarga huquqiy masalalar boʻyicha maslahatlar va tushuntirishlar berish yoʻli bilan ularning muammolarini huquqiy yechimini topish malakasi va tajribasiga ega boʻlish;
👉 aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlari, shu jumladan pensionerlar, kam taʼminlangan oilalar, nogironligi boʻlgan shaxslar, yolgʻiz ona (ota)lar va boshqalarga bevosita huquqiy maslahatlar berish orqali malakali yuridik yordam koʻrsatish.
👉 oylik ish haqi – 3,0 mln soʻm.

Bundan tashqari:
👉 ilgʻor xorijiy tajribani oʻrganish maqsadida chet ellarga xizmat safarlari va stajirovkalarga yuboriladi;
👉 tanlovda ishtirok etishni xohlovchi nomzodlar oʻzlari haqidagi maʼlumotlarni (obyektivka) madad.advice.uz@gmail.com elektron pochta manziliga yuborishlari mumkin;
👉 yuborilayotgan maʼlumotnomada nomzodlarning yashash manzili va telefon raqamlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar ham aks ettirilishi lozim.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
​​#Eʼlon

“Huquq bilimdonlari” tanlovi 1-bosqichi yakunlandi!

Diqqat! 2-bosqichga oʻtgan ishtirokchilar ushbu xabarni eʼtibordan qochirmang!

Tanlovning 1-bosqichi oʻz nihoyasiga yetdi va 531 nafar gʻolib 2-bosqichga yoʻl olib, “Spark” uchun kurashni davom ettirish imkonini qoʻlga kiritdi!

2-bosqichga oʻtgan ishtirokchilar roʻyxati bilan quyida tanishing:

💾 Natijalar

Ulardan soʻnggi oʻrinlardagi 54 nafari bir xil natija qayd etgani uchun keyingi bosqichga oʻtkazildi.

2-bosqich quyidagi tartibda oʻtkaziladi:
👉 ishtirokchilar 5 ta guruhga boʻlinib, 5 – 10-dekabr kunlari onlayn test topshiradilar;
👉 buning uchun ishtirokchilar oʻzlariga tegishli pasport yoki tugʻilganlik haqidagi guvohnomaning elektron shaklini 3-dekabrga qadar @tanlov_adliya manziliga yuborishlari kerak;
👉 shundan keyin ishtirokchilarga shaxsiy xabar orqali maxsus login va parol yuboriladi;

👉 ushbu login va parol orqali ular 2-bosqichda ishtirok etadilar.

Test savollari 2019-yil davomida @huquqiyaxborot kanalida berilgan kontentlar asosida tuziladi.

2-bosqich yakunlari 13-dekabr kuni eʼlon qilinadi.

Eng yuqori natija koʻrsatgan 10 nafar ishtirokchi 3-bosqichga oʻtib, “SPARK” avtomobili uchun bahsni davom ettiradi. Shuningdek, Malayziyaga 2 kishilik sayohat, iPhone 11 PRO kabi qimmatbaho sovgʻalar ham gʻoliblarni kutib turibdi.

Huquqni bilish foydali, oʻz bilimingiz bilan “SPARK” yutib oling.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Eʼlon

“Huquq bilimdonlari” tanlovining 2-bosqichi yakunlandi!

Ushbu bosqich gʻoliblarini qutlaymiz!

Bosh sovrin – “SPARK” avtomobili uchun siz juda yaqin turibsiz: oxirgi va muhim qadam qoldi!!!

Tanlovning 2-bosqichiga oʻtgan 531 nafar ishtirokchidan, tanlov nizomi shartlariga koʻra saralashdan soʻng, 414 ishtirokchi bahsni davom ettirdi.

Ikkinchi bosqichda ishtirokchilar onlayn test topshirdilar. Jarayon toʻliq avtomatlashtirilgan tarzda, inson omili ishtirokisiz boʻlib oʻtdi.

Onlayn test sinovlaridan muvaffaqiyatli oʻtib, eng yuqori ball jamlagan 10 nafar ishtirokchi esa uchinchi – final bosqichiga yoʻl oldi!

3-bosqichga oʻtgan ishtirokchilar roʻyxati bilan quyida tanishing:

1. Boxodirova Aziza Isroilovna – 100 ball;
2. Mansurova Zarnigorxon Mexroch qizi – 100 ball;
3. Esonboyev Axror Abdusalom oʻgʻli – 100 ball;
4. Otaboyev Abror Xamdamovich – 97.5 ball;
5. Mirsultanova Hamida Alisher qizi – 95 ball;
6. Xojiyev Elshod Yoqub oʻgʻli – 95 ball;
7. Murodullayev Nurjahon Yunus oʻgʻli – 92.5 ball;
8. Mamadiminov Xotamjon Rustamjon oʻgʻli – 90 ball;
9. Madaminov Boburbek Toʻlqinbek oʻgʻli – 87.5 ball;
10. Toʻxtamatov Shoxsulton Naziriddin oʻgʻli – 87.5 ball.

Final bosqichi bevosita intellektual shou tarzida oʻtkaziladi va televideniye orqali namoyish etiladi.

Gʻolibga “SPARK” avtomobili sovrin sifatida topshiriladi. Shuningdek, Malayziyaga 2 kishilik sayohat, iPhone 11 PRO kabi qimmatbaho sovgʻalar ham gʻoliblarni kutib turibdi.

Ishtirokchilarni chin dildan tabriklagan holda, tanlovning 3-bosqichi haqida alohida maʼlumot berilishini maʼlum qilamiz. “Huquqiy axborot” kanalini kuzatib boring.

Huquqni bilish foydali, oʻz bilimingiz bilan “SPARK” yutib oling.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot
#Eʼlon

❗️ Talabalar joriy yil 28 dekabrdan qishki taʼtilga chiqadi

Oliy taʼlim muassasalari talabalari, akademik litsey va kasb-hunar maktablari o‘quvchilari uchun 2020 yil 28 dekabrdan 2021 yil 10 yanvargacha qishki taʼtil etib belgilandi. 2021 yil 11 yanvar o‘qishning birinchi kuni hisoblanadi.

Oliy va o‘rta maxsus taʼlim vazirligi

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin